INDENNING XLORLI BIRIKMALARINI OLISH VA ULARNING XROMATOGRAFIK (GX-MS) TAHLILI HAMDA BIOLOGIK FAOLLIK KORSATKICHLARI 1Burxev F.Z., 2Kushiev Kh.Kh., 3Xudoynazarov M.
1,2'3Guliston davlat universiteti, "Eksperimental biologiya" laboratoriyasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.8367390 Annotatsiya. Og'ir piroliz moyidan ajratib olingan dastlabki fraksiyasi - tarkibida 14% dan ortiq inden bo'lgan "boyitilgan" fraksiyadan quyosh nuri ostida oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari (MnO2 va HCl) asosida olingan (kons. H2SO4 suv bug'laridan tozalangan) xlor gazi o'tkazilganda indenning xlorli hosilasi sintezlangan. Reaksion mahsulotlar Xromatek - Kristall 9000 (Rossiya) gaz xromatografiyasining mass - spektroskopik usulida kapillyar kolonka uzunligi 30 m, diametri 0,25 mm, membrena qalinligi 3.0 mkm, kolonka harorati: 120C 1 min dan 160 C x20 C/min, injektor harorati 2600C, detektor harorati: 2700C; A tipidagi gaz oqim - 1 ml/min va umumiy analiz vaqti 27 min. bo'lgan sharoitlarda tahlil qilindi. Olingan mass -xromatografik tahlillardan ma'lum bo'ldiki reaksion aralshma tarkibida asosiy qismni 1,2 - dixlor inden yuqori unumlarda tashkil etishi aniqlandi. Reaksiya uchun kiritilgan xlor indenning 5 a'zoli halqasidagi to'yinmagan qo'shbog'iga birikishi tahlillar natijasida aniqlandi. Olingan xlorli birikma qo'shilganpreparat laboratoriya sharoitida va dala sinov jarayoniga 1:200 nisbatdagi miqdorida faolligi bronzovka qo'ng'izi (Oxythyrea cinctella) tomonidan zararlangan dala tajriba maydoniga turli konsentratsiyalarda qo'llash natijasida preparatning samaradorligi aniqlandi.
Kalit so^zlar: Og'ir piroliz moyi, inden, xlor, xromatografik tahlil, MnO2, HCI, H2SO4, Oxythyrea cinctella, Eurycotis
Abstract. Chlorine gas (purified from conc. H2SO4 water vapor) from the initial fraction separated from heavy pyrolysis oil - from the "enriched" fraction containing more than 14% indene based on oxidation-reduction reactions (MnO2 and HCl) under sunlight chlorinated derivative of indene was synthesized. Reaction products Chromatek - Kristall 9000 (Russia) gas chromatography mass-spectroscopic method capillary column length 30 m, diameter 0.25 mm, membrane thickness 3.0 /m, column temperature: 120°C 1 min to 160°C*20°C/min , injector temperature 2600C, detector temperature: 2700C; Type A gas flow is 1 ml/min and the total analysis time is 27 min. was analyzed under the existing conditions. It was found out from the obtained mass-chromatographic analysis that the main part of the reaction mixture is 1,2-dichloroindene in high yields. It was determined as a result of the analysis that the chlorine introducedfor the reaction binds to the unsaturated bond in the 5-membered ring of indene. The effectiveness of the drug was determined as a result of applying the obtained drug with chlorine compound in laboratory conditions and in the field test process in a ratio of 1:200 to the experimental field infested by harmful beetles (Oxythyrea cinctella) in different concentrations.
