UDK.625.859
ODDIY VA REZINA GRANULALI ASPFALT-BETON QOPLAMALI YO'LLARDA AVTOMOBIL G'ILDIRAGI BILAN YO'L BILAN ILASHISH KOEFSENTINI
SOLISHTIRMA TAHLILI
Karimova Kamola G'ulomovna
Jizzax politexnika instituti tayanch doktoranti E-mail: kamo la. karimova1987@gmail.com
Annotasiya. Ushbu maqolada avtomobil g'ildiraklarining yo'l yuzasi bilan o'zaro ta'sirida harakat xavfsizligiga ta'sir qiluvchi asosiy omil ob-havo sharoiti, qoplama materialining sifatiga, asfalt-beton tarkbida ishlatilgan bog'liq. Ilashish koeffitsienti aniqlashda standartlaridan foydalaniladi. Yo'l sirtining holati va turiga qarab ishqalanish koeffitsientining qiymatlari to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Oddiy va rezina granulali aspfalt-beton qoplamali avtomobil yo'llarida turli iqlim sharoitlarida g'ildirakni yer bilan ilashish koefsenti tahlil qilingan hamda avtomobil g'ildiragining yer bilan ilashish koefsentini harakat xavfsizligiga ta'siri to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.
Аннотация. В данной статье основным фактором, влияющим на безопасность движения при взаимодействии колес автомобиля с дорожным покрытием, являются погодные условия, качество материала дорожного покрытия, состав асфальтобетона. Стандарты используются для определения коэффициента сцепления. Информация о значениях коэффициента трения в зависимости от состояния и типа дорожного покрытия. На дорогах с обычным и резино-гранулированным асфальтобетонным покрытием проанализировано соотношение колес к грунту в различных климатических условиях и приведены данные о влиянии отношения колес к грунту на безопасность дорожного движения.
Abstract. In this article, the main factor influencing traffic safety in the interaction of car wheels with the road surface depends on weather conditions, the quality of the pavement material, the composition of the asphalt-concrete. Standards are used to determine the coefficient of adhesion. Information on the values of the coefficient of friction, depending on the condition and type of road surface. On ordinary and rubber-granulated asphalt-concrete paved roads, the wheel-to-ground ratio is analyzed in different climatic conditions, and data are provided on the effect of the wheel-to-ground ratio on road safety.
Kalit so'zlar: avtomobil g'ildiraklari, harakat xavfsizligi, ob-havo sharoiti, asfalt-beton tarkibi, rezina, granula, ilashish koefsenti, quruq, nam, kirlangan
Ключевые слова: автомобильные колеса, безопасность движения, погодные условия, асфальтобетонная композиция, резина, гранулы, коэффициент сцепления, сухой, мокрый, грязный.
Key words: automobile wheels, traffic safety, weather conditions, asphalt-concrete composition, rubber, granules, adhesion coefficient, dry wet, dirty
Transport tizimlarining xususiyatlaridan biri ularning faoliyatining iqlim sharoitiga yuqori darajada bog'liqligidir. Meteorologik sharoitlar transport vositalari harakatining holatiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Avtotransport vositalarini ishlatish jarayonida yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydigan iqlim sharoitlarini hisobga olish kerak. Yo'l-transport hodisalari tez-tez sodir bo'ladigan eng xavfli holat - bu yo'l yuzasida turli xil yog'ingarchiliklarning mavjudligi.
G'ildirakning yo'l yuzasi bilan o'zaro ta'sirida harakat xavfsizligiga ta'sir qiluvchi asosiy omil ob-havo sharoitlariga, qoplama materialining sifatiga va yo'lning ishlashiga bog'liq bo'lgan ilashish koeffitsienti hisoblanadi.
Iqlim sharoitlari ta'sirida yo'l qoplamasi boshqa holatda bo'lishi mumkin, bu esa yo'lning transport vositalari bilan ilashish koeffitsientining qiymatiga ta'sir qiladi (1 -jadval) [1].
