Научная статья на тему 'GLIFOSAT TAʼSIR ETUVCHI MODDASIGA EGA GERBITSIDLARNI YOVVOYI O’TLARGA QARSHI QO’LLASH USULLARI'

GLIFOSAT TAʼSIR ETUVCHI MODDASIGA EGA GERBITSIDLARNI YOVVOYI O’TLARGA QARSHI QO’LLASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
195
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
yovvoyi o’tlar / gerbitsidlar / glifosat vegetatsiya davri / madaniy o’simliklar / rivojlanish bioekologiyasi / sabzavotlar / poliz ekinlari / kimyoviy preparatlar. / weeds / herbicides / glyphosate growing season / cultivated plants / developmental bioecology / vegetables / melons / chemicals.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — D. Samekeev, D. B. Samekeev, R. Atamuratov

Tajriba ishlarida nazorat olib borilgan tumanlarning paxta va sabzavot-poliz ekinlari ekilgan dalalari atroflarida paydo bo’lgan yovvoyi o’tlarning turlari, rivojlanish bioekologiyasi hisoblanib borildi. Natijada fermer xo’jaliklari dalalariga ekilayotgan yovvoyi o’tlarning sabzavot-poliz ekinlari ekilgan dalalar atrofida, dalaga kelib turgan ariqlarning, yo’llarning bo’ylarida yovvoyi o’tlarning ko’p yillik va bir yillik turlari ko’proq o’sishi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF APPLICATION OF HERBICIDES WITH THE EFFECT OF GLYPOSATE ON WEEDS

The bioecology of development was based on the types of weeds that grow around the cotton and vegetable fields of the controlled areas. As a result, it was found that perennial and annual weeds grow more on the fields around the fields where vegetables and melons are planted, on the ditches leading to the fields, and on the roadsides.

Текст научной работы на тему «GLIFOSAT TAʼSIR ETUVCHI MODDASIGA EGA GERBITSIDLARNI YOVVOYI O’TLARGA QARSHI QO’LLASH USULLARI»

GLIFOSAT TA'SIR ETUVCHI MODDASIGA EGA GERBITSIDLARNI YOVVOYI O'TLARGA QARSHI QO'LLASH USULLARI

D. Samekeev D. B. Samekeev R. Atamuratov

Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali magistrantlari

ANNOTATSIYA

Tajriba ishlarida nazorat olib borilgan tumanlarning paxta va sabzavot-poliz ekinlari ekilgan dalalari atroflarida paydo bo'lgan yovvoyi o'tlarning turlari, rivojlanis h bioekologiyasi hisoblanib borildi. Natijada fermer xo'jaliklari dalalariga ekilayotgan yovvoyi o'tlarning sabzavot-poliz ekinlari ekilgan dalalar atrofida, dalaga kelib turgan ariqlarning, yo'llarning bo'ylarida yovvoyi o'tlarning ko'p yillik va bir yill ik turlari ko'proq o'sishi aniqlandi.

Kalit so'zlar: yovvoyi o'tlar, gerbitsidlar, glifosat vegetatsiya davri, madaniy o'simliklar, rivojlanish bioekologiyasi, sabzavotlar, poliz ekinlari, kimyoviy preparatlar.

METHODS OF APPLICATION OF HERBICIDES WITH THE EFFECT OF

GLYPOSATE ON WEEDS

ABSTRACT

The bioecology of development was based on the types of weeds that grow around the cotton and vegetable fields of the controlled areas. As a result, it was found that perennial and annual weeds grow more on the fields around the fields where vegetables and melons are planted, on the ditches leading to the fields, and on the roadsides.

Keywords: weeds, herbicides, glyphosate growing season, cultivated plants, developmental bioecology, vegetables, melons, chemicals.

Qishloq xo'jaligi ekinlari dalalariga yovvoyi o'tlar asosan dala atroflarida ko'proq o'sayotgan joylardan tarqalishi aniqlangan. Shuning uchun ham birinchi navbatda yovvoyi o'tlarni ushbu joylardan yo'q etish maqsadga muvofiq ekanligi aniqlanib, yovvoyi o'tlarga qarshi gerbitsidlarni qo'llash bo'yicha tadbirlar ko'proq ushbu joylarda olib borilishi zarur ekanligini tasdiqlaydi. Sababi, yuqorida ko'rsatib o'tilganidek, glifosat ta'sir etuvchi moddasiga ega bo'lgan gerbitsidning ta'sir etuvchi kimyoviy elementi barcha o'simlik turlariga kuchli zaharli ta'sir qiladi. Vegetatsiya davrining dastlabki o'sib, rivojlanish paytida dalalarga ishlatilganda o'simliklarning barcha turlarini to'liq nobut qilishi belgili.

