Научная статья на тему 'SOYA NAVLARI GULLASH EKOLOGIYASINING HAVO HARORATI TA'SIRIDA O‘ZGARISHI'

SOYA NAVLARI GULLASH EKOLOGIYASINING HAVO HARORATI TA'SIRIDA O‘ZGARISHI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
soya / Nafis / Parvoz / Baraka / nav / dukkak / don / tuproq / ekish.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Raximova Xolisxon, Bobojonova Gulnoza

Ushbu maqolada soya o`simligining Nafis (nazorat), Parvoz, Baraka maxalliy navlarini gullash ekologiyasining havo harorati ta'sirida o‘zgarishi o‘rganildi. Soya navlari gullagan vaqtda havo harorati yuqori bo’lgan agrotsenoz dalalarida nam yetishmaslik holati kuzatildi ana shu vaziyat ta’sirida soya g’unchalarning to’kilib ketishiga olib kelishi haqidagi ma'lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOYA NAVLARI GULLASH EKOLOGIYASINING HAVO HARORATI TA'SIRIDA O‘ZGARISHI»

SOYA NAVLARI GULLASH EKOLOGIYASINING HAVO HARORATI TA'SIRIDA O'ZGARISHI

1Raximova Xolisxon, 2Bobojonova Gulnoza

1Urganch Davlat Unversiteti, Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari Biologiya kafedrasi v.b.

dotsent b.f.f.d.(PhD), Urganch 2Urganch Davlat Unversiteti, Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari Biologiya kafedrasi magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.11401396

Annotatsiya. Ushbu maqolada soya osimligining Nafis (nazorat), Parvoz, Baraka maxalliy navlarini gullash ekologiyasining havo harorati ta'sirida o'zgarishi o'rganildi. Soya navlari gullagan vaqtda havo harorati yuqori bo'lgan agrotsenoz dalalarida nam yetishmaslik holati kuzatildi ana shu vaziyat ta'sirida soya g'unchalarning to'kilib ketishiga olib kelishi haqidagi ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: soya, Nafis, Parvoz, Baraka, nav, dukkak, don, tuproq, ekish.

Abstract. In this article, changes in flowering ecology of soybean local varieties Nafis (control), Parvoz, Baraka under the influence of air temperature were studied. At the time of flowering of soybean varieties, a lack of moisture was observed in the agrocenosis fields with high air temperature, and information was given that under the influence of this situation, soybean sprouts fall out.

Key words: soy, Nafis, Parvoz, Baraka, variety, bean, grain, soil, planting.

Аннотация. В данной статье изучены изменения экологии цветения сои местных сортов Нафис (контроль), Парвоз, Барака под влиянием температуры воздуха. В период цветения сортов сои на полях агроценозов с высокой температурой воздуха наблюдался недостаток влаги и приводились сведения, что под влиянием этой ситуации всходы сои опадают.

Ключевые слова: соя, Нафис, Парвоз, Барака, сорт, фасоль, зерно, почва, посадка.

Tuproqning sho'rlanishi - erning cho'llanishiga va tuproq unumdorligining pasayishiga olib keladigan eng keng tarqalgan degradasiya jarayonlaridan biri. Jahonda bugun iqtisodiy, ijtimoiy krizis yuz bermoqda, jamiyatni oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, agrosanoatda ishlab chiqarishini to'g'ri yo'lga qo'yish uchun o'simliklar rivojlanishining ekologik va biologik asoslarini o'rganish zarur [1,2,6]. Tuzlanishning o'simliklarga salbiy ta'siri suv tanqisligining rivojlanishi, ion gomeostazining buzilishi va ionlarning toksik ta'siri bilan bog'liq bo'lib, bu o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi, hosildorligi va mahsuldorligining pasayishiga olib keladi[3,4]. Ushbu asos o'z ichiga soya navlarining qaysi tuproqlarda o'saolishini, tashqi muhitga bo'lgan ekologik talablariga asosan o'simlikshunoslikda ma'lum agrotexnik tadbirlarini amalga oshirish orqali yuqori hosil olishni yo'lga qo'yadi. Bugun dunyo miqyosida tuproq degradasiyasi ketmoqda, har yili minglab gektar maydonlar ekin ekishga yaroqsiz holga kelib qoladi. Ushbu aniqlangan holatlar kun sayin oshib borayotgan insonlar uchun oziq-ovqat tangligini keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun ham ekologik masalalar XXI asrda eng dolzarb masalalardan biri bo'lib hisoblanadi.