Keywords. Heavy pyrolysis oil, indene, chlorine, chromatographic analysis, MnO2, HCI, H2SO4, Oxythyrea cinctella, Eurycotis
Аннотация. Газообразный хлор (очищенный от паров концентрированной воды H2SO4) из исходной фракции, выделенной из тяжелого пиролизного масла - из «обогащенной» фракции, содержащей более 14% индена по окислительно-восстановительным реакциям (MnO2 и HCl) под солнечным светом хлорпроизводное индена был синтезирован. Продукты реакции Хроматэк - Кристалл 9000 (Россия) газовая хроматография масс-спектроскопический метод длина капиллярной колонки 30 м, диаметр 0,25 мм, толщина мембраны 3,0 мкм, температура колонки: 120°С 1 мин до
1762
160°С*20°С/мин, инжектор температура 2600С, температура детектора: 2700С; Расход газа типа А составляет 1 мл/мин, а общее время анализа составляет 27 минут. был проанализирован в существующих условиях. По результатам масс-хроматографического анализа установлено, что основная часть реакционной смеси представляет собой 1,2-дихлоринден с высокими выходами. В результате анализа установлено, что введенный в реакцию хлор связывается с ненасыщенной связью в 5-членном кольце индена. Эффективность препарата определяли в результате применения полученного препарата с соединением хлора в лабораторных условиях и в процессе полевых испытаний в соотношении 1:200 на опытном поле, зараженном вредными жуками (Oxythyrea cinctella) в различных концентрациях.
Ключевые слова: Тяжелое пиролизное масло, инден, хлор, хроматографический анализ, MnO2, HCl, H2SO4, Oxythyrea cinctella, Eurycotis.
KIRISH
O'simliklarni kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilishda kimyoviy vositalardan keng foydalaniladi. Garchi kimyoviy vositalar atrof muhit, inson va issiqqonli hayvonlar hamda ayrim foydali hasharotlarga salbiy tasir etsada, samaradorlik ko'rsatkichlari tufayli ulardan toliq voz kechib bo'lmaydi [1]. Shunga kora osimliklar himoyasida tanlab ta'sir etuvchi salbiy oqibatlarga ega bolmagan kimyoviy vositalarni yaratish va ulardan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Ma'lumki, kimyoviy vositaning aksariyati maqsadli tarzda organizmning fiziologik faoliyatini izdan chiqarish tarzida ishlab chiqilib, organizmlarning hayotiylik qobilyatining pasayishiga olib keladi. Pestitsid qoldiqlari havo, suv va tuproq kabi atrof-muhit omillarini ifloslanishining muhim manbai bo'lishi, shuningdek, bu hodisa ekotizimning o'simlik va hayvon jamoalarining birgalikda yashashi uchun doimiy tahdidga aylanishi mumkin [2]. Xlororganik pestidtsidlar anashunday kimyoviy birikmalar qatoriga kiradi.
Xlororganok birikmalar (XOB) atrof-muhit omillariga (namlik, harorat, quyosh nurlanishi va boshqalar) yuqori darajada chidamli moddalar hisoblanadi [4]. Boshqa tirik mavjudotlar kabi hasharotlar tanasida xlorli uglevodorodlar hosilalarining metabolizmi uchta asosiy yo'nalishda sodir bo'ladi:
• bir yoki bir nechta HCl molekulalarini ajratish orqali parchalanish va zaharliligi past bo'lgan mahsulotlarni shakllantirish bilan degidroxlorlash;
• epoksidlar va boshqa teng toksik metabolitlargacha oksidlanish (faollashtirish);
• suvda eruvchan moddalargacha gidrolizlash asosida ularni organizmdan osongina chiqarib yuborish.
Xlororganik pestitsidlarning asosiy xususiyatlari - yuqori chidamliligi va turg'unligi, suvda kam eruvchanligi va yuqori molekulali lipidlarda eruvchanligi bilan tavsiflanadi. Ular o'zgaruvchan va barqaror, ba'zilari tuproq va havoga tarqalishi mumkin, shuning uchun atrof muhitda yuqori turg'unlik ehtimolini oshiradi va hayvonlar va odamlarga surunkali ta'sir qiluvchi moddalar sifatida etirof etiladi [3].
