Научная статья на тему 'SHO‘RTOBLI TUPROQLARNING MELIORATIV HOLATINI KIMYOVIY USULLAR BILAN YAXSHILASH'

SHO‘RTOBLI TUPROQLARNING MELIORATIV HOLATINI KIMYOVIY USULLAR BILAN YAXSHILASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sho‘r yuvish ishlarining muayyan aniq muddatlari

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xudayberdiyeva Beg‘am Nabibullayevna, Axatov Samandar Anvar O‘g‘li, Kudratov Xoyitjan Asat O‘g‘li

Magniy va natriy tuzlar; tuproq singdirish kompleksida kalsiyning o‘rni; sho‘rtobli tuproqlarning meliorativ holati; agrotexnik, biologik, kimyoviy usullar; qatlam qalinligi; sulfat hosil bo‘lishi; tuproqni gipslash me’yori; 0-30 sm qatlamdagi singdirish kompleksidagi ma’lumotlar; tuproq qatlamini gipslash; meliorativ tadbirlar; sho‘r yuvish ishlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHO‘RTOBLI TUPROQLARNING MELIORATIV HOLATINI KIMYOVIY USULLAR BILAN YAXSHILASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "GLOBAL ECOLOGICAL PROBLEMS, DESERTIFICATION AND FOOD SECURITY"

MAY 24, 2024

SHO'RTOBLI TUPROQLARNING MELIORATIV HOLATINI KIMYOVIY USULLAR BILAN YAXSHILASH

1Xudayberdiyeva Beg'am Nabibullayevna, 2Axatov Samandar Anvar o'g'li,

3Kudratov Xoyitjan Asat o'g'li

1,2,3Guliston davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11426186

Annotatsiya. Magniy va natriy tuzlar; tuproq singdirish kompleksida kalsiyning o'rni; sho'rtobli tuproqlarning meliorativ holati; agrotexnik, biologik, kimyoviy usullar; qatlam qalinligi; sulfat hosil bo'lishi; tuproqni gipslash me 'yori; 0-30 sm qatlamdagi singdirish kompleksidagi ma'lumotlar; tuproq qatlamini gipslash; meliorativ tadbirlar; sho'r yuvish ishlari.

Аннотация. Соли магния и натрия; роль кальция в всасывательном комплексе почвы; рекультивация засоленных почв; агротехнические, биологические, химические методы; толщина слоя; образование сульфата; грунтовая штукатурка стандартная; Данные по абсорбционному комплексу в слое 0-30 см; оштукатуривание грунтового слоя; мелиоративные мероприятия; промывка соли работает.

Annotation. Magnesium and sodium salts; the role of calcium in the soil absorption complex; reclamation of saline soils; agrotechnical, biological, chemical methods; layer thickness; formation of sulfate; soil plastering standard; Data on the absorption complex in the 030 cm layer; plastering of the soil layer; ameliorative activities; salt washing works.

"Tuproqda natriy ioni bor ekan o'sha yerda sho'rtoblanish albatta mavjuddir".

V.A.Kovda.

Hozirgi vaqtda magniy va natriy tuzlarining suvda oson eruvchanligi sabab tuproq eritmasida ularning miqdori har doim yuqori bo'ladi. Shu sababli tuproq singdirish kompleksida kalsiyning o'rnini oson egallashlari mumkin. Shu o'rinda V.A.Kovdaning "tuproqda natriy ioni bor ekan o'sha yerda sho'rtoblanish albatta mavjuddir" degan iborasini keltirish mumkin.

Sho'rtobli tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilashning agrotexnik, biologik, kimyoviy va bir qancha turli xil usullari mavjud.

Kimyoviy usul bu tuproq singdirish kompleksidagi sho'rtoblikni paydo qiluvchi Na+ kationi o'rnini Са++ kationiga almashtirishga asoslangan bo'lib, bunda tuproqlarni gipslash (CaSO4*2H2O) maqsadga muvofiqdir. Yerga solingan gips tuproqdagi natriyni reaktsiya orqali kalsiy Ca++ kationi, tuproq singdirish kompleksidan siqib chiqargach, Na2SO4 sulfat hosil bo'ladi. Bu yerda oddiy almashinish, ya'ni Ca++ o'rniga Na+ almashadi.

