Научная статья на тему 'SIYOSIY IDEOLOGEMALAR VA ULARNING ETNO-MILLIY MUNOSABATLAR JARAYONIGA TA’SIRI'

SIYOSIY IDEOLOGEMALAR VA ULARNING ETNO-MILLIY MUNOSABATLAR JARAYONIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ideologema / polietnik mamlakat / millatchilik / hududiy yaxlitlik / siyosiy dunyoqarash / konstruktiv kuchlar / destruktiv kuchlar / tolerantlik / karikatura / milliy masala. / ideology / polyethnic country / nationalism / territorial integrity / political outlook / constructive forces / destructive forces / tolerance / caricature / national issue.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Axmedov, Yunusjon

Siyosiy ideologemalar siyosiy munosabatlar jarayonida tez-tez uchrab turadi va ularning yordamida mafkuraviy maqsadlar o‘z ifodasini topadi. Tarixiy taraqqiyot davomida siyosiy ideologemalardan turli hukmron doiralar o‘zlarining siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalanishgan. Ularning integratsion hamda dezintegratsion ta’sir kuchi hamma vaqt ommani o‘ziga jalb qilgan. Mazkur maqolada siyosiy ideologemalardan polietnik mamlakatlarda foydalanishining ba’zan konstruktiv, ba’zan destruktiv jihatlari turli mamlakatlar etno-milliy siyosati misolida ko‘rsatib berishga harakat qilingan. Muallif tomonidan siyosiy ideologemalarning turli ko‘rinishlarini etno-milliy va konfessional muhitni sog’lomlashtirishi mumkinligiga oid takliflar ilgari surilgan va bu takliflar ko‘pmillatli O‘zbekiston uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POLITICAL IDEOLOGIES AND THEIR IMPACT ON THE PROCESS OF ETHNO-NATIONAL RELATIONS

Political ideologues are often found in the course of political relations, and ideological goals are expressed with their help. During the historical development, political ideologues were used by various ruling circles to realize their political goals. Their integrative and disintegrative influence has always attracted the masses. In this article, an attempt was made to show the sometimes constructive and sometimes destructive aspects of the use of political ideologues in polyethnic countries on the example of the ethno-national policy of different countries. The author has put forward suggestions that various forms of political ideologies can improve the ethno-national and confessional environment, and it is justified that these suggestions are also relevant for multinational Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «SIYOSIY IDEOLOGEMALAR VA ULARNING ETNO-MILLIY MUNOSABATLAR JARAYONIGA TA’SIRI»

Research BIB / Index Copernicus

SIYOSIY IDEOLOGEMALAR VA ULARNING ETNO-MILLIY MUNOSABATLAR JARAYONIGA TA'SIRI

Yunusjon Axmedov

O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi o'qituvchisi, Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy makatabi mustaqil tadqiqotchisi. akhmedov.yunusj on2301 @gmail .com

Siyosiy ideologemalar siyosiy munosabatlar jarayonida tez-tez uchrab turadi va ularning yordamida mafkuraviy maqsadlar o Z ifodasini topadi. Tarixiy taraqqiyot davomida siyosiy ideologemalardan turli hukmron doiralar o'zlarining siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun foydalanishgan. Ularning integratsion hamda dezintegratsion ta'sir kuchi hamma vaqt ommani o'ziga jalb qilgan. Mazkur maqolada siyosiy ideologemalardan polietnik mamlakatlarda foydalanishining ba 'zan konstruktiv, ba 'zan destruktiv jihatlari turli mamlakatlar etno-milliy siyosati misolida ko 'rsatib berishga harakat qilingan. Muallif tomonidan siyosiy ideologemalarning turli ko'rinishlarini etno-milliy va konfessional muhitni sog'lomlashtirishi mumkinligiga oid takliflar ilgari surilgan va bu takliflar ko 'pmillatli O 'zbekiston uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: ideologema, polietnik mamlakat, millatchilik, hududiy yaxlitlik, siyosiy dunyoqarash, konstruktiv kuchlar, destruktiv kuchlar, tolerantlik, karikatura, milliy masala.

