Научная статья на тему '"SCIENTISTS WHO CONTRIBUTED TO THE SCIENCE OF PHYSICS” METHOD OF ORGANIZATION OF CONFERENCE CLASSES ON THE TOPIC'

"SCIENTISTS WHO CONTRIBUTED TO THE SCIENCE OF PHYSICS” METHOD OF ORGANIZATION OF CONFERENCE CLASSES ON THE TOPIC Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
10
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
THE ESSENCE OF THE CONTENT OF EXTRACURRICULAR ACTIVITIES / METHODS OF ORGANIZING EXTRACURRICULAR ACTIVITIES / THE BASIC SLOGAN FOR THE CREATION OF QUANTUM MECHANICS / SCIENTISTS WHO HAVE CONTRIBUTED TO THE DEVELOPMENT OF STATISTICAL PHYSICS

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Achilova O.U.

Abstarct: This article was written on the topic of "Scientists who have contributed to the science of physics" on the methodology of organizing conference lessons, and provides theoretical information that is necessary for the effective organization and conduct of lessons.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «"SCIENTISTS WHO CONTRIBUTED TO THE SCIENCE OF PHYSICS” METHOD OF ORGANIZATION OF CONFERENCE CLASSES ON THE TOPIC»

UDK 530.1

Achilova O. U.

Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumani 1-maktab fizika fani o'qituvchisi

"FIZIKA FANIGA HISSA QO'SHGAN OLIMLAR" MAVZUSIDA KONFERENSIYA DARSLARINI TASHKIL ETISH

METO'DIKASI

Annotatsiya: Ushbu maqolada "Fizika faniga hissa qo'shgan olimlar " mavzusida konferensiya darslarini tashkil etish meto'dikasi mavzusida yozilgan bolib, dars mashg'ulotlarini samarali tashkil etish va o'tkazishda zarur bo 'ladigan nazariy ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: sinfdan tashqari ishlarning mazmun mohiyati, sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi, kvant mexanikanikasiningyaratilishiga asos slogan olimlar,statistikfizikaning rivojlanishiga hissa qo 'shgan olimlar.

Achilova O.U. physics teacher 1-school

"SCIENTISTS WHO CONTRIBUTED TO THE SCIENCE OF PHYSICS" METHOD OF ORGANIZATION OF CONFERENCE

CLASSES ON THE TOPIC

Abstarct: This article was written on the topic of "Scientists who have contributed to the science of physics" on the methodology of organizing conference lessons, and provides theoretical information that is necessary for the effective organization and conduct of lessons.

Keywords: The essence of the content of extracurricular activities, methods of organizing extracurricular activities, the basic slogan for the creation of quantum mechanics, scientists who have contributed to the development of statistical physics.

Oquvchilarni mehnatga ongli munosabatda boyish ruhida tarbiyalash talim-tarbiya jarayonining vazifalaridan biridir. Bu masalani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati muhimdir. Sinfdan tashqari mashg' ulotlar davomida uyushtiriladigan tajriba va kuzatishlar umumiy mehnat va amaliy konikmalar hosil qilishda katta imkoniyatga ega. O quvchilarni vatanparvarlik va baynalminallik ruhida tarbiyalash borasida ham fizikadan uyushtirilgan sinfdan tashqari ishlar katta imkoniyatga ega. Buyuk mutafakkirlarimizdan Ibn-Sino, Beruniy, Ulug'bek va boshqalarning qilgan ishlarini, ularning hayotlaridan lavhalarni yoki bo'lmasa XX asrda fizika sohasida U.Aripov, S.Azimov,

'^KOHOMHKa h ^HyM" №12(79) 2020

www.iupr.ru

14

R.Bekjonov va boshqa vatanimiz olimlari qilgan ishlarini sinfdan tashqari o'tkaziladigan tadbirlarda ko'rsatish, devoriy gazetalarda ma'lumotlar berish yaxshi samara beradi.Shuningdek,keyingi paytlarda vatanimiz fizik olimlari boshqa mamlakatlar olimlari bilan hamkorlikda ishlab erishayotgan yutuqlari haqida, bu yutuqlar turli millat vakillarining xamkorlikdagi ishining natijalari ekanligini o'tkaziladigan tadbirlar orqali o'quvchilar ongiga yetkaza olsak maqsadga erishgan bo'lamiz.

