Научная статья на тему 'SHARLI TEGIRMON QOPLAMALARINING TAKOMILLASHTIRILGAN KONSTRUKSIYALARINI QO‘LLASH ORQALI ULARNING SAMARADORLIGINI ASOSLASH'

SHARLI TEGIRMON QOPLAMALARINING TAKOMILLASHTIRILGAN KONSTRUKSIYALARINI QO‘LLASH ORQALI ULARNING SAMARADORLIGINI ASOSLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
94
25
Читать
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sharli tegirmon / qoplama / himoya / samaradorlik / o‘lcham / ishchi a’zo / takomillashtirilgan / bazaviy / energiya / ish davomiyligi / vaqt davomiyligi / шаровая мельница / покрытие / защита / производительность / размер / рабочий орган / усовершенствованный / базовый / энергия / продолжительность работы / продолжительность времени.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Abduazizov N.A., Abdullayev S.H.

Bugungi kunda sharli tegirmonlar tog‘-kon sanoatining boyitish korxonalari, sement hamda shu kabi ishlab chiqarish zavodlarida keng ko‘lamda ishlatilib kelinmoqda. Respublikamizda yangi konlarni o‘zlashtirilishi natijasida tog‘-kon sanoatida foydali qazilmalarni qazib olish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Qazib olinayotgan foydali qazilmalarni hajmining ortishi evaziga ruda yanchish tegirmonlariga bo‘lgan ehtiyoj yanada ortib bormoqda. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ushbu maqolada “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ ga qarashli gidrometallurgiya zavodlarida foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash jarayonida qo‘llaniladigan sharli tegirmonlarning asosiy ishchi a’zosi bo‘lib hisoblangan ularning ichki himoya qoplamalarining takomillashtirilgan konstruksiyalarining tajriba sinov natijalari hamda, sharli tegirmonlarning samaradorligini ochirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Предварительный просмотр
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

JUSTIFICATION OF THEIR EFFECTIVENESS BY APPLYING IMPROVED CONSTRUCTIONS OF BALL MILL COATINGS

Сегодня шаровые мельницы широко используются на обогатительных предприятиях горнодобывающей промышленности, цементных и аналогичных производственных предприятиях. В результате освоения новых месторождений в нашей республике постепенно осуществляется процесс добычи полезных ископаемых в горнодобывающей промышленности. За счет увеличения объемов добываемых полезных ископаемых потребность в рудодробильных установках возрастает еще больше. С учетом вышесказанного в данной статье рассмотрены результаты опытных испытаний усовершенствованных конструкций внутренних защитных покрытий шаровых мельниц, являющихся основным рабочим элементом шаровых мельниц, применяемых при обогащении и переработке полезных ископаемых на гидрометаллургических заводах, принадлежащих АО “Навоийский горно-металлургический комбинат", а также меры по повышению эффективности шаровых мельниц.

Текст научной работы на тему «SHARLI TEGIRMON QOPLAMALARINING TAKOMILLASHTIRILGAN KONSTRUKSIYALARINI QO‘LLASH ORQALI ULARNING SAMARADORLIGINI ASOSLASH»

CO 00

SHARLI TEGIRMON QOPLAMALARINING TAKOMILLASHTIRILGAN KONSTRUKSIYALARINI QO'LLASH ORQALI ULARNING SAMARADORLIGINI

ASOSLASH

Nabijon Abduazizov[0009-0004-8292-3032], Sardor Abdullayev 0009-0005-5957-6930

Abduazizov N.A. - t.f.d., professor, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti prorektori, Abdullayev S.H. - Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti sirtqi ta'lim bo'yicha dekan o'rinbosari.

