Научная статья на тему 'SANOAT KORXONALARI RAHBAR VA MUTAXASSISLIKLARINING MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA BILIMLARINI TEKSHIRISHNI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI'

SANOAT KORXONALARI RAHBAR VA MUTAXASSISLIKLARINING MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA BILIMLARINI TEKSHIRISHNI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
34
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli iqtisodiyot / raqamlashtirish / mehnat muhofazasi / xavfsizlik texnikasi / yo‘riqnoma / model / modul / raqamli platforma / digital economy / digitization / labor protection / safety technique / guideline / model / module / digital platform

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Muradov Sirojiddin Husan O‘g‘li

Maqolada raqamli iqtisodiyot va uning afzalliklari, mehnatni muhofaza qilish sohasida raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zaruriyati va ahamiyati hamda afzalliklari yoritilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha xodimlarni o‘qitish va ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazishni raqamlashtirish modeli hamda uning mazmuni to‘g‘risida qisqa ma’lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL BASIS OF ORGANIZATION OF EXAMINATION OF KNOWLEDGE OF LABOR PROTECTION OF MANAGER AND SPECIALISTS OF INDUSTRIAL ENTERPRISES ON THE BASIS OF DIGITAL TECHNOLOGIES

The article highlights the necessity and importance of implementing digital technologies in the field of labor protection, as well as its advantages. It also introduces a model for quantifying the training of employees in occupational safety and health, as well as assessing their knowledge

Текст научной работы на тему «SANOAT KORXONALARI RAHBAR VA MUTAXASSISLIKLARINING MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA BILIMLARINI TEKSHIRISHNI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI»

SANOAT KORXONALARI RAHBAR VA MUTAXASSISLIKLARINING MEHNAT MUHOFAZASI BO'YICHA BILIMLARINI TEKSHIRISHNI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISHNING

NAZARIY ASOSLARI

Muradov Sirojiddin Husan o'g'li

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti stajyor-o'qituvchisi siroj iddinmuradov0@gmail. com

Annotatsiya: Maqolada raqamli iqtisodiyot va uning afzalliklari, mehnatni muhofaza qilish sohasida raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zaruriyati va ahamiyati hamda afzalliklari yoritilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha xodimlarni o'qitish va ularning bilimlarini sinovdan o'tkazishni raqamlashtirish modeli hamda uning mazmuni to'g'risida qisqa ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Raqamli iqtisodiyot, raqamlashtirish, mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi, yo'riqnoma, model, modul, raqamli platforma.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ ПРОВЕРКИ ЗНАНИЙ

ПО ОХРАНЕ ТРУДА РУКОВОДИТЕЛЕЙ И СПЕЦИАЛИСТОВ ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ НА ОСНОВЕ ЦИФРОВЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ

Мурадов Сирожиддин Хусан угли

Стажер-преподаватель Каршинского инженерно-экономического института

[email protected]

Аннотация: В статье описаны цифровая экономика и ее преимущества, необходимость и важность применения цифровых технологий в сфере охраны труда, а также преимущества. Приведены краткие сведения о разработанной автором модели цифровизации обучения и проверки знаний работников по технике безопасности и охраны труда и ее содержании.

Ключевые слова: цифровая экономика, цифровизация, охрана труда, техника безопасности, методология, модель, модуль, цифровая платформа.

THEORETICAL BASIS OF ORGANIZATION OF EXAMINATION OF

KNOWLEDGE OF LABOR PROTECTION OF MANAGER AND SPECIALISTS OF INDUSTRIAL ENTERPRISES ON THE BASIS OF

DIGITAL TECHNOLOGIES

Muradov Sirojiddin Husan ugli

Intern-teacher of the Karshi Institute of Engineering and Economics siroj iddinmuradov0@gmail. com

Abstract: The article highlights the necessity and importance of implementing digital technologies in the field of labor protection, as well as its advantages. It also introduces a model for quantifying the training of employees in occupational safety and health, as well as assessing their knowledge.

Keywords: digital economy, digitization, labor protection, safety technique, guideline, model, module, digital platform.

