Научная статья на тему 'SHOHIMARDONSOY DARYO HAVZASI LANDSHAFTINING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA KARTALASHTIRISH VA TAHLIL QILISH MASALALARI'

SHOHIMARDONSOY DARYO HAVZASI LANDSHAFTINING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA KARTALASHTIRISH VA TAHLIL QILISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
River Basin landscape / anthropogenic repression / geoecological situation / land without vegetation. / Daryo havza landshafti / antropogen tazyiq / geoekologik vaziyat / o’simliksiz yerlar.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — O’Ktamova S.M.

Zamonaviy geografiyaning muhim tarmog’i hisoblangan landshaftshunoslikning rivojlanishi GIS texnologiyalarining ahamiyati beqiyosdir. Shohimardonsoy daryo havzasi landshaftini tadqiq etish va hozirgi paytdagi antropogen tazyiqni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda mazkur texnologiyaning ahamiyati yuqori hisoblanadi. Shohimardonsoy daryo havzasidagi meliorativ holat va geoekologik oqibatlarni yaxshilash masalalari hozirgi davring dolzarb muammolari qatoriga kiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF MAPPING AND ANALYSIS OF THE SHOHIMARDONSOY RIVER BASIN LANDSCAPE USING MODERN TECHNOLOGIES

The development of landscape science, which is considered an important branch of modern geography, the importance of GIS Technologies is incomparable. The importance of this technology is considered high when researching the landscape of the shahimardonsoy River Basin and developing measures to prevent anthropogenic pressure at the moment. The issues of Reclamation and improvement of geoecological consequences in the Shohimardonsoy River Basin are among the pressing problems of the current period.

Текст научной работы на тему «SHOHIMARDONSOY DARYO HAVZASI LANDSHAFTINING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA KARTALASHTIRISH VA TAHLIL QILISH MASALALARI»

O'ktamova S.M.

Qo'qon davlat pedagogika instituti erkin tadqiqotchisi

SHOHIMARDONSOY DARYO HAVZASI LANDSHAFTINING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA KARTALASHTIRISH VA TAHLIL QILISH MASALALARI

Annotatsiya. Zamonaviy geografiyaning muhim tarmog'i hisoblangan landshaftshunoslikning rivojlanishi GIS texnologiyalarining ahamiyati beqiyosdir. Shohimardonsoy daryo havzasi landshaftini tadqiq etish va hozirgi paytdagi antropogen tazyiqni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda mazkur texnologiyaning ahamiyati yuqori hisoblanadi. Shohimardonsoy daryo havzasidagi meliorativ holat va geoekologik oqibatlarni yaxshilash masalalari hozirgi davring dolzarb muammolari qatoriga kiradi.

Keywords: River Basin landscape, anthropogenic repression, geoecological situation, land without vegetation.

Oktamova S.M. independent researcher Kokand State Pedagogical Institute

ISSUES OF MAPPING AND ANALYSIS OF THE SHOHIMARDONSOY RIVER BASIN LANDSCAPE USING MODERN TECHNOLOGIES

Annotation. The development of landscape science, which is considered an important branch of modern geography, the importance of GIS Technologies is incomparable. The importance of this technology is considered high when researching the landscape of the shahimardonsoy River Basin and developing measures to prevent anthropogenic pressure at the moment. The issues of Reclamation and improvement of geoecological consequences in the Shohimardonsoy River Basin are among the pressing problems of the current period.

Kalit so'zlar: Daryo havza landshafti, antropogen tazyiq, geoekologik vaziyat, o'simliksiz yerlar.

Jahonda tabiiy landshaftlar maydonining qisqarib borishi, iqlimning o'zgarib borishi, daryolar suv rejimining sifat jihatdan o'zgarishini, tuproq degredatsiyasi, cho'l landshaft komplekslarining kengayib borishi, o'zlashtirilgan maydonlarda hosildorlikni kamayishi, landshaftlarga antropogen omilni kompleks ta'sirini baholash hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Bu muammolarni oldini olish, ularga qarshi kurashish bo'yicha xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT ning 2030-yilgacha barqaror rivojlanish dasturining 15-bandida "Quruqlik ekosistemalarini muhofaza qilish va tiklash,