Annotatsiya. Bugungi kunda sharli tegirmonlar tog'-kon sanoatining boyitish korxonalari, sement hamda shu kabi ishlab chiqarish zavodlarida keng ko'lamda ishlatilib kelinmoqda. Respublikamizda yangi konlarni o'zlashtirilishi natijasida tog'-kon sanoatida foydali qazilmalarni qazib olish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Qazib olinayotgan foydali qazilmalarni hajmining ortishi evaziga ruda yanchish tegirmonlariga bo'lgan ehtiyoj yanada ortib bormoqda. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ushbu maqolada "Navoiy kon metallurgiya kombinati" AJ ga qarashli gidrometallurgiya zavodlarida foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash jarayonida qo'llaniladigan sharli tegirmonlarning asosiy ishchi a'zosi bo'lib hisoblangan ularning ichki himoya qoplamalarining takomillashtirilgan konstruksiyalarining tajriba sinov natijalari hamda, sharli tegirmonlarning samaradorligini ochirish chora-tadbirlari to'g'risida ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: sharli tegirmon, qoplama, himoya, samaradorlik, o'lcham, ishchi a'zo, takomillashtirilgan, bazaviy, energiya, ish davomiyligi, vaqt davomiyligi.

Аннотация. Сегодня шаровые мельницы широко используются на обогатительных предприятиях горнодобывающей промышленности, цементных и аналогичных производственных предприятиях. В результате освоения новых месторождений в нашей республике постепенно осуществляется процесс добычи полезных ископаемых в горнодобывающей промышленности. За счет увеличения объемов добываемых полезных ископаемых потребность в рудодробильных установках возрастает еще больше. С учетом вышесказанного в данной статье рассмотрены результаты опытных испытаний усовершенствованных конструкций внутренних защитных покрытий шаровых мельниц, являющихся основным рабочим элементом шаровых мельниц, применяемых при обогащении и переработке полезных ископаемых на гидрометаллургических заводах, принадлежащих АО "Навоийский горно-металлургический комбинат", а также меры по повышению эффективности шаровых мельниц.

Ключевые слова: шаровая мельница, покрытие, защита, производительность, размер, рабочий орган, усовершенствованный, базовый, энергия, продолжительность работы, продолжительность времени.

Annotation. Nowadays, ball mills are widely used in beneficiation enterprises of the mining industry, cement and similar production plants. As a result of the development of new mines in our republic, the process of extracting minerals in the mining industry is being carried out step by step. Due to the increase in the volume of mined minerals, the need for ore crushing mills is increasing. Taking into account all mentioned the above, in this article, the test results of the improved constructions of the internal protective coatings of the ball mills, which are considered as the main working member of the ball mills used in the enrichment and processing of minerals at the hydrometallurgical plants belonging to JSC Navoi Mining and Metallurgical Company and measures to increase the efficiency of mills were presented. Keywords: ball mill, coating, protection, efficiency, size, working member, improved, base, energy, work duration, time duration.

Kirish

Bugungi kunda sharli tegirmonlar tog'-kon sanoatining boyitish korxonalari, sement hamda shu kabi ishlab chiqarish zavodlarida keng ko'lamda ishlatilib kelinmoqda. Respublikamizda yangi konlarni o'zlashtirilishi natijasida tog'-kon sanoatida foydali

qazilmalarni qazib olish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Qazib olinayotgan foydali qazilmalarni hajmining ortishi evaziga ruda yanchish tegirmonlariga bo'lgan ehtiyoj yanada ortib bormoqda.

Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotining qiyin iqtisodiy sharoitida, ishlab chiqarish korxonalari joriy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga, ishlab chiqarishga zamonaviy texnik yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishga intilmoqda.

Boyitish fabrikalarida xarajatlarni kamaytirishning muhim va istiqbolli yo'nalishi uskunalarni modernizatsiya qilish va takomillashtirishdir. Boyitish korxonalarida olib boriladigan turli tadqiqot ishlari, u yerdagi muammolarni hal qilishga qaratilgan hamda samaradorlikni oshirish va ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishdan iboratdir. Ushbu dolzarb muammolarning yechimlaridan biri tegirmon qoplamasining (zirh) ishlash xususiyatlarini oshirishdir. Bunday yechim tegirmonning to'xtash vaqtni qisqartirib, texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarni oshirishga imkon beradi.

