Научная статья на тему 'SPORT TRENIROVKASINI TASHKIL QILISH ASOSLARI'

SPORT TRENIROVKASINI TASHKIL QILISH ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
1854
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
SPORT / SPORT NATIJALARI / SPORT TRENIROVKASI / SPORT TRENIROVKASI PRINSIPLARI / MUSOBAQA

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Gimazutdinov R.G.

Ushbu maqolada sport trenirovkasi natijasida insonning harakat faoliyati shakllanib borishi, yangi harakat shakllari vujudga kelishi, hayotiy zarur harakat malakalari ko`nikmalari takomillashishi, psixik sifatlar sayqal topishi, muayyan sport turiga xos harakat malakalari mukammallashishi tog’risida so’z boradi .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FUNDAMENTALS OF ORGANIZATION OF SPORTS TRAINING

This article discusses the formation of motor activity as a result of sports training, the emergence of new forms of movement, the development of vital motor skills, the development of mental qualities, the improvement of motor skills specific to a particular sport.

Текст научной работы на тему «SPORT TRENIROVKASINI TASHKIL QILISH ASOSLARI»

Gimazutdinov R. G. o'qituvchisi Bolalar sporti kafedrasi Toshkent viloyati Chirchiq Davlatpedagogika instituti

SPORT TRENIROVKASINI TASHKIL QILISH ASOSLARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada sport trenirovkasi natijasida insonning harakat faoliyati shakllanib borishi, yangi harakat shakllari vujudga kelishi, hayotiy zarur harakat malakalari ko^nikmalari takomillashishi, psixik sifatlar sayqal topishi, muayyan sport turiga xos harakat malakalari mukammallashishi tog'risida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Sport, sport natijalari, sport trenirovkasi, sport trenirovkasi prinsiplari, musobaqa.

Gimazutdinov R. G.

teacher

department of children's sports Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

FUNDAMENTALS OF ORGANIZATION OF SPORTS TRAINING

Abstract: This article discusses the formation of motor activity as a result of sports training, the emergence of new forms of movement, the development of vital motor skills, the development of mental qualities, the improvement of motor skills specific to a particular sport.

Keywords: Sports, sports results, sports training, principles of sports training, competition.

Sport natijalari toxtab qolmaydi, musobaqalarda keskinlashib borayotgan raqobat yuksak mahoratli sportchilar tarkibini kengaytirish, ommaviy sportdan professional sportga o'tish suratini jadallashtirish zaruriyatini tugdirmoqda. Mazkur muammolar yechimi, o z navbatida, xalqaro mezonlarga mos oquv adabiyotlarini yaratish, malakali kadrlarni tayyorlash, yosh sporchilarni trenirovka qilishlari uchun sharoitlarni to'g'irlash bilan bogliqdir.

Sport - bu ruhiyatni "charxlovchi", kayfiyatni kotaruvchi, insonni jismonan, ma'nan va ruhan shakllantiruvchi, uning "ichki" va "tashqi" madaniyatini takomillashtirib boruvchi, insoniyatga cheksiz quvonch hadya etuvchi zamonaviy, o ta ommaviy ijtimoiy harakatdir. Demak, sport chuqur manoli kop qirrali ijtimoiy omildir. "Sport" va "sport trenirovkasi" atamalari pirovardida "musobaqaga tayyorgarlik", "musobaqa jarayoni", "musobaqa faoliyati" tushunchalarini anglatadi

"Trenirovka" atamasi inglizcha soz bolib, ozbek tilida "mashq qilish", "charxlash" ma nosini bildiradi. Ushbu atama turli sohalarda qollaniladi. Masalan, "aqliy (intellektual) trenirovka", "jismoniy trenirovka", "gipoksik

trenirovka", "hayvonlar trenirovkasi" tushunchalari amaliyotda keng oz aksini topgan.