ulardan oqilona foydalanishga ko'maklashish va ortga qaytarish, bioxilma-xillikni yo'qolib ketishi jarayonini to'xtatish" ga qaratilgan vazifalar belgilangan. Mazkur muammolarni yechimini yechishda ayniqsa, iqlim o'zgarishi sharoitida qishloq xo'jalik yerlaridan oqilona foydalanish, daryo suv resurslaridan unumli foydalanish va landshaft meliorativ tadbirlarni kompleks olib borish, landshaftlar ekologik holatini optimallashtirish, daryo landshaftlarning hozirgi holatini va o'zgarishini dala sharoitida o'rganish va masofadan zondlash, GIS texnologiyalari asosida modellashtirish orqali landshaftlarni kompleks baholash, iqlim o'zgarish sharoitida qishloq xo'jalik yerlarini degredatsiyalanishini oldini olish, ekologik xavfsiz chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlar muhim hisoblanadi. Respublikamizda daryo havza landshaftlarini meliorativ va geoekologik holatini yaxshilashga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida Respublika hududida amalga oshirilayotgan xo'jalik va boshqa turdagi faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan. [1] Bu borada, Shohimardonsoy daryo havzasi landshaftlarining meliorativ baholash va geoekologik holatini yaxshilashga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Havza hududi relyefi eng avvalo Farg'ona vodiysining geomorfologik xususiyatlari va havza joylashgan hududning geologik-tektonik tuzulishi, iqlimi, tuproq-o'simlik qoplami va boshqa ekzogen omillar bilan bog'liq. [3] Shohimardon daryosi Oloy tizmasining shimoliy yonbag'irlaridan Farg'ona vodiysi tomon oqib tushishida turli xil relyef shakllarini, ya'ni eng baland, baland, o'rta, past tog'larn, tektonik tog' chizmalarini, adir orti, adirlar, adirlar orasi, adir yoni tekisliklarni kesib o'tishda daryo vodiysining morfologiyasini va havzaning relyefi juda xilma-xil ekanligi ko'zga tashlanadi. [4]

Tadqiqotlarimiz mobaynida Shohimardonsoy daryo havzasining so'nggi o'n yillik (2013-2023) da Landsat dasturi asosida xaritalarini ishlab chiqishga erishdik hamda mazkur o'n yillikda landshaft holatini tadqiq etishga harakat

2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022

Suv va muzlik 168,7 151,4 135,7 206,9 165 131 139,7 179,5 171,1 137,8

O'simlik siz yerlar 745,4 1015, 8 883,7 573,7 615,8 853,3 741,4 811,2 833,9 943,6

Buta va yaylov 602,3 665,8 635,4 562,3 591,3 710,4 711,8 633,4 511,1 619,3

Siyrak o'simlik lar 496 408,6 468,5 511,8 487,5 476,9 551,9 474,4 455,8 472,7

Zich o'simlik lar 734,3 505,1 623,4 892 887,1 575,1 601,9 648,2 774,8 573,3

Jami 2746, 7 2746, 7 2746, 7 2746, 7 2746, 7 2746, 7 2746, 7 2746, 7 2746, 7 2746, 7

1-jadval. Shohimardonsoy daryo havzasidagi so'nggi o'n yillik (2013-2023yy.) da landshaft yerlarining holati.

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, landshaft hududida suv va muzliklar maydoni 2013-yilda 168,7 ni tashkil etgan bo'lsa, 2022-yilda 137,8 km.kvni tashkil etgan. O'simliksiz yerlar hajmi esa 745,4 dan keskin oshganin I ko'rishimiz mumkin, ya'ni 943,6 km.kvni tashkil etgan. Siyrak o'simliklar, zich o'simliklar va buta va yaylovlar maydoni esa yildan-yilga kamayib ketganini ko'rishimiz mumkin. Hududda o'simliksiz yerlarning salmog'i keskin ortishi antropogen tazyiq natijasida sodir bo'lgan. [6] Aholining asta sekinlik bilan daryo yoqalariga tushib kelishi u yerlarni o'zlashtirilishi, kishilar tomonidan turli xil gidroqurilmalar; suv charxpalagi, sun'iy cho'milish suv havzalari, sug'orish maqsadida suv olish uchun moslangan ariqlar, sun'iy sharsharalar daryo o'zanini birmuncha torayishiga, suv oqimiga qarshilik ko'rsatuchi sun'iy inshootlarni paydo bo'lishiga olib keldi. Bu holat daryoning suv oqimiga to'sqinlik qiladi. Shohimardonsoy daryo havzasi landshaftlarining eng muhim komponentlaridan biri bo'lgan ichki suvlari ham boshqa komponentlar singari yildan-yilga ifloslanib, iste'mol qilinadigan va sug'orishda foydalaniladigan suvlarining ekologik muammolarini vujudga keltirmoqda. [5] Ichki suv havzalarining ifloslanishi natijasida, tabiiy muhit hamda tirik organimlar, tuproqlar, o'simliklarga ham zarar yetmoqda. Ichki suvlarning ifloslanishi ularning tarkibida turli xil zaharli moddalar va mikroelementlarning tadirijiy suratda to'planib borishi bilan bog'liq.

