Научная статья на тему 'O‘RTACHA SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA SOYA YETISHTIRISH USULLARI'

O‘RTACHA SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA SOYA YETISHTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
112
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tuproqlar / soya yetishtirish / kimyoviy moddalash / ventilatsiya / bitkilar

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Yigitaliyev Dilmurod To‘Lqin O‘G‘Li, Elmurodova Sevinchxon Paxlavonjon Qizi

Tuproqlar o‘rtacha sho‘rlanishi tabiiy jarayonlardan biridir, shuning uchun tuproqlar erkin soya yetishi uchun bizning interventsiyamizning ko‘rsatilishi kerak bo‘lishi mumkin. Soya yetishtirishning bir necha usullari mavjud, ulardan biri tuproqlarni yaxshi muvozanatga ega bo‘lishi uchun tuproqni kimyoviy moddalashgan holda qayta tiklashdir. Bunda tuproq o‘ta yaxshi ventilatsiya qilinishi, tuproqni kimyoviy moddalashgan holda qayta tiklash uchun kerakli moddalar ishlatilishi va tuproqni barqaror qilish uchun kerakli bitkilar ekip yuborilishi lazim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘RTACHA SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA SOYA YETISHTIRISH USULLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

O'RTACHA SHO'RLANGAN TUPROQLARDA SOYA YETISHTIRISH USULLARI 1Yigitaliyev Dilmurod To'lqin o'g'li, 2Elmurodova Sevinchxon Paxlavonjon qizi

1 Farg'ona Politexnika instituti qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash

texnologiyasi kafedrasi o'qituvchisi. yi gitaliyevdilmurod22@gmail.com 2 Farg'ona Politexnika instituti Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi talabasi. paxlavonsaydurasuliov@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7999782

Annotatsiya. Tuproqlar o'rtacha sho'rlanishi tabiiy jarayonlardan biridir, shuning uchun tuproqlar erkin soya yetishi uchun bizning interventsiyamizning ko'rsatilishi kerak bo'lishi mumkin. Soya yetishtirishning bir necha usullari mavjud, ulardan biri tuproqlarni yaxshi muvozanatga ega bo'lishi uchun tuproqni kimyoviy moddalashgan holda qayta tiklashdir. Bunda tuproq o'ta yaxshi ventilatsiya qilinishi, tuproqni kimyoviy moddalashgan holda qayta tiklash uchun kerakli moddalar ishlatilishi va tuproqni barqaror qilish uchun kerakli bitkilar ekip yuborilishi lazim.

Kalit so'zlar: tuproqlar, soya yetishtirish, kimyoviy moddalash, ventilatsiya, bitkilar.

Kirish Mamlakatimizda qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarning atigi 20,7 foizi sug'oriladigan yerlar hisoblanadi. Bugungi kunda O'zbekistonda jami 4,3 mln gektar sug'oriladigan yer maydoni bo'lib, 2020 yil 1 oktyabr holatiga ko'ra ushbu sug'oriladigan yerlarning 44,7 foizi turli darajada, jumladan, 31,0 foizi kuchsiz, 11,9 foizi o'rtacha, 1,9 foizi esa kuchli darajada sho'rlangan.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 30 yanvardagi 53-son qarorida 2020 yilda dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer uchastkalarida takroriy (o'rtaki) qishloq xo'jaligi ekinlarini joylashtirish ko'rsatkichlari keltirib o'tilgan bo'lib, unda Farg'ona viloyatida takroriy ekin ekiladigan maydon 28680,3 gektarni tashkil etib, shundan 96 gektar yer maydoniga soya ekilishi nazarda tutilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi 1025-son qarorida keltirilgan 2020 yil hosili uchun asosiy maydonlarga qishloq xo'jaligi ekinlarini joylashtirish ko'rsatkichlariga ko'ra Respublikamizda 1 mln 63 ming gektar sug'oriladigan maydonga kuzgi bug'doy ekilib, ushbu maydonlar bo'shatilganidan so'ng 73 foiz qismiga takroriy ekinlar ekish rejalashtirilgan. Farg'onada 93500 gektar rejalashtirilgan.

