Научная статья на тему 'SINFDAN TASHQARI TADBIRLAR VOSITASIDA O’QUVCHI YOSHLARDA VATANGA E’TIQOD TUYG’USINI O’STIRISH'

SINFDAN TASHQARI TADBIRLAR VOSITASIDA O’QUVCHI YOSHLARDA VATANGA E’TIQOD TUYG’USINI O’STIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1059
123
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tadbirlar / tanlovlar / ona tili ta’limi / milliylik / yoshlar dunyoqarashi / rag’batlantirish. / events / contests / mother tongue education / nationality / youth outlook / encouragement.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — D. Yo’Ldosheva, M. Sulaymonova

Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar( to’garaklar, tanlovlar, tadbirlar,savol-javob kechalari, ijodiy uchrashuvlar, mushoiralar, olimdiada va bilimlar bellashuvi…) turli xil faoliyat turlarining kombinatsiyasi bo'lib, bolaga keng ko'lamli tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, ona tili ta’limida o’quvchi-yoshlar ongiga milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini singdirishning asosiy usullaridan hisoblanadi.Zamonaviy pedagogik nazariyaga ko'ra, "sinfdan tashqari tarbiyaviy ish bu o'qituvchi tomonidan maktabdan tashqari vaqtda maktab o'quvchilari uchun turli xil faoliyat turlarini tashkil etish, bolaning shaxsini ijtimoiylashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlash".

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING A SENSE OF FAITH IN THE MOTHERLAND IN STUDENTS THROUGH OUTSIDE THE CLASSROOM EVENTS

Educational activities outside the classroom (clubs, contests, events, question-and-answer evenings, creative meetings, exhibitions, academic and knowledge competitions...) are a combination of various types of activities and have a wide-ranging educational impact on the child. . Especially in mother tongue education, it is one of the main methods of instilling the spirit of respect for our national values into the minds of students and young people. organization of activities, provision of necessary conditions for socialization of the child's personality".

Текст научной работы на тему «SINFDAN TASHQARI TADBIRLAR VOSITASIDA O’QUVCHI YOSHLARDA VATANGA E’TIQOD TUYG’USINI O’STIRISH»

an to'garakning maqsadi, vazifalari, olib boriladigan faoliyat belgilab olinadi va to'garakning yillik hamda kalendar ish rejasi tuziladi. To'garak a'zolarining ro'yxati (ko'ngillilar asosida) shakllantirilgach ular to'garak ishining umumiy mohiyati bilan tanishtiriladi, har bir a'zoning to'garakdagi vazifasi belgilab olinadi. Odatda, to'garak mashg'ulotlari bir haftada bir marta o'tkaziladiki, albatta, bunda to'garak o'quvchilarning qiziqishlari inobatga olinishi zarur.

O'quvchilarning to'garak mashg'ulotlaridagi faoliyatlari ona tili dars mavzularini takrorlamasligi, ammo uni to'ldirib, takomillashtirib borishi kerak.

Dars tuzilishi va qurilishi jihatidan muayyan qoliplar asosida tashkil etilsa, to'garak mashg'ulotlarida bunday qat'iylik bo'lmaydi. O'quvchi to'garak mashg'ulotida darsda olgan bilimlarga tayangan holda hayotiy tajribalarini ishga soladi. Krossvordlar tuzish va yechish, insho tanlovlarini o'tkazish, ma'lum bir she'riy asar yoki hikoyaning til xususiyatlari ustida ishlash singari ishlar ham to'garak mashg'ulotlarining qiziqarli o'tishini ta'minlaydi. Zero, sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarning ona tili o'quv predmetiga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning bo'sh vaqtlarini qiziqarli va maqsadga yo'naltirilgan holda tashkil etish vositasidir. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar sirasiga savol-javoblar, uchrashuvlar, mushoiralar, so'zlar olamiga sayohat, ko'rik-tanlovlar o'tkazish, olimpiadalar, bilimlar bellashuvi, кonferensiyalar tashkil etish, albom-bayozlar tayyorlash va devoriy gazeta chiqarish kabilarni kiritish ham kiritish mumkin.