ПОЛИТИЧЕСКИЕ ИДЕОЛОГЕМЫ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ПРОЦЕСС ЭТНОНАЦИОНАЛЬНЫХ ОТНОШЕНИЙ

АННОТАЦИЯ

Политические идеологемы часто встречаются в ходе политических отношений, с их помощью выражаются идеологические цели. В ходе исторического развития политические идеологемы использовались различными правящими кругами для реализации своих политических целей. Их интегрирующее и дезинтегрирующее влияние всегда привлекало массы. В данной статье предпринята попытка показать иногда конструктивные, а иногда и деструктивные аспекты использования политических идеологем в полиэтнических странах на примере этнонациональной политики разных государств. Автором выдвинуты предложения о том, что различные формы политических идеологем могут улучшить этнонациональную среду, и

ANNOTATSIYA

Research BIB / Index Copernicus

обосновано, что эти предложения актуальны и для многонационального Узбекистана.

Ключевые слова: идеологема, полиэтническая страна, национализм, территориальная целостность, политическое мировоззрение, конструктивные силы, деструктивные силы, толерантность, карикатура, национальный вопрос.

POLITICAL IDEOLOGIES AND THEIR IMPACT ON THE PROCESS OF

ETHNO-NATIONAL RELATIONS

Political ideologues are often found in the course of political relations, and ideological goals are expressed with their help. During the historical development, political ideologues were used by various ruling circles to realize their political goals. Their integrative and disintegrative influence has always attracted the masses. In this article, an attempt was made to show the sometimes constructive and sometimes destructive aspects of the use of political ideologues in polyethnic countries on the example of the ethno-national policy of different countries. The author has put forward suggestions that various forms of political ideologies can improve the ethno-national and confessional environment, and it is justified that these suggestions are also relevant for multinational Uzbekistan.

Key words: ideology, polyethnic country, nationalism, territorial integrity, political outlook, constructive forces, destructive forces, tolerance, caricature, national issue.

Polietnik mamlakatlar siyosiy barqarorligini saqlash juda murakkab jarayon hisoblanadi. Bunday mamlakatlarda hududiy yaxlitlikni saqlab qolish hukmron siyosiy elita uchun eng asosiy strategik maqsadlardan biriga aylanadi. Bunday murakkab vazifani amalga oshirish uchun ijtimoiy-siyosiy hayotdagi barcha imkoniyatlarni safarbar etish lozim bo'ladi. Ayniqsa jamiyatda kishilar dunyoqarashini shakllantiruvchi barcha omillarning ta'sir kuchini oldindan aniqlash, agar bunday omillar kishilarni dunyoqarashini tolerantlik ruhida tarbiyalanishiga ta'sir ko'rsatsa ular uchun qulay sharoit yaratish, mabodo destruktiv omil vazifasini o'taydigan bo'lsa ularni ta'sir kuchini kamaytirish, yoki oldini olishning ahamiyati oshib boradi.

Globallashuv sharoitida kishilar dunyoqarashi shakllanishi, ayniqsa ularning siyosiy tasavvurlarini vujudga kelishi hamda rivojlanishi uchun ta'sir ko'rsatuvchi usul va vositalar nihoyatda ortib bormoqda. Ayniqsa kishilarning siyosiy qarashlariga

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

tagzaminida g'oyaviy maqsadlar yashiringan ideologemalar ham o'ziga xos ta'sirini yetkazayotganligini rad etmaslik kerak. Polietnik xususiyatga ega mamlakatlarda siyosiy ideologemalar kishilarning siyosiy qarashlarini shakllanishi va ularni muayyan g'oyaviy maqsadlarga ergashishlari uchun turtki bo'lib xizmat qilishi mumkinligini alohida ta'kidlash lozim.

Uslublar

Ideologema siyosiy atama bo'lib, mafkuraning bir qismi, mafkuraviy tizim elementi hisoblanadi. Siyosiy pragmatikaga mos ravishda ideologemalarning mazmuni o'zgarib turishi mumkin. Ideologemalar hamisha emotsional bo'yoqlarga ega bo'lib o'ziga xos ta'sir kuchini namoyon etadi. Ideologemalardan maqsadli foydalanish orqali omma tafakkuriga samarali ta'sir ko'rsatish imkoni yuzaga c hiqadi. Ideologemalarni esda saqlash oson va ulardan kishilar tafakkurini o'zgartirish bilan manipulyatsiya maqsadida foydalanish oson bo'ladi. Ideologemalarning o'ziga xos xususiyati ularni ma'nosini tez o'zgarishida namoyon bo'ladi.

Ideologema atamasini ilk marotaba o'z asarlarida rus faylasufi M. M. Baxtin qo'llagan. Uning fikricha ideologema muayyan qadriyatlar tizimi bilan bog'liq bo'lgan, mafkuraviy tarkibiy qismi mavjud va jamiyatni birlashtirish uchun haqiqatni tanqidsiz idrok etishga asoslangan so'z yoki barqaror ibora hisoblanadi. Ideologemalar totalitar va demokratik diskursga ham xos bo'lishi mumkin [4:32].

