Научная статья на тему 'KURASHCHILARNING TEXNIK TAYORGARLIGINI MAXSUS HARAKATLI O`YINLAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH'

KURASHCHILARNING TEXNIK TAYORGARLIGINI MAXSUS HARAKATLI O`YINLAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
2221
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
chiniqish / yuklama / dzyudo / statik nagruzka / ish qobiliyati. / training / loading / judo / static load / work ability.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Azamjon Ahmadaliyev, Nosirjon Azizov

Ushbu maqolada kurashchilar mahoratini oshirish, texnik tayyorgarligini yuqori darajada takomillashtirish, charchoq sifatlari, charchoqning organizm funksional xolatiga ta’siri, jismoniy chiniqishning xarakatli o’yinlarga bog’liqligi xaqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPING TECHNICAL TRAINING OF WRESTLERS WITH SPECIAL MOVING GAMES

This article deals with improving the skills of wrestlers, a high level of technical training, the qualities of fatigue, the impact of fatigue on the functional state of the body, the dependence of physical activity on movement games.

Текст научной работы на тему «KURASHCHILARNING TEXNIK TAYORGARLIGINI MAXSUS HARAKATLI O`YINLAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH»

KURASHCHILARNING TEXNIK TAYORGARLIGINI MAXSUS HARAKATLI OYINLAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH

A'zamjon Ahmadaliyev Nosirjon Azizov

Namangan davlat universiteti 2-bosqich Namangan davlat universiteti Sport magistranti faoliyati kafedrasi mudiri

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada kurashchilar mahoratini oshirish, texnik tayyorgarligini yuqori darajada takomillashtirish, charchoq sifatlari, charchoqning organizm funksional xolatiga ta'siri, jismoniy chiniqishning xarakatli o'yinlarga bog'liqligi xaqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: chiniqish, yuklama, dzyudo, statik nagruzka, ish qobiliyati.

DEVELOPING TECHNICAL TRAINING OF WRESTLERS WITH SPECIAL

MOVING GAMES

A'zamjon Ahmadaliev Nosirjon Azizov

Namangan State University, 2nd year Head of the Department of Sports Activity, master's degree Namangan State University

ABSTRACT

This article deals with improving the skills of wrestlers, a high level of technical training, the qualities of fatigue, the impact of fatigue on the functional state of the body, the dependence of physical activity on movement games.

Keywords: training, loading, judo, static load, work ability.

KIRISH

Ma'lumki uzoq davom etadigan harakat faoliyati sekin - asta ish qobiliyatini susayishiga olib keladi va charchash asoratlari vujudga keltiradi. Bioenergetik resurslar kamayadi, yurak - qon - tomir, nafas olish, mushaklar, MNS faoliyatlari passivlashadi. Lekin, mashqlar oralig'ida yoki mashg'ulotlardan so'ng dam olish natijasida organizmning funkstional faoliyati, shu bilan birga ish qobiliyati ham asta - sekin tiklana boshlaydi. Funkstional imkoniyat dairasida yoki navbatma - navbat biroz ko'p va biroz kam (hajm va shiddat jixatidan) beriladigan nagruzka, organizmning shu nagruzkaga moslasha borishiga olib keladi, ish qobiliyati dastlabki darajasidan orta boradi. Shu bilan bir qatorda katta hajmli va katta shiddatli mashg'ulotlarni me'yoridan ortiq qollash zo'riqish, chuqur charchash kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ish qobiliyati ko'pchilik tadqiqotchilar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Chunonchi, taniqli rus fiziologining fikricha, ish qobiliyati bu muayyan harakat faoliyati yo ko'p yo kam muddat va sifat doirasida ijro etilishiga aytiladi. «Ish 26 qobiliyati» - bu organizm va uning organlari funkstional holati hamda imkoniyatlarini yuksak darajada amalga oshirish qobiliyatidir. Ish qobiliyatini ular «odamni muayyan faoliyat jarayonida ma'lum vaqt davomida va samaradorlik darajasida ish bajarish qobiliyatidir» deb talqin qiladilar.