Savol-javob kеchasida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishadi. Kechaga tayyorgarlik ancha oldin boshlanadi. O'quvchilar maktabda tashkil etilgan qutiga o'zlarini qiziqtirgan savollarni yozib tashlaydilar. Bu savollar mavzu jihatidan har xil bo'lishi mumkin. Masalan, "Yozuv qanday kelib chiqqan?", "Kirill yozuvini ham o'rganish zarurmi?", "Ko'zi ojizlar qanday yozadi va o'qiydi?", "Kelajakda tillar qo'shilib ketishi mumkinmi?" kabi. Muayyan vaqt o'tgach, to'garak a'zolari savollarni yig'ib, ularga javob tayyorlaydilar va kechani tashkil etadilar.

Ijodiy uchrashuvlar juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unga ona tili darsliklarining mualliflari, mashhur tilshunos-olimlar, hukumat mukofotiga sazovor bo'lgan ona tili o'qituvchilari taklif etilishi mumkin. Ayniqsa, shular orasida maktabning sobiq talabalari bo'lsa, ularni taklif etish, ular bilan suhbatlashish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Mushoira kechalarining mavzusi ham kamida bir oy oldin e'lon qilinadi. Bellashadigan guruhlar o'zlariga sardor belgilaydilar. Mushoira shartlari asosida har bir guruh mustaqil tayyorgarlik ko'radi.Mushoira, odatda, guruhlarning o'zaro tabrigi bilan boshlanadi. Asosiy qism savol-javobdan va she'rxonlikdan iborat bo'ladi. Savollar o'qituvchi yoki bellashayotgan guruhlar tomonidan tuzilishi mumkin. Hakamlar tabrik so'zi va har bir savol-javobga tegishli baho qo'yishadi hamda ular e'lon qilib borishadi. Mushoira savollari ona tilining muayyan bir bo'limi yoki bir necha kichik mavzularni o'z ichiga olishi mumkin.

So'zlar olamiga sayohat. Bu tadbir o'quvchilarning so'z zahirasini oshirishga qaratilgan tadbirlar sirasiga kiradi. O'quvchilar darsdan keyingi bo'sh vaqtlarida so'zlarning etimologiyasi,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ularning leksik ma'nosi olamiga sayohat qilishadi. Tilimizdagi so'zlar juda katta xazina bo'lganligi sababli o'qituvchi qaysi uyadagi so'zlar (har bir tadbirda taxminan 5G-60 so'z) yuzasidan o'quvchilarning tayyorgarlik ko'rishlari lozimligini 10-15 kun oldin ma'lum qiladi va qanday manbalardan foydalanish lozimligini bildiradi.

Navro'z milliy bayramiga bag'ishlangan so'zlar olamiga sayohat O'yinida o'quvchi quyidagilarni misol qilishi mumkin:

Y /

r 1 Navro'z L À

/ \

Ko'rik-tanlovlar ham sinfdan tashqari ishlarning muhim turlaridan biridir. Bu tadbir vaqti-vaqti bilan o'tkaziladigan tadbir bo'lib, uni tashkil etishda o'quvchilarning yoshi, bilim saviyasi hisobga olinadi. Bunday tanlovlar o'quvchi yoshlar ongiga milliy qadriyatlarimizga bo'lgan hurmatni oshirishda katta xizmat qiladi.

8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni"ning nishonlanishi o'quvchi yoshlarda onaga, singilga, ayollarga nisbatan hurmat ruhini oshiradi. Bunda boshlang'ich sinf o'quvchilariga "Tabriknoma tayyorlash" tanlovi o'tkazilsa, 5-, 6-, 7-, 8-sinflarga "Onalar oyog'i ostida jannat", "Eng yaxshi yozilgan tabrik", "Onajonim-mehribonim" singari mavzularni tanlashi mumkin. 9-, IG-, II-sinflarda esa erkin mavzuda yozilgan insholar, ramziy insholar, ilmiy matnlar bo'yicha shunday tanlovlar o'tkazilsa, o'quvchilar uchun foydali bo'ladi.