Soya navlari pishib yetilganda ularning donining sifati talablarga to'liq javob berishi lozim, tashqi va abiotik omillar ta'siriga qaramay soyani doni to'liq pishib yetilishi yoki don qobiqlari burishib yoki yarim yashil tusda bo'lmay to'lig'icha sariq tusga kirishi bu hosilning sifatidan darak beradi. Burushgan donlar sifatsiz bo'lib kelajakda ekishga yaramaydi. Donning to'liq sifatli

bo'lishiga havo haroratining sezirali darajada ta'siri bo'ladi. 2022 yilda soya navlari gullagan vaqtda havo harorati 350C dan yuqori bo'lib, agrotsenoz dalalarida nam yetishmaslik holati kuzatildi ana shu vaziyat ta'sirida soya g'unchalarning to'kilib ketishiga olib keldi.

Shu yili soya donlari hosildorligini saqlashga yordam bergan omil shu ediki, urug'larning vazni yirik bo'lishi don hosildorligini kamaytirmagan omil uning ekoplastik xususiyati hisoblanadi. Ushbu holat soyaning ekoplastik ekin ekanligini yana bir marta isbotlaydi.

Tajribada o'simlik poyasida hosil bo'lgan g'unchalarning 42,3-51,7 foizi to'kilib ketganligi kuzatildi.

Soya morfologik belgilariga ko'ra qat'iy o'zidan changlanadigan o'simliklar guruhiga kiradi. Bizning olib brogan tajribalarimizda gullash fazasi boshlanganda Xorazm viloyati sharoitida harorat yuqori bo'ldi. Tajribalarimizda soya navlari 4 xil ekish muddatida ekildi. Birinchi variant 10- aprelda ekildi, ikkinchi variant 20- aprelda, uchinchi variant 30-aprelda va to'rtinchi variant esa 10 mayda ekildi. Soya o'simligida gullari poyadagi bo'g'imlarda hosil bo'ladi, kuzatishlardan shu qonuniyat ma'lum bo'ldiki, qaysi variantda bo'g'im soni ko'p bo'lsa shu variantda gullar soni ham yuqori bo'ldi.

Soya birinchi variantda ya'ni 10-aprelda ekilgan paytda havo harorati 18,80C ga, teng bo'lib, bu paytda havo issiq bo'lgani bilan tuproq harorati past bo'ladi.

Shuning uchun ham soya urug'i unib chiqishi uchun uzoq vaqt ketadi. Nafis st navi 10-aprel (18,80C)da ekilganda unda bo'g'im soni 15,0, g'unchalar soni 210,0, gul soni 155,0, dukkak soni esa 72,6 ta ni hosil qildi. 210 ta g'unchadan 155 ta gul ochilgan bo'lib, 55 ta g'uncha ochilmagan. 155 ta guldan 72,6 ta si changlangan va dukkak hosil qilgan, qolgan 82,4 ta gul changlanmagan. Baraka navida esa ekish muddati 10- aprel (18,80C)da shu ko'rsatkichlar bo'yicha nafis st naviga qaraganda bo'g'im soni 1 ta ga ortdi, lekin g'unchalar soni 1, gul soni 2, dukkak soni esa 5,7 ta ga kamaygani kuzatildi. Baraka navida 209 ta g'unchadan 153 tasi gul hosil qilib, 56 ta g'uncha ochilmagan. Ochilgan 153 ta guldan esa 66,9 tasi changlanib dukkak hosil bo'lib, 86,1 ta gul dukkak hosil qilmagan. Parvoz navi (ekish muddati 10-aprel, 18,80C) da esa bo'g'im soni 3, g'unchalar soni 15, gul soni 23 va dukkak soni esa 8,5 ta ga kamaydi. Parvoz navidagi 195 ta g'unchadan 132 ta gul ochilib, 63 ta g'unchasi gul hosil qilmagan. 132 ta guldan 64,5 tasi dukkak hosil qilgan, 67,5 tasi changlanmagan.