Ko'p yillik sport jarayonida malakali sportchilarni tayyorlash samaradorligi dastlabki o'rgatish bosqichini qanday tashkil qilinishiga va shu bosqichni qanchalik rejali amalga oshirilishiga bog'liqdir. Sport zihiralarini tayyorlash amaliyotida shunday vaziyatlar ustunligi kuzatiladiki, yosh sportchilar bilan mashg'ulotlar olib boruvchi ayrim trenerlar dastlabki o'rgatish bosqichiga jiddiy e'tibor qaratishmaydi. Ular qisqa muddat ichida malakali sportchi tayyorlash niyatida, o'rgatuvchi va takomillashtiruvchi (trenirovka) mashqlarni qo'llash chastotasi va shiddatini oshiradilar, bolalarning jismoniy va funkstional imkoniyatlari kopincha e'tiborga olmaydilar. Natijada hajm va shiddat jixatidan muvofiq me'yoridan orttirilgan mashg'ulot (mashqlar) yuklamalari shug'ullanuvchi bolalar organizmida salbiy funkstional o'zgarishlar olib keladi, ichki organlar (mushaklar, yurak-qon tomir tizimi, o'pka, buyrak, jigar va hokozo) faoliyatida zo'riqish va o'ta charchash alomatlari vujudga keladi. Boz ustiga na trenerlar amaliyotida, na BO'SMlarda mo'ljallangan dasturlarda mashg'ulotlar yuklamalaridan so'ng bolalar organizmining funkstional holatini tiklovchi, ish qobiliyatini kuchaytirivchi mashqlar yoki boshqa tadbirlar (sauna, massaj, autotrening, vitaminoterapiya va hokozo) e'tiborga olinmagan.

Nagruzka (yuklama), organizmning shu nagruzkani ko'tara olish imkoniyati, charchash, zo'riqish, ish qobiliyati va uni tiklanish hususiyati kabi tushunchalar bir -biriga uzviy bog'liq bo'lgan atamalar, charchash va zo'riqish atamalarini vujudga kelish muddatini uzaytirish yoki tiklanish muddatini qisqartirish yo'llarini izlash va amalga joriy etish ish qobiliyatini shakllanishiga olib keladi.

Albatda, buning uchun qo'llaniladigan jismoniy va texnik - taktik mashqlar hajmi hamda shiddati sportchi organizmi shu yuklamani ko'tara olish darajasidan hiyol yuqoriroq bo'lib, ko'p yillik trinirovka jarayonida yuklamani oshira borish to'lqinsimon prinstipga asoslanishi kerak. Qanday bo'lmasin ushbu jarayonni boshqarish muntazam nazorat qilishni va natijalarni ilmiy tahlil ostiga olishga taqozo etadi.

Nagruzka (yoki yuklama) deganda muayyan harakat faoliyatining (yoki treniroka mashg'uloti) hajmi, shiddati, davom etishi va qaytarilish chastotasining organizmga bo'lgan ta'siri tushiniladi. Shu ta'sir natijasida organizmda yuz beradigan funkstional o'zgarishlar esa shu nagruzkaning ta'sir etish darajasini belgilab beradi.

Demak nagruzkaning "tashqi" ko'rsatkichlari (hajmi, shiddati va hokozo) va "ichki" ko'satkichlari (MNS, yurak, qon - tomir, nafas olish va hokozo) mavjud bo'ladi.

Statik nagruzka o'zining hajmi va shiddati jihatidan organizmning funkstional faoliyatiga turlicha ta'sir ko'rsatadi. Kichik hajmli, katta shiddatga beriladigan statik nagruzka, masalan, yurak faoliyatiga keskin ta'sir qiladi. Yurakning ritmik faoliyatini buzadi, uning mushaklarini zo'riqtiradi, puls va nafas olish tezlashadi. G'rtacha yoki katta hajmli va kichik shiddatda ijro etiladigan statik nagruzka esa yurak faoliyatini asta - sekin moslashishiga zamin yaratadi.