1-jadval
Yo'l sirtining holati va turiga qarab ishqalanish koeffitsientining qiymatlari
Yo'l qoplamalari turi Qoplama holati Ilashish koefsenti
Asfalt, beton Quruq 0,7 - 0,8
Nam 0,5 - 0,6
Kirlangan 0,25-0,45
Toshli yo'lak Quruq 0,6 - 0,7
Nam 0,4 - 0,5
Tuproq yo'l Quruq 0,5 - 0,6
Nam 0,2 - 0,4
Kirlangan 0,15 - 0,30
Qum Quruq 0,4 -0,5
Nam 0,2 - 0,3
Asfalt, beton muzli 0,09 - 0,10
To'plangan qor muzli 0,12 - 0,15
To'plangan qor muz qoplamasiz 0,22 - 0,25
To'plangan qor muzli, qum sochilganidan keyin 0,17 - 0,26
To'plangan qor muz qobig'isiz, qum sochilganidan keyin 0,30 - 0,38
1-jadvaldan ko'rinib turibdiki, nam va nam sirtda ilashish kuchi keskin kamayadi, chunki yo'l yuzasida suvli emulsiya plyonkasi shaklida moylash qatlami hosil bo'ladi. Bu qatlam ham chang, turli chiqindilar va yonilg'i-moylash materiallarining yonmagan mahsulotlari bilan aralashib, yo'lning g'alati joylarda to'planadi (1-rasm).
a) quruq asfaltbeton qoplmasi chang, loy har xil turdagi chiqindilar va yonmaydigan yonilg'i moy mahsulotlari hisobga olgan holda
b) nam asfaltbeton qolamasini suv plyonkasini hosil bo'lishi
c) muzlama va qor qoplamalarni hosil bo'lishi
1-rasm.Turli iqlim sharoitlarida g'alatilikning notekisligi
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, ilashish koeffitsienti to'g'ridan-to'g'ri sirt yuzasiga bog'liq bo'lib, bu yo'l sirtidagi g'adir-budurliklar to'plamidir. G'adir-budurliklar shinalar bilan bo'shliqlarning o'zaro ta'siri natijasida avtomobil g'ildiragining tortishishini ta'minlaydi. G'adir -budurliklar ko'rsatkichi qanchalik baland bo'lsa, yo'lning sirtini ushlab turish shunchalik yaxshi bo'ladi.
Shuningdek, yo'l belgilarining sifati yo'l harakati xavfsizligiga ta'sir qiluvchi muhim rol o'ynaydi. Belgilash sifatiga qo'yiladigan asosiy talab uning aks ettiruvchi xususiyatlaridir, chunki belgi kunning istalgan vaqtida ko'rinishi kerak. Biroq, yo'l belgilari uchun materiallarni tanlashda, uning tutqich xususiyatlarini e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi, chunki yo'lga qo'llaniladigan belgilar uning qoplamasining bir qismiga aylanadi.
Yuqori qoplamali qatlam materialining ilashish xususiyatlarini va unga qo'llaniladigan belgilarni faqat kombinatsiyalangan holda ko'rib chiqish mumkin, chunki ularning keskin farqi (har ikkala materialning xususiyatlari ham GOSTga mos keladigan bo'lsa ham) xavfli vaziyatga olib kelishi mumkin. GOST R 51256 bo'yicha belgilarning ilashish koeffitsienti avtomobil g'ildiragining ilashish koeffitsientidan 25% dan ko'p bo'lmagan farq qilishi mumkin.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari Avtomobil g'ildiragi bilan yo'l sirtining ilashish koeffitsientini o'lchash GOST ГОСТ 33078-2014 R 50597-93, 5.1-band, GOST 3041396, 4.1.1-band va ODN 218.0.006-2002, 4.6.3-bandga muvofiq ishqalanish koeffitsienti asos sifatida tavsiya etilgan [1].
