Esonova Sh.
Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Buxgalteriya hisobi va audityo^nalishi 2-bosqich talabasi
Nizomova M.
Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Bank ishi yo'nalishi 3-bosqich talabasi
SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY TO'LOVLARNI HISOBGA
OLISH
Annotatsiya. Ushbu maqolada soliqlar haqida umumiy ma'lumotlar va joriy qilinish sabablari batafsil yoritilib berilgan bo 'lib, shu bilan birgalikda soliq turlari haqida hambatafsil ma 'lumotlarga ega bo 'lasiz.
Kalit so 'z: soliq, xarajatlar, majburiy to 'lovlar, soliq funksiyalari, soliq turlari, to 'g'ri soliq, egri soliq.
Esonova Sh.
2nd student of accounting and auditing Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
Nizomova M. student of the 3rd stage of banking Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
ACCOUNTING FOR TAXES AND OTHER MANDATORY PAYMENTS
Abstract. This article provides general information about taxes and the reasons for their introduction, as well as detailed information about types of taxes.
Key words: tax, costs, mandatory payments, tax functions, tax types, direct tax, indirect tax.
Oldinlari soliqlar faqat bir martalik, urush yoki yurushlar uchun yig'ilgan. Keyinchalik asta sekin davlatlar o'z harbiy xarajatlari yoki davlat xarajatlari oshganda soliqlar joriy qilinib boshlangan. Birinchi Ispaniya, keyin Fransiya, Amerikada soliqni joriy qilishning yordam beradigan insonlari kambag'al insonlar bo'lishgan. Angliya va Amerikada avvallari soliq bo'lmagan. Ahyon-ahyonda vaqtincha soliqlar yig'ilgan bo'lib, ular, urush yoki boshqa talofatlar xarajatlarini qoplashga sarflangan. Bu qirol yoki prezident chaqiriqlariga asosan amalga oshirilgan. 1810-1816 yillarda Napaleonga qarshi kurash uchun Angliyada birinchi soliq joriy etilgan. Amerikada esa bu 1861-1865 yillari fuqarolar urushi xarajatlarini qoplash uchun yo'lga qo'yilgan. 1874 yilda Angliyada o'z fuqarolari ish haqidan ushlab qolinadigan doimiy soliqni joriy qilgan. 1913 yili Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritib, Amerika ham o'z fuqarolari
ish haqidan ushlab qolinadigan doimiy soliqni yo'lga qo'ydi. Amerikaliklar soliqlarga qarshi kurashishgan ham. 50 yilcha vaqt o'tgandan so'ng Angliya va Amerikada doimiy soliqlar hayotga to'la tatbiq etildi. Bu ish Amerikada boylarni jazolash shiori ostida o'tdi. Shuning uchun ham aholi norozilik bildirishmadi, va unga ovoz berib soliqni rasmiylashtirishda to'sqinlik qilmadi. Shu tariqa soliqlar bizning hayotimizga asta-sekin kirib kela boshladi. Keling endi soliq haqida ham ma'lumotlarga to'xtalib o'tsak:
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo'lishi va uning faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog'liqdir. Soliq kategoriyasi davlatning iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqqan. Soliq tushunchasi tor ma'noda davlat ixtiyoriga soliq to'lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqadi. Soliq mustaqil kategoriya sifatida o'zi bajaradigan funksiyalarga ega bo'lib, bu funksiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funksiya deganda, odatda, kategoriyaning ko'p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy harakatini tushunish lozim. Soliqlarning quyidagi asosiy funksiyalarini ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiqdir: soliqning fiskal funksiyasi, tartibga solish funksiyasi, rag'batlantirish funksiyasi, nazorat funksiyasi, soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan tahminlash funksiyasi. O'zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi soliq to'lovchilar hisoblanadigan sub'yektlar tomonidan foyda solig'i hisobining tartibini belgilab beradi.
Soliq tizimining asosi bo'lgan soliqlar o'ziga xos xususiyatlariga, bir qator belgilariga ko'ra guruhlanadi. Soliqlarning guruhlanishi ularning ob'yektiga, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyaviy faoliyatiga ta'sir etishiga, undirilish usullari, paydo bo'lishiga, byudjetga yo'naltirilishiga va boshqa belgilariga ko'ra ularning tasniflanishidir. Soliqlar ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga qarab yoki boshqacha qilib aytganda undirib olish manbasiga qarab ikki guruhga to'g'ri va egri, ya'ni bevosita va bilvosita soliqlar gruhlariga bo'linadi.
