Научная статья на тему 'SHOLI KOLLEKSIYASIDAN INTRODUKSIYA SIFATIDA FOYDALANISH'

SHOLI KOLLEKSIYASIDAN INTRODUKSIYA SIFATIDA FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nav / uzun don / duragay / pitomniklar / nav sinovi / introduksiya / adaptatsiya / tanlash / baholash / sho‘rga chidamlilik / ertapisharlik / o‘ta tez pisharlik / stress omil.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Aberkulov Mardan Nurbaevich, Abdullaev Baxodir O‘Razbaevich, Abillaev O‘Razbay

Sholining dunyo kolleksiyasidan Qoraqolpog‘iston sharoitiga mos namunalarni tanlash va ulardan foydalanish uchun introduksion namunalar sinab ko‘rildi. Dunyoning turli mamlakalarida nav sifatida foydalaniladigan sholi namunalarining 74 tasi Qoraqolpog‘iston sharoitida o‘rganilib, 7tasi tanlab olindi. Ulardan ekin sifatida foydalanish va donor sifatida ishlatishga tavsiya berildi. Sho‘rga va pirikulyariozga kasalligiga chidamli shakllar ajratib olindi,ularni seleksiyada ishlatish tavsiya qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHOLI KOLLEKSIYASIDAN INTRODUKSIYA SIFATIDA FOYDALANISH»

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

SHOLI KOLLEKSIYASIDAN INTRODUKSIYA SIFATIDA

FOYDALANISH

1Aberkulov Mardan Nurbaevich, 2Abdullaev Baxodir O'razbaevich, 3Abillaev O'razbay

1Toshkent davlat agrar universiteti Ekoloogiya va botanika kafedrasi professori 2Qaraqolpog'iston Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi laboratoriya mudiri 3Qaraqolpog'iston Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi direktori maslahatchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11445951

Annotatsiya. Sholining dunyo kolleksiyasidan Qoraqolpog'iston sharoitiga mos namunalarni tanlash va ulardan foydalanish uchun introduksion namunalar sinab ko'rildi. Dunyoning turli mamlakalarida nav sifatida foydalaniladigan sholi namunalarining 74 tasi Qoraqolpog'iston sharoitida o'rganilib, 7tasi tanlab olindi. Ulardan ekin sifatida foydalanish va donor sifatida ishlatishga tavsiya berildi. Sho'rga va pirikulyariozga kasalligiga chidamli shakllar ajratib olindi,ularni seleksiyada ishlatish tavsiya qilindi.

Kalit so'zlar: Nav, uzun don, duragay, pitomniklar,nav sinovi, introduksiya, adaptatsiya, tanlash, baholash, sho'rga chidamlilik, ertapisharlik, o'ta tezpisharlik, stress omil.

Аннотация. В условиях Каракалпакстана было изучено 74 образца из мировой коллекции риса используемого как сорта в разных странах мира, и отобрано из них 7 обрацов пригодных для резко континенталного климата Республики. Было рекомендовано использовать их в качестве посевов и доноров. По результатам эксперимента были выделены устойчивые формы пирикуляриоза и рекомендовано использовать их в селекции.

Ключевые слова: Длинное зерно, сорт, гибрид, питомники, сортоиспытания, признаки, свойство, интродукция, адаптация отбор, оценка, солеустойчивость, скороспелость, ультраскороспелость, стресс фактор.

Abstract. 74 introduced samples from world collection of rice using as the growing varieties in different countries of the world and singled out of 7 samples suitable to sharp changing continental climate of the Republic.

Their using as the quality ofplantation and donors was recommended. Resistant forms to picalerious were isolated on the results of experiment and recommended to use them in the plant breeding.

Introductory samples were tested to select samples from the world collection of rice suitable for the conditions of Karakalpakstan and use them.74 samples of rice used as varieties in different countries of the world were studied in the conditions of Karakalpakstan and 7 were selected. It was recommended to use them as donors, according to the results, the resistant forms of particularists were isolated and it was recommended to use them in selection.

Keywords: Long grain, variety, hybrid, nurseries, variety testing, characteristics, properties, introduction, adoption, assessment, salt tolerance, early ripening, ultra early ripening, stress factor.

