Научная статья на тему 'SHOHRUX MIRZONING JANUBIY HINDISTON HUKMDORLARI BILAN OLIB BORGAN DIPLOMATIK ALOQALARI TARIXI'

SHOHRUX MIRZONING JANUBIY HINDISTON HUKMDORLARI BILAN OLIB BORGAN DIPLOMATIK ALOQALARI TARIXI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Asatov Y.

Turon va Hindiston davlatlari diplomatik aloqalari juda qadimiy ildizlarga ega bo`lib, ayniqsa, bu jarayon Shohrux Mirzo davrida yanada faollashdi. Temuriy hukmdor Shohrux Mirzo layoqatli diplomat edi. Uning uzoqni koʻzlab tutgan siyosati tufayli Temuriylar saltanatining mavqeyi, taʼsiri Hind diyorida ham keng yoyildi. XV asr boshlariga kelib, Shimoliy Hindistondagi Dehli sultonligi parchalanib, bir nechta knyazliklar mustaqil davlatga aylangan, endi Dehli shimoliy Hindistonda gegemon davlat rolini oʻynamay qolgan edi. Janubiy Hindistonda esa bu davrda bir necha yirik davlatlar tashkil topgan boʻlib, ularning ichida eng yirigi – Vijayanagar edi. 1442-yil Shohrux Mirzo Janubiy Hindistonga Abdurazzoq Samarqandiy boshchiligidagi elchilik hayʼatini yoʻllaydi. Ushbu elchilikning asl maqsadi Kolikut (hozirgi nomi Kojikode) shahri hukmdoriga Shohrux Mirzo nomi bilan oʻqiladigan xutba(juma namozlarida, diniy bayramlarda xatib tomonidan oʻqiladigan vaʼz. Bunda Allohning birligi va Muhammad s.a.v. uning paygʻambari ekanligini yodlab oʻqish barobarida podsholik taxtida oʻtirgan shaxsning nomi ham tilga olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHOHRUX MIRZONING JANUBIY HINDISTON HUKMDORLARI BILAN OLIB BORGAN DIPLOMATIK ALOQALARI TARIXI»

SHOHRUX MIRZONING JANUBIY HINDISTON HUKMDORLARI BILAN OLIB BORGAN DIPLOMATIK ALOQALARI TARIXI

Asatov Y.

Jizzax davlat pedagogika universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11148034 Turon va Hindiston davlatlari diplomatik aloqalari juda qadimiy ildizlarga ega bo'lib, ayniqsa, bu jarayon Shohrux Mirzo davrida yanada faollashdi. Temuriy hukmdor Shohrux Mirzo layoqatli diplomat edi. Uning uzoqni ko'zlab tutgan siyosati tufayli Temuriylar saltanatining mavqeyi, ta'siri Hind diyorida ham keng yoyildi. XV asr boshlariga kelib, Shimoliy Hindistondagi Dehli sultonligi parchalanib, bir nechta knyazliklar mustaqil davlatga aylangan, endi Dehli shimoliy Hindistonda gegemon davlat rolini o'ynamay qolgan edi. Janubiy Hindistonda esa bu davrda bir necha yirik davlatlar tashkil topgan bo'lib, ularning ichida eng yirigi - Vijayanagar edi. 1442-yil Shohrux Mirzo Janubiy Hindistonga Abdurazzoq Samarqandiy boshchiligidagi elchilik hay'atini yo'llaydi. Ushbu elchilikning asl maqsadi Kolikut (hozirgi nomi Kojikode) shahri hukmdoriga Shohrux Mirzo nomi bilan o'qiladigan xutba(juma namozlarida, diniy bayramlarda xatib tomonidan o'qiladigan va'z. Bunda Allohning birligi va Muhammad s.a.v. uning payg'ambari ekanligini yodlab o'qish barobarida podsholik taxtida o'tirgan shaxsning nomi ham tilga olingan.