Ideologik ta'sir kuchiga ega bo'lgan ideologemalar konstruktiv va destruktiv mazmun bilan qorishilgan bo'lib ularni tarqatuvchi manbalarning qaysi maqsadni ko'zlaganligiga qarab ideologemaning ta'sir kuchini anglab olish zarur ahamiyat kasb etadi. Siyosiy ideologemalarni siyosiy kommunikatsiyaning vositalaridan biri sifatida qarash, ularning ta'sir kuchidan unumli foydalanish, polietnik mamlak atlarda ulardan samarali foydalanish orqali kishilarni milliy va diniy bag'rikenglik ruhida tarbiyalashning dolzarblgi tobora oshib bormoqda [5:2].

1980 yillardan boshlab millatchilik masalasini tadqiq etgan qator olimlarning izlanishlari xulosasida modernistik nazariyalar hukmronligi ko'zga tashlanadi. Ularning fikriga ko'ra millatchilik yangi davr (modern)ga kelib vujudga kelgan. Millatchilik tadqiqoti bo'yicha modernistlar nomini olgan Ernest Gellner 1983 yilda nashr etgan "Millatlar va millatchilik", Benedikt Anderson tomonidan 1983 yilda nashr etilgan "Tasavvurdagi jamoalar", Erik Xosbaum va Terens Reyndjer tomonidan 1983 yili nashr etilgan "Ananalarni kashfiyoti" asarlarida millatchilik g'oyalari XVIII asrdan keyin vujudga kelgan. Bu asarlarda millat, millatchilik, vatanparvarlik kabi ideologemalar tabiiy hodisa emas, balki kishilar ongida kommunikatsiya va ijtimoiy hamkorlik natijasida vujudga kelgan tushunchalar hisoblanadi, deya qayd etilgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Shveytsariyalik tarixchi Kaspar Xirshi 2012 yili o'zining "Millatchilikning boshlanishi. Antik Rimdan to ilk yangi davr Germaniyasining muqobil tarixi" kitobida millatchilikning modernistik qarashlarini qattiq tanqid ostiga oladi. Uning fikricha hukumatlar o'z aholisini haqiqiy urushlarga o'sib yetadigan informatsion urushga safarbar etar ekan "bizni" "ular"ga qarshi nima umumlashtirib turadi, degan "hikoyalar"ni o'ylab topishar edi [6:2]. Bunday vaziyatda barchani boshqalarga qarshi umumlashtirib turuvchi faktor qondoshlik, genlar, yagona tuproq, umumiy tarix, til va madaniy qadriyatlar ko'rsatilar edi. Mana shu jarayonda ommani birlashtirish uchun zarur bo'lgan millatchilik xarakteriga ega ideologemalardan foydalanish boshlangan [6:2]. Hukmron siyosiy elita uchun zarur bo'lgan umumlashtiruvchi faktor sifatida "Bu yerlar bizni qadimiy ona yerimiz", "Ularning qonida bizga nisbatan nafrat bor" kabi destruktiv ma'noga ega, "Bizning ular bilan tariximiz bitta" kabi konstruktiv millatchilikka xos ideologemalar qo'llanila boshlangan. Kaspar Xirshi bunday ideologemalarning kuchini shamolda keng yoyiladigan harbiy bayroqlardan kam emasligini yozadi [6:2].

Ideologemalar siyosiy va ommaviy axborot vositalariga ham xos umumiy tushuncha bo'lib, kishilar ongida mafkuraviy ko'rsatmalarni shakllantiradi va mustahkamlaydi. Ideologemalarda jamiyatda tarqalgan siyosiy ko'rsatmalarning asosiy konseptual mohiyati ifodalangan bo'ladi.

Natija

Ideologemaning asosiy vazifasi murojaat etuvchining (nutq jo'natuvchining) qabul qiluvchining (nutqni qabul qiluvchining) ongiga maqsadli ta'sir etishdan iborat. Ideologemalarning eng ko'p tarqalgan shakllaridan biri bu shior shaklidagi ideologemalar hisoblanadi. Aynan shiorlar shaklidagi ideologemalarning tarkibi siyosiy mazmunga boy, emotsional jihatdan kishilarni jalb qilishga qaratilganligi uchun ularning ta'sir kuchi nihoyatda baland bo'ladi. Ideologemalar siyosiy ta'sir kuchiga ega bo'lganligi uchun kishilarni siyosiy jarayonlarga oid tasavvurlarini shakllantirish bilan bir qatorda ularni muayyan siyosiy qarashlarga nisbatan munosabatini ham ifodalashga xizmat qiladi [3:1]. Ularning ta'sir kuchi ba'zan o'ta rezonansli bo'lib siyosiy jarayonlar ishtirokchilarini harakatga undashi, ularning siyosiy faolligini oshirishga xizmat qilishi ham mumkin. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib aytish mumkinki, siyosiy ideologemalar ba'zan jamiyat a'zolarini konsolidatsiyasiga xizmat qiluvchi funksiyani bajarsa, ba'zan siyosiy hukmron elitaning mavqe'iga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi destruktiv funksiyani ham bajarishi mumkin.