XOB suvda bir necha hafta yoki hatto oylar davomida saqlanib qolishi va shu bilan birga, moddalar suvda yashovchi organizmlar (o'simliklar, hayvonlar) tomonidan so'rili va ular organizmida to'planishi mumkin [5]. Suv ekotizimlarida xlororganik ekotoksikantlarning suspenziyalar yordamida so'rilishi, ularning cho'kishi va pastki cho'kindilarga yig'ilishi sodir
1763
bo'ladi. Ko'p miqdorda xlororganik birikmalarning pastki cho'kindilarga to'planishi biosedimentatsiya - to'xtatilgan organik moddalar tarkibida to'planishi tufayli sodir bo'ladi. Katta portlar yaqinidagi dengizlarning pastki cho'kindilarida XOBning ayniqsa yuqori konsentratsiyasi kuzatilgan. Jumladan, Boltiq dengizining g'arbiy qismida Gyoteburg porti yaqinidagi cho'kindilarda 600 mkg/kg gacha DDT topilgan [б].
Tuproqdan XOB o'simliklarga, ayniqsa o'simlik ildizi va ildiz mevalarigacha so'riladi. Shuningdek, XOB suv omborlari va er osti suvlarigacha yetib boradi. Tuproqqa ko'p miqdorda mavjud bo'lgan XOBlar 1-8 hafta davomida nitrifikatsiya jarayonlarini ingibirlashi va qisqa vaqt ichida uning umumiy mikrobiologik faolligini to'xtatsada, lekin tuproq xossalariga katta ta'sir ko'rsatmaydi [4]. Tuproqning yuqori sorbsion qobiliyati tufayli har qanday ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi va migratsiyasi gidrosfera va atmosferada kuzatilganidan ancha sekinroq sodir bo'ladi.
Yerning sorbsion xususiyatlariga undagi organik moddalar va namlik kuchli ta'sir ko'rsatadi. Yengil qumli tuproqlar (qum, qumloq) organoxlorli ekotoksikantlarni yomonroq ushlab turadi, bu esa tuproq qatlamlari bo'ylab osongina harakatlanishi, yer osti va yer osti suvlarini ifloslantirishi mumkin. Gumusga boy tuproqlarda bu komponentlar ancha vaqt yuqori gorizontlarda, asosan 2G sm gacha bo'lgan qatlamda qoladi. Organik moddalarga boy tuproqqa qo'llangandan keyin S oy o'tgach, HCI va DDT ning 9G% dan ortig'i o'n santimetrli qatlamda qolishi aniqlangan. Shu bilan birga, deyarli 2G yil davomida DDT dan foydalangandan so'ng, 1GG sm chuqurlikdagi qatlamda deyarli teng miqdorda topilgan [S].
O'simliklarda va tuproq yuzasida XOBning parchalanishi juda sekin (bir martalik ishlovdan so'ng ularning qoldiqlari 3G-7S kundan keyin aniqlanishi mumkin va ildizlar orqali qabul qilish butun vegetatsiya davrida saqlanadi) davom etadi. Ularning barchasi tavsiya etilgan konsentratsiyalarda himoyalangan o'simliklarga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi va ko'pchiliklari hatto ularning o'sishini avjlantiradi. Bu birikmalarning qoldiqlari termik ishlov berish jarayonida qishloq xo'jaligi mahsulotlarida yo'qolmaydi. Inson va issiq qonli hayvonlar uchun oziq-ovqat ratsionida ushbu guruh preperatlarning miqdoriy chegarasi belgilangan (gigienik tasnifning I va II guruhlari). Surunkali tajribalarda chegara dozalari 1 kg oziq-ovqat uchun SG mg dan oshmaydi. Ushbu preparatlarning oz miqdorda organizmga qayta-qayta kiritilishi surunkali zaharlanishning rivojlanishiga olib keladi, bu esa ushbu moddalardan foydalanish imkoniyatini cheklaydi [S].