O'rganilayotgan hudud yoki soha. Dukkakli ekinlar orasida soya o'ziga xos kimyoviy tarkibga ega eng sifatli oziq-ovqat ekini hisoblanib, doni tarkibida ayrim almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalar miqdori no'xat va moshga nisbatan yuqori ekanligi ma'lum. Tuproqni azot bilan boyitish xususiyatiga ega bo'lgan ushbu o'simlik donining tarkibida inson uchun eng muhim bo'lgan izoleysin, leysin, lizin, metionin, fenilalanin, treonin va valin aminokislotalari mavjud. Bugungi kunda dunyoda soya maydonlari 130 mln. gektardan ziyod bo'lib, bu o'simlik dukkaklilar ichida ekin maydoniga ko'ra birinchi o'rinni egallaydi. Uning doni tarkibida 50 % gacha oqsil va 25-28 % gacha moy borligi uchun eng qimmatbaxo ekinlar guruxiga kiradi. Soya donidan bugungi kunda xalq xo'jaligi uchun zarur bo'lgan 400 dan ortiq turli xil maxsulotlar tayyorlanadi. Soya oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan ekologik toza sifatli xomashyodir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Jaxonda axoli istye'mol qiladigan, o'z tarkibida zararli moddalar deyarli yo'q bo'lgan o'simlik moyining 35 % qismi soya donidan olinadi. Urug'idan moy ajratib olingandan so'ng, soya izolyati xosil bo'ladi va uning tarkibida oqsil miqdori 75 % ga yetadi. Undan bolalar ovqatlari, pechenelar, non uchun foydali qo'shimchalar, kolbasa sanoatiga oqsillar, konditer sanoatida maxsulotlar (kofeinsiz shokoladlar), tayyorlanadi. Sanoatda linolium ishlab chiqarishda, eng sifatli va qimmatbaxo mashina bo'yoqlari olishda ilatiladi. Soya oqsilidan ekologik toza sifatli tarkibida letsitin moddasi saqlaydigan tuxum kukuni, qon plazmalari, ko'zoynaklar uchun sifatli linzalar olishda foydalaniladi.

Bir kilogramm soya urug'idan insonlar uchun 4 litr, buzoqlar uchun 8 litr sut tayyorlash mumkin, shuningdek, xayvonlar beradigan barcha maxsulotlarni - sut, qatiq, tvorog, pishloq, go'sht (qo'y, mol, tovuq, g'oz) maxsulotlarini olish mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olib mualliflar, o'rtacha sho'rlangan tuproqlar sharoitida soyani takroriy ekin sifatida ekishni va soya doni yetishtirishni ko'paytirish uchun maslaxatlarni beradilar.

"Soya ekinini yetishtirish va axolini soya o'simlik moyiga bo'lgan eqtiyojini to'laqonli qondirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Vazirlar Maqkamasining qaroriga binoan 2017-2021-yillarda soya o'simligi ekiladigan maydonlar bosqichma-bosqich ko'paytirib borilishi, mazkur vaqt davomida 92,2 ming gektar maydonga asosiy, 40,6 ming gektar maydonga takroriy ekin sifatida ekilishi ko'zda tutilgan.

O'zbekiston iqlim sharoitida bu o'simlikdan yiliga 2 marta xosil olish mumkin. Soya dukkakli ekin bo'lganligi uchun atmosferadagi erkin azotni o'zlashtirish, tuproqdagi fosforni faol xolatga keltirish, tuproq unumdorligini oshirish hususiyatiga ega.

100 g soya donidan - 381 kkal energiya ajralib chiqadi.

Soya donida protein moddasi asosiy manba xisoblanib, tarkibida: kaliy, rux, magniy, fosfor, kal'siy, temir moddasi, E va B6 vitaminlari, folik kislotasi va beta karotin mavjud bo'ladi.