Ya'ni, havza hududida insonlar atrof-muhirga salbiy oqibatlar keltirib chiqarmoqda. Zavodlar faoliyati, insonlarning o'simlik va hayvonot dunyosiga bo'lgan munosabati bunga yaqqol misoldir. Landsat 8-9. yordamida kuzatilgan havza hududining holati antropogen tazyiqning yaqqol ko'rinishida nomoyon bo'lgan. (1-rasm)

1-rasm. Shohimardonsoy daryo havzasi tog'li qismining Landsat usuli yordamida so'nggi o'n yillik (2013-2023yy.) da xaritalari.

Tadqiqot natijasida datyo havza landshaftning geomorfologik shakllanishi batafsil o'гganilib, hudud asosan paleolit yotqiziqlaгi katta maydonni egallashi tahlil qilingan; гelyefni tog' relyefi: baland tog', o'гta tog', old tizma tog'laгga; adiг relyefi: adiï oгti, adiгlaг oгasi, adiгlaг yoniga ajratilgan. [7] O'гganilgan daгyo havza landshaftining melioгativ xolatiga antгopogen tazyiqning tobora ortishi agrolandshaftlarda ekinlarga ishlov berishda zararli kimyoviy vositalardan foydalanish hamda havza hududi yaqinidagi ning yirik zavodlarining landshaft geoekologiyasiga ta'siгi sabab bo'lgan; Konus yoyilma landshaftlarining geoekologik vaziyatining keskinlashuviga va uning oqibatlarini yaxshilash uchun zarur chora-tadbirlar mazkur hududning mamlakatimiz miqyosida tabiiy landshaftlarining betakrorligini saqlab qolishi bilan ahamiyatini orttirib boradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezisentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyoti strategiyasi to'g'risida"gi PF 60-sonli qarori.

2. Abulqosimov A., Abdurahmonova Yu., Davronov K. Zarafshon botig'i voha landshaftlar geoekologiyasi (monografiya). -Toshkent:Iqtisod- Moliya, 2017. -B 52-56

3. Abdug'aniyev I., Abdug'aniyev O., Pimazarav R. Fa^'ona viloyatidagi alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar: hozirgi zamon ahvoli va kelajagi. Geografiya va tabiiy resurslardan foydalanish ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent-2001 -B 79.

4. Boymirzayev K.M., Mirzahmedov I.K. Voha landshaftlarining geoekologik muammolari va ularni muhofaza qilish masalalari// Geografiya va geografiya ta'limidagi muammolar. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. -Toshkent, 2018 -B 69-72

5. Conrad C. Satellite based calculation of spatially distributed crop water requirements for cotton and wheat cultivation in Fergana Valley, Uzbekistan.

6. GIS awareness in agricultural research // Environment Information and Assessment Tech. Rep. UNEP. -1997. -Vol. 946 p.

7. Qo'ziboyeva O. Janubiy Farg'ona landshaftlarining iqlim va yer osti suvlari bilan o'zaro ta'siri hamda ularning geoekologik tahlili. DSc.diss.avtoref. Samarqand. 2022. -B 153-156

8. Ky3n6oeBa O., MenueB E. Xygyg naHgma^Tnapu Tagpn^HH y3rapnrnnapH 6unaH hk^hmhh KypcaTKHHnapHHHHr ypTacugaru SoraaHumnap Taxnunu // Y36eKHCTOH Munnun yHHBepcuTeTu xa6apnapu. №3/2-coh. TomKeHT, 2021. -E. 184. (11.00.00; Munnun Hampnap

9. MenueB E., Ky3u6oeBa O. ^aHgma^TnapHu TagKuK этнmнннг 3aMOHaBuH ycynnapu // Y36eKucTOH Munnun yHuBepcuTeTu xa6apnapu. №3/2. TomKeHT, 2021. -E. 195. (11.00.00; Munnun Hampnap № 2184-7324).

10. Qo'ziboeva O., Meliev B. Farg'ona vodiysi janubiy-g'arbiy qismidagi o'simliklar dinamik (fenologik) o'zgarishining landshaft indikatsion tahlili // Samarqand davlat universiteti ilmiy xabarlari. Samarqand, 2021. 3-son. -B. 108. (11.00.00; Milliy nashrlar №4).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.