Ushbu ishda tez parchalanish xususiyatiga ega bo'lgan va tanlab ta'sir etuvchi insektidtsit olish maqsadida aromatik halqaga ega bo'lgan indenning xlorli hosilasini olish va zararkunanda hasharotlaga ta'sir etish ko'rsatkichlarini o'rganish rejalashtirildi.
MATERIALLAR VA TADQIQOT USULLARI
Olib borilgan tadqiqot materiali sifatida oldingi tadqiqotlarimizda tabiiy gazni qayta ishlash asosida chiqit shaklida ajraladigan og'irnpiroliz moyidan fraksion haydash usulida olingan indenning "boyitilgan" (>14%) fraksiyasidan foydalanildi. Ya'ni "Uz-Kor Gaz" MCHJ qo'shma korxonasi tomonidan og'ir piroliz moyiga termik ishlov berish (fraksion haydash) natijasida selektiv ajratish qurilmasi - deflegmator yordamida (Tqay = 181°C) 175- 19GgC oralig'ida ajratib olingan fraksiya tanlab olinib, oddiy sharoitda sariq rangli suyuq aralashma holatda tarkibida inden bo'lgan "boyitilgan" fraksiyadan foydalanilgan. YuSSX usuli tarkibida inden bo'lgan piroliz moyining fraksiyasi va atsetonitril (CH3CN)ning 1:99 nisbatda eritmalari tayyorlab olindi. Indenning miqdoriy analizi "Eksperimental biologiya" laboratoriyasining kimyoviy tahlil bo'limida standartlar asosida (Indene 193828-1G >98% HPLC, Sigma Aldrich) olib borilgan [7].
1764
Xlor gazi olish uchun merganes(IV)oksidi (MnÜ2) va HCIning 31%li eritmasi olindi. Indenning xlorli hosilasini olish uchun barcha moslamalar ochiq muhitda, quyosh nuri ostiga yig ildi. Ajraladigan xlor gazini reaktsion muhitga kiritishda H2SÜ4dan foydalanildi.
Olingam indenning xlorli birikmasi "Xromatek - Kristall 5000" gaz xromatografiyasining mass - spektroskopik usulida analiz qilindi. Analiz uchun quyidagi optimal xromatografiya sharoitlari o'rnatildi: Kapillyar ustun DV-5, uzunligi 30 m, diametri 0,25 mm, membrena qalinligi 3.0 mkm; Ustun harorati: 120°C 1 min dan 160°C*20°C/min, 80C/min - 240°C/min, 15°C/min -300°C/min; Injektor harorati: 2600C; Detektor harorati: 2700C; A tipidagi gaz tashuvchisi - yuqori toza geliy; Kolonka orqali geliy oqimi: 1 ml/min, kolonka harorati 2800C. Umumiy analiz vaqti 27 min ni tashkil etdi.
Indenning xlorli hosilalarining insektitsidlik ta'sir etish xususiyatlari va samaradorlik korsatkichlarini aniqlash uchun 2 turga mansub bo'lgan Bronzovka qo'ng'izi (Oxythyrea cinctella) va tarakan (Eurycotis) hasharotlari tadqiqotlarga jalb qilindi. Preparatning hasharotlarga tasir etish ko'rsatkichlari har xil kontsentratsiyada laboratoriya va dala sharoitida purkash orqali aniqlandi. Samaradorli ko rsatkichlari tablangan kontsentratsiyalarda hasharotlarning nobud bolish soni bilan aniqlandi.
OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI
Aromatik birikmalar quyosh nurida oddiy sharoitlarda xlorlanishi va olingan hosilalarning pestidsidlik xususiyatlarini namoyon qilishini bilgan holda inden asosida olingan inden - 1 karbon kislotasining efirlari yani akarotsid xususiyatiga ega bo'lgan "Inden-1" preparatining ta'sir kuchini oshirish maqsadida indenning xlorli hosilasini sintezlash va Inden-1 preparati tarkibini qo'shimcha modda - xlorinden bilan aralash ta'sir etuvchi preparat olish maqsad qilindi.