Sport amaliyotida «ish qobiliyati» sportchining yuksak jismoniy va texnik -taktik tayyorgarligining uyg'unlashganligini anglatadi. Demak, sport musobaqalarida yuqori natijaga erishish jismoniy sifatlar hamda texnik va taktik malakalarning shakllanganlik darajasiga bog'liq. Har-xil sport turlari bo'yicha o'tkaziladigan musobaqalar muddati xalqaro musobaqalar qoidalari bilan belgilanadi. Shu musobaqalar muddatida qaysi sportchi o'z ish qobiliyatini sifati va samaradorligi jihatidan qanchalik uzoq vaqt saqlay olsa yoki uni oshira olish «kuchi» ga ega bolsa, unga muvoffaqiyat shunchalik «kulib» boqishi muqarrar. Boshqacha qilib aytganda ish qobiliyatini sifat va samaradorlik darajasini ko'p yoki kam vaqt davomida saqlanishi umumiy va maxsus chidamkorlik sifatlarining turlari (tezkorlik, kuch, tezkor - kuchga bo'lgan chidamkorlik, sakrashga bo'lgan chidamkorlik, «texnik - taktik chidamkorlik» va hokozolar) qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi.

Ma'lumki ish qobiliyati haqida gap ketganda, ayniqsa so'z uning sifati va samaradorligiga tegishli bo'lsa, masalaning mohiyati va pirovard «mag'izi» boshqa jismoniy sifatlarning shakllangan yoki shakllanmaganligiga borib taqaladi. Ya'ni samarali natijaga mos umumiy va maxsus chidamkorlik kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik sifatlarini o'zida mujassam qilgan bo'ladi. Ushbu sifatlarning o'zaro uzviy bog'liqligi va ularning yuksak darajadaligi integral natijasi sport mahoratining muayyan taqdirini belgilab beradi.

Maqsadga muvofiq rejalashtirilgan jismoniy tayyorgarlik sport mahoratni shakllantirish va musobaqa davomida yuksak natijaga erishishida nihoyatda muhim omillardan biridir. Lekin, sport amaliyotida har doim ham rejalashtirilgan jismoniy mashqlar muvofiq harakat sifatlarini rivojlantirishda kutilgan natijani bermaslik holatlari tez - tez uchrab turadi. Buning asosiy sabablaridan biri mashg'ulotlarda qo'llanilgan u yoki bu jismoniy mashqlarning hajmi va shiddati hamda ushbu ko'rsatkichlarni shug'ullanuvchilarni organizmiga ta'sir etish darajasi (organizmni nagruzkaga bo'lgan aks javobi riakstiyasi) ob'ektiv ravishda baholanmasligidadir. Shuning uchun ham o'quv trenirovka jarayonida qo'llanilayotgan jismoniy nagruzka (jismoniy mashqlar)ning shug'ullanuvchilar organizmining funkstional imkoniyatlariga

muvofiqligi e'tiborga olinishi shu nagruzkani maqsadga muvofiq rejalashtirish imkoniyatini yaratadi.

MUHOKAMA

Mamlakatimiz miqiyosida, yosh dzyudochilarning ko'p yillik tayyorgarligini oqilona tashkil qilishni ilmiy asoslanib berish bunday tayyorgarlik qonuniyatlari va tamoyillari, tavsiflari hamda musobaqa faoliyati me'yorlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni taqozo etadi. Bu trenirovka nagruzkalari me'yorlarini chuqur ishlab chiqish bilan bog'liq. Malakali sportchilarni tayyorlashda harakat funkstiyasining ikki, bir - biriga uzviy bog'liq tomoniga alohida e'tibor qaratiladi:

- sportchini texnik - taktik malakalarga o'rgatish va ularni takomillashtirish;

- sportchi jismoniy sifatlarini tanlangan sport turi hususiyatiga muvofiq ravishda tarbiyalash.

Umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi bu sportchining harakat sifatlarini har tomonlama (garmonik ravishda) rivojlanganlik darajasini anglatadi. Masalaga shu tarzda yondoshish oddiy inson sog'lig'ini (sportchini ham) shakillantirish nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqdir.