2-rasm. CRT-PENDULUM-1620-02 markali Skid Tester laboratoriya qurulmasi
Cooper Pendulum Skid Tester "CRT-PENDULUM" yuqori sifatli, sirpanish qarshiligini sinovdan o'tkazuvchi asbobdir [2]. Buyuk Britaniyaning transport tadqiqot laboratoriyasida yo'l qoplamalarini sinovdan o'tkazish uchun ishlab chiqilgan. CRT-PENDULUM mayatnik qo'lining uchiga o'rnatilgan kauchuk slayder va sinov yuzasi o'rtasidagi ishqalanish qarshiligini o'lchaydi. Bu avtomagistral muhandislariga ho'l va quruq sirtlarning sirpanish va siljishlarga chidamliligini laboratoriyada ham, avtomobil yo'l qoplamasida ham tekshirishning odatiy usuli bilan ta'minlaydi. U Izod printsipiga asoslanadi: mayatnik vertikal ustunga biriktirilgan shpindel atrofida aylanadi. Quvurli qo'lning oxirida ma'lum massaning boshiga kauchuk slayder o'rnatilgan. Mayatnik gorizontal holatdan chiqariladi, shunday qilib u namuna yuzasiga doimiy tezlik bilan uriladi. Namunani urgandan keyin bosib o'tgan masofasi namuna yuzasining ishqalanishi bilan aniqlanadi. Keyin Skid qarshilik ko'rsatkichi olinadi. Ilashish koeffitsienti formula bo'yicha hisoblanadi
= — + K N
bu yerda: F - o'lchash qismidagi yopishish kuchi, N;
N - ICS bilan aloqa qilish sohasidagi yo'l sirtining normal reaktsiyasi, N.
K - 2-jadvalga muvofiq haroratni tuzatish
2-jadval
Ishqalanish koeffitsienti qiymatiga haroratni tuzatish qiymati
Hozirgi vaqtda havo harorati o'lchovlar, ° S 5 10 15 20 25 30 35 40
Tuzatish qiymati -0,04 -0,03 -0,02 0,00 +0,01 +0,01 +0,02 +0,02
Uzunligi 1 km dan ortiq bo'lmagan yo'l uchastkasida ilashish koeffitsientining qiymati o'lchov kesimlarining ishqalanish koeffitsientlarining o'rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.
Ushbu o'lchash usuli ishqalanish koeffitsienti uchun qiymatlarni ta'minlashi kerak . 4% dan ko'p bo'lmagan xatolik bilan sinov uskunasining ishlash oralig'ida.
O'lchov natijalarining aniqligi quyidagilar bilan ta'minlanadi:
- ushbu standart talablariga muvofiqligi;
- o'lchov vositalarining metrologik xususiyatlarini davriy baholashni o'tkazish;
- sinov uskunalarini davriy attestatsiyadan o'tkazish.
O'lchovlarni amalga oshiruvchi shaxslar ushbu talablar bilan tanishishlari kerak. Nuqtadagi birinchi o'lchov natijasi hisob-kitoblardan chiqarib tashlanadi va yuklash sinov hisoblanadi. O'lchov nuqtasida ilashish koeffitsienti natijalarning o'rtacha arifmetik qiymati kamida uch o'lchov sifatida hisoblanadi.
Ushbu o'lchash usuli ishqalanish koeffitsienti qiymatlarini ta'minlashi kerak. 10% gacha xatolik bilan sinov uskunasining ishlash diapazoni. O'lchov natijalarining aniqligi quyidagilar bilan ta'minlanadi:
- ushbu standart talablariga muvofiqligi;
- o'lchov vositalarining metrologik xususiyatlarini davriy baholashni o'tkazish;
- sinov uskunalarini davriy attestatsiyadan o'tkazish.
O'lchovlarni amalga oshiruvchi shaxslar ushbu standart talablari bilan tanishishlari kerak.
2020 yilda Jizzax viloyati hududida yangi yo'l qurilish ob'ektlarini o'rganish doirasida yo'l qoplamasining avtomobil g'ildiragi bilan ilashish koeffitsientini aniqlash uchun 20 ta o'lchovi o'tkazildi. Sinov ob'ektlari sifatida oddiy asfalt-beton (11 ta sinov) va tarkibiga modifikator sifatida ishlatilgan avtomobil shina rezinalari granulalari qo'shib tayyorlangan asfalt-beton qoplamasining [3,4,5,6] (8 ta sinov)(Jizzax viloyati, Paxtakor tumani hududida 4P32 "Yangier-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'l qoplamasi) yuqori qatlamlari konstruksiyalari bo'ldi (3-rasm).
3-rasm. Jizzax viloyati, Paxtakor tumani hududida 4P32 "Yangier-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'l qoplamasi g'ildirakning yer bilan ilashish koefsentini aniqlash jarayoni
Tekshiruv natijalari oddiy asfalt-beton uchun ilashish koeffitsientining qiymatlari 0,32 dan 0,65 gacha, tarkibiga modifikator sifatida ishlatilgan avtomobil shina rezinalari granulalari qo'shib tayyorlangan asfalt-beton qoplamalar uchun esa 0,35 dan 0,70 gacha bo'lgan.