Maktablarda tashkil etiladigan hamda o'tkaziladigan sinfdantashqari mashg'ulotlar o'quvchilarning umumiy ta'lim va politexnik saviyasini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijodiy tashabbuskorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek, o'quvchilarning fizika darsiga bo'lgan qiziqishini orttiradi. Sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda tashkil qilinadi. Fizikadan tashkil etiladigan sinfdan tashqari ishlardan biri to'garaklardir. Fizikadan to'garaklarni nafaqat maktabda, shuningdek akademiklitsey, kasb-hunarkollejlarida ham tashkil etilsa, nurustiga a'lonur bo'ladi. To'garak - bu sinfdan tashqari ishning muntazam shaklidir. Unda avvaldan tayyorlangan dastura sosida o'quvchilar qo'shimcha ma'lumotlar to'plamini oladilar, mavjud bilim va ko'nikmalarini chuqurlashtiradilar, hamda mustahkamlaydilar. Fizika to'garaklari tartibli ravishda o'tkaziladigan mashg'ulot hisoblanadi. To' garak a'zolari o'zgarmas bo'lib, to' garak a'zolarining umumiy majlislarida qabul qilingan dastur va jadval bo'yicha ishlaydi. O'qituvchiga darsga nisbatan sinfdan tashqari mashg'ulotni o'tkazish qiyinroq sinfdan tashqari ish o'qituvchidan katta ijodiy tashabbuskorlikni va amaliy tayyorgarlikni talab qiladi. Fizika o'qitishdagi ilg' or metodlar, yangiliklar sinfdan tashqari mashg'ulotlarda paydo bo'lgani tasodifiy emas. Fizikadan o'tkaziladigan to'garak ishining eng qimatlisi shuki, bunda o'quvchilar o'z bilimlarini amalda qo'llashni o'rganadilar, hayotga ishlab chiqarish mehnatida ishtirok etishga tayyorlanadilar. Zamonaviy fizika bir-biri bilan o'zaro bog'liq bo'lgan mexanika va akustika, molekulyar fizika, elektr, magnetizm. optika, atom va yadro fizikasi kabi bo'limlarni o'z ichiga oladi.Fizikaning rivojlanishi hamma vaqt boshqa tabiiy fanlar bilan chambarchas bog'liq bo'lib kelgan. Uning rivojlanishi biofizika, kimyoviyfizika, astrofizika, geofizika va boshqa fanlar yaratilishiga olib keldi. Elektronmikroskop rentgsnostruktura analiz qurilma sharidan foydalanish biologiya va kimyoda molekula hamda hujayralarni vizual kuzatish. Kristollarning tuzilishi, murakkab biologik sisgematarni o'rganishda qimmatbaho ma'lumotlarni olishga yordam berdi. Hozirgi kunda Respublikamiz Fanlarakademiyasi qoshidagi fizika-texnika ilmiy tadqiqot instituti, Yadro fizikasi instituti, U. O. Orifov nomidagi Elektronika ilmiytadqiqot instituti, boshqa qator ilmiy tekshirish institutlari va oliygohlarda fizikaning turli muammolarini hal qilishga oid ilmiy ishlar olibborilmoqda. O'zbek olimlari fizikaga oid darsliklar, ilmiy ommabop asarlar, atamalar lug'ati va boshqa adabiyotlar yaratdilar. Respublikamizda fizikafani rivojlantirishda U. O. Orifov, S. A. Azimov, S. U. Umarov, G'. E. Umarov, M. S. Saidov, M. M. Mo'minov,

'^KOHOMHKa h ^HyMM №12(79) 2020

www.iupr.ru

15

R. X. Mallin, A. Q. Otaxojayev. R. B. Bekjonov va boshqa olimlarning xizmatlari katta.Molekulyar fizika - fizikaning turli agrégat xolatlardagi jismlarning fizik xossalarini ularning molekulyar tuzilishlari asosida qarab chiqiladigan bo'limidir.

