Научная статья на тему 'SINFDAN TASHQARI ISHLAR USTUVORLIGIDA TABIIY FANLARNI OQITISH METODIKASI'

SINFDAN TASHQARI ISHLAR USTUVORLIGIDA TABIIY FANLARNI OQITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sinfdan tashqari ta‟lim / tabiiy fanlar / o„lkashunoslik / ekskursiyalar / geografiya o„qitish metodikasi / atrof-muhit muhofazasi / ilmiy tadqiqot.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — R. Usmanova, G. N. Xoldavlatova

Maqola tabiiy fanlarni o„qitish jarayonida sinfdan tashqari ishlarning ahamiyatiga bag„ishlangan bo„lib, unda o„quvchilarni har tomonlama rivojlantirishda, ularning qiziqishlarini oshirishda va ilmiy tadqiqot ko„nikmalarini shakllantirishda sinfdan tashqari ishlarni qanday samarali tashkil etish mumkinligi muhokama qilingan. Xususan, geografiya fanini o„rgatishda sinfdan tashqari ishlar, jumladan o„lkashunoslik to„garaklari, muzey va ekskursiyalar orqali ta'limning turli usullarini qo„llash tasvirlangan. Shuningdek, o„quvchilarning atrof-muhitga bo„lgan hurmat hissini oshirish va tabiatni muhofaza qilishga bo„lgan mas‟uliyatni kuchaytirish masalalari ham ko„rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SINFDAN TASHQARI ISHLAR USTUVORLIGIDA TABIIY FANLARNI OQITISH METODIKASI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

SINFDAN TASHQARIISHLAR USTUVORLIGIDA TABIIY FANLARNI

OQITISH METODIKASI

R. Usmanova

Qarshi DU dotsenti

G. N. Xoldavlatova

Qarshi MI ATM xodimi

Maqola tabiiy fanlarni o'qitish jarayonida sinfdan tashqari ishlarning ahamiyatiga bag'ishlangan bo'lib, unda o'quvchilarni har tomonlama rivojlantirishda, ularning qiziqishlarini oshirishda va ilmiy tadqiqot ko'nikmalarini shakllantirishda sinfdan tashqari ishlarni qanday samarali tashkil etish mumkinligi muhokama qilingan. Xususan, geografiya fanini o'rgatishda sinfdan tashqari ishlar, jumladan o'lkashunoslik to'garaklari, muzey va ekskursiyalar orqali ta'limning turli usullarini qo'llash tasvirlangan. Shuningdek, o'quvchilarning atrof-muhitga bo'lgan hurmat hissini oshirish va tabiatni muhofaza qilishga bo'lgan mas'uliyatni kuchaytirish masalalari ham ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: sinfdan tashqari ta'lim, tabiiy fanlar, o'lkashunoslik, ekskursiyalar, geografiya o'qitish metodikasi, atrof-muhit muhofazasi, ilmiy tadqiqot.

Tabiiy fanlarni o'qitishda sinfdan tashqari ishlarning asosiy maqsadi o'quvchilarni har tomonlama barkamol rivojlantirishdan iborat bo'lib, fan bo'yicha olgan bilimlarni chuqurlashtirish, ulardagi bilish faoliyatini takomillashtirishdan iborat. Ta'lim-tarbiyaning mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o'tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib, hozirda inson faoliyatining asosiy yo'nalishlari shu faoliyatdan ko'zda tutilgan maqsadlarni toliq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, yangi texnologiyalarga aylanib bormoqda.

Tabiatshunoslik va geografiya fanini o'qitishda hamda hamda uning ilmiy jihatdan darajasini ko'tarishda ta'limning zamonaviy usullari va vositalari bilan birgalikda sinfdan tashqari ishlari ham muhim ahamiyatga ega. Zero, tajribalar shuni ko'rsatadiki, o'quvchilarda biror fanga yoki turli kasblarga bo'lgan qiziqish ko'p hollarda sinfdan tashqari ishlarni qanchalik samarali tashkil etilishi bilan bog'liq. Darsdan tashqari ishlar boshqa fanlar kabi tabiatshunoslik va geografiya fani bo'yicha ham nihoyatda xilma-xil bo'lib, o'quvchilar dasturda talab etilgan ko'pgina bilimlarni sinfdan tashqari vaqtlarda oladilar va o'z bilimlarini mustahkamlaydilar.