Polietnik mamlakatlarda siyosiy ideologemalarni har ikki ta'sir kuchidan jamiyat hayotini turli jihatlarida foydalanish bilan bir qatorda kishilarni siyosiy

Research BIB / Index Copernicus

qarashlariga jiddiy ta'sir o'tkazuvchi omil sifatida ham qarash mumkin. Agar polietnik mamlakatlardagi siyosiy jarayonlarga nazar soladigan bo'lsak siyosiy ideologemalarni turli maqsadlarda qo'llanilganligi va ularning ta'sir kuchi ideologemani ilgari surgan kuchlarga katta foyda keltirganiga guvoh bo'lamiz.

Muhokama

Polietnik mamlakatlarda ba'zan muayyan chaqiriqlar shaklida yoki ayrim holatlarda ommaga e'lon qilinadigan axborotlarda ham destruktiv yoki konstruktiv shaklga ega ideologemalardan foydalaniladi. Ularning ommani tasavvurlarini shakllanishiga ta'sir kuchi nihoyatda yuqori bo'ladi.

Ma'lumki qo'shni Qozog'iston Respublikasidagi polietnik muhitni sobiq Sovet davlatining milliy siyosatini oqibati sifatida qabul qilish to'g'ri bo'lardi. Oxirgi yillarda Qozog'istonda ham milliy siyosatda mamlakatdagi barcha etnik guruhlarni yagona davlat mafkurasi atrofida birlashtirish ideyasi ilgari surilmoqda. Natijada etnik siyosat maydonida turli ideologemalar ilgari surilmoqda. Lekin shu bilan bir qatorda mamlakatdagi turli millat vakillari o'rtasida ba'zan maishiy darajadagi ziddiyatli vaziyat yuzaga kelganda shunday ideologemalar destruktiv ruhiyatga ega bo'lib bormoqda. Jumladan, Pavlodar viloyatida 2015 yilda do'kon sotuvchisi bo'lgan rus ayoli mahalliy qozoq ayoli bilan bahsga kirishib "Yaqinda bu yerga Rossiya kirib keladi va hammamiz rossiyaliklarga aylanamiz", deya qilgan hayqirig'i, qozoq jamoatchiligini diqqatini tortgan edi. Bu yerda rusiyzabon sotuvchi ayol qozoq tilida xaridorga xizmat ko'rsaishdan bosh tortgan edi. O'z navbatida mamlakatida lingvistik diskriminatsiyaga uchragan qozoq ayoli prezident va boshqa davlat organlari rahbarlariga murojaat bilan chiqib qozoq tilini davlat tili sifatida huquqiy himoyasini ta'minlashni, mamlakat hududiga shovinistik qarashlarning sudralib kirishini oldini olishga chaqirgan edi [1:20].

Qozog'istondagi til birligi bilan bog'liq milliy ziddiyatlarni internet maydoniga ko'chishi ham mamlakatdagi boshqa tilda so'zlashuvchi turli etnik birliklarni tashvishga solish bilan bir qatorda ularda mamlakatdagi etnik barqarorlikka nisbatan shubha uyg'otmoqda. Oxirgi yillarda Qozog'istonda bir qator ziyolilar guruhi (R. Kenjexanuli, A. Shurayev, B. Buxarbay) mamlakatda qozoq tilining ommaviy muloqot tiliga aylana olmayotganligi, uning jamiyatda mavqei hamon mustahkam emasligidan tashvishga tushib qozoq tilini o'qitish boyicha muayyan loyihalarni ishga tushirishni taklif etishmoqda. Lekin ularning taklif etayotgan loyihalarning "Men qozoqman", "Qozog'iston bo'risi" nomlar bilan atalishi mamlakatdagi boshqa millat vakillarining tasavvurida qarama-qarshi hissiyotlarni vujudga keltirishi tabiiy [1:25].