Na2C03 + CASO4 - САСО3 + Na2SO4 Singdirilgan natriy (Na) ioni va singdirish sig'imining miqdori asosida tuproqni gipslash me'yori quyidagi foyrmula yoradamida aniqlanadi:

X = h * d * 0,086 * Na (mg.ekv)

Bu yerda:

h - qatlam qalinligi, sm. d - hajm og'irligi, g/sm3.

0,086 - 1mg.ekv. CaSO4 * 2H2O gramm hisobida.

Na - singdirish sig'imidaginatriy ulishi, mg.ekv. Masalan, quyidagi jadvalda 806-kesmadagi 0-30 sm qatlamdagi singdirish kompleksidagi ma'lumotlardan foydalanadigan bo'lsak, u quyidagicha hisoblanadi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "GLOBAL ECOLOGICAL PROBLEMS, DESERTIFICATION AND FOOD SECURITY"

MAY 24, 2024

30 * 1,40 * 0,086 * 3,04 = 10,98 m/ea

Kesma № Chuqurligi, sm pH 100 g tuproqda mg-ekv hisobida Yig'indi Yig'indiga nisbatan % hisobida

Ca++ Mg++ K+ Na++ Ca++ Mg++ K+ Na++

VO O 00 0-30 8,26 3,8 3,4 0,43 3,04 10,67 35,6 31,9 4,0 28,5

30-50 7,79 2,2 2,0 0,37 1,41 5,98 36,8 33,4 6,2 23,6

50-75 7,73 3,2 1,4 0,34 1,02 5,96 53,7 23,5 5,7 17,1

75-100 7,77 2,0 1,6 0,22 0,78 4,60 43,5 34,8 4,7 17,0

Demak, ushbu 0-30 sm tuproq qatlamini gipslash uchun 10,98 t/ga gips solish kerak ekan. Meliorativ tadbirlar ichida tuproq sho'rini yuvish eng asosiy va muhim tadbirlardan hisoblanadi, shunga qaramasdan bu tadbir ko'pincha talab darajasida olib borilmaydi. Sho'r yuvish ishlarini o'tkazishdan oldin albbatta mavjud kollektor-zovur tarmoqlari tozalanib, ishchi holatga keltirilishi, yer osti sizot suvlarining oqimi to'la ta'minlanishi zarur. Sho'r yuvishdan asosiy maqsad uning birinchi bosqichida tuproqning sizot suvlarigacha bo'lgan qatlamlarini o'simliklar uchun zararli bo'lgan tuzlardan tozalash yoki zararli tuzlar miqdorini ehtimoldan eng kam ko'rsatgichlargacha kamaytirish, uning ikkinchi bosqichida esa sizot suvlari mineralizatsiyasini maqbul me'yorgacha (1-2 g/l) kamaytirish hisoblanadi.

Sho'r yuvish ishlarining muayyan aniq muddatlari xo'jalik mutaxassislari: fermer, agronom, injener-gidrotexnik tomonidan ob-havo, iqlim sharoitlari va bahorgi dala ishlari boshlanishini hisobga olgan holda belgilanishi kerak.

Sug'orilib dehqonchilik qilinadigan, hfvda sizot suvlari sathi yer yuzasiga yaqin bo'lgan hududlarda tuproq sho'rlanish jarayoni judayam o'zgaruvchan bo'ladi. Shuning uchun ham bu yerlarda sho'rlangan yerlarni hisobga olish bilan bog'liq tuz-xaritalash ishlari har 5 yilda bir marta o'kazilishi talab etiladi.

1.

2. 3.

4.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Abdullaev S.A., Namozov X. Tuproq melioratsiyasi va gidrogeologiyasi. T., "O'zbekiston Milliy entsiklopediyasi", 2018.

S.A.Azimboev S.A. "Sho'rlangan tuproqlar melioratsiyasi". T.,TAU, 2003. Gaziyev, U. L. (2024). TURLI XIL QATOR ORALIG 'IDA EKILADIGAN G 'O 'ZA NAVLARINING SUG 'ORISH TARTIBINI BELIGILASHNING AHAMIYATI. Science and innovation, ^(Special Issue 21), 155-157.

Khojaeva, N. D., Urazbaev, I. U., Ruzikulova, Z. U., & Gaziev, U. L. (2021). Some Agrotechnical Properties of Local Durum Wheat Variety "Istiklol". Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 6191-6197.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.