Научная статья на тему 'SILLIQ SHIRINMIYA O‘SIMLIGINING ILDIZ TARKIBINING FITOKIMYOVIY O‘ZGARISHI'

SILLIQ SHIRINMIYA O‘SIMLIGINING ILDIZ TARKIBINING FITOKIMYOVIY O‘ZGARISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
163
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xom ashyo / qizilmiya / risalofillin / dori / ekstrakt / flavonoid / norma / fitokimyoviy / ekvivalent.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Urmanova Munisa Nezamiddinovna, Burhanova Dilnavoza Utkurovna, G‘Iyosov Malikjon Maxsud O‘G‘Li

Maqolada Toshkent viloyatining tipik kulrang tuproqlarida qizilmiya etishtirishda sug'orish rejimi va o'g'itlarni qo'llash me'yorlarining ta'sirini aniqlash bo'yicha dala tadqiqotlari natijalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SILLIQ SHIRINMIYA O‘SIMLIGINING ILDIZ TARKIBINING FITOKIMYOVIY O‘ZGARISHI»

SILLIQ SHIRINMIYA O'SIMLIGINING ILDIZ TARKIBINING FITOKIMYOVIY

O'ZGARISHI

1Urmanova Munisa Nezamiddinovna 2Burhanova Dilnavoza Utkurovna 3G'iyosov

Malikjon Maxsud o'g'li

1Toshkent davlat agrar universiteti, dotsent, O'zbekiston 2Toshkent davlat agrar universiteti, dotsent, O'zbekiston 3Toshkent davlat agrar universiteti, magistrant, O'zbekiston 1m.urmanova76@mail.ru 2d.burxanova77@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10084640

Annotatsiya. Maqolada Toshkent viloyatining tipik kulrang tuproqlarida qizilmiya etishtirishda sug'orish rejimi va o'g'itlarni qo'llash me'yorlarining ta'sirini aniqlash bo'yicha dala tadqiqotlari natijalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: xom ashyo, qizilmiya, risalofillin, dori, ekstrakt, flavonoid, norma, fitokimyoviy, ekvivalent.

Аннотация. В статье приводятся результаты полевых исследований по определению влияния режима орошения и норм внесения удобрений при выращивании солодки голой в типичных сероземных почвах Ташкентской области.

Ключевые слова: сырье, лакрица, ризалофиллин, медицина, экстракт, флавоноид, норма, фитохимический, эквивалент.

Abstract. The article presents the results of field studies to determine the impact of the irrigation regime andfertilizer application rates when growing licorice in typical gray-earth soils of the Tashkent region.

Keywords: raw materials, licorice, rizalofilline, the medicine, extract, flavonoid, norm, phytochemical, equivalent.

Kirish. Bugungi kunda dunyoda shirinmiya o'simligining tarqalish ko'lami juda keng bo'lib, "... jumladan, Ozorbayjonda 2200 ga (umumiy maydonning 3,62 %), Qirg'izisonda - 902 ga (1,49 %), Qozoqistonda -39875 ga (65,69 %), Rossiyada -1763 ga 92,90 %), Turkmanistonda -10776 ga (17,76 %), Tojikistonda -142 ga (0,24 %), Mug'ilistonda -2180 ga (3,5 %) maydonlarda yetishtiriladi" [1].

Dunyo qishloq xo'jaligida ekinlardan yuqori hosil olish va qishloq xo'jalik ekinlarini ekish uchun yaroqsiz, sho'rlangan, gipslashgan, qiyin melioratsiyalanadigan yer maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida silliq shirinmiya o'simligini yetishtirish bo'yicha bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayrim davlatlarda yer osti suvlari yaqin joylashgan, qayta sho'rlangan, qishloq xo'jaligi aylanmasidan chiqib qolgan maydonlarda shirinmiya yetishtirib yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish bilan bir qatorda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash xususiyatiga egaligi tufayli tuproqning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish borasida ilmiy tavsiyalar va ishlanmalar amaliyotga joriy etilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi iqtisodini yuksak darajada rivojlantirish tabiat boyliklaridan, jumladan, o'simliklardan, uning tarixan tashkil topgan muvozanatini buzmay turib, ilmiy asoslangan ko'rsatkichlarga tayangan holda muhofaza qilish, ko'paytirish va oqilona foydalanishga ham ko'p jihatdan bog'liqdir.