Polietnik davlat sifatida Rossiya Federatsiyasida ham milliy masala hamisha hukmron elita uchun o'ziga xos muammolardan biri hisoblanib keladi. Rossiya

Research BIB / Index Copernicus

siyosiy elitasi mamlakatning oxirgi o'ttiz yillik davridagi siyosiy hayotini demokratik prinsiplar amal qilgan davr deb atasa ham, amalda mamlakat aholisning ongidan kolonial mafkurani chiqarib tashlashni uddasidan chiqmadi, aniqrog'i bunday tafakkurni chiqarib tashlashni xohlamadi. Natijada Rossiyada ham rusiyzabon aholi va kamsonli millatlar, pravoslav xristianlar va musulmonlar, mahalliy aholi va migrantlar o'rtasida kelib chiqadigan turli xil to'qnashuvlarda ideologemalar xarakteridagi chaqiriqlar tez-tez ko'zga tashlanadi. Oqibatda bunday ideologemalar Rossiya jamiyatini ham etno-konfessional muhitini taranglashuvini tezlashtirishga xizmat qilmoqda degan fikrga borishimiz mumkin.

Hukmron siyosiy elitaning o'zi ham "ichki dushmanlar"ni qidirib topish, ularning faoliyatiga nuqta qo'yish masalasini doimo ilgari surib keladi [10:1]. Muayyan jamoat arboblari o'zlarini rus millatchilari deb atab "ichki dushmanlar"ning obrazini yaratishda uchta ritorik strategiyani belgilab olishgan. Ular tarixiy, nazariy va etnik strategiya hisoblanadi. Tarixiy strategiya bo'yicha kam sonli millatlar Rossiya imperiyasini barham topishida muhim rol o'ynashgan, nazariy strategiya esa zamonaviy Rossiyaning ko'pmillatlilik va ko'pmadaniyatlilik muhitiga reaksiya sifatida ko'zga tashlansa, etnik strategiya esa ancha agressiv bo'lib, muayyan millatlarni diskreditatsiya qilishga qaratilgan. Bu strategiyani ilgari suradigan millatchilik kayfiyatidagi kuchlar "uchki dushmanlar"ni qidirib topishda asosiy e'tiborni Kavkaz xalqlariga qaratadilar. Millatchilik ruhidagi bunday guruhlarning asosiy ideologemasi "Rossiya ruslar uchun", "Yevropacha namunadagi davlatni barpo etamiz" kabilar bo'lib, ularni g'ayrirus bo'lgan boshqa millat vakillari va etnik birliklar keskin tanqid qiladilar. Rossiyadagi millatchilik qarashdagi ziyolilarning yetakchisi Dimitriy Galvovskiyning oxirgi yillardagi so'rovlarda obro's i muxolifatning mashhur yetakchisi bo'lgan Aleksey Navalniydan keyin ikkinchi o'rinda turgan edi.

Oxirgi yillarda Rossiya jamiyatida vujudga kelayotgan migrantofobiya hodisasidan keyin ham vujudga kelayotgan ideologemalar jamiyatda migranltlarga nisabatan salbiy kayfiyatni shakllanishiga xizmat qilayotganini rad etib bo'lmaydi. Qator ziyolilar vakillari Rossiyaning tobora "osyolashuvi"dan tashvishga tushib "Rossiya poytaxti bugun ruslar shahri emas, "yangi Saroy"ga (Oltin O'rda poytaxti) aylandi", deya bong urushlari migrantlar va kavkazliklarni mahalliy rusiyzabon aholiga qarama-qarshi bo'lishiga o'z ta'sirini ko'rsatmay qo'ymaydi [10:3].

Rossiyaning mashhur nashrlaridan biri "Izvestiya"da ideologemalarni foydalanish sohalarini o'rgangan tadqiqotchilar shunday xulosaga kelishadiki ommaviy axborot vositalarida "o'zimizniki-begonalar" shaklidagi ideologemalarning ko'p ishlatilishi hukmron elita uchun goho integratsion ta'sirga ega bo'lsa, polietnik

Research BIB / Index Copernicus

mamlakatlarda universal ideologema sifatida ular ba'zan dezintegratsion ta'sir kuchiga ham ega bo'lishi mumkin. Agar ommaviy axborot vositalarining bunday amaliyoti ommaviy tus olsa mamlakatdagi muayyan kam sonli etnik guruhlar, mamlakatdagi boshqa konfessiyalar yoki migrantlarning tafakkurida titul millatga nisbatan norozilik kelib chiqishi, aksincha titul millatning aksariyatini tafakkurida barcha boshqa milliy va konfessional guruhlarga nisbatan negativ tasavvurlar shakllanadi. Milliy va konfessional barqarorlik Rossiya siyosiy tizimining strategiyasi uchun muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olib yuqoridagi ideologemalarni integratsion kuchidan ko'ra, dezintegratsion ta'siri kuchliroq bo'lishi mumkinligini alohida ta'kidlash lozim [2:2].