Albatta, "Katta" sportda bu ham zarur. Lekin, bunday amaliyot va shunga asoslangan trenirovka uslubiyati malakali sportchilarni tayyorlash hamda yuksak musobaqa natijasiga erishish samarasini susaytirish ehtimoldan holi emas. Chunki, har bir sport turining o'ziga hos va o'ziga mos xususiyatlari mavjudligi tufayli bir sport turida ko'proq kuch - tezkorlik sifati ustun tursa, ikkinchi bir sport turida chidamkorlik sifati etakchi rolni o'ynaydi yoki uchinchi bir sport turida egiluvchanlik sifati asosiy ahamiyatga ega bo'ladi. Ammo, qayd etilgan fikrdan muayyan sport turida ma'lum jismoniy sifat juda zarur, boshqasi esa muhim emas degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, har bir sifatnig muayyan sport vaziyatida ozmi - ko'pmi, lekin muhim "ulushi" mavjud bo'ladi. Yuqorida qayd etilgan fikr va mulohazalar sportning dzyudo turlarida, ayniqsa, yaqqol ko'zga tashlanadi. Maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tayyorgarligi hamda jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan extiyojini oshirish uchun maktab jismoniy tarbiya shakli, vosita va uslubiyatini takomillashtirish zaruriyatini tug'diradi.

Malakali dzyudochilarni tayyorlashda umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasining beqiyos ahamiyatini ta'kidlab, ushbu jarayonni texnik mahoratni shakllanishida asosiy omil bo'lib xizmat qilishini ko'rsatib o'tganlar.

Tezkor - kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarni rivojlantirishga yo'naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shug'ullanish natijasida dzyudochilarning texnik - taktik mahorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarli darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib berganlar.

Kuch va tezkorlik - kuch chidamkorligi sifatlarini yosh sportchilarda juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi, katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarni zo'rma - zo'raki o'stirishga intilish salbiy oqibatga olib kelishi ehtimoldan holi emasligini takidlab o'tilgan.

Hozirgi jahon sportidagi ko'rsatkichlarni jadal ravishda yangilanib borayotganligi, yosh sportchilarni tayyorlashni yangi, yanada samarali vositalarini, uslublarini va shakllarini izlashni taqozo etadi.

Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, yosh dzyudochilarni maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning texnik malakalarini shakllanishida muhim ahamiyat kashf etadi. Demak, yuqori malakali dzyudochilar tayyorlashda maxsus jismoniy sifatlar ularning asosiy o'yin malakalarini takomillashishida muhim o'rinni egallar ekan. Avvaldan isbot qilinganki, kuch va tezkorlik sifatlarini o'zaro muvofiq tarzda shakllantira borish sportchini tayyorgarligaga ijobiy ta'sir e'tadi.

So'z jismoniy tayyorgarlik va xususan sportchilarni tayyorlashda harakat sifatlarini (tezkorlik, kuch, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik) bir - biriga bog'lab shakllantirish muhimligi haqida borar ekan, bu borada tezkor - kuch sifatiga alohida urg'u berish maqsadga muvofiqdir. Har bir sport turida ijro etiladigan harakat malakasi negizida Jismoniy sifati hal qiluvchi muhim man'ba bo'lib hisoblanadi. Masalan,

voleybolda to'r ustidan hujum zarbasini ijro etish uchun tezkor - kuch sifati ushbu malaka muvoffaqiyatini ta'minlovchi omildir;

dzyudoda esa mazkur sifat hujum yoki qarshi hujum usullarini qisqa vaqtda katta kuch bilan qo'llashda asqotadi.

Darhaqiqat, kuzatuv natijalariga ko'ra dzyudo bo'yicha Jahon, Olimpiya, Ovro'pa, Osiyo, va boshqa xalqaro musobaqalarda g'alabaga erishishgan aksariyat dzyudochilar yuksak darajada rivojlangan tezkor - kuch qobiliyatiga ega bo'lganlar. Dzyudo turlarida chidamkorlik sifati ham g'alabaga yetaklovchi asosiy manbalardandir. Ayniqsa dzyudoga oid maxsus chidamkorlikning o'rni beqiyos.

Sportning yakka dzyudo turlarida texnik mahoratning nisbatan farq qiluvchi xususiyatlaridan biri bu o'zgaruvchan musobaqa vaziyatida tezkor - kuch asosida ijro etiluvchi murakkab harakat malakalaridir. Aynan ushbu sifat hal qiluvchi vaziyatlarda o'z yetakchiligini namoyish etadi. Shu bilan bir qatorda uzoq muddat davom etadigan musobaqa jarayonida texnik malakalarni yuqori samarada ijro etish birinchi navbatda maxsus chidamkorlik sifatiga bevosita bog'liqligi isbotni talab qilmaydi.