Qoplamalar (Zirhlar) - tegirmon barabanining devorlari sharlar va rudalarning urilishi, u yerda bo'ladigan fizik kuchlar ta'siri natijasida yelanib ketmasligi maqsadida barabanning ichki qismlarida himoya vositasi sifatida hamda rudani maydalovchi sharning samarali trayektoriya harakatini ta'minlashga xizmat qiladi. Bu qoplamalar yanchilayotgan rudalarning qattiklik darajasiga qarab har 6-8 oyda almashtirib turiladi. Odatda futerovkalar marganesli va xromli po'latlardan yoki chuyanlardan tayyorlanadi. Katta diametdagi sharlar yuklaganda quyma marganesli po'latdan tayyorlangan futerovkalardan foydalaniladi. Kichik tegirmonlar uchun futerovka plitkalarining kalinligi 50 mm dan katta bo'ladi, katta tegirmonlar uchun esa futerovka plitkalarining kalinligi 130150 mm gacha bo'ladi. Ularning samarali konstruksiyasini yaratilib borilishi quyidagi talablariga e'tibor beriladi. Bular, qoplama yuzalarining yemirilish jarayoni sekinlashishi, texnologik tayyorlanish jarayonining oddiyligi va energiya smaradorliligi, o'rnatilish qulayliklari, o'lchamlari hamda ta'mirlash va xizmat ko'rsatish ishlarini nisbatan samarali bajarilishlari bo'lib hisoblanadi.

Qoplamalarning ishlashini baholash uchun bir nechta me'zonlar mavjud bo'lib, tegirmonning qoplama o'rnatilganidan boshlab ishlagan soati, qayta ishlangan ruda massasi (tonna), bir tonna qayta ishlangan ruda uchun qoplama elementlarining iste'moli va boshqalar. Hozirgi kunda qazib olinayotgan ruda tarkibidagi metall miqdori juda pastligi evaziga korxonaning iqtisodiy samaradorligi yuqori bo'lishi uchun katta miqdordagi rudalarni qayta ishlash talab etiladi. Zamonaviy bozor sharoitida, tegirmonning ishlamay qolish vaqtini yiliga 7-9 kunga (2-3%) qisqartirish, birinchi bosqich tegirmon qoplamasini almashtirish uchun yillik xarajatlar miqdorini iqtisodiy jihatdan oqlashi yoki oshib ketishi mumkin. Bu ayniqsa, oltin qazib oluvchi korxonalarning boyitish fabrikalari uchun to'g'ri keladi, chunki bunday korxonalarda yo'qolgan metall uchun ishlamay qolgan kun bir necha yuz millionlab so'mni tashkil etadi.

So'nggi o'ttiz yil davomida jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, birinchi yanchish bosqichidagi tegirmonlarda xrom-molibden po'latdan yasalgan qoplamadan foydalanish eng samarali hisoblanadi. Ko'pgina mahalliy kon-boyitish kombinatlari 110G13L tipidagi kaliy permanganat qoplamadan foydalanadi. Biroq, vaqt o'tishi bilan yillik ishlash rejasining bajarilishini nazorat qilish juda qiyinlashadi va tegirmonlarni to'xtatishga imkon bermaydi, rejadan tashqari ishlashni talab qiladi. Bunday holatda texnik xodimlar va zavod menejerlari tegirmon qoplamalarining muqobil turlari va qotishmalarini izlay boshlaydilar. Ba'zida bunday izlanishlar salbiy natijalarga olib keladi, ya'ni yangi turdagi qoplamaning xizmat qilish muddati ilgari ishlatilganidan kamroq bo'ladi. Ba'zida esa metall qoplama o'rniga kauchuk yoki kauchuk metall sotib olinadi. Biz bunday holatda yangi turdagi "mustahkamlangan" marganets po'latidan yoki po'latning quyma temir bilan birikmasidan foydalanishni taklif etamiz. Xarajatlarni tejash maqsadida ba'zi korxonalar xrom-molibden po'latdan yasalgan "standart" dizayn deb nomlangan qoplamadan © Journal of Advances in Engineering Technology Vol.3(15), July - September, 2024

