Научная статья на тему 'SOLIQ MAʼMURIYATCHILIGINI TASHKIL ETISHNING ILGʻOR XORIJ TAJRIBASIDAN MAMLAKATIMIZ SOLIQ TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI'

SOLIQ MAʼMURIYATCHILIGINI TASHKIL ETISHNING ILGʻOR XORIJ TAJRIBASIDAN MAMLAKATIMIZ SOLIQ TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
274
98
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SOLIQQA TORTISH / SOLIQ MAʼMURIYATCHILIGI / SAMARALI SOLIQ MAʼMURIYATCHILIGI TIZIMI / SOLIQQA TORTISH REJIMI / SOLIQ MAʼMURIYATCHILIGI VOSITA VA USULLARI / SOLIQ IMTIYOZLARI VA PREFERENSIYALARI

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Safarova N., Boltayev Sh.

Maqolada mamlakatimizda soliq tizimi modernizatsiyasining hozirgi bosqichi va istiqbollarida samarali soliq maʼmuriyatchiligi tizimini shakllantirish metodologiyasi ahamiyati oʻsganligining sabablari hamda yangi jihatlarini yoritishga harakat qilingan. Jahon soliq amaliyoti va soliq maʼmuriyatchiligining zamonaviy trendlari tajribalarini oʻzlashtirish asosida uning samarali vosita va usullarini qoʻllash xususiyatlari va vazifalari bayon etilga

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROSPECTS FOR THE USE OF BEST INTERNATIONAL PRACTICES IN THE ORGANIZATION OF TAX ADMINISTRATION IN IMPROVING THE TAX SYSTEM OF THE COUNTRY

The article attempts to highlight the reasons and new aspects of the growing importance of studying the methodology of forming an effective tax administration system at the present stage and the prospects for modernizing the tax system in our country. Based on the experience of modern tax practice and modern trends in tax administration, the features and purposes of using its effective tools and methods are described. The directions of the formation of an effective system of tax administration in the perspective of the development of the national economy have been substantiated.

Текст научной работы на тему «SOLIQ MAʼMURIYATCHILIGINI TASHKIL ETISHNING ILGʻOR XORIJ TAJRIBASIDAN MAMLAKATIMIZ SOLIQ TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI»

Safarova N.

Toshkent moliya instituti o'qituvchisi

Boltayev Sh.

Toshkent moliya instituti talabasi

SOLIQ MA'MURIYATCHILIGINI TASHKIL ETISHNING ILG'OR XORIJ TAJRIBASIDAN MAMLAKATIMIZ SOLIQ TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI

Annotatsiya: Maqolada mamlakatimizda soliq tizimi modernizatsiyasining hozirgi bosqichi va istiqbollarida samarali soliq ma'muriyatchiligi tizimini shakllantirish metodologiyasi ahamiyati o 'sganligining sabablari hamda yangi jihatlarini yoritishga harakat qilingan. Jahon soliq amaliyoti va soliq ma'muriyatchiligining zamonaviy trendlari tajribalarini o'zlashtirish asosida uning samarali vosita va usullarini qo 'llash xususiyatlari va vazifalari bayon etilgan. Milliy iqtisodiyot rivojlanish istiqbollarida samarali soliq ma 'muriyatchiligi tizimini shakllantirish yo 'nalishlari asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: soliqqa tortish, soliq ma'muriyatchiligi, samarali soliq ma'muriyatchiligi tizimi, soliqqa tortish rejimi, soliq ma'muriyatchiligi vosita va usullari, soliq imtiyozlari va preferensiyalari.

Safarova N. teacher

Tashkent Institute of Finance Boltayev Sh. student

Tashkent Institute of Finance

PROSPECTS FOR THE USE OF BEST INTERNATIONAL PRACTICES IN THE ORGANIZATION OF TAX ADMINISTRATION IN IMPROVING THE TAX SYSTEM OF THE COUNTRY

Abstract: The article attempts to highlight the reasons and new aspects of the growing importance of studying the methodology offorming an effective tax administration system at the present stage and the prospects for modernizing the tax system in our country. Based on the experience of modern tax practice and modern trends in tax administration, the features and purposes of using its effective tools and methods are described. The directions of the formation of an effective system of tax administration in the perspective of the development of the national economy have been substantiated.

Keywords: taxation, tax administration, effective tax administration system, tax regime, means and methods of tax administration, tax incentives and preferences.

Jahon soliq amaliyoti tasdiqlashicha, soliq siyosatining hozirgi zamon talablariga moslashuvchanligini ta'minlashning diqqat markazida - soliq ma'muriyatchiligi samarali tizimini shakllantirish masalasi yotmoqda. Mazkur jihat soliq ma'muriyatchiligi samarali tizimini shakllantirishga oid amaliyotning samarali tadbirlariga jiddiy e'tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi. O'zbekiston Respublikasida zamonaviy talablarga javob beradigan soliq tizimi modernizatsiyasi va soliq ma'muriyatchiligi samarali tizimining shakllanishi, uning taraqqiyoti iqtisodiyot ravnaqi uchun muhim mexanizm ekanligi soliq tizimidagi shiddatli islohotlarning borishini, bu sohaga oid soliq amaliyotidagi tizimli o'zgarishlarni real baholashning ahamiyatini belgilaydi. Umuman, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida yangi talablar asosida soliq ma'muriyatchiligi samarali tizimini shakllantirish masalalarini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Jahon soliq amaliyotida soliq ma'muriyatchiligi samarali tizimini shakllantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarda xufiyona iqtisodiyot ulushini kamaytirish hisobiga soliq tushumlarini sezilarli tarzda oshirish, soliq ma'muriyatchiligidagi samarasiz xarajatlarni qisqartirish yo'nalishlari ochib berilgan. Tadqiqotlar natijalari ko'rsatishicha, ayrim mamlakatlarda soliq tushumlarining yuqori darajasi soliq ahloqi va madaniyatining yuqoriligi hamda soliq qonunchiligining barqarorligi bilan

