Научная статья на тему 'SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASSRLARIDA ILM-FAN TARAQQIYOTIDAGI RAHBAR AYOLLARNING FAOLLIGINI OSHIRISH'

SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASSRLARIDA ILM-FAN TARAQQIYOTIDAGI RAHBAR AYOLLARNING FAOLLIGINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
14
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilm-fan / taraqqiyot / rahbarlik / mas’uliyat / to‘siq / yechim / imkoniyatlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Turg‘Unova Barnoxon Nabiyevna

Ushbu maqolada ilm-fan taraqqiyoti yo‘lidagi rahbar ayollarning o‘rni va ahamiyati yuzasidan fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASSRLARIDA ILM-FAN TARAQQIYOTIDAGI RAHBAR AYOLLARNING FAOLLIGINI OSHIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION SPECIAL ISSUE: "TRANSFORMATION OF EDUCATION: THE ROLE OF WOMEN IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE", FEBRUARY 16, 2024

SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASSRLARIDA ILM-FAN TARAQQIYOTIDAGI RAHBAR AYOLLARNING FAOLLIGINI OSHIRISH Turg'unova Barnoxon Nabiyevna

Qo'qon davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10663535

Annotatsiya. Ushbu maqolada ilm-fan taraqqiyoti yo'lidagi rahbar ayollarning o'rni va ahamiyati yuzasidan fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar:ilm-fan, taraqqiyot, rahbarlik, mas'uliyat, to'siq, yechim, imkoniyatlar.

Abstract. This article presents opinions on the role and importance of women leaders in the development of science.

Keywords: science, development, leadership, responsibility, obstacle, solution, opportunities.

Ayol jismining ruhiy - fiziologik o'ziga xosligi tufayli uning mehnati erkaklar mehnatidan sifat jihatdan ham farqlanadi. Ayollar ma'lumotini va kasbiy mahoratlarini oshirishlari uchun erkaklarga nisbatan juda kam bo'sh vaqtga ega bo'ladilar. Ayollar ko'p vaqtlarini uyxo'jalik ishlari bilan, farzand tug'ish, ularni parvarishlash va tarbiyalashga sarflashadi. Shuning uchun ularning kasbiy mahoratini oshirishga kam vaqt qoladi.

Ayollar mehnati, uning o'ziga xosligini tadqiq etganda farzand tug'ib, tarbiyalashning ijtimoiy mehnatining bir qismi deb qarash bilan birga, bu mehnatning shakllanish usuli, taraqqiyot qonuniyatlarini e'tiborga olish talab etiladi. Chunki ayollar mehnatining o'ziga xosligi, ularning aholini yangilab turish va yosh avlodni tarbiyalash jarayonidagi asosiy mavqeidan kelib chiqish lozim. Ayollar mehnat faoliyatlarini uy-xo'jalik va onalik vazifalari bilan uyg'unlashtiradi. Uyxo'jalik ishlarining yengillashishi esa mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga bog'liqdir.

Ayollarning onalik vazifasini bajarishi esa ijtimoiy taraqqiyotning barcha davrlari uchun zaruriyat hisoblangan. Shuning uchun ayollar mehnatini baholashda mana shu maxsus, o'ziga xos omillarni hisobga olish zarur.

Ayollar mehnati - bu ayollarning jismoniy va ma'naviy imkoniyatlarni ijtimoiy ishlab chiqarish, uy-xo'jaligi, farzandlarini parvarishlashi va ularni tarbiyalashga sarf qilgan faoliyat jarayoni hisoblanadi. Sobiq sovetlar davrida ayollarni ijtimoiy mehnatning barcha sohalariga jalb etishda ma'lum ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy ishlar qilindi. Ammo ular biryoqlama xarakterga ega edi.

Shubha yo'qki, ayollarning mehnatdagi faolligi ularning moddiy manfaatdorligini va iqtisodiy mustaqilligini ta'minlaydi. Chunki oila moddiy jihatdan ta'minlangan bo'lsagina oila a'zolarining moddiy va ma'naviy xarid ehtiyojlari qondiriladi. Turli texnik asboblarni qo'llash orqali uy-xo'jalik qo'l mehnatidan foydalanishni kamaytirish mumkin, shuningdek, maishiy xizmat ko'rsatishdan, umumiy ovqatlanishdan foydalanish mumkin, bu esa o'z navbatida bo'sh vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini tug'diradi. Shuningdek, mehnatkash ayol dekret ta'tiliga chiqqanda, farzandlarini parvarishlagan vaqtda, ularning sog'lig'ini tiklagan paytda ham maosh olib turish imkoniyati mavjud bo'ladi. Bolalar bog'chalaridan, maktab lagerlaridan imtiyozli foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Kolaversa, yashash sharoitini yaxshilaydi, qarigan chog'ida nafaqa olish imkoniyatiga ham ega bo'ladi.

