Научная статья на тему 'SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI'

SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
individ / individuаl yondаshuv / shахs / rivоjlаnishi / tushunchа / tаrbiya / rivоjlаnish / fаоliyat / yosh хususiyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D.Norqo’Ziyeva, Xo’Jayeva Oyazimxon No’Minjon Qizi

Ushbu maqolada shахs rivоjlаnishi hаqidа tushunchа. individ, shахs, individuаllik,SHахs tаrbiyasigа tа’sir etuvchi оmillаr, shахs rivоjlаnishidа fаоliyatnig o`rni,rivоjlаnishning yosh vа o`zigа хоs хususiyatlаri,Shахsning ijtimоyilаshuvi, yaxlit pеdаgоgik jаrаyonlar masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI»

SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI

1D.Norqo'ziyeva, 2Xo'jayeva Oyazimxon No'minjon qizi

1Qo'qon DPI o'qituvchisi, 2Qo'qon DPI talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11210311

Annotatsiya. Ushbu maqolada shахs rivоjlаnishi hаqidа tushunchа. individ, shахs, individuаllik,SHахs tаrbiyasigа tа'sir etuvchi оmillаr, shахs rivоjlаnishidа faoliyatnig o 'mijivojlanishning yosh vа o^ziga хоs хususiyatlаri,Shахsning ijtimоyilаshuvi, yaxlit pedugogik jarayonlar masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: individ,individual yondashuv, shaхs, rivоjlanishi, tushuncha, tarbiya, rivоjlanish, faоliyat, yosh хususiyat.

Аннотация. В данной статье рассматривается понятие развития личности. личность, личность, индивидуальность, факторы, влияющие на воспитание личности, роль деятельности в развитии личности, возрастные и специфические особенности развития, социализация личности, научно-теоретическая значимость вопроса целостного педагогического процесса, уровень его изученности и значение на настоящее время освещено.

Ключевые слова: индивид, индивидуальный подход, личность, развитие, концепция, воспитание, развитие, деятельность, молодой характер.

Abstract. This article deals with the concept of personality development. individual, personality, individuality, factors affecting personality education, role of activity in personality development, age and specific characteristics of development, socialization of personality, scientific theoretical importance of the issue of holistic pedagogical processes, the level of its study and its importance at the present time illuminated.

Keywords: individual, individual approach, personality, development, concept, upbringing, development, activity, young character.

SHaxs tushunchasi insonga taalluqli bo'lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo'lgan jamiyatning a'zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bolishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o'zini yaxlit inson sifatida his etishi, o'z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog'i kerak.

"Individ" nima? Bola ma'lum yoshga qadar "individ" sanaladi. Individ (lotincha "individium" so'zidan olingan bo'lib, «bo'linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma'nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudotdir.

Individuallik esa shaxsning o'ziga xos xususiyatlari bo'lib, uning namoyon bo'lishi tarbiya jarayonini amalga oshirishda bola shaxsini puxta o'rganish, uning yashash sharoitlaridan etarli darajada xabardor bo'lish va ularning hisobga olinishini taqozo etadi.

Individual yondashuv o'quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo'lgan qiziqish hamda iste'dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.

Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana

boradi.

Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarining iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta'riflanadi.

Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma'naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo'lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fusaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo'nalishi bo'ycha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.

Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo'ladi. Ana shular ta'sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.

Rivojlanishning o'zi nima?

Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'ladigan miqdor va sifat o'zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o'tish, yangilanish, yangining paydo bo'lishi, eskining yo'qolib borishi, miqdor o'zgarishining sifat o'zgarishiga o'tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o'rtasidagi kurashdan iboratdir.

Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta'limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi.

CHunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta'sir etadi.

Inson butun umri davomida o'zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo'lsa, u jamiyat a'zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o'ziga munosib o'rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta'siri ostida boradi.

SHaxsning fazilatlarini to'g'ri ko'rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.

Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to'g'ri hal etish uchun uning xulqiga ta'sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.

Tarbiya bolaga samarali ta'sir etishi uchun o'sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. SHunday qilib, rivojlanish va tarbiya o'rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.

Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta'siri o'rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko'pdan buyon davom etmoqda.

Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta'siri kuchli bo'ladimi? YOki tabiiy omillar etakchi o'rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta'siri yuqoridir? Ular o'rtasidagi o'zaro munosabat qanday?

Fanda biologik yo'nalish deb nomlangan nuqtai nazar etakchi o'rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qo'yadi. Ular tug'ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o'rnini belgilab bergan, deydilar.

XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.

Xorij psixologiyasidagi yana bir ohim - bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo'lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga o'tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta'limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir.

Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D'yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fasat miqdoriy o'zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar.

Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bog'laydilar.Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog'liq deb ko'rsatadilar.

Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta'sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o'zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.

Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo'lib kamolga etishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta'sirini aniqlashda ilg'or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta'limotiga suyaniladi.

Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma'naviy boyligi uning munosabatlariga bog'liq, deb hisoblaydilar.

Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga etadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o'z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma'lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi yoki yo'q qilishi mumkin.

Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo'lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo'lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g'oyani ifodalaydi.

Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlarni yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o'rtasida ham uzviy aloqa mavjud.

SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o'rtasidagi murakkab aloqa ta'siri ostida ro'y beradi, inson ularga faol ta'sir etadi va shu yo'l bilan hayoti va o'z tabiatini o'zgartiradi.

SHaxsga ijtimoiy muhitning ta'siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.

YA'ni,

Birinchidan, tarbiya ta'sirida muhit bera olmagan bilim, ma'lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog'liq ko'nikma va malakalar hosil bo'ladi.

Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham o'zgartirilib, shaxs kamolga etadi.

Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo'qotish mumkin.

To'rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.

Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta'sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.

SHunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham etakchi o'ringa ega bo'lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta' sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.

REFERENCES

1. "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturi. - T.: YUNISEF, 2018.

2. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standarti // https://lex.uz/docs/ 5179335?query.

3. Nurmatova M.Sh., Xasanova Sh.T. Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi. - T.: "Cho'lpon", 2010.

4. Nurmatova M.Sh., Xasanova Sh.T., Azimova D. Ustaxonada amaliy mashg'ulot. - T.: "Musiqa", 2010.

5. .Азизова, Зироат. "ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ С ПОМОЩЬЮ ФОРМ И МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ." Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar 2.17 (2022): 77-80.

6. Bahodirovna, Azizova Ziroat. "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

7. Baxodirovna, Azizova Ziroat. "INTERNATIONAL TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.11 (2022): 458-461.

8. Ziroat, Azizova, and Abdurazzoqova Zebiniso. "LEGAL AND PEDAGOGICAL BASES OF PREPARATION OF CHILDREN FOR THE IMPLEMENTATION OF SOCIAL PROTECTION." Yosh Tadqiqotchi Jurnali 1.5 (2022): 395-403. 25. Азизова, Зироат Баходировна. "IMPROVING STUDENTS INDEPENDENT WORK IN THE CREDIT-MODULE SYSTEM." Актуальные научные исследования в современном мире 2-5 (2021): 209-212.

9. Азизова, Зироат Баходировна. "СИСТЕМА ГАРАНТИЙ ПРАВ РЕБЕНКА В УЗБЕКИСТАНЕ." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 1.11 (2021): 575-578.

10. Bahodirovna, Azizova Ziroatkhon. "Pedagogical Bases Of Preparation Of Future Educators For Implementation Of Social Protection Of Children." JournalNX 7.04: 399-402. 28. Ziroat, Azizova. "CONCEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECTION." Yosh Tadqiqotchi Jurnali 1.5 (2022): 404-410

11. Mo'minova G.B. ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 123-124 (2023) "MATHEMATICAL DEVELOPMENT IN PRESCHOOL CHILDREN, INTELLECTUAL ABILITIES AS AN EDUCATIONAL MODULE"

12. Mo'minova G.B. ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conferenc 115-116 (2023)REFORMS AND MODERN APPROACH IN THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM

13. Mo'minova G.B ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 IMPACT FACTOR: 7.603 Vol 12, Issue 10, 2023 WAYS TO USE DIDACTIC GAMES IN THE EDUCATION AND UPBRINGING OF PRESCHOOL CHILDREN 65-66

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.