l.Jadval. Soya navlari gullash ekologiyasining havo harorati ta'sirida o'zgarishi

Soya navlari Bo'g'im (soni) G'unchalar (soni) Gul (soni) Dukkak (soni)

ekish muddati 10-aprel

Nafis (st) 15,0 210,0 155,0 72,6

Baraka 16,0 209,0 153,0 66,9

Parvoz 13,0 195,0 132,0 64,5

ekish muddati 20-aprel

Nafis (st) 17,0 219,0 169,0 89,8

Baraka 18,0 215,0 172,0 83,5

Parvoz 19,0 223,0 183,0 95,0

ekish muddati 30-aprel

Nafis (st) 19,0 233,0 194,0 78,4

Baraka 19,0 227,0 187,0 74,0

| 165

Parvoz 17,0 235,0 192,1 83,8

ekish muddati 10-may

Nafis (st) 16,0 238,0 210,0 76,6

Baraka 15,0 229,0 218,0 72,9

Parvoz 16,0 230,0 228,0 80,5

20-aprelda e cilgan paytda havo harorati 18,40C ga, teng bo'lib, bu paytda havo o'rtacha

bo'lib, soya urug'i unib chiqishi uchun 3-4 kun ketadi. Nafis st navi 20-aprel (18,40C)da ekilganda unda bo'g'im soni 17,0 ta ni, g'unchalar soni 219,0 ta ni, gul soni 169,0 ta ni va dukkak soni esa 89,8 ta ni hosil qildi. Nafis st navida 219 ta g'unchadan 169 tasi gul hosil qilib, 50 ta g'uncha ochilmagan. 169 ta ochilgan g'unchadan 79,2 tasi changlanmagn bo'lib, 89,8 ta si changlangan va dukkak hosil qilgan. Baraka navida esa ekish muddati 20- aprel (18,40C)da shu ko'rsatkichlar 10-aprel(18,80C) holatiga qaraganda bo'g'im soni 2 ta ga ortdi, g'unchalar soni 6 ta ga, gul soni 19 ta ga, dukkak soni esa 12,6 ta ga oshgani kuzatildi.

Kuzatishlarga ko'ra 215 ta g'unchadan 172 ta si ochilgan bo'lib, 43 ta g'uncha gul hosil qilib ochilmagan. 172 ta ochilgan guldan 83,5 tasi changlanib, dukkak hosil qilgan. Qolgan 88,5 tasi dukkak hosil qilmagan. Parvoz navi (ekish muddati 20-aprel, 18,40C) ekish muddati 10-aprel(18,80C) ga qaraganda esa bo'g'im soni 6 ta ga, g'unchalar soni 139 ta ga, gul soni 60 ta ga va dukkak soni esa 19,3 ta ga oshdi. Parvoz navidagi 223 ta g'unchadan 183 ta gul ochilib, 40 ta g'unchasi gul hosil qilmagan. 183 ta guldan 95,0 tasi dukkak hosil qilgan, 88 tasi changlanmagan.

Uchinchi variantda ya'ni 30-aprelda ekilgan paytda havo harorati 22.40C ga, teng bo'lib, bu paytda havo o'rtacha bo'lib, soya urug'i tez unib chiqadi. Nafis st navi 30-aprel (22,40C)da ekilganda unda bo'g'im soni 19,0 ta ni, g'unchalar soni 233,0 ta ni, gul soni 194,0 ta ni va dukkak soni esa 78,4 ta ni hosil qildi. 233 ta g'unchadan 194 ta gul ochilgan bo'lib, 29 ta g'uncha ochilmagan. 194 ta guldan 78,4 ta si changlangan va dukkak hosil qilgan, qolgan 115,6 ta gul changlanmagan. Baraka navida esa ekish muddati 30- aprel (22,40C)da shu ko'rsatkichlar 10-aprel(18,80C) holatiga qaraganda bo'g'im soni 4 ta ga ortdi, g'unchalar soni 18 ta ga, gul soni 34 ta ga, dukkak soni esa 7,1 ta ga oshgani kuzatildi.