Shuning bilan birga, ayollarning iqtisodiy jihatdan mustaqillikka erishishi, ularni oiladagi mavqeini ham o'zgartiradi hamda kasbiy mahoratini oshirishga keng imkoniyat yaratadi. Hozirgi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION SPECIAL ISSUE: "TRANSFORMATION OF EDUCATION: THE ROLE OF WOMEN IN THE DEVELOPMENT OF SCIENCE", FEBRUARY 16, 2024

davrda rivojlanyotgan davlatda ayollar uchun mutaxassislikka ega bo'lish ham rafiqa bo'lishdek qadriyat hisoblanadi hamda yuqori baholanadi.

Shuningdek, yangi ishlab chiqaruvchi kuchlarning komilligi oilada ayolning tutgan o'rniga bog'liq. Bunday avlodni tarbiyalash ayollarning jismoniy salomatligiga va ma'naviy kamolotiga bog'liqdir. Shundagina ayollar kelajak uchun sog'lom, barkamol, intellektual, axloqiy, estetik va boshqa sifatlarga ega komil insonni tarbiyalashi mumkin bo'ladi.

Ko'rib turibmizki, ayollarning 2 vazifani bajarishi bir-biriga nomutanosib: ayol bir vaqtning o'zida ijtimoiy mehnatda hamda onalik vazifasini bajarishda bab-barobar o'z iste'dod va imkoniyatlarini ro'yobga chiqara olmaydi. Ikki sohani ham birday olib borish ayollardan katta kuch talab qiladi, ularning bo'sh vaqtini kamaytiradi.

Shunday qilib, ayollarning ishlab chiqarishda mehnat qilish, jamoat ishlarida qatnashuvi va onalik vazifasini bajarishi o'ta murakkab jarayon bo'lib, olimlar e'tiborini jalb etadigan muammo hisoblanadi. Bu haqda jahon olimlarining fikrlari ham turlicha. Ayrim jurnalistlar va olimlar simpozium va anjumanlarda ayollar mehnatidan voz kechish haqidagi fikrni hozirgi kungacha ta'kidlamoqda. Ular ayollarni oila doirasiga qaytarish fikrini bildirishmoqda. Tarix g'ildiragini orqaga qaytarib bo'lmaganidek, bu hodisani ham amalga oshirish mumkin emas.

Tarixiy taraqqiyot jarayoni shundan darak beradiki, ayollarning ijtimoiy mehnati tufayli jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarida tub o'zgarishlar yuz berdi, taraqqiyot tezlashdi, jamiyat barqarorlashdi. Ayollar mehnati jamiyat, oila va o'zlarining manfaatlari uchun ham foydali bo'ldi.

Dastlab ayollar mehnati tufayli mahsulot ishlab chiqarish oshdi, bu iste'molni ko'paytirdi, moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirdi. Shunday qilib, ayollar mehnati yashash darajasini takomillashtirdi.

Ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashib, ayollar iqtisodiy mustaqillikka ega bo'ldilar, bu o'z navbatida, ayollar bilan erkaklarning tengligi g'oyasini keltirib chiqardi hamda uni amalga oshirish jarayonini tezlatish imkonitini yaratdi.

REFERENES

1. Убайдуллаева Р. А., Рахимова Н. Х. Условия и факторы повышения социального статуса женщин Узбекистана // Социологические исследования. 2015. №

2. 5. С. 110

3. Абдурах,монов КХ. ва бошкдлар. Инсон тараккиёти. Дарслик. - Т.: Икктисодиёт, 2013. -Б. 492.

4. Мадалиев А. Бошкарув тизимида инсон омилини фаоллаштириш ва инсон тараккиёти индексини бах,олаш механизмларини такомиллаштириш.

5. И.ф.д.диссертация Т. 2021 187 б.

6. Female political representation and substantive effects on policies: A literature review, European Journal of Political Economy, Volume 63, 2020, 101896, ISSN 01762680, https://doi.org/10.1016/j.ejpoleco.2020.101896.

7. Узбекистон Республикаси Президентининг "Оила ва хотин-кизлар билан ишлаш, махдлла ва нуронийларни куллаб-кувватлаш тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида"ги ПФ-81 сонли фармони. Lex.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.