Научная статья на тему 'STRATEGIK REJALASHTIRISH VA STRATEGIK BOSHQARUV TAHLILINING O‘ZARO IQTISODIY MUNOSABATLARI'

STRATEGIK REJALASHTIRISH VA STRATEGIK BOSHQARUV TAHLILINING O‘ZARO IQTISODIY MUNOSABATLARI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
29
167
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Strategik boshqaruv / biznes / subyekt / sotish.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Nurmonov Ulug’bek, Shahnoza Tursunova

Rivojlangan davlatlar tajribasidan ko‘rishimiz mumkinki, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi har tomonlama strategik rejalashtirishga bog‘liq. Shu sababli ham nafaqat har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt, balki har bir mamlakat ham o‘zgarishlarga moslashuvchan iqtisodiy siyosat olib borishi va uzoq muddatga mo‘ljallangan strategik rivojlanish dasturlari ishlab chiqib, katta yutuqlarga erishmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «STRATEGIK REJALASHTIRISH VA STRATEGIK BOSHQARUV TAHLILINING O‘ZARO IQTISODIY MUNOSABATLARI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT,0-8 MAY 2004 WW W. j tl"8 C8d 6fTIy . U Z

STRATEGIK REJALASHTIRISH VA STRATEGIK BOSHQARUV TAHLILINING O'ZARO IQTISODIY MUNOSABATLARI

Nurmonov Ulug'bek Shahnoza Tursunova

TAFU, Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi o'qituvchisi 2TAFU, Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi o'qituvchisi TAFU, Tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi o'qituvchisi Toshkent amaliy fanlar universiteti, Toshkent shaxar Chilonzor tumani Gavxar ko 'chasi 1 -uy

nurmonovulug'[email protected] [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13348622 Annotatsiya: Rivojlangan davlatlar tajribasidan ko'rishimiz mumkinki, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi har tomonlama strategik rejalashtirishga bog'liq. Shu sababli ham nafaqat har bir xo'jalik yurituvchi subyekt, balki har bir mamlakat ham o'zgarishlarga moslashuvchan iqtisodiy siyosat olib borishi va uzoq muddatga mo'ljallangan strategik rivojlanish dasturlari ishlab chiqib, katta yutuqlarga erishmoqda.

Kalit so'zlar: Strategik boshqaruv,biznes, subyekt, sotish.

KIRISH

Uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi mazkur mamalakatni ijtimoiy-iqtisoiy rivojlantirishni asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy muvafaqqiyatning asosiy omili strategik ahamiyatga ega bo'lgan tezkor va ishonchli ma'lumotlarni olishdir. Shuningdek, muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini yaratib kelinmoqda. Shu bois uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi bo'yicha xalqaro amaliyotning muvaffaqqiyatli jihatlaridan milliy iqtisodiyotda samarali foydalanish dolzarbdir.

"Strategik boshqaruv" atamasini aniqlashda yondashuvlar turlicha bo'lib, bunda strategik boshqaruv tushunchasi har xil xususiyatlarni aks ettirishning murakkabligi bilan bog'liq.

Strategik boshqaruvning o'ziga xos xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

• uzoq muddatni hisobga olish;

• xo'jalik yurituvchi subyektning o'zagi, uning asosiy qadriyati sifatida inson salohiyatiga tayanish;

• faoliyatni iste'molchilar ehtiyojlariga yo'naltirish;

• o'zgarishlarga moslashuvchan munosabatni amalga oshirish va boshqalar.

Xo'jalik yurituvchi subyektni boshqarish strategik boshqaruv jarayonini tushunishni o'z ichiga oladi hamda strategik rejalashtirish va strategik boshqaruv o'rtasidagi munosabatlarni o'rnatishda ko'rib chiqish imkon yaratiladi. Ushbu omillarni hisobga olish strategik rejalashtirishning asosiy funksiyalarini bajarishga imkon beradi, ya'ni:

• xo'jalik yurituvchi subyektning asosiy muammolarini aniqlash;

• doimiy qarorlar qabul qilish va asos yaratish uchun batafsil rejalashtirish;

• rejalashtirishning boshqa turlari bilan solishtirgan davrni uzoq vaqt muddatga rejalashtirishni ta'minlash;

• yuqori boshqaruv ishini faollashtirishga hissa qo'shish.

Strategik rejalashtirish jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilishda yordam beruvchi vositadir.

Strategik rejalashtirishning asosiy vazifasi - xo'jalik yurituvchi subyektlarda yetarli darajada yangilik va o'zgarishlarni ta'minlashdir.

Strategik rejalashtirish strategik boshqaruv tizimining bir qismi sanaladi, shuning uchun ham ular o'rtasidagi munosabatlar rejalashtirish va umuman boshqaruv o'rtasidagi munosabatlar bilan bir xil bo'lib, faqat uchta ko'rsatkich (rejalashtirish, amalga oshirish, nazorat qilish) boshqaruv jarayonining elementlari hisoblanadi.