Indenning xlorli hosilasini olish uchun uning "boyitilgan" (>14%) fraksiyasidan menzurka (100ml, DS 1770-74) yordamida 30±1 ml olindi. Indenning xlorli birikmasini olish uchun xlor gazini olish va reaksion muhitga kiritish uchun merganes(IV)oksidi (MnÜ2) dan analitik tarozi (ANALITICAL BALANCE, 0.2mg)da 18,65g hamda xlorid kislota (HCl, 31%)dan menzurka (250ml, DS 1770-74) yordamida 120±10 ml aniqlikda o'lchab olindi.
Xlor gazini ajratib olish va reaksiya olib borish maqsadida 500 ml li tubi yumaloq ikki og'izli kolbaga margenes oksidi (MnO2) solindi va shisha nay o'rnatilgan tiqin bilan kolbaning bir og'zi berkitildi. Xlordan tozalash uchun, ajralayotgan xlor gazi sulfat kislota (98%) solingan va ikkita shisha naycha o'rnatilgan (birinchi naycha kislotaga botirib qo'yilgan) tiqin bilan yopilgan kolba (500ml, DS 1770-74)dan o'tkazildi. Ortiqcha suv bug'laridan tozalangan xlor gazi magnitli aralashtirgich (BIOSAN MSH - 300i)ga o'rnatildi va Indenli aralashma quyilgan va tiqin bilan berkitilgan 500 ml li tubi yumaloq kolbaga shisha naycha orqali to'g'ridan to'g'ri botirib qo'yildi.
Reaksiya olib borish uchun barcha jihozlar quyosh nuri ostida yig'ildi. Dastlabki marganes oksidi solingan kolbaga aniq o'lchab olingan xlorid kislota (HCl)ni ikkinchi og'zi orqali quyildi va shisha tiqin bilan yopib qo'yildi. Xlorid kislota qo'shilgach xlor gazi shiddat bilan ajralishi yaqqol ko'rindi va bu gaz sulfat kislota orqali reaksion muhitga kiritilishi shisha naychalar orqali o'tayotgan gaz pufakchalar orqali namoyon bo'ldi. Reaksion aralashmaga xlor gazi kiritilishi bilan aralashtirib (180 ob/min) turildi. Xlorli birikmalar olish uchun inden fraksiyasiga kiritilgan xlor gazining ortiqcha miqdori kolbaga o'rnatilgan qo'shimcha nay orqali chiqarib turildi. Ushbu jarayonda quyosh nuri ta'sirida atomar holga o'tgan xlor to'g'ridan to'g'ri inden halqasiga biriktirish maqsad qilindi. Reaksiya xlor gazi ajralishi to'xtaguncha (20 min) davom ettirildi.
1765
Olingan mahsulotning fizik-kimyoviy ko'rsatgichlari va hajmining deyarli o'zgarmasligi aniqlandi. Ya'ni dastlab olingan fraksiya singari organik erituvchilarda ayniqsa geksan va etil spirtida yaxshi aralashishi, suvda esa erimasligi ma'lum bo'ldi.
Reaksiya natijasida sintezlangan moddalarning tarkibini aniqlash maqsadida xromatografik tahlil o'tkazildi. Reaksion namuna 1:10 nisbatda geksan (4-160153 C6H14)da eritilgan holda "Xromatek - Kristall 5000" gaz xromatografida tahlil o'tkazildi (1-jadval va 1-rasm).
1 jadval
1,2 - dixlorindenning xromatografik ko'rsatkichlari
MSD harorati 250°C
Termostat harorat dasturi 120°C/1 min - 20°C/min - 160-20°C/8°C/min -240°C/min 15 °C/min - 300°C/min
Ion manbai harorati 230 0 C
Detektor harorati 270 0 C
Kolonna orqali gaz oqimi 1 ml/min
Oqimning bo'linish nisbati 5
Tahlil vaqti 27 min
1 - rasm. Xlor indenning xromatogrammasi
Inden fraksiyasining xlorlanishi natijasida olingan birikmalar geksanda eritildi hamda ularning xromatografik tahlillari o'tkazildi. Tahlil natijalariga ko'ra 4,2 min. da gaz xromatografiyasining mass detektorida boshqa moddalarga nisbatan yuqori konsentratsiyaga ega bo'lgan va yuqori yutilishlar namoyon qilgan birikma MSD natijalari umumiy solishtirishlar natijasida indenning dixlor tutgan hosilasi ekanligi ma'lum bo'ldi (2 - rasm).