DOI 10.24412/2181 -1431 -2024-3-83-90

foydalanishni afzal ko'rishadi. U kichik massaga, shuningdek, plitalar va ko'targichlarning balandligiga ega. Bunday qoplamaning ishlash muddati bir necha oydan oshmaydi va korxona uchun bu xarajatlarni yuqori bo'lishiga olib keladi.

Qoplamalar yuzasining tuzilishiga ko'ra tekis, pog'onali, to'lqinsimon, kombinasiyalashgan, bo'rtmali, teshikli, poshinali va boshqalar bo'ladi. Qoplamalar plita shaklida maxsus o'lchamlarda ya'ni baraban ichiga luk orqali kirgizilishiga ko'ra tayyorlanib, kichik tegirmonlar uchun qalinligi 40-50 mm, katta tegirmonlar uchun esa 130160 mm, kengligi 300-500 mm, uzunligi 350-900 mm va massasi 25-1000 kggacha bo'ladi.

Qoplamalar plitalari materialga, profilga va o'rnatish usuliga qarab farqlanadi. Ularni osongina o'rnatish va almashtirish kerak. Odatda diametri 80 mm dan ortiq bo'lgan sharlardan foydalanadigan sharli tegirmonlari uchun plitalar 110G13L marganets po'latidan (Gadfild po'lati) ba'zi tegirmonlar uchun rezina yoki keramika materiallaridan tayyorlanadi.

Yirik maydalash uchun bo'rtmali, mayda maydalash uchun esa tekis yoki to'lqinsimon yuzali qoplamalar ishlatilishi mumkin. Yirik maydalashda ruda hajmi 10-30 mm gachani tashkil etib, maydalanish ko'rsatkichi 1-5 mm ni tashkil qiladi. Mayda maydalanishda esa, rudaning hajmi 1-5 mm, maydalanish ko'rsatkichi 0,074-1 mm ni tashkil qiladi. Bugungi kunda sharli tegirmonlarning samaradorligini oshirish maqsadida qoplamalar metalldan, rezinadan, rezina-metalldan, poliritanli, keramikli va magnitli materiallardan tayyorlanmoqda.

Tadqiqot qismi

Metalli qoplamalar an'anaviy hisoblanib, boshqa turdagi materiallardan ishlab chiqarilgan qoplamalardan ustunligini egallab kelmoqda. Metall qoplamalar marganetsli po'latdan 110G13L Garfild po'latidan va hozirgi kunda keng qo'lanilishga erisha boshlagan xrommolibden po'latlaridan tayyorlanmoqda.

Hozirgi kunda "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJning gidrometallurgiya zavodlarida MMS 70x23A, MMS 90x30A, MSHS 3200x4500, MSHS 3600x5000, MSHS 3600x5500, MSHS 4500x6000, MSHS 5500x6500, MSHS 5500x7500, MSHR 2100x1500, MSHR 3200x3100, MSHR 5500x6500 turdagi sharli tegirmonlar ishlatilib hamda ekspluatatsiya qilinib kelmoqda.

Sharli tegirmonlarning ekspluatatsion ko'rsatgichlariga davriy xizmat ko'rsatish va kapital ta'mirlash davrlarning o'tkazilishi muhim hisoblanadi. Har bir oyda tegirmon 12-24 soat to'xtatilib, texnik ko'rikdan o'tkaziladi. Texnik ko'rikning uchinchi oyidan boshlab defektovka jarayoni o'tkazila boshlanadi.