April 23-24, 2024

714

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

O'quvchilarda biror fanga yoki turli kasblarga bo'lgan qiziqish ko'pchilik hollarda sinfdan tashqari ishlarni qanchalik samarali tashkil etilishi bilan bog'liq. Tabiiy fanlar bo'yicha darsdan tashqari ishlar nihoyatda xilma-xil bo'lib, o'quvchilar dastur talab etgan ko'pgina bilimlarni sinfdan tashqari vaqtlarda oladilar. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy maqsadi o'quvchilarni har tomonlama barkamol rivojlantirishdan iborat bo'lib, fan bo'yicha olgan bilimlarni chuqurlashtirish, ulardagi bilish faoliyatini takomillashtirishdan iborat.

Sinfdan tashqari ishlarning ta'lim-tarbiyaviy vazifalari, tabiiy fanlar predmetining umumiy maqsadi va vazifalaridan kelib chiqadi. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarda hamkorlik, do' stlik, mehnatga muhabbat, kasblarga qiziqish xislatlarini ham tarbiyalaydi. O'quvchilar tabiat va jamiyat hayotiga oid bo'lgan qiziqarli faktlar, tushunchalar, ko'nikmalarni egallaydilar. Ayniqsa, tabiatga, ishlab chiqarishga ekskursiyalar uyushtirish o'quvchilarning sinfdan tashqari ishlariga bo'lgan havaslarini yanada oshiradi. O'quvchilarning darsda to'liq egallanmagan bilim va ko'nikmalari sinfdan tashqari ishlarda amalga oshirilish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Tabiiy fanlarning serqirra tomonlari aksariyat hollarda darsdan tashqari paytlarda o'rganiladi. Sinfdan tashqari ishlarning eng muhim xususiyatlaridan biri, uning o'yinlar va qiziqarli savollardan foydalanishi tarzida uyushtirilishidir.

Sinfdan tashqari ishlarning muvaffaqiyati avvalo ularni to'g'ri tashkil etishdan boshlanadi. Geografiya o'qituvchisi bu ishlarni rejalashtirishda javobgar shaxsdir. Sinfdan tashqari ishlarning puxta rejalashtirish alohida o'quvchilar, hamda o'quvchilar guruhi bilan ishlarni tashkil qilish imkoniyatini beradi. Unga yil davomida uyushtirish lozim bo'lgan muhim tadbirlar kiritiladi.

Sinfdan tashqari ishlar ichida o'lkashunoslik to'garaklari faoliyati keng tarqalgan. O'quvchilarning o'z o'lkalarini o'rganish jarayonida nafaqat geografiya balki tarix, biologiya, adabiyot, iqtisod fanlariga oid bo'lgan bilimlarni ham egallaydilar. Sinfdan tashqari (auditoriya)dan o'lkashunoslik ishlari uch yo'nalishda olib boriladi: a) to'garaklar va jamiyatlar; b) ta'lim muassasalari muzeylari; v) safar va ekskursiyalar [1;2;].

Maktabdan (ta'lim muassasasidan) tashqari o'lkashunoslik ishlari ham uch yo'nalishda olib boriladi: a) klublar va to'garaklar; b) muzeylar; v) safar va ekskursiyalar.

Sinfdan tashqari ishlarning shakllari turlicha bo'lib, bunday o'lkashunoslik ishlariga o'lkashunoslik to'garaklari tashkil etish, o'lkashunoslik ekskursiyalari uyushtirish, o'lkashunoslik kechalari, viktorinalar, o'lkashunoslik muzeylarini tashkil etish, fenologik, meteorologik kuzatishlar olib borish va boshqalar kiritish mumkin. Ma'lumki, sinfdan tashqari o'lkashunslik ishlarini tashkil etish uchun o'quvchilarning

April 23-24, 2024

715

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

m

geografiyadan maktab darslari davomida to'plagan bilimlari asqotadi. O'lkashunoslik maqsadlarida olib boriladigan sayohatlar tabiatda olib boriladigan oddiy kuzatishlar bilan ham amalga oshiriladi. Sayohatlarda ob-havo ko'pincha meteorologik asboblarsiz olib boriladi. Shuning uchun tadqiqot natijalari aniq bo'lishi uchun ikki guruhga bo'linib kuzatish maqsadga muvofiq bo'ladi. So'ngra kuzatish natijalari solishtiriladi va o'zgarishlar kiritiladi yoki o'rtachasi olinadi.