Hozirgi paytda ekilayotgan qishloq xo'jalik ekinlarining 30 tasi dunyo aholisining 95%ni to'yimli oziqa sifatida talabini qondiradi. Ulardan to'rttasi ya'ni, sholi, bug'doy, makkajo'xori va kartoshka 60% aholini boqadi. Mana shunday nisbatan ko'p bo'lmagan qishloq xo'jalik ekinlarining oziq- ovqat xavsizligidagi o'rni,birinchi navbatda ularning ichida har xillikni saqlab turishni talab etadi. Bu o'simliklar dunyodagi oziqa energiyasi va oqsillarining ko'pchilik qismini bersada,bu turlarning ichida har xillik nisbatan kam. Mana shu jihatlarga N.I.Vavilov o'zining

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

fikrini bildirib, o'simliklar genetik zaxiralarni saqlab qolish strategiyasini shakllantirdi. Bunga uzoq kelajakda insoniyatning yashab qolishida muhim sharoit sifatida qaradi. O'simliklar genetik zaxirasi-bu biologik zaxiralarning bir qismi bo'lib, bunga irsiy funksional birlikga ega hozirda yoki kelajakda nav yoki duragay yaratishda qimmatli xususiyatga ega o'simlik materiallari kiradi O'simliklarni introduksiya qilish deyilganda o'simlik turlarini yoki navlarini ular oldin yashamagan joylardan boshqa xududga ko'chirish tushuniladi.Bu atama 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatiladi.Introduksiya zaxiralari nazariyasi birinchi marta 1855 yilda A.Dekandol tomonidan asoslab berilgan, keyin esa N.I.Vavilov tomonidan madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlari to'g'risidagi o'zi yaratgan nazariya asosida ishlab chiqilgan va rivojlantirilgan.Birlamchi markazlarda yavvoyi qarindoshlarning asosiy genofondi va madaniy o'simliklarning eng qadimgi shakllari-irsiy nuqtai nazardan qimmatli genlarni tashuvchilari mavjud. Ko'pchilik madaniy o'simliklarning ikkilamchi geografik markazlarida seleksiya uchun istiqbolli yangi belgilarni tashuvchilari to'planadi. Insonning aralashuvi natijasida bu markazlardan o'simliklar yangi xududlarga ko'chiriladi. Shunday qilib, ko'pincha o'z o'zidan qimmatli bo'lgan yavvoyi turlardan zamonaviy madaniy bug'doy, arpa, javdar, suli, makkajo'xori, soya, paxta, kungaboqar paydo bo'lgan. N.I.Vavilovning fikricha, introduksiya zaxiralari sifatida quyidagilar ishlatilishi mumkin: 1) kasalliklarga va zararkunandalarga chidamlilikni, yuqori va sifatli mahsulotlarni belgilaydigan dominant genlarni olish mumkin bo'lgan gen markazlari, 2) seleksiya nuqtai nazaridan qimmatli ko'plab belgilarni nazorat qiladigan retsessiv genlarni tashuvchilar to'plangan qishloq xo'jaligi yuqori darajada rivojlangan xududlar. O'simliklar introduksiyasining hozirgi rivojlanish bosqichidagi roli juda ko'p qirrali hisoblanadi. Jumladan,ko'plab qishloq xo'jalik fanlari, birinchi navbatda o'simlikshunoslik fani uchun tajriba materiali manbai bo'lib xizmat qiladi. Bu esa insoniyatning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishning bir usuli hisoblanadi.