Ideologemalarning tasnifiga e'tibor berilsa ularning tarkibida arxetip-ideologemalar ham alohida o'ringa ega. Bunday ideologemalarda muayyan obraz yoki psixologik portret ifodalanadi. Ko'pincha bunday ideologemalardan foydalanish orqali kishilarning tasavvurida muayyan shaxs, yoki obraz atrofida jamiyatni konsolidatsiya qilish, yoki jamiyatni taraqqiyotini ularga bog'lash xususiyatiga ega bo'ladi. Bunday obrazlar ba'zan salbiy xarakterda ham namoyon etiladi. Natijada jamoatchilikni arxetip ideologemalarning ta'sirida milliy tasavvuri o'zgaradi.

Ko'plab postsovet davlatlardagi etnik va milliy tuzilish murakkab bo'lib ularning siyosiy elitasi jamiyatni muayyan mafkuralarga ishontirish uchun arxetip ideologemalardan foydalanishga harakat qilishadi. Lekin bu amaliyot hama vaqt ham ko'zlangan natijani beravermaydi. Maslan Ukrainaning arxetip ideologemalari Ivan Mazepa, Roman Shuxevich, Stepan Banderalar mamlakat aholisining barchasi tomonidan ham ijobiy qabul qilinmagan. Natijada mamlakat milliy barqarorligiga tahdid soluvchi muhit vujudga keldi. "Banderachilar" atamasi mamlakatdagi rusiyzabon aholi tomonidan deyarli "fashist" atamasi bilan ma'nodosh ideologema sifatida qabul qilina boshlangan. Bu vaziyatda arxetip ideologema dezintegratsion ta'sir kuchiga aylanganini rad etmaslik kerak [8:2].

Ma'lumki Turkiya Respublikasi ham polietnik mamlakat bo'lib bu yerda milliy -etnik xarakterdagi muammolar konfessional muammolar bilan chirmashib ketgan. Hukumatning milliy siyosati mamlakatdagi kurdlar, armanlar, greklar va boshqa kamsonli millatlar tomonidan hamma vaqt ham ijobiy qabul qilinmayd i, aniqrog'i Turkiyada titul millat bo'lgan turklar va armanlar, turklar va greklar, turklar va kurdlar o'rtasidagi munosabatlarning taranglik darajasi nihoyatda baland sanaladi. Shuning uchun Turkiyadagi milliy mojarolarning fazasi doimo yuqori hisoblanadi. Bu yerdagi milliy mojarolar tarixi ancha qadimiy va hozirgi vaziyat o'tmishdagi voqealarning aks-sadosi sifatida namoyon bo'lmoqda degan xulosaga borsak xato bo'lmaydi. Mana shunday sharoitda Turkiyadagi siyosiy elitaning millatchilik

Research BIB / Index Copernicus

ruhidagi ideologemalarni qo'llashi shusiz ham tarang bo'lgan milliy va konfessional muhitni yanada og'irlashuviga ta'sir ko'rsatadi. Bu yerdagi etno-konfessional vaziyatga tashqi kuchlar ham o'z ta'sirini o'tkazishga intiladi va bu holat Turkiyaning tashqi dunyodagi obro'-e'tiboriga salbiy ta'sir o'tkazadi.