Muayyan podshohning siyosiy hukmronligining e'tirof etilishi uning nomi xutbaga kiritilishi-kiritilmasligi bilan belgilangan)ni yetkazish edi.[2, -B. 97] Shohrux Mirzo yuborgan farmondan so'ng Junapur (hozirgi Hindiston) hukmdori Bangolaga (Bangladesh) qiladigan bosqinini to'xtatganini eshitgan Kolikut hukmdori turli sovg'alar bilan o'z vakilini Shohrux Mirzo huzuriga yo'llaydi va «bu bandarda juma va Iyd (namoz)larida islom xutbasini o'qiydilar, agar u hazrat ruxsat bersalar (xutbani) u kishining muborak nom va laqablari bilan aziz va sharafli qilinsa» deya arz etadi[1, -B. 126]. Muarrix «(Kolikut voliysi) ning xabarchisi Bangoladan kelayotgan elchilar bilan birgalikda muborak dargohga yetib keldi. Amirlar uning arza-xat va tuhfalarini (Shohruxga) ko'rsatdilar. Uning xabarchisi so'zga usta bir musulmon kishi ekan, suhbat asnosida: «agar onhazrat Kolikut voliysiga nisbatan inoyat ko'rgazsalar va uning uchun maxsus bir elchi yuborsalar, toki elchi borib,<Rabbing yo'liga (kofirlarni) hikmat va yaxshi va'zlar bilan undagin!> (Nahl surasi, 125-oyat) degan oyat talabiga muvofiq uni Islom diniga da'vat qilib, qorong'u dilidagi zulmat va xatokorlik qulfini ochsa, (shoyad) imon nurining shu'lasi va ma'rifat oftobining yorug'ligi uning dili darichasidan kirsa, — bu, albatta, savobli ham to'g'ri ish bo'lur edi», degan so'zlarni aytdi. Hazrat (Shohrux Mirzo) xabarchining so'zini ma'qul topib amirlarga elchi tayin qilishni

buyurdi» deya voqeani bayon etadi.[1, -B. 126] Shohruxning Bangolaga yuborgan elchilari ehtimol dengiz orqali ortga qaytgan va ular yo'lda katta port shahar -Kolikutda to'xtab, Kolikut hukmdori bilan uchrashgan bo'lishi mumkin, Kalikut orqali Hirotga qaytish, Hirot elchisiga Kalikut bilan yaxshi aloqalar o'rnatish imkonini berdi.[8, -B. 30] Kolikutning elchisi Shohruxdan «(somuriyni) Islom diniga da'vat qilib, qorong'u dilidagi zulmat va xatokorlik qulfini ochsa, (shoyad) imon nurining shu'lasi va ma'rifat oftobining yorug'ligi uning dili darichasidan kirsa» [1, -B. 126] deya iltimos qiladi, ya'ni somuriyni islomga da'vat etishni so'raydi, bu iltimos Shohrux tomonidan qabul qilinadi, Shohrux masalaning boshqa tomonlarini aniqrog'i siyosiy va iqtisodiy tomonlarini-da hisobga olgani aniq. Boisi Shohrux nomiga Kolikutda xutba o'qilishi Temuriylarning janubiy Hindistonda ham ta'siri oshib borayotgani bildirsa, bir tomondan uning hukmronligini kofirlar o'z xohishlari bilan qabul qilishi, yana strategik jihatdan muhim yerda joylashgan va ulkan portni nazorat qiluvchi hokim tomonidan Shohrux hokimiyatini tan olinishi uni nafaqat musulmon dunyosida balki, umuman uzoq yaqin mamlakatlar orasida mavqeyi oshishiga xizmat qilardi. E'tiborli jihati shundaki, Kolikut muarrix ta'biri bilan aytganda «kofirlar qo'l ostidagi shahar bo'lib, dorulharbdir(islom dinida bo'lmagan xalqlar tomonidan idora qilinadigan davlat yoki shahar)» [1, -B. 124]. Shaharda bir guruh musulmonlarda bo'lib, ular Shofe'iy mazhabida edi va ularning 2 ta jome masjidi bo'lgan. Shohrux Mirzo Kolikut hukmdoriga ot, po'stin, tillado'zi dakala va kulohi navro'zi yuboradi.[1, -B. 125] Somuriy (Kolikut hukmdorlarini unvoni ) Abdurazzoq Samarqandiyni qabul qiladi.