Qoraqolpog'iston Respublikasining tuproq iqlim sharoiti O'zbekistonning boshqa xududlaridan tubdan farq qiladi. U yerda keskin kontinental iqlim, o'simlikning vegetatsiya davrida, ayniqsa bahor va kuz fasllarida havo haroratining tez-tez va keskin o'zgarishi bilan ajralib turadi va ko'pincha kechasi va kunduzi haroratlarda sezilarli farq kuzatiladi. Issiqlik ta'minoti boshqa xududlarga nisbatan kamroq. Respublika shimolidagi sug'oriladigan yerlarning ko'pchilik qismi o'rtacha va kuchli xlorli va sulfatli sho'rlanishga ega, unumdorligi past bo'lsa ham, har xil darajada sho'rlanish sodir bo'ladi. Tuproqning turli xil sho'rlanishi, suv tanqisligi va boshqa ekologik stress omillar mintaqada sholichilikni rivojlantirish imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi.Sholi sho'rga sezgir ekinlar qatoriga kiradi. Sholining rivojlanish bosqichiga ta'siri, tuzning konsentratsiyasi va turiga, uning ta'sir qilish muddatiga, tuproqning pH darajasiga, suv rejimiga, harorat, namlik va quyosh nurlanishiga bog'liqligi aniqlangan.

Tadqiqot materiallari va uslublari. Tadqiqotlar Qoraqolpog'iston don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining tajriba xo'jaligida olib borildi. Tajribada introduksiya qilingan sholi kolleksiyasidan 74 ta sholi namunalari Qoraqolpog'iston sharoitida o'rganildi. Ular Xitoy (14ta), Koreya (14ta), Ve'tnam (15ta), Rossiya (10ta), Vengriya (3ta), Yaponiya (4ta), Pokiston (5ta), Afg'oniston (3ta), Azarbayjan (3ta), Qozog'iston (3ta) davlatlariga tegishli (1 -jadval). 1-jadval

Qaraqalpog'istonga introduksiya qilingan sholi nav namunalari soni va ulardan tanlab olingan namunalar

№ Kelib chiqishi O'rganilgan Tanlab olingan namunalar Brakovka

namunalar soni nomi va nomeri qilingan

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

GG/g namunalar soni

1 Kitay 14 K-430 (China-4); 12

1 K- 428 (China)

2 Koreya 14 K-306 (Chok Wong); 12

2 K-369 (OLGERNo 4)

K-313 (NDT-8);

3 Vetnam 15 K-443 (Vetnam); 10

3 K-445 (Vetnam-3); K- 444 (Vetnam-2)

4 K-312 (Vitkoriya);

4 Rossiya 10 K-270 (Sharma) 8

5 Vengriya 3 K-373 (ON-228) 2

6 Yaponiya 4 K- 371 (WIGNYHORO) 3

7 Pakistan 5 K- 372 (BASMATI) 4

8 Avganistan 3 K-424 2

9 9 Azerbayjan 3 K-425 (Az- ROS 665) 2

10 Kazakstan 3 K-243 (Marjan) 2

Jami 74 17 57

Barcha pitovnik va nav sinash joylarida kalenc ar reja asosida kuzatish va hisobga olish

ishlari umumiy tan olingan metodika asosida olib borildi.

Tahlil va natijalar. Introduksiya qilingan sholi namunalaridan 17 tasi ajratib olindi(1-jadval). Ajratib olishga asos qilib hozirgi paytdagi sholining xo'jalik qiymatiga ega belgilariga bo'lgan talab bo'ldi. Ajratib olingan sholi nav namunalarining vegetatsiya davri 90-100 kun atrofida bo'lib, bo'yi nazorat nav«Sanam» ga nisbatan past. Ma'lumki, sholi seleksiyasida o'simlik bo'yi muhim rol o'ynaydi,negaki bo'yining balandligi yotib qolish bilan bog'liq. Ajratib olingan namunalar o'rtasida K-306; D-12. 36-98-4; D-147 (otb. Sharm); D-120. (D-135) 42-921) namunalarda kalta bo'y mustahkam poya shakllanganligi aniqlandi. Ular kuchli o'sish quvvati, to'liq donlar soni,bir ro'vakdagi donlar og'irligi bo'yicha yuqori ko'rsatgichga ega bo'ldi. Bir ro'vakdagi donlar soni bo'yicha K-306; D-147 (otb. Sharm); D-9 (K-274), D-120 (D-135), 42-921); D-157 (otb. S90-20) namunalar ajralib turdi. Ajratib olingan namunalarning barchasida bir ro'vakdagi donlar og'irligi andoza nav «Sanam»dagiga nisbatan yuqori bo'ldi (2-jadval).