Olimpiadalar ham sinfdan tashqari ishlarning bir turi bo'lib, unga ishtirok etish ixtiyoriydir. Bu tadbirga kuch sinashishni istagan barcha o'quvchilar ishtirok etishlari mumkin. Olimpiada goliblari maktab ma"muriyatining tashabbusi bilan rag„batlantiriladi. Ona tili olimpiadalari bir o'quv yilida bir marta o„tkaziladigan tadbir sanaladi Uzoq yillardan beri bu tadbirning birinchi bosqichi maktabda, ikkinchi bosqichi tuman (shahar)da, uchinchi bosqichi viloyatda va to„rtinchi bosqichi Respublikada o„tkazilib kelinmoqda. Olimpiadalar hamisha iqtidorli o„quvchilarning diqqat markazida bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bilimlar bellashuvi, odatda, 5-, 6-, 7-, 8-sinflar o'rtasida tashkil etiladi va sinfda, sinflararo, maktablararo tashkil etiladi. Tom ma'noda, bu musobaqa quyi sinf o„quvchilarini olimpiadaga tayyorlab boradi.

Konfcrcnsiyalar ancha murakkab tadbirlardan biri bo'lib u, asosan, 8-, 9-, 10-, 11-sinflarda o'tkaziladi. Bunda ham asosiy bosh mavzu oldindan o'quvchilarga ma'lum qilinadi: bu mavzu kichik mavzularga ajratilib, uning har biri bo'yicha kimlar tayyorgarlik ko'rishi lozimligi belgilanadi. Bitta mavzu bo'yicha bir necha o'quvchi tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa, ulardan biri asosiy ma'ruzachi, qolganlari qo'shimcha ma'ruzachilar sifatida ishtirok etadilar. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarning yuqorida tilga olingan barcha shakllarini tashkil etishda to'garak a'zolari faol ishtirok etadilar.

Xullas, sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar alohida-alohida tadbirlar sanalsa-da, ammo ular o'zaro bog'langan, biri ikkinchisini to'ldiradigan faoliyat turlari hisoblanadi. To'garak mashg'ulotlari va sinfdan tashqari ishlarning barcha turlaridan unumli foydalanilgan taqdirdagina ona tili ta'limining samaradorligiga umid bog'lash mumkin. [2,3,4]

Ona tili bayrami. Sinf, maktab, ba'zan tuman, shahar yoki viloyat miqyosida til bayramini tashkil etish ham ona tilidan o'tkaziladigan eng yaxshi darsdan tashqari tadbir hisoblanadi. Ayniqsa, har yilning 21-oktabr kuni "O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun" sifatida nishonlanishi shu sana bilan bog'liq badiiy kechalar o'tkazilishida muntazamlikni ta'minladi. Quyida maktabda o'tkaziladigan "Muqaddasim, munavvarim - ona tilim " ssenariysini namuna sifatida keltiramiz:

"Muqaddasim, munavvarim - ona tilim "

Zal bayramona bezatilgan. Gullar, sharlar ilingan. Sahna devoriga "Ona tilim, buyuklikda eng baland tog'san!", "Muqaddasim, munavvarim - ona tilim ", "Til - ma'naviyat xazinasi" shiorlari ilinadi.

Sahna to'riga Alisher Navoiy rasmi va "Agar til olmos bo'lsa, so'z uning oltin sopiga qadalgan injudir" so'zlari yozilgan taxta osiladi.

Til haqidagi fikrlar aks ettirilgan gazeta va jurnallar, kitoblar qo'yilgan stend. "Cho'li iroq" yangrab turadi.

2-b: Tarixni so'zlama menga, ey odam, Bitta chalib bergin "Cho'li iroq" ni Bitti chalib bergin, toki yana ham Yaxshiroq ajratay qorani, oqni.