Soliq va boshqa majburiy to'lovlarning elementlari "Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar tizmi "ning asosiy bo'g'ini bo'lib hisoblanadi. Bular soliq solishdagi asosiy tushunchalardir. Ushbu tushunchalar davlat byudjeti va soliq to'lovchilar ertasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladi. Soliq kodeksining 24-moddasida soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning elementlari aks ettirilgan. Bularga quyidagilar kiradi:
Soliq elementlari:
• Soliq solish elementi-soliq to'lovchida soliq yoki boshqa majburiy to'lov hisoblab chiqarilishi va to'lanishi yuzasidan majburiyat keltirib chiqaruvchi mol -mulk, harakat natijasidir.
• Soliq solinadigan baza- soliq solish obyektining soliq yoki boshqa majburiy to'lovning stavkasi tatbiqan belgilangan ko'rsatkichlardagi qiymat, miqdor, fizik va boshqa tavsiflarini ifodalaydi.
Soliqlar va boshqa majburiy to'lovlarning turlari va elementlari
Soliq va boshqa majburiy to'lovni hisoblab chiqarish tartibi-soliq davri uchun soliq solinadigan bazadan, stavkadan, shuningdek imtiyozlar mavjud bo'lsa, shu imtiyozlardan kelib chiqib, soliq va boshqa majburiy to'lov summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi. Soliq va boshqa majburiy to'lovlarni hisoblab chiqarish soliq to'lovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda, soliq va boshqa majburiy to'ovni hisoblab chiqarish majburiyati davlat soliq xizmati organiga yoki soliq agenti zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko'p bo'lib, bozor iqtisdiyoti rivojlana borishi bilan ba'zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo'qola borsa, yangi vazifalar paydo bo'la boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam ta'minlanganlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, bozor iqtisodiy infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi. Shu bilan birgalikda, davlat jamiyat a'zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o'zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga ham mabag'lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o'rnatish, uni boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham ko'plab mablag' yo'naltirishga majburdir. Bunday xarajatlarning amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo'lgan soliqlarni ob'yektiv zarur qilib qo'yadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:
1.M. YUSUPOVA, G. RAXIMOVA "Buxgalteriya hisobi" darslik
2. Qodirova O., Esonova S. THE FACTORS WHICH IMPACTS TO GDP: UNEMPLOYMENT AND TAXES //Академические исследования в современной науке. - 2022. - Т. 1. - №. 16. - С. 130-134.
3. Nizomova M. O'ZBEKISTON SHAROITIDA RAQAMLI BANKLARINING TAHLILI VA UNI YANADA RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASIDAN FOYDALANISH YO'LLAR //Центральноазиатский журнал образования и инноваций. - 2023. - Т. 2. - №. 6 Part 3. - С. 29-34.
4. Otabekov, J., Alikulov, R., Turayeva, G., & Iskanova, M. (2023, April). THE "GREEN ECONOMY" AND ITS PRIORITY FOR IMPROVING ECONOMIC RELATIONS. In International Conference on Business Management and Humanities
5. O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. O'zR 30.12.2019 y. O'RQ-599 -son Qonuni bilan tasdiqlangan «Banklar va bank faoliyati to'g'risida» O'zR Qonuni 2019 yil 5 noyabrdagi O'RQ - 580 - son yangi tahrir.
6. KHurshidbek T., Shakhzodbek Y., Shoxruxmirzo A. BASIC REQUIREMENTS FOR DIGITAL BANK: BANKING PERSPECTIVE //Results of National Scientific Research International Journal. - 2022. - Т. 1. -№. 2. - С. 289-293.
7. Khurshidbek T., Shakhzodbek Y., Shoxruxmirzo A. SHAPING ECOSYSTEMS AND BEYOND BANKS //Results of National Scientific Research. - 2022.
8. Esonova S., Qozimurodova S., Qulsaxatova S. BUXGALTERIYA BALANSI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR //Центральноазиатский журнал образования и инноваций. - 2023. - Т. 2. - №. 2. - С. 62-65.
9. Esonova S. BUXGALTERIYA HISOBINING RIVOJLANISH TARIXI //Models and methods in modern science. - 2023. - Т. 2. - №. 1. - С. 82-85.
10. Jamoliddinzoda N. M. et al. Prospects of digital banking in uzbekistan //World Bulletin of Social Sciences. - 2022. - Т. 13. - С. 4-9.
11. Tolibjonov X., Yetmishboyev S., Azamov S. MARKAZIY BANK RAQAMLI VALYUTASI VA KRIPTOVALYUTALAR //Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук. - 2022. - Т. 2. - №. 5. - С. 178180.