2-jadval

Introduksiya qilingan sholi nav namunalarining xo'jalik qiymatiga ega bo'lgan belgilari bo'yicha ko'rsatgichlari

O'sim

№ Nav namunalari O'sim Ro'vak Mahsul Bir Bir Ichi lik

nomi uzun ro'vak ro'vak

g/g lik bo' dor 1000ta, bo'sh mah

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

yi, sm ligi, sm tupla nish, дона dagi donlar soni, dona dagi donlar og'ir Ug^ g Don og'ir Ug^ g donlar soni, dona sul dor Ug^ g

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10

1 Sanam st д/з 102.2 21,7 3,8 51 1,58 31,4 37,0 6,0

2 Almaz 81,4 18,9 3,2 68 1,92 28,2 16,9 6,14

3 Д-11 (Д-205) 77,2 19,6 4,4 40 1,06 26,6 21,4 4,66

4 Д-169 (Д-8 (Д-9) (3) 93,4 18,3 3,6 58 2,05 35,6 25,5 7,38

5 Д-120 (Д-135) 42-92-1 92,7 18,9 3,9 72 2,36 33,2 26,5 9,20

6 Д-143. отб. Шарм 107,8 22,5 4,8 64 1,80 27,8 30,1 8,64

7 Д-97 (отб. Лазурный) 78,1 21,1 3,8 51 1,43 28,0 25,1 5,43

8 Д-7 (К-306) 86,7 15,7 3,4 68 1,83 26,5 28,5 6,22

9 Д- 147 (отб. Шарм) 88,5 17,0 3,8 67 2,13 31,4 21,5 8,09

10 Д-133 (65-061) 85,5 16,6 3,3 40 1,47 36,6 50,2 4,55

11 Д-10 (8-04-8) 94,6 18,6 3,4 43 1,25 29,5 28,3 4,25

12 Д-9 (К-274) 83,6 18,7 3,5 71 1,91 27,4 22,1 6,68

13 Д-157 (отб. С90-20) д/з 88,8 18,5 4,4 79 2,69 34,0 25,8 11,8

14 Д-36 (Д-149) 86,1 20,3 3,8 64 1,66 26,0 29,2 6,30

15 Д-12 (36-98-4) 84,7 13,9 3,2 78 2,36 30,0 24,4 7,55

16 Д-116 (20-093) 90,9 19,3 4,3 40 1,29 32,0 53,0 5,54

17 Д-130 (С-138-20) 103,4 22,0 4,6 48 1,73 36,2 49,7 7,95

Qoraqolpog'istonning stress tuproq iqlim sharoitida namunalarning vegetatsiya davrining

davomiyligi va hosildorligi hamda stress omillarga chidamliligi bo'yicha baholandi. Natijada, shu sharoitda ularning tezpisharlari, past bo'ylilari, to'liq donlilari, ro'vagida puch donlilari aniqlandi. Ular ichida bo'yi 77,2 dan 107,8 sm gacha, ro'vak uzunligi 15,7-22,5 sm, ro'vakda to'liq boshoqlilari 40-70 dona, 1000 ta urug' og'irligi 26,0-37,0 g., uzunligining eniga nisbati 3,13,2, oynasimonligi 94-98% bo'lganlari qayd etildi. Ular ichidan tez pishar, to'liq donli va kam puch donga ega bo'lganlari tanlab olindi. Namunalar sho'rga va pirikulyarioz kasalligiga chidamliligi bo'yicha ham baholandi. Tadqiqot natijalari namunalarning zaif va o'rtacha sho'rga chidamliligini ko'rsatdi, ularning 32% ga yaqini to'liq chidamsiz, ya'ni ularning doni unib chiqmadi, agar unib chiqsa ham ildiz hosil bo'lmadi, 10% zaif chidamli, 14% o'rtacha chidamli, 13% chidamli, 7% sholi o'simliklarining sho'rlanishga chidamliligi yuqori darajada ekanligi kuzatildi. "Sanam" andoza navida sho'rga chidamlilik 57,2% ni tashkil etgan bo'lsa, eng yaxshi

«GLOBALLASHUV VA IQLIM O'ZGARISHI SHAROITIDA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASH: MUAMMO VA YECHIMLAR» RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024 YIL 15 - MAY

namunalarda bu ko'rsatgich 81,2% ga yetdi (D-11. namuna D-205). Almaz navida bu ko'rsatgich 71,7% ni, D-169 da 73,7% ni tashkil etdi.