Hozirgi kunda "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ ga qarashli gidrometallurgik zavodlarida ishlatiladigan barcha sharli tegirmonlar ulushining deyarli 50% ini MMS-70x23A, MMS-90x30A turdagi tegirmonlar tashkil etadi. Bu turdagi tegirmonlar sanoatda samarali ishlatilib kelinayotgan hamda yuqori unumdorlikka ega bo'lgan tegirmolar hisoblanadi.

Tegirmon qoplamasining ishlash muddatini uzaytirish maqsadida ko'p yillardan buyon olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Ular tomonidan turli xil materiallardan va turli xil dizayndagi qoplamalar taklif qilinib, tog'-kon sanoatida bir necha yillardan buyon samarali ishlab kelgan. Ammo jahonda iqtisodiy o'sishni jadallashtirishda ishlab chiqarish sanoatining ulushi juda katta ekanligi hisobiga sanoat texnika va texnologiyalarining salmog'ini yanada takomillashtirish talab etiladi. Bu esa yanada ko'proq ilmiy-texnik tadqiqotlar olib borishni va izlanishga yetaklaydi. Tegirmonning og'ir zarbali yanchish ish sharoitlarida himoya qoplamalarini almashtirish uchun tegirmonni tez-tez to'xtatishni talab qiladi. Ta'mirlash ishlari davomiyligini © Journal of Advances in Engineering Technology Vol.3(15), July - September, 2024

DOI 10.24412/2181 -1431 -2024-3-83-90

ID 00

qisqartirish, tegirmon to'xtashlar sonini kamaytirish, tegirmon qoplamalari ishlash muddatini oshirish unumdorlikni oshirib, ko'proq daromad ko'rishga olib keladi. Zavodlarda tegirmonlarni sotib olish va ularni o'rnatishda avvalo uning qoplamalarini e'tiborga olish kerak. Tegirmonlarni qoplamalarni texnik ko'rikdan o'tkazish, demontaj va montaj hamda ta'mirlash jarayonlarida eng ko'p vaqt sarflanadi.

1-jadval.

Ekspluatatsiya qilinayotgan sharli tegirmon arning texnik ko'rsatgichlari

№ Ekspluatatsiya qilinayotgan sharli tegirmonlarning texnik ko'rsatgichlari Eksplua tatsiya qilinayot gan sharli Eksplua tatsiya qilinayot gan sharli Eksplua tatsiya qilinayot gan sharli Eksplua tatsiya qilinayot gan sharli Eksplua tatsiya qilinayot gan sharli Ekspluat atsi ya qilinayotg an sharli

tegirmo nlarning texnik tegirmo nlarning texnik tegirmo nlarning texnik tegirmo nlarning texnik tegirmo nlarning texnik tegirmonl arning texnik

ko'rsatg ichlari ko'rsatg ichlari ko'rsatg ichlari ko'rsatg ichlari ko'rsatg ichlari ko'rsatgic hlari

1 MMS-7000x2300A 7000 2300 80 13,3 2000 1800

2 MMS-9000x3000A 9000 3000 160 11,1 4000 3300

3 MSHS-3200x4500 3200 4520 32 19,7 900 720

4 MSHS-3600x5000 3600 5000 45 16,6 1250 1110

5 MSHS-3600x5500 3600 5500 49 16,6 1250 1110

6 MSHS-4500x6000 4430 6010 82 16,6 2500 2200

7 MSHS-5500x6500 5500 6730 140 13,7 4000 2800

8 MSHS-5500x7500 6500 7520 165 13,7 4000 2800

9 MSHR-2100x1500 2100 1500 4,3 24,3 132 110

10 MSHR-3200x3100 3200 3100 22 19,8 630 400

11 MSHR-5500x6500 5500 6500 140 13,8 4000 2800

Qoplamalarni konstruktiv tuzilishi uning kam yoki uzoq muddat ishlashini ta'minlaydi. Shu bilan birga tegirmonning ishlash unumdorligini ham baholaydi. Qoplamalarni ishlash vaqti va tegirmonning unumdorligiga tegirmon tegirmonning aylanish chastotasi hamda uning ichidagi metall sharlarning harakat trayektoriyasi katta ta'sir ko'rsatadi.