Elchilar 1443-yil apreligacha shu yerda bo'lishadi.[2, -B. 128] Kolikut hukmdorining Shohrux Mirzoga elchi yuborib, xutbaga uning nomini qo'shib o'qish tashabbusi bilan chiqishidan maqsad shuki, bu davrda janubiy Hindiston mamlakatlari orasida eng kuchlisi va eng yirigi Vijayanagar[4, -B. 243] bo'lib, fikrimizcha somuriyga Vijayanagar bosqinlarni to'xtatib tura oladigan «homiy» kerak edi, Kolikut hukmdori bu «homiy»ni Sulton Shohrux siymosida ko'radi va shu hisobdan mamlakatda uning nomiga xutba o'qilishi ortidan o'z mamlakatini xavfsizligini ta'minlamoqchi bo'lgan. Somuriy Vijayanagarga tobe'lik izhor qilib, hokimiyatini saqlab qolishi mumkin edi, ammo Vijayanagar hukmdori albatta Kolikut hukmdorining ishlariga aralashar, ta'sir, bosim o'tkazib, somuriyni nazorat qilishi mumkin edi, ammo Temuriylarga tobe'lik izhor qilishining sabablaridan biri saltanatning uzoqligi va tobelik izhor qilgan bo'lsada, Temuriy hukmdorlar somuriyning ishlariga to'liq aralasha olmaydi, kamiga temuriylarda dengiz floti ham yo'q edi, aniqrog'i somuriy nomigagina qaram, amalda esa mustaqilligini saqlab qolaverar edi, biroq Vijayanagarga vassaligini tan olgan taqdirda buni aksini ko'rish

mumkin edi. Ikkinchi tomondan esa somuriy musulmon emas edi va u bu tobelikdan hech narsa yo'qotmasdi ham.

Abdurazzoq Samarqandiy 1443-yil aprelida Vijayanagar mamlakati tomon otlanadi, buning sababi shundaki elchilar Kolikutda ekan, Vijayanagar hukmdori Deva Raya ll (1422-1446) Kolikut voliysiga elchilami o'z saltanati tomon yuborishni talab qiladi. Garchi Kolikut hukmdori Deva Raya llga qaram bo'lmasa-da, biroq undan qattiq qo'гqar edi, shuning uchun uning talabini b ajaradi. XIV asrning 70-yillariga kelib Vijayanagar Hindistonning butun janubini qamrab olgandi [7, -B. 32] Bizningcha Deva Raya ll ning elchilami o'z mamlakatiga yuborishni talab qilishiga sabab, bu davrda ham Temuriylar saltanatining Yevrosiyodagi asosiy kuch markazlaridan biri ekanligi, Dehli sultonligining Shohruxga tobeligi, Shohrux Mirzo Junapur hukmdorining Bangolaga bosqinini to'xtatib qolganidan xabardor bo'lsa kerak, shu sababdan Temuriylar saltanatiga qiziqish bildirib, u mamlakat elchilarini o'z huzuriga chorlab, Temuriylar saltanatining kuch qudrati, mamlakatdagi ahvol haqidagi bilgilarni bilib olishga intilgan. Shohrux Mirzo davrida janubiy Hindistonning port shahar-davlatlari bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalar rivojlana boshladi. Bu borada Shohrux Mirzo amalda davlat hududini nafaqat harbiy, balki diplomatik usullar bilan ham kengaytirishni amalga oshirib, katta muvaffaqiyatlarga erishdi.[3] Elchilar 1443-yil 30-aprelda Vijayanagar poytaxtiga yetib keladi,[1, -B. 132]hukmdor ularni munosib qarshilaydi. Abduгazzoq Samaгqandiy ko'p marotaba saroyga taklif etiladi va hukmdor qabulida bo'ladi [2, -B. 98].

Elchilik hay'ati Vijayanagaгdan qaytishida ular bilan asli xuгosonlik bo'lgan, biroq hozirda shu yerda yashayotgan Vijayanagarning ikki vakili - Xoja Ma'sud va Xoja Muhammad Hirot saroyiga elchilika tayin etiladi. Hirot saroyiga elchi tayin etilishiga sabab, bizningcha Vijayanagar hukmdori Temuriylar saltanati bilan aloqa o'matish, davlatning ahvoli, mamlakatning kuch-qudrati haqida yanada kengroq ma'lumot olishga harakat qilgan. Tug'luqiylar sulolasining (Dehli sultonligida 1320-1413-yillaTda hukmronlik qilgan) vakili Femzshoh Tug'luqning nabiгasi Fathxon ham ulaгga qo'shib, o'z elchisi Xoja Jamoliddinni yo'llaydi. Yo'l asnosida Xoja Ma'sud Bokanur (Hind yarim oгolining g'aгbi)da vafot etadi [1, -B. 159]. Elchilar 1444-yil 15-mart kuni kemaga o'tiгib jo'naydilaг[1, -B. 160].

