Elboyeva U.R.
Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat
fakultetining 3 - D guruh talabasi
SOG'LOM TURMUSH TARZINI TASHKIL ETISHDA JISMONIY
TARBIYA ASOSLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada sog'lom turmush tarzi asoslari, uning mazmuni, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, sog'lom turmush tarzi jismoniy madaniyati, uning tarkibiy qismlari, jismoniy madaniyat, sport, sayohat va xalq o 'yinlariga bag'ishlangan. Jismoniy madaniyatning asosini tashkilyetuvchi faol harakatlar, jismoniy tarbiya va sport, jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish, kun tartibi, shaxsiy gigeniya, atrof-muhit, chiniqtirish omillari, jismoniy kamolot, sog'lom turmush tarzi xususiyatlari haqida ma 'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya va sport, ommaviy sport, organizm, funksional, imkoniyat, sog'lom va barkamol avlod, faol harakat, jismoniy bilim, jismoniy sifatlar, jismoniy qobiliyat.
Elboyeva U.R. student of the 3rd group D Faculty of Physical Culture Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz
PRINCIPLES OF PHYSICAL EDUCATION IN ORGANIZING A
HEALTHY LIFESTYLE
Abstract. This article deals with the basics of a healthy lifestyle, its meaning, the formation of a healthy lifestyle, physical culture of a healthy lifestyle, its components, physical culture, sports, travel and folk games. Information about active activities, physical education and sports, physical education, physical development, daily routine, personal hygiene, environment, training factors, physical maturity, and healthy lifestyle features, which are the basis of physical culture.
Key words: physical education and sport, mass sport, organism, functional, opportunity, healthy and well-rounded generation, active movement, physical knowledge, physical qualities, physical ability.
Kirish
Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev aytganlaridek, sog'lom xalq, sog'lom millatgina buyuk ishlarga qodir bo'ladi. Shu boisdan Prezidentimiz rahnamolgida yosh avlodning har tomonlama barkamol bo'lib yetishish uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Shu bilan bir qatorda mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning ijodiy-intellektual salohiyatini ro'yobga
мЭкономнка h соцнумм №5(120)-1 2024
www.iupr.ru
259
chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talabalarga to'liq javob beradigan, har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli aniq yo'naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasida qonun va qonun osti xujjatlar, jumladan, «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida» Qonunning qabul qilinishi (1992,2000,2015y), 2017-yil 3-iyunda «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaror; 2018-yil 5-martda «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi farmoni; 2019-yil 29-yanvarda «O'zbekistonda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va aholini jismoniy ommaviy sportga jalb etish to'g'risida», 2019 -yil 13-fevralda «2019-2023-yillar davomida O'zbekistonda Jismoniy va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida», «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida», 2020-yil30-oktabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qarorlar qabul qilindi. Ushbu qaror, farmonlarni qabul qilinishi O'zbekistonda Jismoniy tarbiya va sportning qay darajada taraqqiy etayotganidan, shu bilan bir qatorda Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanish hamda sog'lom turmush tarzi bo'yicha hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo'lishini ta'minlash, zararli odatlardan voz kechish, to'g'ri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkilqilish, bu borada tegishliinfratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilingan, desak, mubolag'a bulmaydi. Qabul qilingan me'yoriy hujjatlar ta'lim muassasalarida ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish; ta'lim sifatini oshirish, ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo'llaniladigan zamonaviyta'limdasturlariva texnologiyalarinijoriy etish imkoniyatini yaratadi.
Tahlil va natijalar
Ta'lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta'minlash, ta'limning zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta'lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o'quv- metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, ta'lim muassasalarining sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda pedagog xodimlarini kasbiy qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish taqozo etadi. Ta'lim-tarbiya tizimi jarayoniga yangicha yondashish, bola tarbiyasidagi o'zbek xalqining milliy an'analari, qadriyatlari, xalq ijodiyotining o'ziga xosligi, xalq pedagogkasining ulkan tajribasi hamda o'ziga xos xususiyatlari, mintaqa iqlim sharoitlari, bolaning jinsi, yosh bokschilari, ularning anatomik-fiziologik, psixologik-gigiyenik jihatlari, barcha ijobiy xususiyatlarini o'zlashtirishni uyg'unlashtirish masalalari alohida o'rin
'^KOHOMHKa h ^HyMM №5(120)-1 2024
www.iupr.ru
260
egallaydi.