1766
57 Cl „ 36 en I 03 r5 89 27 |i 1 | | 97 5 15 127135 186 . 165 11.
20 30 40 50 60 70 80 90 100 110 120 130 140 150 160 170 180 190 200 210
(mainlib) 1H-Indene, 1,2-di ch loro-2.3-dihydro-
2- rasm. Olingan xlorli birikmaning mass spektri.
Gaz xromatografiyasining mass - xromatografik usulida indenning xlorli hosilasi va boshqa barcha aromatik birikmalarning xlorli birikmalari uchun yuqori sezgirlik namoyon etishi aniqlandi.
Xlor tutgan aromatik birikmalarning insektidsidlik xususiyatini bilgan holda Inden-1 karbon kislotasining ta'sir doirasini oshirish maqsadida indenning xlorlanishi asosida olingan 1,2 - dixlor indenni preparatga qo'shildi.
Dastlabki preparat (Inden-1) tarkibida 11% inden-1 karbon kislotaning etil efiri (ta'sir etuvchi modda) mavjud bo'lib, tarkibni boyitish, ya'ni ta'sir ko'lamini kengaytirish maqsadida indenning xlorli hosilasi qo'shildi.
Preparatning samaradorligini oshirish uchun tarkibidagi inden - 1 karbon kislotasi miqdoridan 12 g o'lchab olindi va 500ml li tubi yassi kolbaga solindi va kolba aralashtirgich qurilmasiga joylashtirildi. Erituvchi sifatida 100 ml o'lchab olingan nefras indenning efiri solingan kolbaga quyildi va 30 daqiqa davomida xona haroratida aralashtirildi. Eritma aralashtirilgandan so'ng, indenning xlorli hosilasidan aralashmaga 12 ml qo'shildi. Asosiy komponentlar qo'shilgandan so'ng, ma'lum muddat (10 min.) aralashtirildi va kolbaning 200 ml li belgisiga yetguncha nefras quyilib yana 30 daqiqa aralashtirildi. Hosil bo'lgan aralashma 12% (inden efiri 6% va 1,2 - dixlor inden 6%)li preparatni tashkil etdi. Xlor tutgan aromatik birikmalarning insektidsidlik xususiyatini bilgan holda Inden-1 karbon kislotasining ta'sir doirasini oshirish maqsadida indenning xlorlanishi asosida olingan 1,2-dixlor indenni preparatga qo'shildi.
1767
Dastlabki preparat (Inden-1) tarkibida 11% inden-1 karbon kislotaning etil efiri (ta'sir etuvchi modda) mavjud bo'lib, tarkibini boyitish, ya'ni ta'sir ko'lamini kengaytirish maqsadida indenning xlorli hosilasi qo'shildi.
Preparatning samaradorligini oshirish uchun tarkibidagi inden-1 karbon kislotasi miqdoridan 12 g o'lchab olinib, 500ml li tubi yassi kolbaga solindi va kolba aralashtirgich qurilmasiga joylashtirildi. Erituvchi sifatida 100 ml o'chab olingan nefras indenning efiri solingan kolbaga quyildi va 30 daqiqa davomida xona haroratida aralashtirildi. Eritma aralashtirilgandan so'ng, indenning xlorli hosilasidan aralashmaga 12 ml qo'shildi. Asosiy komponentlar qo'shilgandan so'ng, ma'lum muddat (10 min.) aralashtirildi va kolbaning 200 ml li belgisiga yetguncha nefras quyilib yana 30 daqiqa aralashtirildi. Hosil bo'lgan aralashma 12% (inden efiri 6% va 1,2 - dixlor inden 6%)li preparatni tashkil etdi.