Molekulyar fizika jismni tashkil qilgan atomlar, molekulalar va ionlar xarakati va o'zaro tasirini o'rganish bilan bog'langan.Moddaning tuzilishi xaqidagi dastlabki tasavvurlar qadim zamonlardayoq paydo bo'lgan edi. Qadimgi grek faylasuflari bundan ikki ming yil oldin olamdagi xamma narsa bo'linmaydigan juda kichik zarra -atomlardan tashkil topgan deb tasavvur qilgan edilar. Grek olimi Demokrit (E. A 460 - 370 yillar) quyidagicha yozadi: "xamma narsa atomlardan tashkil topgan ... narsalar bir - biridan o'zlarini tashkil qilgan atomlar, ularning tartibi va vaziyatlari bilan farq qiladi ...". Qadimgi atomislarning moddaning tuzilishi xaqidagi tasavvurlari faqatgina faraziy tusga ega ekanligini xisobga olish kerak. O'rta asrlarda atomistik talimotning tarafdorlari davlat tomonidan ta'qib ostiga olingan, chunki ularning bu talimoti jismlarning xossalarini tabiiy sabablari bilan tushuntirib odamlarning yaratuvchisiga xudoga bo'lgan etiqodini yo'qotadi, deb o'ylaganlar - 1026 yilda Fransiya oliy sudi atomistiktalimotni tarqatishni o'lim jazosiga maxkum etish xavfi ostida taqiqlab qo'ydi. O'rta asrda atomistik gipoteza cherkov taqibi ostida unutildi. Faqatgina XVII asrda I. Nyuton molekulalar fazoda bo'sh joyni to'ldirishga intilishi xaqidagi tasavvurdan kelib chiqqan xolda gazlarning kengayishini tushuntirib berishga xarakat qildi. XVIII asrda molekulyar kinetik nazariyaning jonkuyar tarafdori va targ'ibotchisi M.B. Lomonosov edi.

1738 yilda molekulyar nuqtai nazaridan gazlar bosimini tushuntirish uchun miqdoriy xisoblashlarni qo'llagan birinchi olimlardan biri peterburg fanlar akademiyasining azosi D. Bernulli edi.Fizikada molekulyar nazariyaning qat'iy ilmiy rivojlanishi taxminan XIX asrning ikkinchi yarmida boshlandi. Nemis fizigi R. Klauzius, ingliz fizigi J. Maksvell va Avstriya fizigi L. Bolsman atom -molekulyar nazariyaga asos soldilar. Biroq, atom - molekulyar nazariya mislsiz ilmiy natijalariga qaramasdan bir qator yirik olimlar tomonidan qattiq qarshilikka uchradi. E. Max va B. Ostvald kabi mashxur fiziklar XIX asr oxiri XX-asr boshida atomning mavjudligini inkor etdilar.

XX asr boshida atom - molekulyar nazariyaning ishlanmasi ustida va uning tajribada tasdiqlanishida A.Eynshteyn, J. Perren, O.Shtern va boshqalar kabi mashxur fiziklar ish olib bordilar. Ular tomonidan molekulalarning real mavjudligini rad qilib bo'lmaydigan isbotlarigina olingan bo'lmay, balki ularning o'zaro tasiri va xarakatining qat'iy nazariyasi - molekulyar -kinetik nazariya (MKN) yaratildi.

O'quvchilarni fizika faniga qiziqtirish, bu fanni o'qitish sifat va samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalaridann foydalanish qo'l keladi. Ular yordamida fizika fanidan o'quv eksprementlari, namoyish tajribalar, amaliy mashgulotlarni talab darajasida o'tkazish mumkin. O'quvchilarga faqat murakkab nazariy bilimlar berish emas, balki ularni yangi

pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib, zarur o'quv materiallari asosida o'qitish, ularning mustaqil bilim olishini tashkil etish kerak. Biz yuqorida aytganimizdek, o'quvchilar va boshqa qatnashchilar xotirasida uzoq vaqt saqlab qolishlari uchun ma'ruzalar 5-6 minut atrofida bo'lib, savollar ham qiziqarli, aniq bo'lsa, o'quvchilar zerikib qolmaydi. Savollarni ham sharoitga qarab ko'paytirish yoki kamaytirish mumkin. Maktablarda tashkil etilgan bunday to'garak va bahs kechalari o'quvchilar qalbida Vatanimizning fan va texnika sohasida erishgan yutuqlaridan faxrlanish hissini uyg'otadi. O'quvchilar to'garakda va bahs kechasida respublikamiz olimlari, injener-texniklari erishgan va qo'lga kiritgan yutuqlari bilan tanishadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Kudryavsev P.S, Краткий курс истории физики, Moskva, 1974

2. M.N.Rahmatov, Vatanimiz fiziklari, Toshkent, 1983

3. M.Ahadova, O'rta Osiyolik mashhur olimlar va ularning matematikaga doyr ishlari, Toshkent, 1983

4. Классическая наука Средней Азии и современная мировая цивилизация, Toshkent, 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.