1-rasm. Xo'jalik yurituvchi subyektlarda strategik boshqaruv jarayoni

Xo'jalik yurituvchi subyektlarda qaror qabul qilishning uchta darajasi asosida strategiya ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi, jumladan:

Birinchi daraja - korporativ - biznesning bir nechta sohalarida faoliyat yurituvchi xo'jalik yurituvchi subyektlarda mavjud. Bunda biznesning ayrim sohalarini sotib olish, sotish, tugatish, qayta ishlash to'g'risida qarorlar qabul qilinadi. Shuningdek, alohida biznes yo'nalishlari o'rtasidagi strategik muvofiqlik hisobga olinib, diversifikatsiya rejalari ishlab chiqiladi va global moliyaviy resurslarni boshqarish amalga oshiriladi.

Ikkinchi daraja - biznes sohalari (biznes darajasi) -diversifikatsiyalanmagan xo'jalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari yoki butunlay mustaqil, rivojlanish uchun mas'ul va biznes strategiyasini amalga oshiradigan menejerlar darajasi. Ushbu darajada korporativ darajadagi strategiyaga asoslangan strategiya

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi, uning asosiy maqsadi xo'jalik yurituvchi subyektning raqobatbardoshligini va uning raqobatbardosh salohiyatini oshirishdir.

Uchinchi daraja - funksional - funksional sohalar menejerlari darajasi: moliya, marketing, ishlab chiqarish, xodimlarni boshqarish va boshqalar.

Xo'jalik yurituvchi subyektlarni boshqarishning har qanday yondashuvi singari, ularni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish ham o'zining faoliyatiga ta'sir ko'rsatadigan afzalliklariga va qiyinchiliklarga ega. Ularni bilish va boshqarish jarayonida samaradorlikni oshirish uchun hisobga olish zarur.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xo'jalik yurituvchi subyektlarda strategiyaga ega bo'lishning afzalliklariga quyidagilar kiradi:

- strategiyaning asosiy maqsadi xo'jalik yurituvchi subyektga mavjud sharoitlarda ishonchli rivojlanish yo'nalishini ko'rsatishdir;

- strategiya faoliyatni muvofiqlashtirishga yordam beradi, agarda strategiya mavjud bo'lmasa, boshqaruv turli yo'nalishlarga o'zgarib, xo'jalik yurituvchi subyektda tartibsizlik hukm suradi;

- strategiya xo'jalik yurituvchi subyektning tavsifini va uning o'ziga xos xususiyatlarini belgilaydi, "biznes yuritish" usulini tushunish imkoniyatini yaratadi.

xulosa

Ushbu maqolada bizning e'tiborimiz Strategik boshqaruv va strategik rejalashtirish o'rtasidagi munosabatlar muammosini o'rganishda strategik boshqaruv tahlilining mohiyati va xususiyatlarini aniqlash zarur. Strategik biznes boshqaruv tahlili kelajakda istalgan natijalarga erishish uchun xo'jalik yurituvchi subyekt hozirgi vaqtda nima ishlar bajarishi, shu bilan birga kelajakdan hozirgi kunga qanday qarash kerakligini belgilaydi. Bu borada "strategik boshqaruv" atamasining ta'rifiga tadqiqotchilarning ayrim yondashuvlarini tahlil etish maqsadga muvofiq

ADABIYOTLAR:

[1] Subramanyam K.R. Financial statement analysis. 11th edition. New York, Mc Graw-Hill Education,

2014. - 814 pages.

[2] Kazakova N.A. Finansoviy analiz. Uchebnik. M.: Yurayt, 2018. - 470 s.

[3] Jilkina A.N. Finansoviy analiz. Uchebnik. M.: Yurayt, 2018. - 285 s.

[4] Raximov M. Iqtisodiyot sub'ektlari moliyaviy holatining tahlili. O=quv qo=llanma. T.; Iqtisod-Moliya,

2015. -392 b. 5. Raximov M. Iqtisodiyot sub'ektlari moliyaviy holatining tahlili. Uslubiy qo=llanma. T.; Iqtisod-Moliya, 2015. -156 b.

[5] Pardayev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil. O=quv qo=llanma. T.:Print Line Group, 2017.533 b.

[6] Steven M. Bragg. Financial analysis: A business decision guide. 2nd edition. Colorado, Accounting Tools, Inc., 2014. -325 pages.

www.in-academy.uz

[7] Shagiyasov T.Sh., Sagdillaeva Z.A., Urmanbekova I.F. Ekonomicheskiy analiz. /Uchebnik -T.: Iqtisod-Moliya, 2017. - 428 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.