Shularni hisobga olgan holda nazorat olib borilgan tumanlarning paxta va sabzavot-poliz ekinlari ekilgan dalalari atroflarida paydo bo'lgan yovvoyi o'tlarning

turlari, rivojlanish bioekologiyasi hisoblanib borildi. Natija shuni tasdiqlaydiki fermer xo'jaliklari dalalariga ekilayotgan yovvoyi o'tlarning sabzavot-poliz ekinlari ekilgan dalalar atrofida, dalaga kelib turgan ariqlarning, yo'llarning bo'ylarida yovvoyi o'tlarning ko'p yillik va bir yillik turlari ko'proq o'sishi aniqlandi.

Bunday dalalar atrofida, madaniy ekinlar o'sayotgan o'rinlarga yaqin joylashgan dala atrofida bir necha yillardan buyon yovvoyi o'tlar o'sayotgan o'rinlar bo'lib, bunda asosan qizilmiya, yantoq va qamish o'simliklari asosiy turlar, bir yillik o'simliklardan sho'ralarning birnecha turlari, qichitqi o't, beshbug'doy va sezilarli darajada ariq bo'ylarida yerbodom borligi aniqlandi.

Belgilab olingan ko'p yillik ilmiy- tadqiqotning davomi sifatida (bunday tajribalar A. Xojaniyazov (2016) tomonidan bajarilgan) shu yili ko'rsatilgan sabzavot -poliz ekinlari dalalarida mutloq turda unib, o'sayotgan bir yilliklardan sho'ralarning dastlabki rivojlanish fazalarida, qizilmiya va qamishning bo'yi 20-30 sm bo'lganda, ya'ni shu yil uchun xarakterli hisoblangan aprel oyining uchinchi kunligida, bu joylardagi yovvoyi o'tlarning turlari belgilab olinib, Uragan forte va Intoglifos preparatining har xil miqdori belgilangan uslub asosida eritmalar tayyorlanib, traktorlarga osilgan OBX-28 agregatlari yordamida ishlatildi.

Buning uchun oldindan 1 m2 maydonda tarqalgan yovvoyi o'tlarning soni, turlari, fazalari to'liq aniqlanib, so'ng maxsus purkagichlar yordamida preparatlar bilan ishlov berildi.

Tajriba natijasida gerbitsidlarning ishlov berilgan dalalarida o'simliklarning dastlabki kunlardan boshlab sarg'ayib o'sib, rivojlanishi to'qtaganligi 10 -kuni yovvoyi o'tlarning bir yilliklarining 51,1-64,1 %, ko'p yilliklarining 16,2-68,4 % sarg'ayib, gerbitsid ta'siri bilinganligi, lekin to'liq nobut bo'lganligi aniqlanmadi. Yovvoyi o'tlarning to'liq nobut bo'lganlari ishlatilgandan keying 20-kuni kuzatildi. Preparatlarning biologik foydaliligining maksimal darajaga yetishi ishlatilgandan keyingi 30-kuni yaqqol ko'rinib, bunda bir yillik yovvoyi o'tlarning 91,5-98,5 % to'liq nobut bo'lganligi, ko'p yillik yovvoyi o'tlarning preparatning qo'llanilgan miqdoriga mos ravishda 84,6-97,2 % nobut bo'lganligi hisobga olindi.

Ko'rsatilgan kunlarda preparatlar ta'siridan to'liq nobut bo'lmagan yovvoyi o'tlarning ham fiziologik jarayonlari buzilib, to'liq o'sib, rivojlanmayotganligi, bular 40-kunlarda to'liq nobut bo'lib daladagi yovvoyi o'tlarning saqlanib qolish darajasi bo'yicha baho berilganda, dala yovvoyi o'tlardan to'liq tozalanganligidan darak beradi.

Gerbitsidlarning biologik foydaliligining bir- biriga taqqoslagandagi darajasi bo'yicha gektariga qo'llanilgan miqdori ortib borishi bilan biologik foydaliligi yuqorilaydiganligi, gerbitsidlardan uragan fortening aktivligi yuqori ekanligi olingan ma'lumotlardan ko'rinib turibdi.

Bu bo'yicha olingan natijalardan ko'rinib turganidek, preparatning tanlab olingan miqdori oshgani sari ta'sirchanligi yuqori bo'lib, asosan daladagi sarg'aygan yovvoyi

o'tlarning nobut bo'lishi, ya'ni qurishi preparat ishlatilgandan keyingi 20-kuni hisobga olinganligini ko'rish mumkin. Bunda odatdagidek birinchilardan bo'lib, bir yilliklardan yerbodom va beshbug'doyning preparatga sezuvchanligi yuqori ekanligi, keyinroq o'sib chiqqanlari ub o 'ralar turlari, gerbitsid ishlatilgandan keying 10-kuni to'liq nobut bo'lganligi kuzatildi. Ko'p yilliklarning bo'yi biroz o'sgan bo'lsa gerbitsidga chidamli bo'lib, 30-kunlarga borganda to'liq nobut bo'lishi aniq ko'rinib turganligi, o'tkazilgan tadbirning natijasi yuqori ekanligidan darak beradi.