Metodlar Farg'ona viloyatining o'rtacha sho'rlangan tuproqlarida soya o'simligini ekib o'stirish va rivojlanish fazalari, botanik belgilarida o'zgarishlar, donining kimyoviy tarkibi agrotexnik tadbirlarga qarab o'zgarishi mumkinligini o'rganish dolzarb vazifalardan xisoblanadi. Tadqiqotda soyaning "Orzu", "Nafis" va "Nena" navlari Farg'ona viloyatining o'rtacha sho'rlangan tuproqlarida ekib o'stirish va ularning rivojlanish fazalarini o'rganish, tuproqda tugunaklar hosil qilish jarayonini kuzatish va navlarning hosildorlik strukturasini aniqlash kabilar maqsad qilib olingan. Tajriba jarayonida yuqorida keltirilgan soya navlari urug'lari uch xil ekish me'yorida ekildi va bunda uch xil ekish tizimi qo'llanilib, o'simlikning o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi o'rganildi. Farg'ona viloyatining o'rtacha sho'rlangan tuproqlarida "Orzu", "Nafis" va "Nena" navlarining rivojlanish fazalari va vegetativ organlarining biometrik rivojlanish dinamikasi, ekish me'yori va ekish tizimining o'zgarishi ta'sirida hosildorlik elementlarining shakllanishi aniqlandi. 2020 yil 20 iyulda Farg'ona viloyatining o'rtacha sho'rlangan tuproqlariga uch xil - "Orzu", "Nafis" va "Nena" navlari ekildi. Avval tajriba variantlari uchun ekin maydoni belgilanib olindi, yaxshilab tekislandi, ekishga tayyorlandi, iplar tortildi. Variantlar dala daftariga chizilib, joylashish o'rni belgilab olindi. Soya urug'larini ekishdan oldin tuproqqa fosforli o'g'it me'yorlari bo'yicha sepildi. Soya donlarni ekishda biz fosforli mineral o'g'itlarni qo'llashimizga sabab shuki, fosforli o'g'itlar o'simlikning sovuqqa chidamlili-gini oshiradi. Xorazm viloyatida mart oyida tez-tez kutilmagan sovuqlar kuzatilgani uchun yoshgina soya maysalarning sovuqlarga chidamligini oshirish maqsadida uni fosforli

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2G23

o'g'itlar bilan oziq-lantirishni tajribalarda sinab ko'rishga qaror qilindi. Biz tajribada fosforli o'g'itni to'rt xil me'yorda soldik: birinchi variantda 50 kg., ikkinchi variantda 75 kg. va uchinchi variant-da 100 kg va to'rtinchi variantda 150 kg (sof holda) barcha ko'rinish-larda soya maysalari 18-20 mart sanalarida unib chiqdi. Soya navlarning unib chiqish fazasida variantlar bo'yicha farq sezilma-di. Keyingi rivojlanish fazasi - shoxlanish davrida sezilarli farq bo'lmadi, shoxlanish davri 2-5 aprelda kuzatildi. Shonalash davri "Orzu" navida 2-4 aprelda kuzatildi, fosforli o'g'itlar soya o'simligida dastlabki rivojlanish fazasida sezilmadi, faqatgina gullash fazasiga kelganda 100 kg fosfor berilgan variantlarda me'yori oshganida bu davr 1-2 kun tezlashgani sezildi. "Nena" navida shonalash fazasida farq mutlaqo sezilmadi, keyingi fazalarda nazorat variantda fosfor-li o'g'itlar solingan variantlarga qaraganda rivojlanish muddati bir-ikki kunga oldin boshlandi. Gullash davri "Orzu" navida 12-13 aprelda kuzatilib, variantlar bo'yicha farq 1-3 kunni tashkil qildi. "Nena" navida bu davr 14-16 aprelda kuzatildi. Bu navda ham o'g'it me'yorlarning oshishi evaziga davrning o'tishi 1-3 kunga kechikdi. Dukkak hosil bo'lish davri aprel oyining ikkinchi yarmida kuzatildi. G'unchalagandan so'ng "Orzu" navida bu 5-7 kun, "Nena" navida esa 8-9 kun o'tgach, gullash fazasi boshlandi. Berilgan mineral o'g'it me'yori evaziga "Orzu" navida gallash fazasi 2-3 kunga va "Nena" navida 3-4 kunga kech boshlandi. Ikkala navda ham berilgan fosforli o'g'itlar me'yorini oshirib borilishi keyingi rivojlanish fazala-riga ta'sir ko'rsatdi. Dukkaklarning to'lishish fazasi eng uzoq cho'zilgan rivojlanish fazasi ekanligi ma'lum bo'ldi. Soya navlarida pishish fazasi eng qisqa rivojlanish fazasi bo'lib hisoblanadi. Pishish fazasi may oyining oxirida va iyun oyining birinchi dekadasida boshlanishi ma'lum bo'ldi. "Orzu" navida 26-27 may kunlari, "Nena" navida esa 2-4 iyun kunlari pishish davri kuzatildi.Tajriba ma'lumotlaridan soya navlarining mine-ral o'g'it berilmagan nazorat variantlarda rivojlanish fazalari tezlashgani ma'lum bo'ldi. Mineral o'g'itlar bilan me'yorda oziqlantirilgan soyaning ikkala navning rivojlanish fazasida qisqarish bo'lganligi ma'lum bo'ldi. Tajribadan ma'lum bo'lishicha, nazorat variantda soyaning "Orzu" va "Nena" navlari pishib yetilishi 2-3 kunga tezlashdi. Demak, tuproqda oziqa moddalar yetarli bo'lmasa, o'simlikning poyalari pastroq va rivojlanishi sust bo'ldi, barglar, dukkaklar soni va dukkakdagi donlar soni kamroq bo'ldi. Fosforli o'g'it qo'llanilganda, soyaning "Orzu" va "Nena" navlari rivojlanish fazalari 2-4 kunga kechikishi qayd qilindi

