Научная статья на тему 'SOVET DАVRIDА XORАZMDА YANGI YERLАRNI O‘ZLАSHTIRILISHI VА UNING OQIBАTLАRI (1950-80 YILLАR MISOLIDА)'

SOVET DАVRIDА XORАZMDА YANGI YERLАRNI O‘ZLАSHTIRILISHI VА UNING OQIBАTLАRI (1950-80 YILLАR MISOLIDА) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
39
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xorazm vohasi / gektar / o‘zlashtirish / paxtachilik / sholichilik / chorvachilik / xutor xo‘jaliklar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Karimova Adolat Shuxratovna, Xudayberganova Zubayda Maqsud Qizi

Ushbu maqolada Xorazm viloyatida 1950-80 yillarda olib borilgan yangi yerlarni o‘zlashtirish, paxtachilik va sholichilikni rivojlantirishga qaratilgan xarakatlar murakkab tabiiy iqlim sharoitlarida amalga oshirilishi va viloyatdagi yerlarning yaroqsiz xolatga kelib, qishloq xo‘jaligi inqiroz xolatiga kelgani tarixi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOVET DАVRIDА XORАZMDА YANGI YERLАRNI O‘ZLАSHTIRILISHI VА UNING OQIBАTLАRI (1950-80 YILLАR MISOLIDА)»

SOVET DAVRIDA XORAZMDA YANGI YERLARNI O'ZLASHTIRILISHI VA UNING OQIBATLARI (1950-80 YILLAR MISOLIDA)

Karimova Adolat Shuxratovna

Xorazm viloyati Urganch tuman 39-sonli maktab Tarix fani o'qituvchisi Xudayberganova Zubayda Maqsud qizi

Xorazm viloyati Urganch tuman 39-sonli maktab Tarix fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7376355

Annotatsiya: Ushbu maqolada Xorazm viloyatida 1950-80 yillarda olib borilgan yangi yerlarni o'zlashtirish, paxtachilik va sholichilikni rivojlantirishga qaratilgan xarakatlar murakkab tabiiy iqlim sharoitlarida amalga oshirilishi va viloyatdagi yerlarning yaroqsiz xolatga kelib, qishloq xo'jaligi inqiroz xolatiga kelgani tarixi to'g'risida to'xtalib o'tilingan.

Kalit so'zlar: Xorazm vohasi, gektar, o'zlashtirish, paxtachilik, sholichilik, chorvachilik, xutor xo'jaliklar.

1950 yilda Xorazm vohasida sug'oriladigan yer maydonlari 143 ming ga bo'lib, xukumatning 1949 yildagi qaroriga asosan yil oxirigacha 148 ming gektarga yetkazish,[1,636]. 1954-1957 yillarda esa sug'oriladigan yerlarni 40 ming ga ga kengaytirish, 130 ming ga ekin maydonlarning meliorativ holatini yaxshilash vazifasi qo'yilgan.[2,605-74]. Natijada Amudaryo bo'ylari va Qoraqum yaqinidagi yerlarni o'zlashtirish ishlari keng ko'lamda boshlab yuborildi. O'zlashtirilgan 20 ming ga dan ortiq maydonlarda paxtachilik, sholichilik, chorvachilik va poliz-sabzavotchilikka mo'ljallangan 20 dan ortiq davlat xo'jaliklari vujudga keldi. [2,91]

1956 yilda viloyatning Mang'it shahri Qoraqalpog'istonning Amudaryo tumani markazi etib belgilandi. O'rniga esa Amudaryoning so'l qirg'og'idagi Cholish pristani va atrofidagi yerlar Urganch tumani tassarufiga o'tkazildib, daryo yaqinidagi yerlarni dehqonchilikka moslashtirish, kanallar qazish. zax suvlarni qochirish kollektorlari qazish kabi ishlar amalga oshirildi.

Xorazmda yangi yerlarni o'zlashtirish respublikaning janubiy-sharqiy xududlaridagi (Markaziy Farg'ona, Mirzacho'l, Surxon-Sherobod, Jizzax, Qarshi dashtlari) kabi yirik mintaqalar bilan yonma-yon ravishda amalga oshirildi. Bunda SANIRI, SOYuZNIXI, TIIIMSX, "O'zerloyiha", "Sreazgidroproekt" singari yirik tashkilotlarning olimlari va muhandislarining katta yordamlarini aloxida ta'kidlash joiz. Ammo asosiy ishlar faqat ichki zahiralar tomonidan amalga oshirildi, mintaqadan tashqaridan aholi jalb qilinmadi. Shu bilan birga, sug'orish tarmoqlarini qurish va ulardan foydalanishda qo'shni viloyatlarning o'zbeklari, turkmanlari, qoraqalpoqlari va boshqa baynalminal millat vakillarining faol ishtirokida amalga oshirildi. Yangi o'zlashtirilgan yerlarda tashkil etilgan sovxozlar markaziy aholi punktlari va madaniy-maishiy ob'ektlar (maktablar, tibbiyot shoxobchalari, klublar, do'konlar va boshqalar) kompleks etib qurildi. Bunga Al-Xorazmiy, Bog'ot. Guliston. Qoraqum, Sohibkor, Zarbdor kabi davlat xo'jaliklari misol bo'ladi. Yangi yerga kelgan oilalarga tomorqa maydonlari ajratildi, qo'shimcha daromad olish imkoniyatlari yaratildi.