Yu.V.Verxoshanskiyning kuzatuvlariga qaraganda, erkin dzyudo bo'yicha Jahon chempionati ishtirokchilarining musobaqa davomida ijro etgan texnik malakalari olishuvning 3 - davrida o'z samarasini keskin susaytirgan. Ushbu vaziyat ana shu dzyudochilarning maxsus chidamkorligi yuqori darajada shakllanmaganligiga e'tibor

qaratadi. Demak, bundan ko'rinib tuгibdiki, texnik mahorat samaгasini musobaqalar davomida uzoq vaqt saqlab tuгishda maxsus chidamkoriik sifati alohida o'гin egallaydi.

Ma'lumki, maxsus chidamkoгlik umumiy chidamkoгlik yaxshi гivojlangan holda samaгali shakllanishi isbot qilingan. Maxsus chidamkoгlikni гivojlantiгish uchun dzyudochi maxsus texnik mashqlami uzoq vaqt davomida, hatto chaгchash asoratlari mavjud bo'lganda ham, ijгo etishi kerak bo'ladi. Umumiy chidamkoгlik o'rtacha shiddatda ko'p hajmli mashqlami (uzoq masofaga chopish, eshkak eshish, suzish, velosipedda yuгish va hakazo) sumnkasiga bajaгish asosida shakllantiгiladi. Dzyudochilami tayyoñashda va texnik mahoгatni shakllantiгishda egiluvchanlik sifati ham zaгuг omillaгdan biridir Yuqoгi daгajada гivojlangan egiluvchanlik qobiliyatiga ega bo'lgan dzyudochi "most" holatidan keskin halos bo'lish, egilib ko'tarib tashlash kabi texnik malakalami mohirana ijra etishga muyassaг bo'ladi.

Egiluvchanlik asta - sekin, uzoq muddatli mashg^lotto evaziga shakllanadi. Agaг egiluvchanlikni гivojlantiгishga oid mashg'ulotlaг biгoz to'xtatib qo'yilsa bu sifat keskin yuqolib ketishi yoki susayishi mumkin. Dzyudoda qo'llaniladigan usullaT (texnik) malakalami o'zi egiluvchanlikni shakllantirib boгadi. Lekin, buni o'zi ushbu sifatni to'laqonli rivojlantirish imkoniyatini beгmaydi. Bu sifatni samarali takomillashtiгish uchun mushak, pay, bo'g'imlami cho'zish, egish, yoyish, siqish, burash kabi maxsus mashqlami sekin - asta muntazam qo'llash ke^ bo'ladi. Egiluvchanlikni yoshlikdan boshlab shakllantiгish maqsadga muvofiqdn\ Shu bilan biг qatoráa bu sifatni гivojlantiгish extiyotkoгlikni talab qiladi. Zo'гma - zo'гaki yoki keskin tareda qo'llangan mashqlaг mushak, pay, bo'g'imlami shikastlanishiga, hatto og'n jaгohatlaгga olib kelishi mumkin.

NATIJA

Malakali dzyudochilami tayyoriashda, bundan tashqaгi chaqqonlik va kuch sifatlaгini гivojlantiгish ham alohida ahamiyatga ega.

Ta'kidlab o'tish joizki, o'quv - trenirovkav jarayonida barcha jismoniy sifatlami gaгmonik ravishda rivojlantirish mahoratli dzyudochilami tayyoгlash garovidir Zamonaviy voleybolda samaгli o'yin ko'reatish va yuqoгi natijalaгga eгishishi faqat o'ta shakllangan jismoniy tayyoгgaгlik evaziga amalga oshirilishi mumkin. Voleybolchilaг uchun esa jismoniy sifati ichida eng e'tiboriisi sakravchanlik va sakгash chidarntoriigidir Aynan shu sifatlar aksariyat o'yin malakalarining samaгali ijгo etilishiga ta'siï ko'гsatadi. Lekin, bunday xulosadan vo^ybolchito uchun boshqa jismoniy sifatlami ahamiyati kamroq degan fíkr kelib chiqishi mumkin emas.