2-jadval.

MMS-70x23A rusumli sharli tegirmon himoya qoplamalarining turlari va ularning __asosiy ko'rsatkichlari __

Himoya qoplamasining nomi Material markasi Og'irligi, kg O'rnatilish soni Umumiy og'irligi

Qoplama №1 110G13L 842 10 8420

Qoplama №2 110G13L 800 20 16000

Qoplama №5 110G13L 596,6 74 22074

Qoplama №6 110G13L 586 6 1758

Panjara (23-to'r) 110G13L 940 20 18800

Panjara (18-to'r) 110G13L 925 20 18500

Bo'shatuvchi sektor 110G13L 770 10 7700

O'ng va chap elevatorlar 35L 620 20 12400

Burchak qoplamasi №3 35L 310 20 6200

Burchak qoplamasi M6001 35L 320 20 6400

Umumiy og'irligi 122852

rs 00

Demak, hozirgi kunda Respublikamizning konchilik sanoati uchun muhim obyektlardan biri boyitish va qayta ishlash korxonalarida qo'llaniladigan MMS-70x23A va MMS-90x30A rusumli sharli tegirmonlarning soni ko'pligi jihatidan biz aynan yuqorida nomi keltirilgan sharli tegirmonlarning himoya qoplamalarini takomillashtirish dolzarb deb hisoblaymiz. Sharli tegirmonlarning himoya qoplamalari konstruksiyasini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan avval MMS-70x23A va MMS-90x30A rusumli sharli tegirmonlarning himoya elementlarining tahlilini o'tkazib chiqamiz. MMS-70x23A rusumli sharli tegirmon himoya qoplamalarining turlari va ularning asosiy ko'rsatkichlari 2-jadvalda keltirilgan.

MMS 90x30A rusumli sharli tegirmon himoya qoplamalarining turlari va ularning asosiy ko'rsatkichlari 3-jadvalda keltirilgan.

3-jadval.

MMS 90x30A rusumli sharli tegirmon himoya qoplamalarining turlari va ularning __asosiy ko'rsatkichlari __

Himoya qoplamasining nomi Material markasi Og'irligi, kg O'rnatilish soni y i I f i &

Qoplama №1 110G13L 748 14 10472

Qoplama №2 110G13L 1160 28 32480

Qoplama №5 110G13L 857 104 89128

Qoplama №6 110G13L 762 8 6096

Panjara 110G13L 1230 28 34440

Bo'shatuvchi sektor 110G13L 840 28 23520

Elevatorlar 35L 830 28 23240

Burchak qoplamasi №3 35L 220 28 6160

Burchak qoplamasi №4 35L 350 28 9800

Umumiy og'irligi 235336

Yuqorida keltirilgan 2- va 3- jadvallardan ko'rishimiz mumkinki, hozirgi kunda Qoplama №5 turidagi sharli tegirmon qoplamasi soni boshqalariga nisbatan ko'proq o'rnailadi. Demak biz aynan Qoplama №5 va u bilan bog'liq bo'lgan Qoplama №6 turlaridagi sharli tegirmon qoplamalarining ish samaradorligini oshirishni ko'rib chiqishimiz mumkin bo'ladi. Quyidagi 2a-rasmda sharli tegirmonning №5 qoplamasi ko'ndalang kesimi yuzasining bazaviy ko'rinishi keltirilgan. Ushbu bazaviy himoya qoplamasi ikkita yon devorlari pastki qismi yuqori qismiga qarab 5 mm siljigan holda 75 mm, markaziy asosi 90 mm, asosining qalinligi 75 mm, asosining eni 538 mm, ariqchalari esa radiusi 30 mm ga teng

aylanasimon va qoplamaning umumiy balandligi 265 mm ni tashkil qiladi. Umumiy og'irligi 596,6 kg. Bu qoplamalarning maxsus ariqchalariga tog' jinsi kirishi va uning ustidan tegirmon sharlari kelib o'z og'irlik kuchi bilan urilishi natijasida tog' jinslarini yanchilishi kuzatiladi.