Kuzatishlarga ko'ra 227 ta g'unchadan 187 ta si ochilgan bo'lib, 40 ta g'uncha gul hosil qilib ochilmagan. 187 ta ochilgan guldan 74 tasi changlanib, dukkak hosil qilgan. Qolgan 113 tasi dukkak hosil qilmagan. Parvoz navi (ekish muddati 30-aprel, 22,40C) ekish muddati 10-aprel(18,80C) ga qaraganda esa bo'g'im soni 4 ta ga, g'unchalar soni 40 ta ga, gul soni 60,1 ta ga va dukkak soni esa 19,3 ta ga oshdi. Parvoz navidagi 235 ta g'unchadan 192,1 ta gul ochilib, 42,9 ta g'unchasi gul hosil qilmagan. 192,1 ta guldan 83,8 tasi dukkak hosil qilgan, 108,3 tasi changlanmagan.

To'rtinchi variantda 10-mayda ekilgan paytda havo harorati 17,20C ga, teng bo'lib, bu payt soya urug'ini ekish uchun kechroq hisoblanib, soya urug'i unib chiqishi kechikadi va siyrak unib chiqadi. Nafis st navi 10-may (17,20C)da ekilganda unda bo'g'im soni 16,0 ta ni, g'unchalar soni 238,0 ta ni, gul soni 210,0 ta ni va dukkak soni esa 76,6 ta ni hosil qildi. 238 ta g'unchadan 210 ta gul ochilgan bo'lib, 28 ta g'uncha ochilmagan. 210 ta guldan 76,6 ta si changlangan va dukkak hosil qilgan, qolgan 133,4 ta gul changlanmagan. Baraka navida esa ekish muddati 10- may (17,20C) da shu ko'rsatkichlar 10-aprel(18,80C) holatiga qaraganda bo'g'im soni 1 ta ga kamaydi, g'unchalar soni 20 ta ga, gul soni 65 ta ga, dukkak soni esa 60 ta ga oshgani kuzatildi.

Kuzatishlarga ko'ra 229 ta g'unchadan 218 ta si ochilgan bo'lib, 11 ta g'uncha gul hosil qilib ochilmagan. 218 ta ochilgan guldan 72,9 tasi changlanib, dukkak hosil qilgan. Qolgan 145,1

tasi dukkak hosil qilmagan. Parvoz navi (ekish muddati 10-may, 17,20C) ekish muddati 10-aprel(18,80C) ga qaraganda esa bo'g'im soni 3 ta ga, g'unchalar soni 35 ta ga, gul soni 100 ta ga va dukkak soni esa 16,0 ta ga oshdi. Parvoz navidagi 230 ta g'unchadan 228 ta gul ochilib, 2 ta g'unchasi gul hosil qilmagan. 228 ta guldan 80,5 tasi dukkak hosil qilgan, 147,5 tasi changlanmagan.

Demak, tajribamizdagi natijalarga ko'ra, soya urug'ini ekish va hosildorlikni yuqori olish uchun eng qulay vaqt bu 20- aprel va 30- aprel oralig'I ekanligi ma'lum bo'ldi. Jumladan, 23-24 aprel kunlari ekishni tavsiya qilamiz.