Respublikamiz hududida 4500 dan ortiq o'simliklar turi bor, shulardan sanoat uchun xomashyobop va dorivor (650 tur) o'simliklar orasida eng ahamiyatlisi hamda ishlatilish darajasiga ko'ra ko'p qirrali diapozon (ko'lam) ga ega bo'lgani - shirinmiya bo'lib, u tabobotda,

oziq-ovqat sanoatida, shuningdek 20 xil sanoat tarmog'ida hamda qishloq xo'jaligining turli tarmoqlarida keng qo'llaniladi [5].

Tadqiqotning metodologiyasi va ob'ekti. Toshkent viloyatining tipik bo'z tuproqlari sharoitida silliq shirinmiya o'simligining 2 yillik urug' ko'chatlarini yetishtirishda tuproqq ishlov berish usullari va ma'dan o'g'itlar me'yorini, sug'orish tartiblarini ta'sirini aniqlashdan iborat. Silliq shirinmiya ildiz va pichan hosilining mahsuldorligiga, ildiz tizimining rivojlanishi, tuganaklar hosil bo'lishiga tuproqqa ishlov berish chuqurligi va ma'dan o'g'itlar, sug'orish tartibining ta'sirini aniqlash tadqiqotning asosiy vazifasi qilib belgilangan.

Tajribada barcha kuzatuvlar, tahlillar va hisoyu-b -kitob ishlari umumqabul qilingan "Dala tajribalarini o'tkazish uslublari" [5], "Sug'oriladigan paxta rayonlarida agokimyoviy, agrofizikaviy va mikrobiologik tadqiqotlar uslublari" [6] bo'yicha olib borilgan.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Glycyrrhiza L (ilmiy nomi) grekchadan tarjim qilinganda "shirin ildiz" degan ma'noni anglatadi, o'zbekchada shirinmiya, ruscha nomi solodka. Shirinmiya - Glitsirriza - Glycyrrhiza L. turkumiga yer shari bo'yicha 13 dan ziyod tur kiradi. Ye.A. Kruganova (1955, 1966) tomonidan Glycyrrhiza L. turkumini tartibga solish natijasida, bu turkumni, o'simliklarning morfologik belgilari va yer osti organlarining ximiyaviy tarkibiga ko'ra ikki seksiyaga ajratdi. Bunda birinchi haqiqiy shirinmiyalar - Euglycyrrhiza Boiss ceksiyasiga yer osti organlarining tarkibida glitsirrizin kislotasi saqlanadigan 5 ta tur:+Glycyrrhiza glabra L.;

^ G. uralensis Fisch.;

^ G. inflate Batal.;

^ G. korshinskyi G. Grig;

^ G. aspera Pall

Shulardan 2 ta (Silliq shirinmiya va Urol shirinmiya) turi dorivor o'simliklar orasida eng ko'p glitsirrizin kislotasi hosil qiladigan o'simliklardir. Shuning uchun xam bu turlarning ildiz xomashyolari, dorivor xomashyo sifatida ko'p ishlatiladi. O'zbekistonda shirinmiyaning tarkibida glitsirrizin kislotasi saqlanadigan uchta turi tabiy holda uchraydi.

1 rasm. Gledichia ko'chatining umumiy ko'rinishi

Undan giltsiram, likviriton, likurazid, flakorbon va boshqa 100 dan ziyod preparatlar tayyorlanadi.

Muravev I.A., Sokolov V.S. larning [4] ma'lumotlariga ko'ra silliq shirinmiya o'simligining ildizida glitsirrizin kislotasi va boshqa foydali moddalar bo'lib, ulardan ekstrakt ishlab chiqarishda foydalansa bo'ladi. O'simlik ildiz va ildizpoyalari tarkibida ekstrakt moddalar, glitsirrizinli va glitsirritinli kislotalar, flavonoidlar, glikozidlar, saxaroza, klechatka, kraxmal, askarbin kislotasi, vitamin S, steroidlar, yog', sifat modda, saqich, oqsil, makro elementlardan K,

Ca, Mg, Fe mikroelementlardan Mn, Mu, Zn, Al, Ba, N, Se, Ni, Sr, Pb va boshqa elementlar mavjud.