Kurdlar Turkiya hududida qariyb yuz yildan beri o'zlarining markaziy hukumatning milliy siyosatiga norozilik bildirib keladilar. Chunki Turkiya hukumatining kurdlarga nisbatan olib borayotgan siyosatini hamma vaqt ham ijobiy baholash mumkin emas. 1982 yili qabul qilingan Turkiya Konstitutsiyasining 82-moddasida yozilgan "Turkiya davlati bilan bog'langan barcha kishilar turk fuqaroligi bilan o'z huquqlarini amalga oshiradilar", deb yozilishi mamlakatdagi kam sonli millat vakillari o'rtasida ham keskin norozilik keltirib chiqargan edi. Ayniqsa mahhalliy kurdlar istiqomat qiladigan shaharlardagi balandliklarda "Kim turk bo'lsa - u baxtli", degan yozuvlarning paydo bo'lishi jamiyatda turk va kurd ziddiyatlarini yanada salbiylashuviga olib keldi [7:1]. Bunda ideologemalar polietnik Turkiya uchun dezintegratsion kuchga ega bo'ldi, hukmron elitaning o'zi ham antikurd tashviqotni avj oldirgan edi. Hatto rasmiy manbalarda "kurd" atamasini qo'llashga ta'qiq qo'yilib, kurdlarga nisbatan "tog'lik turk" atamasi qo'llanila boshlandi. Hatto kurd folklori kurd millatchiligining tashviqoti sifatida baholangan edi. Bunday vaziyatda kam sonli millatlar orasida Turkiya hukmron doiralarining ilgari surgan millatchilik ruhidagi ideologemalari kurdlarning arxetip ideologemalar atrogida g'oyaviy birlashuviga olib keldi. Kurdiston ishchi partiyasi lideri Abdulloh O'jalan kurdlarning ijobiy ma'noda konsolidatsiyasiga xizmat qilgan edi [7:2]. Bunday vaziyatda ideologemalarning integratsion va dezintegratsion kuchi namoyon bo'lib titul millatning kam sonli millatga qarshi tasavvurlarini o'zgartirgan bo'lsa, kamsonli millatning markaziy hokimiyatga qarshi kurash uchun terror yo'lini ham tanlashiga olib kelgan edi.

Milliy-etnik mojarolar turli fazalarda namoyon bo'ladigan Ispaniya uchun ham markazdan qochuvchi kuchlarning siyosiy intilishi namoyon bo'lib turadigan Galisiya, Kataloniya va Baskoniya ham markaziy hokimiyatning milliy siyosatiga doimo xayrixoh emasligini bildirishadi. Jumladan, Kataloniyada oxirgi yillarda mustaqillikni yoqlab chiqadigan kuchlarning intilishlari tobora avj olmoqda. Mana shunday vaziyatda markaziy hokimiyatga qarshi Kataloniya hukmron doiralari qo'llaydigan mashhur ideologema "Kataloniya bu Ispaniya emas!" bu muxtor o'lkada aholining Ispaniya hukumatiga qarshi g'oya atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Kataloniy va Ispaniya o'rtasidagi ziddiyatda karikatura ko'rinishidagi ideologemalar ham siyosiy qurol sifatida ishga solinib, ommaning muyayyan dunyoqarashini shakllanishiga xizmat qilayotganini, milliy barqarorlik muhitiga nisbatan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

dezintegratsion ta'sirga ega bo'layotganligini ta'kidlash joizdir. Internet maydonida siyosiy tusga ega bo'lgan karikaturalarni paydo bo'lishi ham polietnik mamlakatlarning milliy barqarorligiga salbiy ta'sirini ko'rsatadi. Bu amaliyotdan foydalanish turli siyosiy kuchlarni muayyan maqsadga erishishi uchun xizmat qiladi [9:1].

Albatta karikatura shaklidagi ideologemalarning ta'sir kuchi shiorlar ko'rinishidagi ideologemalardan kuchli bo'lmasada ular ham kishilarni muayyan jarayonga nisbatan qarashlarini shakllanishi uchun jiddiy ta'sirini o'tkazadi. Odatda milliy va etnik konfliktlar muayyan darajada namoyon bo'layotgan hududlarda internet maydonidan tashqari, ommaviy axborot vositalarida ham tomonlarni bir-birini ayblaydigan, ba'zan haqoratomuz karikaturalar ommaga chiqadi. Shu bilan bir qatorda aytish mumkinki bunday karikaturalarni hukmron siyosiy elitaning qo'li bilan tayyorlangan deb bo'lmasa ham, lekin ular ma'lum ma'noda siyosiy elitaning qarashlarini ifodalashini rad etib bo'lmaydi.

Yuqoridagi ikki karikatura mualliflari ideologik tus bergan hajviy rasmlarda Ispaniya hukmron doiralarining Kataloniyaga nisbatan yurgizayotgan milliy siyosatini qoralashga maqsad qilishgan bo'lib, kuzatuvchida Ispaniyaning Kataloniyaga nisbatan milliy siyosati adolatsizlikdan iborat ekanligi to'g'risida fikrlarni hosil qiladi [9:1]. Bunday karikaturaning ommaga taqdim etilishi ham milliy va etnik ziddiyatlarning haroratini yanada oshirishi mumkin, chunki ularda dezintegratsion mazmun yaqqol o'z ifodasini topadi.