Laboratoriya sharoitida yuqorida tayyorlangan preparatning insektitsidlik ta'sir ko'rsatkichlari va ta'ir etuvchi optimal konsentratsiyasini aniqlash uchun hasharotlar ustida tajribalar olib borildi. Buning uchun preparatning har xil konsentratsiyadagi eritmalari va har xil turdagi hasharotlar (chigirtka va har xil qo'ng'iz) tanlab olindi.
Dastlabki tahlil natijalariga kora zararli hashartlar uchun preparatni qo'llashning optimal miqdori ya'ni preparatning samaradorlik ko'rsatgichi aniqlandi.
Preparatning insektitsidlik samaradorlik ta'sirini aniqlash uchun 2 turga mansub bo'lgan hasharotlar tanlab olindi. Bronzovka qo'ng'izi (Oxythyrea cinctella) va tarakan (Eurycotis) hasharotlar turi sinov maqsadida tanlab olindi. Tajriba olib boriladigan laboratoriya xonasi harorati 240C, namlik 68% bo'lgan sharoitda olib borildi.
12
0 10 20 30 40
Vaqt, min
2 - rasm. HFT - Inden preparatining 1:400 nisbatdagi eritmasining hashsrotlarga ta'sir qilish samaradorligi
Preparat (HFT - Inden)dan 3 xil nisbatdagi eritmalar tayyorlab olindi: 1:200, 1:400, 1: 1000 (preparat:suv) nisbatlar olindi va sinov uchun parallel ravishda 2 turga mansub bo'lgan hasharotlardan 10 tadan tanlab olindi. Dastlab 1:200 nisbatda eritib olingan preparatdan og'zi to'r bilan berkitilgan bankalarga solingan hasharotlarga (14:53) purkaldi. Hasharotlar 3 daqiqadan (14:56) so'ng deyarli barcha hasharotlarning nobud bo'lganligi aniqlandi. Preparatning samaradorlik korsatkichi ushbu tajribadan ham ma'lum bo'ldi.
1768
1:400 nisbatda tayyorlangan preparat bilan hasharotlarga ishlov (16:22) berilganda 5-daqiqada (16:27) bronzovka qo'ng'izlari to'liq nobud bo'lgani aniqlanib, purkashdan so'ng 37 daqiqa o'tgach (16:59) tarakanlar solingan idishda ham tirik hasharot qolmadi.
Navbatdagi tajribada 1:1000 nisbatda olingan eritma bilan hasharotlarga tasir ettirilganda bronzovka qo'ng'izlarining faqat 24 daqiqadan boshlab (1/10) nobud bo'lishi aniqlandi. Dastlabki purkashdan so'ng 60 daqiqa o'tgach tanlab olingan bronzovka qo'ng'izlarining 70% (7/10) va tarakanlarning 20% (2/10) qismi preparat ta'sirida nobud bo'lishi ma'lum bo'ldi.
Preparatning samaradorligi laboratoriya sharoitida aniqlangach dala sinov tajribalarini olib borish uchun "Eksperimental biologiya" laboratoriyasining dala tajriba maydoni tanlab olindi. Bronzovka qo'ng'izi bilan zararlangan arpa ekilgan maydoniga ushbu preparatning 1:200 nisbatdagi konsentratsiyasidan foydalanilgan holda ishlov berildi.
rümi pmjtesm^^ a * trasgo vt^r^ m^^hh
3 - rasm. Bronzovka qo 'ng'izi bilan 4 - rasm PreParat qo 'llanilgan tafrWa
zararlandan dala tajriba maydoni maydoni (12 soatdan
Preparat bilan ishlov berilgandan so'ng tajriba maydonida qo'llash samarali natija berilganligi 12 soatdan so'ng namoyon bo'ldi. Kuzatuvlar natijasiga ko'ra dala maydoni bronzovka qo'ng'izlaridan deyarli to'iq xalos bo'lganligi aniqlandi.