Sport trenirovkasi jismoniy, ruhiy va funksional imkoniyatlarni "to'lqinsimon" prinsipda oshirib borish, texnik-taktik mahoratni shakllantirish, belgilangan musobaqa sikllarida sportchini yuksak "sport formasi" bilan taminlash va shu musobaqalarda foydali natija ko'rsatishga "mas'ul" uzoq muddatli pedagogik jarayondir. Sport keng manoda musobaqa faoliyati, unga maxsus tayyorgarlik ko'rish shu yo'nalish bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy-ahloqiy, madaniy-maishiy, jismoniy va psixo-funksional, texnik va taktik jarayonlarni oz ichiga oladi. "Sport" tushunchasining mohiyati insonni jamiyki tosiq va qiyinchiliklarni yengib oz imkoniyatlari chegarasini yanada kengaytirishga qaratilgan intilishidan iborat.

Sport amaliyotida "sport trenirovkasi" atamasi "sport tayyorgarligi" atamasi bilan mantiqan yaqin bo lsa-da, ular bir-biridan tubdan farq qiladi. "Sport tayyorgarligi" tushunchasi keng qamrovli ma' noga ega bo'lib, sportchini jamiyki faoliyatini (uyqu, trenirovka, ovqatlanish, tibbiy profilaktika va hokazo) musobaqaga tayyorlashga qaratilgan jarayondir. "Sport trenirovkasi" esa bir maqsadga yo naltirilgan jarayondir va nisbatan torroq ma noni anglatadi. Muntazam sport trenirovkasi natijasida insonning harakat faoliyati shakllanib boradi, yangi harakat shakllari vujudga keladi, hayotiy zarur harakat malakalari konikmalari takomillashadi, psixik sifatlar sayqal topadi. Muayyan sport turiga xos harakat malakalari mukammallashadi.

Shulardan kelib chiqib Sport trenirovkasi prinsplariga to'xtalamiz.

Sport trenirovkasi prinsiplari - Sport trenirovkasi jarayoni ma lum prinsiplar (tamoyillar), tartib-qoida, ilmiy va uslubiy qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi.Ushbu qonuniyatlar sportchi tayyorlash tizimini bir tartibda, to'g'ri va samarali tashkil qilishda asosiy omil bolib hisoblanadi.Sport trenirovkasining prinsiplari jamiyki tarbiya va orgatish jarayonida umumpedagogik-didaktik prinsiplarga asoslanadi. Lekin sport trenirovkasi davomida qo llaniladigan shiddatli, og ir va davomli mashqlar ushbu prinsiplarga alohida e tibor qaratishni taqozo etadi. Chunki bu holat shugullanuvchilar organizmini togri taraqqiy ettirish, ularning psixofunksional imkoniyatlarini ehtiyotkorlik bilan kengaytirishga qaratiladi.Sport nazariyasi va amaliyotida quyidagi asosiy prinsiplar qollaniladi: onglilik va faollik, "imkonbop" va individuallashtirish, muntazamlilik, korgazmali, "o'stira borish"(progressivlashtirish).

Onglilik va faollilik prinsipi o quv-trenirovka jarayonida bosqichma-bosqich qoyiladigan barcha maqsadlarga erishish, oyin malakalarini ozlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan muhim shartlardan biridir.Oquv trenirovka topshiriqlarini (yuklamani) shugullanuvchi imkoniyatiga mos tarzda berish (imkonbop) va individuallashtirish prinsipi. Ushbu prinsip - beriladigan barcha trenirovka topshiriqlari shugullanuvchini yoshi, jinsi, tayyorgarligi va individual xususiyatlariga mos bo lishini taqozo etadi.Muntazamlilik prinsipi kop yillik oquv-trenirovka jarayonida mashgulot uzluksizligini taminlashda, mashgulotdan mashgulotga talabalar darajasini oshirib borishni maqsad qilib

qoyadi/'Ostirib borish" (progressivlashtirish) prinsipi. O'quv-trenirovka jarayonida mashg'ulot topshiriqlarini murakkablashtirib borish, yuklama hajmi va shiddatini oshirib borish, mahoratni yangi bosqichlarga olib chiqishni taqozo etadi.Ko'rgazmali prinsip barcha prinsiplarni samarali qo'llash va maqsadga muvofiq natijaga erishishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shuni ham ta'kidlab qo'yish o'rinliki, yuqorida qayd etilgan barcha prinsiplar quyidagi didaktik tartib-qoidalar asosida qo'llanilishi zarur:

• oddiydan- murakkabga;

• o' zlashtirilgandan-o' zlashtirilmaganga;

• osondan-qiyinga.