bog'liq bo'lsa, boshqalarida iqtisodiyotda soliq yukining yuqoriligi, samarasiz imtiyozlar va soliq qonunchiligining nobarqarorligi bois soliq tushumlarining past darajasi mazkur tizimdagi hal qilinishi lozim bo'lgan muammolarni ko'rsatmoqda. Yuqorida keltirilgan masalalar samarali soliq ma'muriyatchiligini shakllantirishning nazariy va amaliy muammolari mavjudligini ko'rsatmoqda va ularni chuqur ilmiy tadqiq etishni taqozo etmoqda.

O'zbekistonda davlat moliyasini boshqarishning yangi samarali vosita va usullaridan foydalanish asosida moliyaviy xavfsizlikni ta'minlashda soliq intizomini mustahkamlash metodologiyasi va umumiy nazariyasini rivojlantirish zaruriyati paydo bo'lmoqda. Bu borada iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishi sifatida "soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag'batlantiruvchi choralarni kengaytirish"[1], "soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, insofli soliq to'lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish"[2], "Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasi vazifalari ijrosi yakunida soliq majburiyatini ixtiyoriy bajarish darajasini 90 foizgacha yetkazish lozimligi"[3] ta'kidlandi. Bular davlat tomonidan samarali soliq siyosatini yuritish bo'yicha strategik rejalashtirish va prognozlashtirish vazifalarini belgilab berdi. Mazkur vazifalar byudjet daromadlari barqarorligini ta'minlash, soliq ma'muriyatchiligi samarali tizimini

shakllantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish zaruriyatini ko'rsatib beradi.

O'zbekistonda jahon andozalariga mos samarali soliq tizimiga tayanuvchi mustahkam iqtisodiy asos hamda real natijaga asoslangan istiqbolli taraqqiyot yo'nalishlarini belgilash, soliq yukini kamaytirish va soliqqa

tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag'batlantiruvchi choralarni kengaytirishga jiddiy ahamiyat berilmoqda. Soliq yukini pasaytirib borish, soliq to'lovchilar o'rtasidagi uning nomutanosib taqsimlanishini bartaraf etish, soliq ma'muriyatchiligidagi

nomukammalliklar tufayli soliqlarni hisoblash va to'lashdagi muammolarni bartaraf etish, soliq to'lovchilar bilan soliq organlari o'rtasidagi iyerarxar munosabatlarga yo'l qo'ymaslik va ularning "hamkorlikda o'sishi"ni ta'minlashga erishish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga to'sqinlik qiladigan asossiz soliq tekshiruvlarini bartaraf etish va soliq maslahati ko'rsatish hamda samarali nazorat tadbirlariga o'tish vazifasi belgilandi.

O'zbekistonda samarali soliq ma'muriyatchiligi tizimini shakllantirish metodologiyasini yanada aniq tarzda ifodalab quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollariga asoslangan yangi soliq siyosati asosida soliq to'lovchilar uchun yaratilgan sharoit va iqtisodiy bazis, rivojlanishning ustuvor yo'nalishlarini hisobga olgan holda "samarali solik ma'muriyatchiligi", "soliq ma'muriyatchiligi samaradorligi mezonlari va kursatkichlari"tushunchalari mazmuniga tizimli yondoshuvga asoslangan yangi ta'rif beriladi;

Soliq amaliyoti tadqiqi asosida, samarali soliq ma'muriyatchiligini shakllantirishning tizimli muammolarini aniqlanadi va ularni hal etishga oid takliflar tizimi tavsiya etiladi.

Solik bazasini kengaytirish va soliq to'lovchilar moliyaviy imkoniyatlari tizimidagi hozirgi zamon o'zgarishlarini hisobga olgan holda samarali solik ma'muriyatchiligi asosida soliq tulovchilarning soliq organlari faoliyati sifatidan konikishlarini kompleks baxolash uslubiyoti taklif etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risi"dagi PF-4947-son Farmoni. - www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5837-sonli farmoni, 2019-yil 26-sentyabr.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-iyuldagi PQ4389-son qaroriga 1-ilova "Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish strategiyasi"ning 3-bob, 3.3-bandi.

4. Алиев А.М. Совершенствование механизма налогообложения / автореферат на соискание ученой степени к.э.н. - М.: 2011. - 21 с.

5. Савченко Н.Б. Совершенствование платежной дисциплины в механизме налогообложения предпринимательской деятельности / автореферат на соискание ученой степени к.э.н. - М.: 2011. - 27 с.

6. Шлянкевич С.В. Усиление контрольной функции налогов в современном механизме налогообложения / автореферат на соискание ученой степени к.э.н. - М.: 2012. - 29 с.

7. Алиев Х.Б. Развитие налогового контроля в РФ / автореферат на соискание ученой степени к.э.н. - М.: 2012. - 23 с

8. Vahobov A., Jo'rayev A. Soliqlar va soliqqa tortish. - T.: Sharq, 2019. -448 b.

9. Niyazmetov I. "Soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish orqali soliq tizimi barqarorligini ta'minlash" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi Avtoreferati. T.: BMA, 2018.-70b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.