Olingan natijalardan ko'rinib turibdiki, tarkibiga modifikator sifatida ishlatilgan avtomobil shina rezinalari granulalari qo'shib tayyorlangan asfalt-beton qoplamalar oddiy asfalt-beton materialdan yasalgan qoplamalarga qaraganda yuqori ilashish xususiyatlariga ega (3-jadval).
3-jadval
Avtomobillarning g'ildiraklarini yer bilan ilashish koefsenti
Qoplama holati Ilashish koefsenti ("Yangier-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'l qoplamasi) o'rtacha qiymati Ilashish koefsenti ГОСТ 330782014 bo'yicha
Quruq 0,7 0,7 - - 0,8
Nam 0,52 0,5 - - 0,6
Kirlangan 0,35 0,25- -0,45
Ushbu natijalar tarkibiga modifikator sifatida ishlatilgan avtomobil shina rezinalari granulalari qo'shib tayyorlangan asfalt-beton qoplamalar yuzasida yanada rivojlangan makro va mikro iqlim sharoiti bilan bog'liq bo'lishi mumkin, bu avtomobil shinalari va yo'l yuzasi o'rtasidagi aloqa maydonini oshiradi.
Bundan tashqari, qoplama qatlamlarini tartibga solish bo'yicha ish boshlanishidan oldin materialning g'ildirakning yer bilan ilashish xususiyatlarini bashorat qilish imkoniyati haqida ham aytib o'tish kerak. Buning uchun yo'l qurilishda ishlatiladigan materialni doimiy ravishda
nazoratini amalga oshirish kerak. Eng muhim nazorat qilinadigan parametrlar donadorlik tarkibi va asfalt aralashmasidagi bitum tarkibi bo'lishi kerak.
Alohida, bitum tarkibi parametriga e'tibor qaratmoqchiman, chunki donadorlik tarkibidagi qiymatlar ishlab chiqaruvchilar uchun GOST 9128-2009, GOST 9128-2013 (asfalt-beton aralashmalari uchun) va GOST 31015 talablariga javob berishi kerak. Asfalt-beton aralashmasida bitumli moddaning tarkibi faqat tavsiya etilgan parametrlardir majburiydir va shuning uchun ishlab chiqaruvchi undan chetga chiqishi mumkin, bu oxir-oqibatda bunday materialdan ishlab chiqarilgan qoplamalarning ilashish xususiyatlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Asfalt-beton aralashmasida bitumli bog'lovchi miqdori etarli bo'lmagan taqdirda, yo'lning xizmat qilish muddati tez eskirishi tufayli keskin qisqaradi va bu esa yo'lning ilashish koefsenti xususiyatlarini keskin pasaytiradi.
Shu sababli, kelajakda jiddiy muammolarga duch kelmaslik uchun asfalt-betonning yuqoridagi xususiyatlarini diqqat bilan kuzatib borish kerak.
ADABIYOTLAR
1. GOST ГОСТ 33078-2014
2. Fabio Malizia *, Bert Blocken. CFD simulations of an isolated cycling spoked wheel: Impact of the ground and wheel/ground contact modeling European Journal of Mechanics / B Fluids 82 (2020) 21-38 journal homepage: www.elsevier.com/locate/eimflu
3. Ismayilov K., Karimova K. Application of used automobile tires granules for road construction in Uzbekistan //Journal of Critical Reviews. - 2020. - Т. 7. - №. 12. - С. 946-948.
4. Karimova K. Пути улучшения противокоррозионных свойств моторных масел, применяемых в транспортных средствах //Uzbekistan Journal of Engineering and Technology. - 2021.
5. Alimova Z. X. et al. Influence of the antioxidant properties of lubricants on the wear of agricultural machinery parts //IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. - IOP Publishing, 2021. - Т. 868. - №. 1. - С. 012037.
6. Kubaymurat I., Gulomovna K. K. The Impact of Automobile Tires on the Environment from the Period of Raw Materials to the Disposal of Them //International Journal of Recent Technology and Engineering. - 2019. - Т. 8. - №. 3. - С. 1929-1931.