Elchilar 1444-yil 26-dekabr kuni Hirotda yetib kelishadi. Elchilar Xoja Muhammad va xoja Jamoliddin Shohrux Mirzo tomonidan katta mamnuniyat bilan qabul qilinadi. Elchilar xoqoni saidga 3 dona yoqut va o'nta tuyaga yuk bo'ladigan hind dorivor o'simliklarini taqdim etishadi.[1, -B. 177] «Bular humoyun mizoj(Shohrax)ga juda ma'qul keldi, chunki u mamlakatlardan ikki-uch yuz yillar davomida bu yerga elchi kelganligi haqida hech qayerda so'zlanmagan edi» .[1, -B. 177] Shohrux Mirzoning o'zi ham bu mamlakatlarga qiziqish bilan qaragan, davlat

ishlaridan forig' bo'lishi bilan janubiy Hindiston mamlakatlaridagi davlat va shaharlardagi ahvol, mahalliy aholining urf-odatlari, u mamlakatlardagi g'aroyibotlar haqida so'rab surishtirgan. Sulton Shohrux elchilarni haftada 2 marta qabul qiladi va ular humoyun majlisda ishtirok etishadi.

Xoja Jamoliddin Feruzshoh Tug'luqning nabirasi Fathxonning maktubini hukmdor Shohruxga topshiradi. Fathxon maktubida Shohrux mirzodan «meni sultonlar panohi(Shohrux) talab qilib olsalar toki u hazratning davlati barakoti bilan o'zim tug'ilib o'sgan vatanimga yetishsam»[1, -B. 178] deya o'z arzini bildiradi. Shohrux Mirzo uning iltimosiga javoban Vijayanagar hukmdori Deva Raya ll ga maktub yo'llaydi, maktubda agarki, hukmdorning qo'lidan kelsa Fathxonni ota yurtiga yetkazishi, bo'lmasa uni temuriylar saltanatiga yuborishi va Temuriy qo'shinlar uni ota yurtiga yetkazib, taxtiga o'tqazishi bayon etilgandi.[1, -B. 178] Maktub mazmunidan anglashiladiki, Shohrux Fathxonni ajdodlari taxti bo'lmish Dehli taxtiga o'tqazmoqchi, fikrimizcha Shohrux Mirzo bu bilan Temuriylar saltanatining qudratini Deva Raya ll ga bildirib qo'ymoqchi, hamda Dehli sultonlari ortiqcha nomaqbul harakatlar qilsa, o'z taxtida o'tira olmay qolishlari mumkinligiga ishora qilmoqda.

Shohrux o'z josuslari orqali butun saltanat va qo'shni davlatlardagi voqeiyliklardan xabardor bo'lgan, u shimoliy Hindistondagi voqealardanda xabardor bo'lgan holda, Dehli saroyida yuz bergan ehtimoliy vaziyatlarga tayyorgarlik ko'rgan ko'rinadi, so'nggi yillarda hokimiyati zaiflashib qolgan sayyidlar sulolasi taxtdan qulagudek bo'lsa, o'rniga tug'luqiylar sulolasining vakili Fathxonni taxtga olib kelmoqchi bo'ladi. Elchilar Hirotda 1445-yil 8-apreliga qadar bo'lishdi.[1, -B. 178] So'ng hukmdor ularni qaytishiga ruxsat beradi va ularning har biriga egar jabduqlik ot, dakalayi navro'ziy, 3 mingdan kepakiy dinor, ularning o'nta navkariga esa bittadan qabo, 400 dinordan pul, Ho'rmuzga yetib olishlarigacha ulufa va yom otlari belgilandi. Vijayanagarga elchilikka mavlono Nasrulloh Junobodiy tayin etiladi. U orqali Vijayanagar hukmdoriga sovg'a salom, tuhfalar berib yuboriladi. Biroq, ushbu elchilikning keyingi tafsilotlari haqida ma'lumotlar qayd qilinmagan.[4, -B. 244] Balki elchilar Vijayanagarga qadar yetib bormagandir, yetib borgan bo'lsa, ular haqida Hindistonning o'rta asrlar tarixiga oid asarlarda bilgilar qayd etilgan bo'lsa kerak. Elchilar o'z missiyasini yakunlab Hirotga qaytib kelgan bo'lishida mumkin, biroq buyuk Shohruxning vafotidan so'ng boshlangan toju taxt kurashlari vaqtida ularga e'tibor qilinmagan bo'lishi ham mumkin. Hindiston masalasida Shohrux Mirzo shunday qadam tashladiki, nafaqat temuriy shahzodalarning hech biri, balki oldingi musulmon sulolalari ham bunday qadamni amalga oshira olmadilar. Bu qadam mintaqaning janubida joylashgan port shaharlarga ta'sir ko'rsatishi edi [3]. Shohruxning hukmronligi yillarida

