Научная статья на тему 'SHO’RLANISH HODISASINI QURILISH MAHSULOTLARIGA BO’LGAN SALBIY TA’SIRLARI'

SHO’RLANISH HODISASINI QURILISH MAHSULOTLARIGA BO’LGAN SALBIY TA’SIRLARI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
297
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Antropogen eroziya / sho’rlanish / tuz kristallari / tozalovchi mahsulotlar / suvda eruvchan tuzlar / g'isht va ohak / eroziya / kristall.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Mirzoxid Ulug’bek O’gli Sodiqov

Hozirgi kunda qurilish mollarini turlari ortib bormoqda. Ularning sifati esa xarid qilayotgan vaqtimizda bilinmasligi mumkin. Jadal borayotgan qurilish sohasini albatta sifatli mahsulotlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Osmono’par binolarning mustahkamligi, tashqi ko’rinishining hashamati, uning ichki va tashqi qatlam suvoqlarini uzoq muddatga hizmat qilishiga to’sqinlik qilayotgan muammo bu “sho’rlash” dir. Ushbu muammoli jarayon uchun bir qator yechimlarni ko’rib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHO’RLANISH HODISASINI QURILISH MAHSULOTLARIGA BO’LGAN SALBIY TA’SIRLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

SHO'RLANISH HODISASINI QURILISH MAHSULOTLARIGA BO'LGAN

SALBIY TA'SIRLARI

Mirzoxid Ulug'bek o'gli Sodiqov

Farg'ona politexnika instituti Qurilish fakulteti 3-bosqich talabasi mirzoxid.sodiqov.91 @bk.ru

ANNOTATSIYA

Hozirgi kunda qurilish mollarini turlari ortib bormoqda. Ularning sifati esa xarid qilayotgan vaqtimizda bilinmasligi mumkin. Jadal borayotgan qurilish sohasini albatta sifatli mahsulotlarsiz tasavvur qila olmaymiz. Osmono'par binolarning mustahkamligi, tashqi ko'rinishining hashamati, uning ichki va tashqi qatlam suvoqlarini uzoq muddatga hizmat qilishiga to'sqinlik qilayotgan muammo bu "sho'rlash" dir. Ushbu muammoli jarayon uchun bir qator yechimlarni ko'rib chiqamiz.

Kalit so'zlar: Antropogen eroziya, sho'rlanish, tuz kristallari, tozalovchi mahsulotlar, suvda eruvchan tuzlar, g'isht va ohak, eroziya, kristall.

KIRISH

Tabiatda shamol va suv ta'sirida tuproqlarning yemirilishi yoki eroziyasi kuzatiladi. Inson faoliyati natijasida tezlashgan suv va shamol eroziyasi amalga oshmoqda. Antropogen eroziya tuproq resurslaridan noto'g'ri foydalanishning oqibati bo'lib, uning asosiy sabablari o'rmon va to'qaylarni qirqib yuborish, yaylovlarda chorva mollarini boqish normasiga amal qilmaslik, dehqonchilik yuritishning noto'g'ri metodlaridan foydalanish va boshqalardir. Turli ma'lumotlarga ko'ra har kuni yer yuzida eroziya natijasida 3500 gektar unumdor tuproqli yerlar ishdan chiqadi. Suv eroziyasi ko'proq tog' oldi va tog'li rayonlarda, shamol eroziyasi tekisliklarda kuzatiladi. Chang bo'ronlari natijasida bir necha soat ichida tuproqning 25 santimetrgacha bo'lgan qatlamini shamol butunlay uchirib ketganligi haqida ma'lumotlar mavjud.

Bizga ma'lum, qurilish mahsulotlarini aksariyati asosan tuproq va yer jinslaridan tayyorlanadi. Qurilish g'ishtini tayyorlashda tuproq loyidan foydalaniladi. Tuproqning sifati bu g'ishtning mustahkam va uzoq muddat hizmat qilishi demakdir.