Sport trenirovkasi qonuniyatlari

Muhokama etilgan prinsiplar sport trenirovkasining qonuniyatlariga mos bo'lishi shu jarayonni samarali tashkil qilinishiga imkon yaratadi. Sport trenirovkasi quyidagi qonuniyatlar asosida olib boriladi: "Yuqori natijalarga yo'naltirish", "Umumiy va maxsus tayyorgarlik birligini ta'minlash", "Trenirovka mashg'ulotlarining uzluksizligi", "Yuklamani asta-sekin va maksimal tarzda oshirish", "Yuklamani to'lqinsimon tarzda qo'llash (o'zgartirib borish)", "Trenirovka jarayonini qaytalanish (sikl) asosida tashkil qilish".Yuqori natijalarga yo'naltirish O'quv-trenirovka jarayonining bosh maqsadi sportchilarni musobaqaga yuqori" sport formasi" darajasida tayyorlash va ushbu musobaqada yuqori sport natijasiga erishish imkoniyatini yaratish. Demak, muntazam, uzluksiz o'tkaziladigan mashgulotlar davomida qo'yiladigan strategik vazifa sportchini yuqori natijalarga yo'naltirish bilan bog'liq.

Trenirovka mashg'ulotlarining uzluksizligi

Trenirovka jarayonida uchraydigan turli tanaffuslar sportchi va trenerning oldiga qo'ygan maqsadini yo'q qilishga olib keladi. Shuning uchun ko'p yillik trenirovka jarayonida muntazamlilikni uzilishi, turli tanaffuslarni ro'y berishga yo'l qo'ymasdan, uni uzluksizligini ta'mintash kerak. Lekin ushbu uzluksizlik trenirovka yuklamasini dam olish, ish qobiliyatini tiklash bilan almashinib turishi asosida amalga oshirilishi kerak.

Yuklamani asta-sekin va maksimal tarzda o'stirib boorish.

Aynan shu qonuniyat badmintonchilarning barcha kuch-imkoniyatlarini musobaqa vaqtida safarbar qilishga qaratilgan. Buning uchun ko'p yillik trenirovka jarayoni davomida jismoniy, texnik-taktik tayyorgarlikka oid vazifalar, topshiriqlar va mashqlar asta-sekin "osondan-qiyinga", "oddiydan-murakkabga", "ozlashtirilgandan-o'zlashtirilmaganga" tartibi asosida maksimal hajm va shiddat darajasida ijro etiladi.

Yuklamani to'lqinsimon oshirish.

Ko p yillik trenirovka jarayonida yuklama to'lqinsimon tarzda oshirib borilishilozim. Bu qonuniyat organizmni yuklamadan song tiklanish muddatiga charchoq asoratlarini "yo qolish" vaqtiga bog'liq boladi. Shuning uchun yuklama bilan damolish, yuklama bilan organizmni tiklovchi mashq-tadbirlarni muvofiq va samarali qo'llanilishi alohida ahamiyatga ega.

Trenirovka jarayonining qaytalanishi (siklliyligi).

Oquv-trenirovka jarayoni haftalik sikllarga, bosqich va davrlarga bolinadi.Aynan ushbu sikllar kop yillik jarayonda "spiralsimon" qaytalanishning yuqori natijalariga qaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. U.Z.Salimov, A.A.Pulatov, Sh.A.Pulatov - Tennis. Oquv uslubiy qo'llanma. Toshkent-2017, 131 b.

2. John Edwards - Badminton. Technique, tactics, training. The Crowood Press Ltd 2014. - 96 p.

3. Bemd-Volker Brahms - Badminton Handbook. Training, tactics, competition. Maidenhead: Meyer and Meyer Sport (UK) Ltd., 2014. -400 p.

4. F.Atabekov Badminton. Darslik: - Toshkent-2021 Elektron saytlar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.