Ob-havoni o'rganish o'lkashunoslik ishlarida katta ahamiyatga ega, chunki o'lkashunoslik tadqiqotlari uchun sayohatga yoki turistik marshrutga chiqish ob-havoga bog'liq. Ob-havoni o'zgarishini mahalliy belgilarga qarab oldindan aniqlash sayohatni amalga oshirishni, tadqiqot ishlarini olib borish muddatlarini belgilab beradi. Masalan, bulutlikni, bulutlarni shaklini o'zgarishini, ayrim atmosfera hodisalarini kuzatish mumkin, ob-havoni o'zgarishini oldidan aytish mumkin. Shamolni kuchini aniqlash. Ob-havoni o'rganish asosida o'lka iqlimi tavsiflanadi.

Iqlimni o'lkashunoslik maqsadlarida o'rganish quyidagi tartibda olib borilishi mumkin:

1. Iqlim hosil qiluvchi omillarni o'lka iqlimiga tasirini o'rganishda joyni geografik kengligi aniqlanadi va uning asosida Quyosh nurlarini yer yuzasiga tushish burchagi hisoblanadi. Bu esa iqlim ko'rsatkichlarini ilmiy asoslashga, ularni tabiiy geografik jarayonlar bilan aloqasini aniqlashga imkon beradi. Havo massalarini harakatini o'rganish uchun o'rganilayotgan joy iqlim mintaqasining qaysi qismida joylashganligi aniqlanadi.

2. Joyning iqlimini tavsifini tuzish uchun joyning issiqlik sharoitini ko'rsatkichlarini tahlil qilmoq lozim: havo harorati o'rtacha yillik, o'rtacha oylik, eng sovuq va eng issiq, oylarning haroratlari; yillik va oylik maksimal va minimal havo harorati. Iqlimni qishloq xo'jalik maqsadlarida baholanadi effektiv haroratlar yig'indisi aniqlanadi.

3. Joydagi atmosfera yog'inlarining yillik, oylik atmosfera yog'inlari miqdori aniqlanadi. Yog'inning hudud bo'yicha taqsimlanishi, qor qoplamining qalinligi va turish muddati aniqlanadi.

4. O'lka uchun xos bo'lgan atmosfera va iqlim hodisalari aniqlanadi: sel, do'l, chaqmoq, jala, bulutlar, Afg'on shamoli, Bekobod shamoli, Qo'qon shamoli.

5. O'lka iqlimini o'rganish davomida iqlimni qishloq xo'jaligi va rekreatsiya maqsadlarida ham baholanadi. O'lka iqlimini turi O'zbekiston yoki O'rta Osiyo iqlim xaritasi yordamida aniqlanadi. O'z o'lkasini iqlimi turini aniqlagandan so'ng tegishli ilmiy manbalar, iqlimiy va agrometeorologik ma'lumotlar asosida joyning iqlimini asosiy jihatlari va ko'rsatkichlarini aniqlash mumkin [3. 55-70 b.].

716

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

O'lka iqlimini yanada aniqlashtirish uchun o'lkashunos joy ob-havosi haqida to'plagan ma'lumotlaridan foydalanish mumkin. Atmosfera yog'inlarini kuzatganda quyidagilarga etibor beriladi: yog'in turi, ularni sur'ati, boshlanish va to'xtash vaqti. Eng oson aniqlanadigan yog'in turi yomg'ir, jala tomchilari, qor, paxta qor, ho'l qor, qor donalari, do'l, shudring, qirov, mayda yomg'ir, sirpanchiq. Bundan tashqari quyidagilar kuzatilishi va kundalikka yozib qo'yilishi lozim: qor bo'roni, yer bag'irlab esadigan shamol, chaqmoq, qutb yog'dusi, tuman, yashin, momoqoldiroq, g'ira-shira. Optik hodisalar: quyosh va oy atrofidagi toj, sarob va x.k .