Tahlil

Ideologemalarning xususiyatli tomoni shundan iboratki, ular yordamida polietnik mamlakatlarda aholining siyosiy jarayonlarga munosabatini muayyan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

darajada shakllantirish imkoniyati yuzaga keladi. Ularning mafkuraviy ta'sir kuchi nihoyatda yuqori bo'lib muayyan vaziyatda hukmron doiralarning mafkuraviy quroliga ham aylanadi. Bas shunday ekan ideologemalardan polietnik mamlakatlarda milliy va etnik munosabatlarni barqarorlashtirish uchun samarali foydalanish lozim. Buning uchun avvalo ideologemalar hukmron doiralar mafkurasini ifoda etadigan bo'lsa ularning jamiyat a'zolarini muayyan maqsad yo'lida birlashtiruvchi kuchga ega bo'lishini nazarga olish kerak.

Ikkinchidan, ideologemalarning muayyan milliy yoki etnik guruhning qadriyatlari, tili, diniga salbiy ta'sir etishi mumkin bo'lgan jihati namoyon bo'lmasligi kerak va ularda mamlakatdagi barcha millat vakillarining orzu-umidlari, ularning qiziqishlari o'z ifodasini topishi lozim.

Uchinchidan, siyosiy ideologemalarning turlarini muayyan tarixiy vaziyatda shunday samarali foydalanish lozimki, ularning vositasida ommaning siyosiy dunyoqarashida konstruktiv kayfiyatlar vujudga kelsin.

To'rtinchidan, siyosiy ideologemalar mamlakatdagi turli siyosiy kuchlarning qarashlarini ifoda etsin hamda destruktiv xarakterdagi ideologemalarning ta'sir kuchini kamayishiga olib kelsin, toki omma ular orqali integratsion g'oyalar bilan qurollansin.

Agar yuqoridagi vazifalarni bajara oladigan ideologemalar jamiyat hayotiga taqdim etiladigan bo'lsa, polietnik muhitdagi vaziyatga ular hamisha integratsion vazifani ado etishiga shubha yo'q.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ideologemalar jamiyat siyosiy hayotining bir qismi sifatida hamisha amal qilib keladi. Ularning ta'sir kuchi, kishilarning dunyoqarashini shakllanishidagi o'rnini hamisha inobatga olish kerak. Polietnik mamlakatlardagi etno-milliy muhitga siyosiy ideologemalar orqali goho destruktiv, goho konstruktiv ta'sir o'tkazish mumkin. Polietnik mamlakatlardagi siyosiy hukmron elita o'z fuqarolarini dunyoqarashini shakllantirishda ideologemalarning emotsional ta'sir kuchidan unumli foydalanishi mumkin. Agar hukmron siyosiy elita mamlakatdagi etno-milliy barqarorlikni mustahkamlashni maqsad qilgan bo'lsa ideologemalarning integratsion kuchiga alohida e'tibor beradi. Lekin, shuni ham alohida ta'kidlash kerakki, geopolitik maqsadlar yo'lida ham ideologemalardan samarali foydalanadigan siyosiy kuchlar mavjud. Ularning bunday maqsadlarini aniqlash va ilgari suradigan ideologemalarining ta'sir kuchini pasaytirish polietnik mamlakatlar hukmron doiralarining asosiy maqsdlaridan biri bo'lishi lozim.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Бейсембаев С. Феномен казахского национализма в контексте сегодняшней политики: от отриания к пониманию. Фонд Сорос - Казахстан, 2015.

2. Гизатуллина А., Гумерова М. Идеологемы постперестроечного периода как фактор формирования нового сознания. https: //cyberleninka.ru/

3. Клушина Н.И. Идеологема в современной медиакоммуникации. Российская ассоциация международных исследований. -https://risa.ru/images/8theses/s13-klushina.docx

4. Малышева Е.Г. Идеологема как лингвокогнитивный феномен: определение и классификация. Политическая лингвистика. 2009.№3.

5. Романова Т. Идеологемы и аксиологемы русского языкового сознания как отражение констант и динамики национальной ментальности. Нижний Новгород, 2019.

6. Хитров А. О теориях национализма. https://www.hse.ru/

7. Шореш А. Деятельность Рабочей партии Курдистана как фактор вормирования политической культуры курдов Турции. https ://cyberleninka.ru/

8. Яроцкая Г. Антропонимы как идеологемы. https://cyberleninka.ru/

9. Референдум в Каталонии и карикатуры. https://banana.by/

10. Журнал исследований социальной политики. 2018. № 16.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.