Sho'rlangan gruntlar. Sho'rlangan gruntlar Qozog'iston, Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Ukraina va shimoliy dengiz bo'yi hududlarida keng tarqalgan. Sho'rlangan gruntlarga ma'lum miqdorda oson va o'rtacha oson eriydigan tuzlarga ega bo'lgan yirik toshli, qumli va changsimon - loyli gruntlar kiradi. Natriy, kaliy va magniyning xlorli, oksidlangan va karbonatli tuzlari (galit NaCl, soda NaCO3, mirabilit

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022—5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id—22257

NaSO4 v b.) oson eriydigan tuzlar, kalsiy sulfati (gips) CaSO4 ■ 2H2O, angidrit CaSO4, kalsit CaCO3 va boshqalar - o'rtacha oson eriydigan tuzlar hisoblanadi. Sho'rlangan gruntlar ustida qurilish qilishning asosiy xavfi siziluvchi suvlar bilan birga tuzlarning yuzaga chiqishi (kimyoviy suffoziya), grunt teksturasining buzilishi va buning natijasida notekis o'ta cho'kishlar rivojlanishi bilan bog'liq. Siziluvchi suv yuviluvchi sho'r eritmasiga aylanadi va metall bilan betonga nisbatan agressivlik kasb etadi. Keling bu tuzlarni o'z ta'sirlarini ko'rib chiqaylik.

METODLAR

Oddiy pishgan g'ishtni "ho'l" usulda tayyorlash uchun soztuproqdan loy tayyorlanadi, yaxshilab pishitiladi, qoliplanadi, quritiladi va xumdonda pishiriladi. "Yarim quruq" usulga ko'ra, 8—10% namliqdagi tuproq massasi 120-150 kg/sm2 bosim ostida po'lat qoliplarda maxsus presslarda presslanadi, keyin 1000° ga yaqin temperaturada aylanma yoki tunnel xumdonlarda pishiriladi. Bu usul g'ishtning o'lchamlari aniq va shakli to'g'ri bo'lishini ta'minlaydi.

Sho'rlanish bu sho'r tuproqning ishlatilishi yoki uning namgarchilik yuqori bo'lishi natijasida hosil bo'lgan tuzlarning yuzaga chiqishidir. Binolarda paydo bo'layotgan bu oq tuz kristallarining paydo bo'lishini 5 asosiy sabablarini ta'kidlashimiz mumkin.

1) G'isht ishlab chiqarilgan xom ashyo (loy) tarkibidagi tuzlardir.

2) G'ishtni terish uchun tayyorlangan sement, qum va suv asosida tayyorlangan qorishma. Qazib olingan qum va qayta ishlash natijasida tayyorlangan sement tarkibidagi tuzlar.

3) Bino va inshoat qurilgan yerni tuprog'ining tarkibida mavjud bo'lgan tuzlar.

4) Atmosfera namliklari: yomg'ir, qor, tuman omillari ham sabab bo'lishi mumkin. Aniqroq qilib aytganda ularning tarkibidagi suv emas balki ular olib kelgan kimyoviy tuzlar. Agarda yaqin atrofingizda kimyoviy fabrika bo'lsa sizning uyingizda tez orada sho'rlanish paydo bo'lishi aniq.

5) Yana bir asosiy sabablardan biri bu beton qorishmalariga qo'shilayotgan qo'shimchalar.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Ular qorishmani sekin va tez qotishi uchun hizmat qiladi. Ayniqsa muzlashga qarshi qo'shimchalar, beton qorishmasining sho'rlanishiga olib kelishi mumkin.

Devor sirtidagi bu oq tuz kristallari qurilish mahsulotini shunchaki tashqi

ko'rinishini buzibgina qolmay, hatto ichki yemirilishlarga olib keladi. Suvda eriydigan tuzlar mahsulot ichkarisiga kiradi. Tashqi havo namligi sababli u kristallashadi va bug'lanish orqali tashqi yuzaga intiladi. Natijada, devorlarda yorilish va yemirilishlar (nurashlar) vujudga keladi. Bu esa binoning mustahkamligiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bu kabi salbiy holatlarni oldini olish uchun ikki shartni bajarishimiz lozim. 1) Devorni yuza qismini maxsus aralashmalar bilan yuvish. 2) Devorni ortiqcha namgarchilikdan asrash.

