Научная статья на тему 'SHAXS RIVOJLANISHIGA TA‟SIR QILUVCHI OMILLAR'

SHAXS RIVOJLANISHIGA TA‟SIR QILUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAXS RIVOJLANISHIGA TA‟SIR QILUVCHI OMILLAR»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

SHAXS RIVOJLANISHIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR

M. I. Yuldasheva

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Tillar va maktabgacha ta'lim fakulteti

o'qituvchisi, O'zbekiston

Insonni shaxs sifatida tavsiflashning muhim lahzasi uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, ya'ni uning jamiyatda egallagan o'rni) orqali ifodalanadi. Status negizida doimiy o'zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy funksiyasining muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yo'nalganligi shaxsni faollashtiradi. Status, rol, qadriyatga yo'nalganlik shaxs xususiyatlarining birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos bo'lib xizmat qiladi.

Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl uning jamiyatdagi hayot yo'li va ijtimoiy tarjimayi holi hisoblanadi. Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta'siri kuchli bo'ladimi, yoki tabiiy omillar yetakchi o'rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta'siri yuqoridir? Ular o'rtasidagi o'zaro munosabat qanday? Fanda biologik yo'nalish deb nomlangan nuqtayi nazar yetakchi o'rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy biologik omillarni yuqori qo'yadi. Ular tug'ma imkoniyatlar, taqdir har kimning hayotdagi o'rnini belgilab bergan, deydilar. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi [2. 105-b].

Pedagogika kamolotiga yetishishni murakkab va ziddiyatli jarayon deb biladi. Shaxsning kamoliga yetishida nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit ham, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya va nihoyat, o'zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga ega. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa, o'sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalariga asosan kamol topadi. Shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyliklaridan bahramand bo'ladi. Moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratishda ishtirok etadi. Agar shu jamiyatning moddiy va ma'naviy boyligi yuksak bo'lsa, u shaxsga shu qadar katta ta'sir ko'rsatadi va aksincha, ikkinchi tamondan esa shaxs faoliyati davomida mehnat orqali o'z moddiy vamanaviy boyligi yuksak bo'lsa, u shaxsga shu qadar katta ta'sir ko'rsatadi va aksincha [4. 86-b]. faoliyatlari, o'z navbatida, mehnat turlarining takomillashishiga olib keladi.

Demak, shaxsning kamolga yetishuvi jamiyat rivojiga chambarchas bo g' liqdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta'limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning

272

https://tipi.uz/

^_May 3, 2024

International Scientific and Practical Conference

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi [5. 78-b].

Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta'sirlar tushuniladi. Shu nuqtayi nazardan tarbiya tufayli bolani o'zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. So'ngra bolani qurshab turgan hamma narsa ham uning rivojlanishida haqiqiy muhit hisoblanavermaydi. Har bir bola uchun rivojlanishning betakror va mutlaqo individual vaziyati vujudga keladiki, biz uni yaqin atrof-muhiti deb ataymiz. Ayni chog'da u nisbatan mustaqillikni bildiradi. Mikromuhit ham ijtimoiy muhitning bir qismi bo'lib, oila, maktab, do'stlar, tengqurlar, yaqin kishilar va shu kabi elementlardan tashkil topadi. Bolani qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy hodisalar mavjud bo'ladi. Shaxs atrof-muhit ta'sirini o'ziga singdiribgina emas, balki unga qarshilik ko'rsatib ham shakllanadi. Rivojlanishning shart-sharoitlari bolaning o'zi ularga nisbatan qay yo'sinda turgani va uning bu sharoitlarda qay tarzda tarkib topishiga bog'liq bo'lmagan holda shaxsning shakllanishiga ta'sir ko'rsata olmaydi.

Xulosa qilib aytganda, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo'lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta'sirini aniqlashda ilg'or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta'limotiga suyaniladi. Falsafada shaxsga jamiyat bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma'naviy boyligi uning munosabatlariga bog'liq, deb hisoblaydilar.

References / Adabiyotlar

1. Eysenck G.Yu. Intellektual qobiliyatingizni tekshiring. / Riga, 2012. -b. 176.

2. Davletshin M.G., Kovalev A.G., Kruteskiy V.A. Qobiliyat va uning diagnostikasi. - Toshkent: O'qituvchi, 2010.

3. Guilford J. Uchta aql. // Fikrlash psixologiyasi. A.M. tomonidan tahrirlangan. Matyushkina. - M., 2015. -S. 433-456.

4. G'oziyev E.G'. Talabalarni umumlashtirish usullariga o'rgatish va aqliy taraqqiyoti. - Toshkent: O'qituvchi, 2013 yil.

5. G'oziyev E., Usmonova Sh. Intellekt psixologiyasi. - Toshkent: Muxlis, 2006. -81-98-b.

273

https://tipi.uz/

^_May 3, 2024

International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.