Bundan ko'rinib turibdiki, piroliz moyidan ajratib olingan inden asosida olingan biologik faol birikma hamda xlorli birikmalardan olingan preparat (HFT - Inden) samarali bo'lib, mamlakat miqyosida keng ko'lamda ishlab chiqarish va tadbiq etish imkoniyatlarini yaratib berdi. Olingan preparat tannarxining pastligi va xorijiy preparatlar bilan raqobatbardosh bo'lishi qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan pestidsidlar importini kamayishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
XULOSA
Xlorli aromatik birikmalarning biologik faolligini bilgan holda MnO2 hamda HCl ishtirokida olingan xlor (Ch) gazini quyosh nurida indenning "boyitilgan" fraksiyasiga kiritish orqali indenning xlorli hosilasi olindi. Inden molekulasidagi 5 a'zoli halqasining beqarorligi sababli xlorlanishi oddiy sharoitda amalga oshirildi. Olingan xlorli hosilalar Xromatek-Kristall 5000 (Rossiya) gaz xromatografiyasining mass-spektroskopik usulida kapillyar kolonka uzunligi 30 m, diametri 0,25 mm, membrena qalinligi 3.0 mkm, kolonka harorati: 120C 1 min dan 160 C x20 C/min, injektor harorati 2600C, detektor harorati: 2700C; A tipidagi gaz oqim — 1 ml/min va umumiy analiz vaqti 27 min ni tashkil etdi. Olingan mass—xromatografik tahlillar natijasida reaksiya davomida 1,2 — dixlor inden yuqori unumlarda hosil bo'lganligi aniqlandi. Olingan birikma organik o'tkir hidga ega bo'lib, erituvchilarda (geksan, etanol) yaxshi erishi, oraliq erituvchilar ishtirokida suvda erib suspenziya hosil qilishi aniqlandi. Indenning xlorli hosilasi
1769
qo'shilgan preparat laboratoriya sharoitida 1:200 nisbatdagi faolligi aniqlanib, dala sinov jarayoniga 1:200 nisbatdagi miqdori tadbiq etildi. Bronzovka qo'ng'izi (Oxythyrea cinctella) tomonidan zararlangan dala tajriba maydoniga qo'llash natijasida preparatning yuqori samaradorligi aniqlandi.
REFERENCES
1. M. Pattnai*, B.K.Pany, D. Jena, A.K.Pal, G. Sahu. Effect of Organochlorine Pesticides on Living Organisms and Environment. Chemical Science Review and Letters, 2020.
2. Rajendran S. "Environment and health aspects of pesticides use In Indian agriculture" Proceedings of the Third International Conference on Environment and Health, Chennai, India, 15-17 December, 2003.
3. R. Jayaraj, P. Megha, P. Sreedev "Organochlorine pesticides, their toxic effects on living organisms and their fate in the environment" 2016. doi: 10.1515/intox-2016-0012.
4. Белов Д.А. Химические методы и средства защиты растений в лесном хозяйстве и озеленении: Учебное пособие для студентов. - МГУЛ, 2003.
5. Груздев Г.С. Химическая защита растений. Под редакцией Г.С. Груздева - 3-е изд., перераб. и доп. - М.: Агропромиздат, 1987. - 415 с.: ил.
6. Исидоров В.А. Введение в химическую экотоксикологию: Учеб. пособие. - СПб: Химиздат, 1999. - 144 с.
7. Burkhev F.Z., Kushiev H H., Djuraev T.A. Quantitative Analysis of Polycyclic Compounds in Heavy Pyrolysis Oil by High-Efficiency Liquid Chromatography. International Journal of Materials and Chemistry 12(1): 10-13 DOI: 10.5923/j.ijmc.20221201.02, 2022
1770