Oddiy suv bilan yuvish foyda bermaydi. Aksincha u ichkaridagi yana bir qism tuzlarni yuzaga sizib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Metal sim sho'tkalardan foydalanish mumkin emas. U tashqi ko'rinishga salbiy ta'sir qiladi.

Shuning uchun tuzlarni bartaraf qilish uchun maxsus kremniyorganik qo'shimchali suyuq tozalagichlardan foydalanishimiz lozim.

Bugungi bozorda g'isht va ohak dog'larini olib tashlaydigan ko'plab vositalar mavjud. Ular mahalliy va import qilinadigan ishlab chiqarish materiallari, odatda, bir oz kislotali tarkibga ega. U g'ishtning tabiiy rangini o'zgartirmaydi. Yuzadagi tuz kristallarini yo'qotadi. Albatta tozalovchi mahsulotlar ham ba'zi talabalarga javob berishi kerak. Qurilish mahsulotini rangiga, tarkibiga, mustahkamligiga ta'sir qilmasligi kerak. Bundan tashqari ekologik zararsiz, insonlar hayotiga xavf solmasligi lozim. G'ishtning barcha tomonlaridan namgarchilik kirmasligini ta'minlasak, binoning sho'rlanishiga olib kelish sabablaridan birini bartaraf qilgan bo'lamiz. Bundan tashqari g'isht tayyorlanayotgan maxsus bug'lanishga qarshilik qiluvchi moylardan foydalanish lozim. Albatta bu mahsulotning tan narxini oshiradi. Lekin sizning uyingiz sizga uzoq yillar hizmat qilishi uchun sifatli mahsulotlardan foydalanishingiz lozim.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

NATIJA

Keling endi maxsus tozalovchi qorishmalarni ta'sirini ko'rib chiqaylik. Gidrofoblovchi qorishma surtilgandan keyin u yuzani 35 mm chuqurlikgacha egallaydi. Bu qorishma tarkibi silikon tashuvchi bo'lib, u egallagan joyida polimeriztsiya jarayonini hosil qiladi. Polimer qotgach silikon yuza hosil qiladi. Yuza esa suvdan va bug'dan himoya qiladi. Umuman olganda, fasadlarni tuzlardan tozalash va ularning qayta paydo bo'lishining oldini olish masalalari mutaxassislar ishtirokida kompleks tarzda hal qilinishi kerak. Aks holda, noto'g'ri tanlangan vositalardan foydalanish yanada yuqori zararlarni hosil bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Zamonaviy g'isht uylari 100-150 yil uchun qurilgan. Xususiy uy-joy uchun xizmat muddati yanada kattaroq bo'lishi mumkin.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, uylarning sho'rlanishini oldini olishni, biz qurilishni boshidan choralarini ko'rishimiz lozim. Quyidagi hollarga amal qilishimiz kerak:

• uy uchun arxitektura yechimini yaratishda, ish paytida devor konstruktsiyalarining birorta ham bo'lagi nam bo'lmasligiga e'tibor bering;

• toshli ohak uchun tozalangan suv va yuvilgan qumdan foydalaning, suvda eruvchan tuzlarsiz, qo'shimchalarsiz sementning sulfatga chidamli M400 yoki M500 portlantsement markalarini ishlating;

• ohak va g'isht turi o'rtasidagi mutanosiblikni nazorat qiling;

• yomg'ir paytida g'isht qo'yishni to'xtating, uni suv o'tkazmaydigan materiallar bilan himoya qiling;

REFERENCES

1. «Сази» kompaniyasi web sahifasi https: //www.sazi-group .ru/.

2. Google.com qidiruv tizimi.

3. https://www.wikipedia.org/.

4. https://postroju-dom.ru/steny/341 -vysoly-na-kirpiche-prichiny-i-sposoby-straneniya.

5. Т.М. Бочкарева Технология Строительных Процессов Классических И Специальных Методов Строительства. Издательство Пермского национального исследовательского политехнического университета 2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.