Aksincha, tez^ harakatlanish, kuch bilan zarba beгish, ish qobiliyatini tushiimasdan uzoq vaqt malakalami samarali bajara olish qobiliyatlari ham etakchi o'rin tuгadi. Shuning uchun sport tayyorgarligi jaгayonida tezkoгlik, kuch, chaqqonlik,

chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlariga alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki, ushbu sifatlarning etarli darajada rivojlangan bo'lishi sport mahoratining samarali shakllanishiga olib keladi. Boshqacha qilib aytganda, bu sifatlar sport maxoratini tez va mukammal o'sishi uchun eng zarur poydevordir.

Tezkor - kuch va maxsus chidamkorlik sifatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan mashqlar bilan uzoq muddat mobaynida muntazam shug'ullanish natijasida dzyudochilarning texnik - taktik mahorati hamda boshqa qobiliyatlari qanchalik sezilarlik darajada shakllanishi mumkinligini tadqiqot asosida isbot qilib berganlar. Kuch va tezkorlik - kuch chidamkorligi sifatlarini yosh sportchilarda juda extiyotkorlik bilan rivojlantirish zarurligi katta yuklamaga ega mashqlar bilan bu sifatlarning zo'rma - zo'raki o'stirishga intilish salbiy oqbatlarga olib kelishi ehtimoldan holi emasligi alohida takidlab o'tilgan.

Jismoniy sifatlarni texnik mahoratga va musobaqa jarayoniga chambarchas bog'liq ekanligini ta'kidlaydi. Olimlarning fikricha, jismoniy sifatlar qanchalik yuqori darajada shakllangan bo'lsa sport mahorati shunchalik mukammal o'sib boradi.

Harakatli o'yinlar asosida o'tkaziladigan emostional muhitli darslar - harakat faolligini oshiradi, bolalar kamroq charchaydilar, ularning organizmi esa ma' lum funkstional yuklamalarga tayyorlanib boradi.

Vertikal sakrash misolida malakali voleybolchilarning tezkorlik - kuchlilik sifatini «zarbdor» uslubda rivolantirish imkoniyati afzal ekanligini ko'rsatib o'tgan. Uning fikricha «portlovchi» kuchni rivojlantirishda ushbu uslubdan foydalanish yaxshi natija beradi, lekin bunday mashg'ulotlarni musobaqadan 10 - 12 hafta avval 3 martadan o'tkazib turish lozim.

XULOSA

Voleybol elementlari bilan qo'shib o'tiladigan jismoniy tarbiya darsini kichik sinf o'quvchilari jismoniy tayyorgarligiga ta'sir etish darajasini o'rganish natijasida Zuoza Aureliyus - Kazis Kazevich [1989] shunday xulosaga keldiki, aniq maqsadga yo'naltirilgan voleybol darslari nafaqat yosh o'quvchilarni tarbiyalashda samarali vosita bo'lib hisoblanadi, balki voleybol to'garagiga dastlabki tanlov asosida qabul qilish va ularning o'yin ixtisosligini bashorat yordamida belgilab olish imkonini beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida» gi qonuni (Yangi taxrirda) Toshkent 2000.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg'armasini tuzish to'g'risida» gi PF-3154 sonli farmoni. Toshkent 2002 yil 24 oktyabr.

3. «Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi to'g'risida» Ozbekiston Respublikasining qonuni. Toshkent 1997.

4. Ibrohimov O.I. Sport psixologiyasi. Toshkent. «Yangi asr avlodi» 2004.

5. Sh.Qurbonov, A. Qurbonov «Jismoniy mashqlarning fiziologik asoslari» Toshkent. 2003.

6. Timofeeva E.A. Podvijnbie igrbi s detmi mladshego doshkolnogo vozrasta. M. 1986

7. Usmonxo'jaev T.S. 1001 o'yin. T. Ibn Sino 1990

8. Usmonxo'jaev T.S., Murodxo'jaeva G.Sh. Narodnie podvijnie igri. T. O'qituvchi 1968

9. Usmonxo'jaev F.S, Xo'jaev F. Harakatli o'yinlar. T.O'qituvchi 1992

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.