Yoshlarga atrof-muhit haqida tarbiya berishda tabiat qo'ynida uyushtirilgan ekuskursiya va yurishlar katta ahamiyatga egadur. Bu borada bizning Qashqadaryo viloyatimizda katta imkoniyatlar bor. O'quvchilarda atrof-muhit tarbiyasini berishda viloyatimizning yuqori tog'li zonalaridagi xushmanzara joylar bilan ularni tanishtirish muhimdir. Masalan, Kitob tumanidagi Mingchinorning so'lim joylarini, Xazrati Bashirdagi osmono'par chinorlar, G'ilondagi jannatmakon bog'lar, chashma suvlarning novlar orqali qishloq ko'chalariga qanday batartib taralgani, Suvtusharning sharbatlari, Toshqo'rg'ondagi Amir Temur g'ori Ko'kbuloqning yuqori qismidagi Oqsuv shalolalari, archazorlarni ko'rganda yoshlar zavq-shavqqa to'lishadi. Bunday tabiati go'zal joylar viloyatimizda juda ko'p. Yoz oylarida bunday joylarda sayohatlar uyushtirgan bolalar qanchadan-qancha zavq oladi, jismoniy chiniqadi ularni o'rganadi, ularda atrof-muhit tarbiyasi kamol topadi. Uyushtirilgan ekskursiyada faqat bu joylarni ko'rib qaytgan bolalar bu maskanlar to'g'risida keng tasavvurga ega bo'ladi. Ya'ni muayyan joyning o'ziga xos tabiati geografik o'rni, o'simliklar va hayvonot dunyosi, xo'jalik tarmoqlari (dehqonchilik, chorvachilik, o'rmonchilik va boshqalar). O'lkani o'rganishda o'lkadan chiqqan mashhur kishilari to'g'risida ham o'quvchilarga ma'lumot berishi kerak. Har bir borgan obyektining toponimlarini o'rganish, arxeologik va arxitektura obyektlari bilan tanishish o'quvchilarda o'lka haqidagi ma'lumotlarni to'liq egallashlariga yordam beradi [4; 24-247 b.].

Tabiatga ekskursiyaga borganda u joydagi o'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish lozimligini uqtirib, rahbar boshchiligida faqat maktab geografiya kabineti uchun kolleksiya yoki gerbariy to'plashga ruxsat etilishi mumkin.

Barcha fanlar qatori o'quvchilarga tabiiy fanlardan bilim berishni hozirgi kun talablari darajasiga ko'tarish, uning ilmiyligini oshirish, darslarning samarali o'tishini ta'minlash, o'qituvchilar oldida turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi. Kelgusi avlodni har tomonlama barkamol mustaqil fikrli, ilmli, ma'naviy yetuk qilib tarbiyalashda bugungi kun o'qituvchisining ma'suliyati kattadir. Geografiya darslarini qanchalik hayotga bog'lab, ularni qiziqarli qilib tashkil etsak, ona

April 23-24, 2024

717

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

qdavMpdagog

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Я

tabiatning saxiyligini uning boyliklarini kelajak avlodlar uchun saqlab qolish va tabiat muhofazasiga oid ishlarni amalga oshirsakgina oz oldimizga qo'ygan ulkan maqsadga erishishimiz mumkin. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarni ilmiy tadqiqot ishlariga o'rgatib borish bilan birga, ularni dam olishlariga ham imkon berishi kerak.

REREFENCES / ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Авазов Ш., Сайдаматов Ф., Аллаберганов X,. «Биосфера (экосфера) ва одам (жамият)» тизимида геоэкология ва геоэкологик улкашунослик //Тошкент "Инновация-зиё" 2019 й. 373 б.

2. Мавлонов А.Даюмов Б. Географик улкашунослик // «Дурлона», Бухоро, 2016 й. - 68 б.

3. Usmanova R va b. //Geografiyadan malakaviy oquv-dala amaliyoti. «КаршиДУ». Услубий кулланма.- 2016 й. 176 b.

4. Usmanova R., Murodova D. Улкашуносликни укитишда таълим технологияларидан фойдаланиш // Узлуксиз таълим мазмуни, метод ва воситаларини модернизациялашнинг дидактик принциплари. Респ. Илмий-амал.конф.материали. Карши - 2015. 246-247 б.

718

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.