Bokova M.B. tadqiqotlarda [9] zamonaviy tibbiyotda shirinmiya ildizlaridan tayyorlangan preparatlar quruq va quyuq ekstraktlari hamda sharbati sil va o'pka kasalliklarida, OITSga qarshi, jigar, yurak-qon tomirlari kasallanganda, modda almashinuvini me'yoriga keltirish, bo'g'ma, ekzema, onkologik, ovqatdan zaharlanish, me'da, oshqozon, teri kuyganda qo'llash mumkin.

Muinova S.S. [1], Lerman F.S. [2] aniqlashlaricha urug'dan o'stirilgan shirinmiya o'simligi ildizlarida 3 - yilda - 7,5 %, 4- yilda esa 10,4 -10,83 % glitsirin kislota bo'ladi.

Tuproqqa ishlov berish chizellash (10-15 sm) orqali o'tkazilgan variantlarda N40 P60 K80 kg/ga qo'llanilgan variantlarda silliq shirinmiya ildizi tarkibida jami kullar miqdori 4,70%, 10% HCl da erimaydigan moddalar 0,46 %, glitsirizin kislota 6,80 %, ekstraktiv moddalar 39,50 %, flavonoidlar yig'indisi 1,95 % shu jumladan sifatligi 0,170 % ni tashkil qildi. (2-jadval)

Ildizning bu fitokimyoviy tarkibi ichida biz uchun eng muhim sanaladigan glitsirrizin kislotasi, flavonoid moddalar, ekstraktiv moddalar bo'lib, o'g'itlar N70 P90 K110 kg/ga qo'llanilgan variantda bu moddalar mutonasib ravishda 6,95%, 2,01% va 39,95% tashkil qildi yoki 1 -variantnikiga nisbatan 0,15 %, 0,06 va 0,45% yuqori bo'lganligi aniqlandi. O'g'itlar me'yori N100 P120 K140 kg/ga qo'llanilganda bu ko'rsatkich biroz bo'lsada kamayganligi, lekin 1 -variantga nisbatan esa 0,10; 0,05 va 0,00% ortganligi kuzatildi.

Tuproqqa ishlov berish usuli o'zgarishi (20-22 sm haydalishi) bilan o'g'it me'yorlaridan qat'iy nazar yuqoridagi ko'rsatkichlarni ortishi kuzatildi.

Bundan glitsirrizin kislota, ekstraktiv modda va flavanoidlar yig'indisi o'g'it me'yoriga mutanosib ravishda 0,65-0,75-0,70 %; 0,10 -0,03- 1,0 va 0,10-0,14 - 0,10% ga yuqori bo'ldi. Bu variantlar orasida ham nisbatan maqbul ko'rsatkich N70 P90 K110 kg/ga me'yorda qo'llanilganda olindi va 4 -variantga nisbatan 0,15; 0,38; 0,10 % bo'lganligi aniqlandi. Tajribada nisbatan yuqori ma'lumotlar tuproq 30-35 sm chuqurlikda haydalib N70 P90 K110 kg/ga me'yorda qo'llanilganda olindi. Bu variantda glitsirin kislota miqdori 7,81 % ni, ekstraktiv moddalar 40,15% ni, flavonoidlar esa 2,23 % ni tashkil qilgan holda 7 - variantga nisbatan bu ko'rsatkichlar mutanosib ravishda 0,81 %, 0,65 va 0,23 ga yuqori bo'lganligi aniqlandi.

1 jadval. Silliq shirinmiya o'simligining ildizi tarkibini fitokimyoviy o'zgarishlariga tuproqqa ishlov berish usullari va o'g'itlarni ta'siri (quruq moddaga nisbatan % hisobida).