2b-rasmda esa sharli tegirmonning bazaviy №5 qoplamasining 3D ko'rinishi keltirilgan. a) sharli tegirmonning №5 qoplamasi ko'ndalang kesimi yuzasining bazaviy ko'rinishi; b) sharli tegirmonning bazaviy №5 qoplamasining 3D ko'rinishi.

2-rasm. Sharli tegirmonning bazaviy №5 qoplamasining ko'rinishi.

Sharli tegirmonning samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishlari sifatida uning og'irligini kamaytirish va qoplamalarini uzoq muddat ishlashini ta'minlash uchun himoya elementlarini takomillashtirish zarurligini e'tiborga olgan holda, sharli tegirmonning bazaviy №5 qoplamasining takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqildi. Takomillashtirib ishlab chiqilgan sharli tegirmonning №5 sonli qolamasining ko'ndalang kesim yuzasi o'lchamlari va uning 3D ko'rinishi 3a,b-rasmlarda keltirib ko'rsatilgan.

3-rasm. Sharli tegirmonning takomillashtirilgan №5 qoplamasining ko'rinishi:

a) sharli tegirmonning №5 qoplamasi ko'ndalang kesimi yuzasining takomillashtirilgan

ko'rinishi;

b) sharli tegirmonning takomillashtirilgan №5 qoplamasining 3D ko'rinishi.

Ushbu bazaviy himoya qoplamasi ikkita yon devorlari pastki qismi yuqori qismiga qarab 5 mm siljigan holda 61 mm, markaziy asosi 90 mm, asosining qalinligi 75 mm, asosining eni 538 mm, ariqchalari esa radiusi 30 mm, chuqurligi 20 mm ga teng aylanasimon va qoplamaning umumiy balandligi 330 mm ni tashkil qiladi. Umumiy og'irligi 500 kg. Yuqorida keltirilgan bazaviy va takomillashtirilgan himoya qoplamalarining asosiy ish bajaruvchi qismlari uning yon devorlari bo'lib tajriba-sinov ishlari ularning yon

devorlarining sharlar va tog' jinslarining zarbi natijasida ularning abraziv yemirilish miqdorlari hisobga olindi. Tajriba sinov ishlari "Navoiy kon metallurgiya kombinati" AJning Markaziy kon boshqarmasiga qarashli GMZ-2 korxonasidagi MMS 70x23A sharli tegirmonida o'tkazildi. Tajriba sinov davomida sharli tegirmon qoplamasining boshlanishida 200 moto-soatda va undan keyin har 500 moto-soatdagi ish resursida davomida yon devorlarining abraziv yemirilish miqdorlari o'lchab qayd qilib borildi. Tajriba-sinov asosida olingan natijalar asosida bazaviy va takomillashtirilgan himoya qoplamalarining yon devorlarining vatq davomida yemirilish bog'ligi keltirib chiqarildi va ishbu bog'liqlik quyidagi 4 va 5-rasmlarda grafik ko'rinishida keltirilgan.

Ish muddati, moto-soat

4-rasm. Sharli tegirmonning 5-sonli bazaviy himoya qoplamasi yon devorlari yemirilishining ish muddatiga bog'liqligi.

Ish muddati, moto-soat

5-rasm. Sharli tegirmonning 5-sonli takomillashtirilgan himoya qoplamasi yon devorlari yemirilishining ish muddatiga bog'liqligi.