1-b : Haddidan oshganga uni chalib ber, Do'stlar diydorini g'animat bilmay, Sarobga shoshganga uni chalib ber! Chalib ber, chalib ber, andisha qilmay. O'tmishni so'zlama, o'git kerakmas, Shu kuyni bir marta chalib bersang bas.

Davrani ochish.

1-b: Assalomu alaykum, barkamol avlodni tarbiyalashdek ezgu ishga butun hayotini baxshida etgan fidoyi va oliyhimmat ustozlar! Hurmatli o'qituvchi va o'quvchilar!

2-b: Assalomu alaykum, hurmatli mehmonlar! Aziz davramiz qatnashchilari!

1-b: Sharqona odatimizga ko'ra, eng avvalo, xush kelibsiz!

2-b: Ey xalqidek qoyabardosh bahodir til,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ey boshidan mashaqqatlar kechirgan til.

1-b: Ey daryodek sermavj, zilol, injuga boy,

Yuz buloqdan qonib suvlar ichirgan til.

1-2-b: Alpsan, erksan, yorug'liksan, ham bilimsan, Ezgu o'yni ezgu so'zga ko'chirgan til.

1-b: Til inson madaniyatining ifodasidir. Har bir millatning o'zligi, uning tili va adabiyotida namoyon bo'ladi. Til umr bo'yi o'rganiladigan, sayqal bergan sari ochilib , yashnaydigan san'at durdonasi.

2-b: Til aloqa vositasi, ekan, so'z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini o'lchab ko'rsatadigan tarozidir.

1-b: O'tmishi bor tarixga boy, Navoiydan olgan chiroy. Orzu havas bunda talay, Ona tilim - a'lo tilim.

2-b: Yana qayta tug'ilgansan, Baxt - iqbolga yo'g'rilgansan. O'lkamizga nur bo'lgansan Ona tilim - a'lo tilim.

1-b: O'zbek tili uzoq tarixga ega. Uning ildizlari necha ming yilliklar qariga borib taqaladi. Qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o'zbek adabiy tili, hozirgi o'zbek adabiy tili deb nomlangan davralarga bo'lib o'rganilarigan tilimiz oz bagriga minglab allomalarni, ular yaratgan durdona asarlarni jamlagan.

2-b: Darhaqiqat, ne - ne allomalarimiz tilimizning qudrati va ezguligidan so'zlaydi. Ona tilimizning buyukligi , serqirra va serjiloligi, sirli jozibasi bizni o'ziga maftun etadi.

1-b: Kelib-ketdi necha dunyolar, Keldi hayot yig'ladi o'lim Sen deb jafo chekdi bobolar Ular ketdi - sen qolding tilim.

2-b: Kultegin, Bilga xoqon, To'nyuquq kabi Shuhrat bog'idagi ulkan daraxtlar. O'rxun xatlariga boqing, ajoyib, Xalqim tarixidan sado bu xatlar.

1-b: 1989-yil 21-oktabr "Ozbekiston Respublikasining Davlat tili to'g'risida " gi Qonuni qabul qilindi. Ozbek tiliga "Davlat tili" maqomi berildi.

2-b: O'zbek tili va adabiyotining so'nmas dahosi, buyuk shoir, olim va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy hazratlari ona tilimizning qudratini shunchalik ko'klarga ko'tardiki, bu tilning shuhrati butun Sharq mamalakatlariga yoyildi. Buyuk bobokalonimiz o'zbek tilining eng boy va go'zal til ekanligini , bu tilda ajoyib va mukammal asarlar yaratish mumkin ekanligini isbotlab berdi.

1-b: Shuning uchun buyuk Navoiyning o'zlari:

Olibmen taxti farmonimga oson,

Cherik tortmay Xitodin to Xuroson ,- ya'ni, Xitoydan to Xurosongacha bo'lgan o'lkalarni qo'shinsiz egalladim, deb yozgan bo'lsalar, O'zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Temur tig'i yetmagan joyni

Qalam bilan oldi Alisher, - deb yozadi.