Ishlov berilgan ikki turdagi gerbitsid bo'yicha, ko'rsatilgan darajadagi natijalar yovvoyi o'tlarning ko'p yilliklariga ta'sir qilish darajasida ham yuqoriligini isbotlaydi. Sababi, dalalarda keng turda tarqalgan dala pechagi va qamish, qizilmiyaning o'sib, rivojlanishining gerbitsid ta'sirida to'xtashi ishlatilgandan keyingi 10-kuni o'simlikning o'sib, rivojlanishini to'xtatishi bilan belgilanib, 20-kuni ba'zilari to'liq nobut bo'lishi, gerbitsidlar bu turlar uchun aktiv ta'sir qilishini ko'rsatadi. Shulardan dala pechagi rivojlanish sharoitlariga bog'liq, qancha yosh bo'lgan fazasida, shuncha darajaga gerbitsid ta'siriga sezgir bo'lishi aniqlandi.

Shunday bo'lsa ham, dalalarda o'sayotgan bir yillik yovvoyi o'tlarning bo'yi 30 sm oshib ketishi, ularning nobut bo'lishini biroz kechiktirishi, o'tgan yili shu tajriba bajarilgan dalada, bu yili ko'p yillik yovvoyi o'tlarning paydo bo'lgan, ub o'yicha preparat ishlatilgandan keyingi kunlardagi, o'sha dalalardagi o'simlik ildizlarini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar olib borishni talab qiladi.

Shu sababli, bu yildagi tadqiqotlar xulosasi masalaga to'liq oydinlik kiritolmaganligi sababli, tajriba ishlarini davom ettirish zarurligi kelasi yillar uchun ham dolzarb mavzu sifatida qoldirildi.

Shunday qilib, qishloq xo'jaligi ekinlari ekilgan dalalar atrofida paydo bo'ladigan yovvoyi o'tlarning har bir turi uchun gerbitsidning ta'sir qilish darajasini aniqlash uchun, har o'simlikning turi, rivojlanish sharoitlari bo'yicha preparatning miqdorini aniq belgilab, ishlatish vaqtini aniqlash uchun qo'llanilgan miqdorlarni dalada o'sayotgan yovvoyi o'tlarning turlariga, alohida ajratib olib, nazorat qilish orqali aniqliklar kiritish talab qilinishi ma'lum bo'ldi. Shuning uchun ham glisofat ta'sir qiluvchi moddasiga ega gerbitsidlarni qishloq xo'jaligi ekinlari ekilayotgan dalalarning atrofidagi ko'p va bir yillik yovvoyi o'tlarga qarshi qo'llab, ularni keng turda yo'q qilish uchun aprel oyining ikkinchi o'n kunligida havoning o'rtacha harorati 15-17 °Cdan oshganda o'sgan ko'p va bir yillik yovvoyi o'tlardan qamish, dala pechagi, momaqaymoq, qizilmiya, yantoq, yerbodom sho'ralar, beshbug'doy, qichitqi o't turlarining bosh poyasining balandligi 20-30 sm dan oshmagan fazasida ishlatish talab qilinadi. Ushbu maqsadlar uchun gerbitsidlarning eng yuqorgi miqdorlarini qo'llash, shartli ravishda suvga aralashtirib, OBX agregatlari yordamida, eritmalarning o'simliklar tanasiga to'liq tegishini ta'minlagan holda olib borish talab qilinadi. Bunda dalalarga gerbitsid ishlatilgandan keyingi kunlardagi o'simliklarning qayta o'sib

ketishining oldini olish uchun sug'orishni to'xtatib, ishlatilgandan keyingi 30-kuni, tuproqning namligini ta'minlash maqsadida dalani sug'orib qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish ishlarini boshlash tadbirlari bo'lishini hisobga olib ishni tashkillashtirish tavsiya qilinadi.

REFERENCES

1. Xojaniyozov A. Ko'p yillik yovvoyi o'tlarga qarshi gerbitsidlarni qo'llash texnologiyasi. Bitiruv malakaviy ishi. Nukus, 2016. 60 v.

2. Xo'jaev Sh. T. Insektitsid, akaritsid, biologik faol moddalar va fungitsidlarni sinash bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar. II-nashr.-Toshkent, 2004.-12 b.

3. Turdiyeva N., q.x.f.n. Kuzgi bug'doyzorlardagi bir yillik begona o'tlarga qarshi Biostar gerbisidini qo'llash. O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali № 10 son 2011y. 29 bet.

4. Aliyev B.G. Paxta dalalaridagi begona o'tlar. T. Mehnat-1969 33-75 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.