Ma'dan 4yilda Jami 10% ^H Glitsi Ekstra Flavo Sifatl

o'g'itlarning o'rtacha kullar HCL ga rrizin ktiv noidla iligi

£ me'yorlari, kg/ga ildiz эрнмaнg kislot modda r

rti a t hosili, HraH a yig'in

t nt ri > t/ga disi

N P2O5 K2O

Chizellash (10 - 15 sm)

1 40 60 80 25,1 4,70 0,46 6,80 39,50 1,95 0,170

2 70 90 110 28,8 4,90 0,48 6,95 39,95 2,01 0,170

3 100 120 140 28,5 4,85 0,47 6,90 39,50 2,00 0,170

Haydash 1 20 - 22 sm)

4 40 60 80 28,8 4,90 0,48 7,55 39,60 2,05 0,178

5 70 90 110 30,0 5,05 0,51 7,40 39,98 2,15 0,180

6 100 120 140 30,02 4,98 0,50 7,60 40,00 2,10 0,180

Haydash 1 ;30 - 35 sm)

7 40 60 80 30,0 4,89 0,50 7,00 39,50 2,00 0,175

8 70 90 110 32,8 5,15 0,52 7,81 40,15 2,23 0,187

9 100 120 140 32,9 4,95 0,52 7,82 40,88 2,24 0,180

Tuproqqa ishlov berish usullarida ekvivalent miqdorda qo'llanilgan o'g'it me'yorlarining ta'sirida olingan natijalarini ko'rsatishicha, eng maqbul ko'rsatkichlar tuproq 30-35 sm chuqurlikda haydalganda kuzatildi. Bu esa shu variantda yaratilgan maqbul sharoit ta'sirida silliq shirinmiya o'simligini nafaqat yer ustki, qolaversa ildiz tizimining rivojlanishi ham yaxshilangan, natijada uning tarkibidagi faol moddalar ning miqdorlari ham ortib sifati yaxshilanganligidan dalolat beradi.

Xulosa. Qo'llanilgan agrotexnik tadbirlar ta'sirida olingan o'simlikning yer ustki qismlarini yashil xolda chorva mollari uchun silos yoki xashak sifatida, ildiz tizimini esa farmotsevtikada turli dori - darmonlarni sintez qilish uchun xom ashyo sifatida ishlatish mumkinligi aniqlandi. Toshkent viloyatining tipik bo'z tuproqlari sharoitida 4 yillik silliq shirinmiya o'simligidan yuqori ildiz hosili olish va tuproq unumdorligini oshirish uchun tuproqni 30-35 sm chuqurlikda haydab, ma'dan o'g'itlarni N70 P90 K110 kg/ga qo'llash tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. http://agro. Uz/uz/ services/ useful/4307

2. Muinova S.S. Sravnitelnoe ekobiologicheskoe izuchenie vidov roda Glycyrrhiza L. V kulture pod Tashkentom. Avtoreferat. diss. kand. biol.nauk. 1965 g. 24 str.

3. Lerman F.S. O soderjanii glisirrizinovoy kislotbi v korniyax solodok, vbira^ennbix v razlichnix usloviyax //Materialbi po biologiii vidov roda Glycyrrhiza L Tashkent.: Fan 1970 g. 188-194 str.

4. Muravev I.A., Sokolov V.S. Sostoyanie i prespektivbi izucheniya i ispolzovaniya solodki v norodnom xozyaystve SSSR // Voprosbi izucheniya i ispolzovaniya solodki v SSSR. M.-L.: Nauka. 1966 g. 5-14 str.

5. Urmanova M.N.., A.D.Qo'ziev "Silliq shirinmiyani yetishtirish bo'yicha tavsiyanoma". ToshDAU Tahririyat-nashiryiti bo'limi Toshkent: 2018. - 14 bet

6. Dala tajribalarni o'tkazish uslublari. Toshkent. 2007y.

7. Metodbi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnbix xlopkovbix rayonax. SoyuzNIXI. - Tashkent -1963 g. 1-253 str.

8. Urmanova M.N., Xaitov B., Karimov A. Licorice (Glycyrrhiza glabra ) Growth and phytochemical compound secretion in degraded lands under drought stress // Reducing plastic bag use through prosocial incentives. -(ISSN 2071-1050) on 02 March 2021. - Volume 13. -Issue 5. - P. 1-11 (Impact factor 2.576) has been accepted in Sustainability.

9. Urmanova M.N., Burkhanova D., Namozov N. Introduction of residues of siderated Plants to soil fertility. / International Consortium on Academic Trends of Yeducation and Science hosted from london, England. (Scholastico-2021). - ISBN: 978-1-913482-69-5. Aprel 3rd-4th, 2021. P. 31-33

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.