Temuriylarning Hindiston yarim orolidagi mamlakatlar bilan aloqalari yanada kengayadi. Temuriylar saltanatining ta'sir doirasi yana ham kengayib endi, o'lkaning janubiy va sharqiy hududlarinida qamrab oladi [4, -B. 241].

Shohrux Hind yarim oroli mamlakatlariga nisbatan uzoqni ko'zlab tutgan siyosati uni Islom olamida Hindiston musulmonlarining himoyachisi, homiysi sifatida namoyon qiladi, bu esa tabiiyki uning musulmon dunyosidagi nufuzini oshirib yuborar edi. Shohruxning janubiy Hindiston saltanatlari bilan aloqalarining iqtisodiy tomoni shundan iboratki, avvalo aloqalarni faollashtirish, savdogarlarning xavfsizligi ta'minlashdan iborat edi, chunki Temuriylar davlati ham boshqa davlatlar singari savdogarlardan olinadigan bojdan katta foyda ko'rgan, savdoning rivojlanishi albatta saltanat g'aznasining boyishiga olib kelsa, savdogarlarning xavfsizligini ta'minlash orqali yanada ko'proq savdogarlar «oqimini» jalb qilishi mumkin edi, bu esa Temuriylar saltanatining geosiyosiy mavqeyi va ta'sirini yanada orttirish imkoni berar edi. Savdoning rivojlanishi o'z navbatida oddiy aholi hayotiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatar edi, ya'ni aholi ham o'zining hunarmandchilik mahsulotlarini sotishi, bu orqali esa hunarmandchilik tarmoqlari rivojlanib, mamlakat iqtisodini yanada yaxshilar edi. Temuriylar saltanatida ulkan port shaharlarning paydo bo'lishi Temuriylar va Afrika mamlakatlari va yana boshqa dengiz oldi mamlakatlari bilan munosabatlar o'rnatish imkonini yaratar edi. Shohrux Mirzoning faol va uzoqni ko'zlab olib borgan tashqi siyosati tufayli saltanatning ta'sir doiralari kengaydi, Uzoq-yaqin davlatlar bilan munosabatlar o'rnatildi, davlatlar bilan aloqalarning o'rnatilishi, rivojlantirishi Temuriylar saltanatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etmay qolmadi.

Adabiyotlar:

1. Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa'dayn va majmai bahrayn ll jild, 2 va 3 qismlar 1429-1470-yil voqealari // fors tilidan tarjima va izohlar muallifi A. O'rinboyev; Mas'ul muharrirlar: Aziz Qayumov, Muhammad Ali; T.: O'zbekiston-2008. 832-bet.

2. B. S. Mannonov rahbarligidagi ijodiy guruh. O'zbek diplomatiyasi tarixidan (tarixiy ocherklar va lavhalar) // M.M. Xayrullayev tahriri ostida. Toshkent-2003. 376-b

3. http://netess.ru/3istoriya/3865-1-fayziev-hurshid-turgunovich-mesto-shahruha-mirzo-gosudarstve-temuridov-ego-vneshnyaya-politika.php

4. Bo'riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi // Mumtoz so'z -2017, 361-b

5. Sultonov F., Bozorboyev F. O'zbekiston hukmdorlari // T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti - 2007. 88 b.

6. Vohidov Sh, Qodirov A. Sharqning mashhur sulolalari. T.: Akademnashr, 2013. 624 b.

7. G'iyosov T. Hindistonning o'rta asrlar tarixi. T.: ToshDShI-2004, 124-b.

8. Nizomutdinov I. Из истории среднелзилтско-индийских отношений // Т.:-1969. 145-b.

9. Hasanov H. Sayyoh olimlar. T. O'zbekiston-1981, 264-b.

10. Begimqulov J., Asatov Y. Shohrux mirzoning Hindiston sultonlari bilan olib borgan diplomatik aloqalari tarixidan. - Jizzax, 2023. 374-376-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.