Sog'lom turmush tarzi insonning madaniy, jismoniy rivojlanishi, mehnat unumdorligi va ijodiy faoliyatini oshirishni o'z ichiga oladi. Sog'lom turmush tarzining asosiy tarkibiy qismlari samarali ish faoliyati, shaxs gigiyena, gigiyena talablariga qat'iy rioya qilish, zararli odatlardan voz kechish, belgilangan bir vaqtda to'g'ri ovqatlanish, jismonan va ruhan chiniqish, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug'ullanib turish. Sog'lom turmush tarzi kasalliklarning oldini olishda asosiy tadbirlardandir. Sog'lom turmush tarzi ma'lum miqdorda ruhiy va jismoniy talablarni qoniqarli darajada amalga oshirishga imkon beradi. Kun sayin sog'lomlashtirish uslubining turlari oshib bormoqda. Jismoniy mashqlar, ovqatlanish me'yori, uyqu, hammomdan foydalanish va boshqalar harakat faoliyatini oshirib boradi.
Jismoniy tarbiya va sportda sog'lomlashtirish texnologiyalarining dolzarbligi va ahamiyati borasida sog'lomlashtirish texnologiyalari birinchi navbatda jismoniy madaniyat orqali inson salomatligini saqlash va mustahkamlashni ta'minlashga qaratilgan. Sog'lomlashtirish samaradorligi har qanday jismoniy mashqlar shakllarining majburiy komponentidir. Shu munosabat bilan jismoniy madaniyatning barcha tarkibiy qismlari (sport, asosiy, kasbiy-amaliy, sog'lomlashtirish va jismoniy madaniyat) sog'lomlashtirish funksiyalarini bajaradi.
Ayni paytda, zamonaviy jamiyatda jismoniy tarbiya, shu jumladan yangi va rivojlanayotgan asbob-uskunalar va texnik vositalar yordamida sog'liqni saqlashni mustahkamlash zaruriyati tobora ortmoqda. Bu, birinchi navbatda, salomatlik muammolarini samarali hal etish uchun mo'ljallangan maxsus tashkil etilgan faoliyatni talab qiladi. Jismoniy tarbiya va sportda sog'lomlashtirish texnologiyalarning asosiy maqsadlaridan biri har bir inson organizmidagi o'z ichki imkoniyatlarini mustaxkamlashga intilishi kerakligiga da'vat etish va har bir shaxs o'zi va boshqalar uchun «sog'lom turmush «tarzini yaratishligi hamda sog'lom avlod orzusida yashashlik va unga erishishga imkoniyat yaratish, salomatlikni saqlash, mustahkamlash va uzoq umr ko'rishga da'vat etishdan iborat.
Xulosa
Jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish ularni salomatligini asrab avaylash, mustahkamlash maqsadida ommaviy sport turlariga jalb etish va aholi
'^KOHOMHKa h соцнумм №5(120)-1 2024
www.iupr.ru
261
salomatligini mustahkamlash borasida ijtimoiy muhitga ommaviy sportni jalb etish boгasida Ыг qancha ishlaг amalga oshiгilmoqda. Sog'lom trnmush taгzi va tibbiy madaniyat va sport uyg'unligi borasida yosh avlodga tus^cha^ berib, ongiga singdirish bugungi kunning dolzarb fazifalaridandir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. A. Abdullaev. «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» (1-jild). Toshkent. «NAVRO'Z» nashriyoti, 2017.
2. D.J. Sharipova, G.S.Fuzailova, M. Turkmenova, D. Zufarova. Talabalarda sog'lom trnmush taгzini shakllantiгish. Faгg'ona. 2010.
3. Sh. Xonkeldiyev, A. Abdullayev, Yu. M. Kasach, A.T. Xasanov, M.M.Yuldashev. Sog'lom trnmush tarnning jismoniy madaniyati. Fa^'ona. 2010.
4. R.S. Salomov. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. Toshkent - 2014.
"Экономика и социум" №5(120)-1 2024
www.iupr.ru
262