Namunalarning pirikulyarioz kasalligiga chidamliligi tekshirib ko'rilganda, o'simliklarga kasallik yuqtirilgandan so'ng, kasallikning rivojlanishi sekin davom etishi kuzatildi. Qayta infeksiya sodir bo'lmadi.Sholi namunalarining kasallikga chidamliligi bo'yicha guruhlarga ajratildi. Birinchi guruhga pirikulyarioz kasalligi rivojlanishining intensivligi nolga teng bo'lgan namunalar kiritildi. Bunnda o'simlik barglarida qora nuqta nekrozi rivojlanmagan bo'ladi. Bu guruhga 69-84-4 va 20-11 -2 namunalar kirib, ularda nuqtali nikroz rivojlanmadi. Ikkinchi guruhga kasaallik rivojining intensivligi 3,0% dan, kasallanish darajasi 7,0% oshmaydigan o'simliklardan to'rttasi kiritildi. Bular Gulistan st., 11-06-5, Nukus-70 st., 1/10 d/z nav namunalaridir. Qolgan to'rtta nav namunalarida (8-03-7, 65-06-1, K-39-17, otb.Sharm d/z) kasallik rivojining intensivligi 3,0% dan yuqori bo'ldi.

Xulosa

1.Introduksiya qilingan sholi nav namunalaring barchasi uzun guruchli bo'lib, xo'jalik qiymatiga ega belgilari bo'yicha har xillikni ko'rsatdi. Tajribada 74 ta nav namunalaridan 17 tasi ajratib olindi.

2.Ajratib olingan nav namunalari ko'rsatgichlari: o'simlik bo'yi bo'yicha 77,2 dan 107,8 sm gacha, ro'vak uzunligi 15,7-22,5 sm, ro'vakda to'liq boshoqlilari 40-70 dona, 1000 ta urug' og'irligi 26,0-37,0g., uzunligining eniga nisbati 3,1-3,2, oynasimonligi 94-98% ni tashkil qildi.

3.Namunalarning 32% ga yaqini sho'rga to'liq chidamsiz, ya'ni ularning doni unib chiqmadi, agar unib chiqsa xam ildiz hosil bo'lmadi, 10% zaif chidamli, 14% o'rtacha chidamli, 13% chidamli, 7% sholi o'simliklarining sho'rlanishga chidamliligi yuqori darajada ekanligi aniqlandi.

4.Pirikulyarioz kasalligiga chidamlilik bo'yicha ham namunalar uch guruhga bo'lindi, ya'ni kasallik rivojlanishi nolga teng, 3% dan oshmaydi va 3% dan yuqori bo'lgan o'simliklar.

REFERENCES

1. Akbar M. Breeding for salinity resistance in rice / In: (Eds.) R. Ahmed, A. S. Pietro // Prospects for bio-saline research, Department of Botany, University of Karachi, Pakistan. 1986. Pp. 37-55.

1. 2.Вавилов Н.И. Мировые центры сортовых богатств (генов) культурных растений // Известия ГИРА. 1927. Т.5. №5. С. 15-25.

2. 3.Жученко А.А. Роль мобилизации генетических ресурсов цветковых растений. Саратов: ООО Ракус, 2012. 18с.

3. 4.Shannon M. C., Rhoades J. D., Draper J. H., Scardaci S. C., Spyres M. D. Assessment of salt tolerance in rice cultivars in response to salinity problems in California // Crop Sci. 1998. No. 38(2). Pp. 394-398. DOI 10.2135/cr opsci1998.0011183X003800020021x.

4. 5.Савченко И.В. РОЛЬ ГЕНЕТИЧЕСКИХ РЕСУРСОВ В СОЗДАНИИ СОРТОВ КУЛЬТУРНЫХ РАСТЕНИИ. Сборник материалов I Всероссийской научно-практической конференции с международным участием. Белгород, 24-26 ноября 2016г. стр.161 -165

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.