Soya navlarini 30-aprelda ekilganda poyasidagi bo'g'imlarda gullar soni ko'p bo'ldi, lekin havo issiq bo'lganligi sababli gullarini ko'pchilik qismini to'kib tashladi. Natijada dukaklar soni ham hosildorlik ham kamayganini kuzatdik. Soya o'simligi gullash fazasida haroratga juda talabchan bo'ladi, chunki bu faza ancha cho'zilgani uchun uzoq vaqt davomida harorat kerak bo'ladi. Reproduktiv organlarning shakllanishi uchun esa eng qulay harorat 20-21,50C, lekin gullash davrida o'simlik uchun ma'qul harorat -22-250C, dukkak hosil qilish fazasida -20-230C va dukkaklarni yetilish fazasida esa 18-200C normal hisoblanadi.

Tajriba o'tkazilgan hududda yog'ingarchilik asosan noyabr oylaridan boshlanib aprel-may oylarigacha davom etadi.

1

Diagrammadan ma'lum bo'lishicha Xorazm viloyatida yog'adigan yog'inlar asosan feral-mart oylariga to'g'ri keldi. Masalan 2022 yilda yog'in fevral va mart oylarida tushgan, aprel oyida juda kam tushgan may va undan keyingi oylardaitushgan yog'inlar o'simlik vegetatsiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatmaydi. 2022 yilda kuzatilgan havo harorati yanvar-fevral oylarida o'rtacha -5,2-1,00C ni, minimum -9,1- 4,50C, maxsimum 0,3-9,60C bo'ldi. Soya urug'larini ekish asosan aprel oyi hisoblanadi. Aprel oyida o'rtacha harorat +190C, minimum harorat +12,30C, maxsimum harorat esa +26,30C ni tashkil qildi. Bunday harorat .soya urug'larining unib chiqishi uchun yetarli hisoblandi. May-iyun oylarida havo harorati ko'tarilgan bo'lib o'rtacha harorat 22,1-30,20C ni, minimum harorat 15,1-21,70C ni, maxsimum ha2orat esa 28,8-37,80C ni tashkil qildi. Eng yuqori harorat iyul oyida kuzatildi. Bu vaqtga soyaning (gullash davriga to'g'ri keladi. Iyul oyida o'rtacha harorat +32,00C ni, minimum +23,70C, maxsimum +39,40C bo'ldi. Avgust-sentabr oylarida soya

dukkaklari pishib yetildi. Avgust-sentabr oylarida o'rtacha havo harorati 28,3-23,50C ni, minimum harorat 20,4-15,90C ni, maxsimum harorat esa 35,9-31,90C ni tashkil qildi.

Bundan ko'rinib turibdi iyul oyida haroratning maxsimum darajada ko'tarilishi (+39,40C) kuzatildi. Bu vaqt soya navlarining gullash fazasiga to'g'ri keladi. O'simlik uchun qulay harorat +250C bo'lib, havo haroratni ko'tarlishi gullarni o'z-o'zidan to'kilishiga sabab bo'ladi.

Olib borilgan kuzatishlardan ma'lum bo'lishicha Xorazm viloyati Urgnch tumanida eng havo harorati yuqori bo'lgan oylar iyun va iyul oylariga to'g'ri keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Hartman GL, Ellen DW, Theresa KH. Crops that feed the world 2 soybean worldwide production, use, and constraints caused by pathogens and pests. Food Sec 2011; 3:5-17. doi: 10.1007/s12571-010-0108-x

2. IITA, 1980, International Institute of Tropical Agriculture, Soybean Production Training Manual, 10, 308.

3. INTSOY, 1989, International soybean Programme Newsletter/Pamphlet, University of Illinois at Urbana, Champaign, Illinois U.S.A.

4. Kale, F. S., 1985, Soybean, its value in dietetics, cultivation and uses, International Books and Peridicals Supply Services, India, 479 pp.

5. Knipscheer, H. C, P. Ay, 1982, The Potential of Soybeans in Nigeria and the Results of IITA Survey in Two Principal Production Areas (Benue State and Zonkwa-Abuja), Discussion paper N. 1/82, Agric. Economic IITA, Oyo Road, Ibadan, Nigeria 1-46.

6. Kuepper, G., 2003, Foliar Fertilization ATTRA Publication, #CT135, http://attra.ncat.org-pub/PDF/foliar.pdf.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.