1960 yillarga kelib Xorazm qishloq xo'jaligida paxtachilik bilan bir qatorda sholichilikka ham alohida e'tibor berila boshlandi. Xukumatning "O'zbekistonda sholi ekadigan davlat xo'jaliklarini tashkil etish to'g'risida"gi Qarori qabul qilindi (1961 yil 16 iyun) va natijada viloyatda dehqonchilik qilinayotgan yer maydoni 153 ming ga ga yetkazildi,[3,39] kengaygan yerlarning 3,5 ming ga ga sholi (142,9 ming ga ga paxta) ekildi.[4,112]

Qishloq xo'jaligida texnikadan keng foydalanila boshlanib dalalarni kengaytirish va kapital tekislash ishlariga zarurat ortib bordi. Xorazm viloyatida "Qishloq madaniyatini oshirish" shiori ostida xutor xo'jaliklarda yashayotgan aholini posyolkalarga ko'chirish harakati boshlandi. [5]

(O'zKompartiya MKning 1964 yil iyunt plenumi qaroriga asosan). Uning natijasida viloyatdagi 1500 ga yaqin xutor xo'jaliklarning tugatilishi evaziga qo'shimcha 7 ming ga yer maydoni qishloq xo'jalik aylanmasiga kiritildi.[2,91]

1965 yilga kelib Xorazm viloyatining yer fondi 240 ming ga ga yetgan bir vaqtda yuqori darajada sho'rlangan yerlar 29100 ga ni, tuz konlari 43615 ga ni,

botqoqlik va ko'llar — 29673 ga ni va qum bosgan yerlar — 14854 ga ni tashkil qilgan [3,35] bu esa viloyatda qishloq xo'jaligi sohasidagi amalga oshirilishi kerak bo'lgan faoliyatni qanchalik mashaqqatli ekanligidan darak beradi.

Vohadagi suv xo'jaligini rivojlantirish maqsadida "Xorazmsuvqurilish" tresti tashkil etildi (O'zbekiston KP MKning 1969 yil 21 martdagi Qaroriga asosan). Trest faoliyatining samaradorligi yildan-yilga o'sib kelayotgan mablag'lar va katta miqdorda texnika (agar 1969 yilda ekskavatorlar soni 86 ta, bulbdozerlar 98 ta, skreyperlar 10 ta, zemlesos snaryadlari 91 ta bo'lsa, [7,131-188]

1975 yilga kelib ekskavatorlar 181 ta, bulbdozerlar 100 ta skreyperlar 100 ta, zemlesoslar snaryadlari 103 taga yetdi [7,6;23] ajratilishi asosida oshib bordi. Sohani rivojlantirish maqsadida 1980 yilda 105 mln. rublb mablag' ajratilishi natijasida o'zlashtirish ishlari yanada jadallashtirildi yangi yerlar 35,7 ming ga ga, kapital tekislanganlik 38.4 ming ga ga, meliorativ holatning yaxshilanganligi 51,3 ming ga ga yetdi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, Xorazm viloyatida yangi yerlarning o'zashtirilishi natijasida ulkan yutuqlarga erishildi, ammo qishloq xo'jaligining bog'dorchilik, poliz va sabzavot ekinlari uchun muammolar ko'ndalang bo'lib qoldi.

Adabiyotlar:

1. KP Uz. v rezolyutsiyax... - T. 2. - S. 636-637..

2. Xudoyberganov M. Xorazm paxtakorlarining g'olibona odimi. — Toshkent: O'zbekiston, 1970. - B. 605, B. 91; Shamsutdinov F. 30 let vodnogo xozyaystva Uzbekistana. - S. 74.

3. Ahmedov X. Irrigatsiya Xorezma. - Toshkent: Uzbekistan, 1965. - s. 39.

4. Sovetskiy Uzbekistan za 40 det. Stat. sb. — T: Uzbekistan, 1964. - s. 112.

5.Bu borada amalga oshirilgan ishlar R.Jumaniyozovning "Деятельность Компартии Узбекистана повышению культуры быта села" (Toshkent, 1975) mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida qisman o'z aksini topgan.

6. Ahmedov X. Irrigatsiya Xorezma. - S. 39; GAXO, 276-fond, 1-ro'yxat, 371-ish, 35-varaq.

l. XorVDA, 636-fond, 1- ro'yxat, 30-ish, 131-188-varaqlar, 1-fond, 1-ro'yxat, 1223-ish, 6-varaq, Xudoyberganov Y. Amu jilolari. - B. 23.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.