Xulosa. Soya navlari hosildorligi fosforli o'g'itlarning be-rilish me'yoriga qarab turlicha bo'ldi, eng yuqori don hosili bir gektar maydonga 100 kg fosfor berilgan variantlar-dan olindi va "Orzu" navida 18 s/ga don olingan bo'lsa, "Nena" navida 21 s/ga ni tashkil etdi. Eng kam soya doni hosili nazorat variantlarda pishib yetildi, fosforli o'g'it solinmagan variantlarda bir gektardan 13,7 s/ga "Orzu" navi, "Nena" navi esa 14,6 syentner don hosili berdi. Fos-for miqdori 150 kg. ga oshirilganda, bir gektardan olingan don hosilida katta farq sezilmadi yoki hosildorlik 1,1 syentnerni tashkil etgani uchun qilingan xarajatlarni qop-lamadi. Shuning uchun biz tajribamizda eng yaxshi variantni fosforli o'g'it 100 kg solingan variantlarda deb hisobladik. Xulosa: Xorazm viloyatining o'rtacha sho'rlangan tuproq-larida soya navlarini ekish shuni ko'rsatdiki, soyaning "Orzu" va "Nena" nomli navlarni keskin kontinental iqlimga ega bo'lgan Xorazm viloyatida mart oyining dekada-sida ekib, may oyining oxirida hosili pishib yetildi. Soya ekilgan maydonlarga 100 kg. fosforli o'g'itlarni solish, yuqori hosil olishga olib keldi va soya navlari fosforli o'g'it solinganda, nazorat o'g'itsiz variantga qaraganda 4-5 kunga o'suv davri cho'zildi. Demak, o'rtacha sho'rlangan Xorazm viloyati tuproqlarida soya navlarini ekib, aholi uchun ekologik oziq-ovqat mahsulotlarni yetishtirish mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

REFERENCES

1. Мирзакаримова Г. М. Муродилов ХТУ Понятие о бонитировки балла почв и её главное предназначение //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). - 2022. - Т. 2. - №. 1. - С. 223-229.

2. Ganiyev Y. Y., Qosimov L. M., Murodilov K. T. CREATING AGRICULTURAL MAPS USING GEO-INFORMATION SYSTEMS AS AN EXAMPLE OF BANDIKHAN DISTRICT //Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities. - 2023. - Т. 11. - №. 3. - С. 1132-1140.

3. Murodilov K. T., Alisherov S. M. WEB CARTOGRAPHY AT THE CURRENT STAGE OF DEVELOPMENT OF GEOINFORMATION RESOURCES //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2023. - Т. 11. - №. 4. - С. 166-171.

4. Toshmatov U. Q., Murodilov K. T. CREATING MAPS OF AGRICULTURE AND CLUSTERS BY USING GEOINFORMATION SYSTEMS //Innovative Development in Educational Activities. - 2023. - Т. 2. - №. 6. - С. 464-470.

5. O'G'Li M. H. T. Market transformation for sustainable rural housing //Достижения науки и образования. - 2019. - №. 7 (48). - С. 30-31.

6. Mamatkulov, O. O., and J. O. Numanov. "Recycling of the Curve Planning in Gat Technology (Auto Cad) Program." Middle European Scientific Bulletin 18 (2021): 418-423.

7. Ugli, M. O. O. (2021). RECYCLING OF THE CURVE PLANNING IN GAT TECHNOLOGY (Auto CAD) PROGRAM. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(11), 480-483.

8. Jasurbek Omonjon Ogli Nononov. (2020) FARG'ONA VILOYATIDAGI MADANIYAT VA ISTIROHAT BOG'LARI // Science and Education.

9. Murodilov K. T., Muminov I. I. THEORY OF CREATING CLUSTER MONITORING WEB MAPS USING GEOINFORMATION SYSTEMS //Open Access Repository. - 2023. - Т. 4. - №. 3. - С. 1430-1436.

10. Murodilov K. T., Toshmatov U. Q. CREATING MAPS OF AGRICULTURE AND CLUSTERS BY USING GEOINFORMATION SYSTEMS. Innovative Development in Educational Activities, 2 (6), 464-470. - 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.