ОТ 00

Yuqoridagi keltirilgan grafiklardan ko'rishimiz mumkinki, bazaviy himoya qoplamasi yon devorlari balandligining ruxsat etilgan abraziv yemirilishi 75 mm ni tashkil qilib, ushbu ruxsat etilgan yemirilishgacha bo'lgan ish muddati umumiy 3700 moto-soat, takomillashtirilgan konstruksiyali himoya qoplamasining ish muddati esa 3700 moto-soatni tashqil qilishi aniqlandi.

Sharli tegirmon himoya qoplamalari yon devorlari balandliklarining abraziv yemirilishining ish muddatiga bo'g'liqlik grafiklari o'rnatildi.

Sharli tegirmonlarda takomillashtirilgan himoya qoplamalarini o'rnatish natijasida tegirmonlarning ish samaradorligini 25-30 % gacha oshirish imkonini beradi. Bazaviy himoya qoplamasiga nisbatan takomillashtirilgan himoya qoplamasi o'rtach 1000 moto -soat, ya'ni 27 % ko'p vaqt ekspluatatsiya qilish imkonini berishi aniqlandi. Bundan tashqari, har bir takomillashtirilgan qoplamani qo'llash orqali 96,6 kg metallni iqtisod qilishimiz va shuncha miqdorda tegirmon og'irligini kamaytirish mumkin bo'ldi. Aynan 5-sonli himoya qoplamasidan MMS 70x23A tegirmoniga bir vaqtning o'zida 74 ta o'rnatiladi va shunda umumiy 7148,4 kg metallni iqtisodi va shuncha og'irlikda tegirmon og'irligi kamaytiriladi. Natijada esa tegirmonga sarflanadigan elektr energiya sarfi ham bir munchaga kamaytiriladi va bu to'g'risida keying maqolalarimizda to'xtalib o'tishimiz mumkin bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

[1]. Abdullayev S.H., Raxmanov U.J. "Barabanli tegirmon futerovkasi" // FAP20230287 O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2023y.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

[2]. Azamatovich, N., Abdullayev, S., Zhuraev, A., Turdiyev, S. Experimental study of improved constructions increasing the efficiency of ball mill protective coatings used in enrichment factories. E3S Web of Conferences., 2024, 525, 06006.

[3]. Klas-Goran Eriksson Razvitiye sistem melnichnix futerovok / Gunder Marklund, A.L. Grebeneshnikov, V.Yu. Fishev // Gornaya promishlennost. - 2003.

[4]. Андреев, Е.Е. Дробление, измельчение и подготовка сырья к обогащению: Учебник / Е.Е. Андреев, О.Н. Тихонов. - СПб: СПГГИ (ТУ), 2007. -439 с.

[5]. Buri, T., Akbar, K., Shaxlo, N. Development of a Circuit for Automatic Control of an Electric Ball Mill Drive. AIP Conference Proceedings., 2023, 2552, 040017.

[6]. Andreyev E.Ye. Drobleniye, izmelcheniye i podgotovka sirya k obogasheniyu: Uchebnik/ E.Ye. Andreyev, O.N. Tixonov. - SPb: SPGGI (TU), 2007. -439 s.

[7]. Bogdanov V.S. Vliyaniye profilya konusno-volnistoy futerovki barabannix melnis na energeticheskiye pokazateli sharovoy zagruzki / V.S. Bogdanov, P.A. Xaxalev. Sement i yego primeneniye, №2. - 2014. - s. 93-97

[8]. Monastirskiy V.F. Ekspluatatsionnaya nadejnost melnis samoizmelcheniya fabriki 14 AGOKa / V.F Monastirskiy, A.S. Chaadayev // Gorniy jurnal. - 2001. - №4.- S. 58-64.

[9]. Morrell, S. and Latchireddi, S. (2000). The operation and interaction of grates and pulp lifters in autogenous and semi-autogenous mills. Seventh Mill Operator's Conference, Kalgoorlie, WA., pp 13-19, AusIMM.

Xulosa

О ОТ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.