2-b : Sen mangusan, baqosan,

Men esam o'tkinchi zot. Sen hamisha bahorsan, Men - lahzalik xotirot. Ona tilim, jon tilim, Sensiz men soladurman Devona boladurman. Tuqqanimga yettiyot Begona boladurman.

1-b : -Men o'zbekman, istasangiz shu,

O'zimniki qilgum dunyoni. Tilim , elim, saodatim-la, Lol etaman yer-u samoni.

1-b : Til bani Odam uchun beminnat dastyor, hokisor xizmatkor ekani bilan ham qadrlidir. Dunyoda malum-u mashhur har til borki, unda xalqining tarixi, buguni va ertasi mujassam. Onadek motabar ozbek tili ham ezoz-u ehtiromga arzigulikdir. Bugungi hurlik zamonida, tilimizning qonuniy himoyasi qayta tiklangan zamonda buyuk tilimiz ozining butun boy basti bilan keng quloch yoymoqda.

2-b : So'z mulkining sultoni Alisher Navoiy inson fazilatlaridan biri hisoblanmish - nutq madaniyatiga katta e'tibor bergan. Inson odobi, axloqi, dunyoqarashini til madaniyatisiz tasavvur qila olmaydi.

1-b : "Dono topib gapirar" - deganlaridek, o'z fikrini ma'noli, kishiga og'ir botmaydigan so'zlar bilan ifodalash - ham donolik, ham odoblilik namunasidir - deydi.

1-b: Bir sehrli tillo sandiq- ayoni bor, Durin sochsang, na cheki, na poyoni bor. Ham tigi bor, ham tugi bor, tugyoni bor, Muqaddasim, munavvarim, ona tilim!

2-b: Moh siymosi bolmasa, mohitobon nadur? Aytar sozi bolmasa gar, zabun nadur, Ona yerga ona tilsiz zamon nadur, Muqaddasim, munavvarim, ona tilim!

1-b: Inson shunday oliy bir mavjudotki, unga aql-idrok, fahm-u farosat bilan birga so'zlay olish qobilyati ham berilgan.

2-b: Ha, so'zning qudrati buyuk. U butun jahonni qo'lda tutmoqqa qodir. So'zdan qimmatliroq, undan ulug'roq kuch yoq dunyoda.

1-b: Bu borada birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbuslari bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilishi diqqatga sazovor bo'ldi.

1-2-b: Zero, tilimiz ham, elimiz ham muqaddasdir .

Bunday tadbir ssenariylari o'quvchi-yoshlar ongiga tilimizga bo'lgan hurmatni oshirishga xizmat qiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Sinfdan tashqari olib borilgan barcha tadbir-u tanlovlarda faol ishtirok etgan o'quvchilar bo'ladi. Ularning faoliyatini rag'batlantirish, Faxriy yorliqlar bilan taqdirlash o'quvchi uchun ahamiyati katta. Bu qism albattabo'lishi kerak. Ko'pgina bolalar uchun hayotiy tajribani o'zlashtirish jiddiy qiyinchilik tug'diradi. Bola tashqi va ichki to'siqlarni yengib o'tish, irodali rag'batlantirish, o'zini o'zi belgilash va o'zini tuta bilish sharoitidagina ijtimoiy qimmatli shaxsga aylanadi . Agar rag'batlantirish bolalar faoliyatiga kiritilgan bo'lsa, bu bolalarda o'z irodasi, o'zini yengish qobiliyati, dangasaligini yo'qotish, qiziquvchan xislatini uyg'otadi.

REFERENCES

1. Yuldasheva Dilorom Nigmatovna. O'zbek tilini o'qitish metodikasi.-Buxoro:Durdona,2021. http:/library.ziyonet.uz/ru/book119112

2. Yo'ldoshev J., Hasanov S. Pedagogik texnologiyalar. O'quv qo'llanma.-Toshkent:Iqtisod-moliya,2009.

3. http://www.ziyonet.uz

4. www.ilm.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.