KIRISH

Raqamli iqtisodiyotga o'tish zamon talabi va O'zbekistonni yaqin yillarda rivojlantirishning ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Yangi avlod raqamli texnologiyalari - sun'iy intellekt, robototexnika, internet, simsiz aloqa texnologiyalari va boshqalarning paydo bo'lishi ishlab chiqarish, biznes va ijtimoiy sohadagi faoliyat modellarini o'zgartirishni talab etmoqda. Yangi raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish infratuzilma va huquqiy muhitni shakllantiruvchi butun mamlakatning ham, alohida kompaniyalarning ham xalqaro raqobatbardoshligini belgilab bermoqda. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va odamlar hayotini osonlashtirish uchun raqamli texnologiyalar va innovatsion yechimlar iqtisodiyotning turli tarmoqlari va jamiyat hayotiga faol joriy etilib, qo'llanilmoqda. Raqamli texnologiyalar davlat boshqaruvi, bank ishi, sanoat, tibbiyot va xavfsizlikni ta'minlashda qo'llaniladi. Mamlakatimiz kelajagi raqamli texnologiyalarning keng joriy etilishi va qo'llanilishi bilan chambarchas bog'liq [1,2].

Boshqa sohalar kabi O'zbekistonda mehnat muhofazasini raqamlashtirish ham o'ta muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Chunki davlat va jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri fuqarolarning sog'lom va xavfsiz mehnat qilish huquqlarini ta'minlash hisoblanadi. Taraqqiy etgan ko'pgina davlatlarning tajribasi mehnatni muhofaza qilish madaniyatini rivojlantirish xodimlar uchun ham, ish beruvchilar va davlat uchun ham manfaatli ekanligidan dalolat beradi. Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etmaslik mehnat unumdorligi va ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifatini pasaytiradi [1].

ADABIYOTLAR TAHLILI

Mamlakatimizda sanoat korxonalarida mehnat muhofazasini tashkil etish hamda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha o'qitish va xodimlar bilmini sinovdan o'tkazish masalalari Yuldoshev O'.R., Yormatov G.Yo., Isamuxamedov Yo.U., Zokirova N.Q., Abduraxmonov Q. X., Irmatova A. B. Yunusov B.X. kabi olimlarning o'quv va ilmiy adabiyotlarida o'z aksini topgan[3].

MDH davlatlari korxonalarda mehnat muhofazasini raqamlashtirish masalalari bo'yicha Kovrigo O.V., Timofeev A.V., Ryabova V. Ye., Faynburg G. Z., Ivanov S. Yu., Kalagin I., Titov A., Щemelinin V.,Porochkin D., Kuchumova G. V., Melyakova O. A., 13. Shabunin K. sarev V., Vesnin Ye., Soloveva A., Venediktova A. ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishgan[4].

Raqamli iqtisodiyotning nazariy asoslari xorijlik olim va mutaxassislardan M.A.Shneps-Shneppe, D.Ye. Namiot, P.Vinya, M.Keyn, N.Popper, Ye.Filippov, A. Fork, L.V. Lapidus, D.Bell, M.Kastels, V.Desouza, D.Makkonaz, M.Linch, S.Dirikan, S.Xalford, M.Savaj kabi xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida atroflicha yoritilgan. Jumladan, iqtisodchi olimlar M.A.Shneps, Shneppe va Namiot D.Ye. o'zining tadqiqotlarida qator Raqamli iqtisodiyot, telekommunikatsiya rivojlanishning asosiy bo'g'ini ekanligi va uning xususiyatlari to'g'risida nazariyalarini tadqiq etib o'tishgan. L.V. Lapidus o'z tadqiqotlarida raqamli texnologiyalar evolyusiyasi ta'siri ostida biznes modellarini o'zgartirish nuqtai nazaridan elektron biznes va elektron tijoratni boshqarish bo'yicha nazariy qoidalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan [3].

O'zbekistonlik olimlardan S.S.G'ulomov, R.H.Ayupov, G.R.Boltaboeva, T.Shodiev, T.Z. Teshabaev, Z.M. Otakuzieva, Sh.Mustafaqulov, R.S.Urunov, M.Yu.Jumaniyozova, Z.M.Qurbonov, U.M.Asraevlar ishlarida raqamli iqtisodiyotning nazariy asoslari bayon etilgan. Xususan, Sh.Mustafaqulov o'zining ilmiy izlanishlarida rivojlanishning yangi tendensiyalari va xususiyatlari atroflicha yoritilgan [5].

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida qiyosiy tahlil, umumlashtirish, ekspert so'rovi, raqamli texnologiyalar modellari, platformalar va dasturiy vositalardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi raqamlashtirish odatda aqlli kaskalar, sun'iy intellekt orqali xavflarni aniqlash vositalari va VR ta'lim texnologiyalarini anglatadi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida elektron hujjat aylanishi va elektron raqamli imzodan foydalanish yordamida hujjatlar bilan ishlashni soddalashtirish, ish joyida mehnatni muhofaza qilish madaniyati darajasini oshirish, xodimlarning huquqlarini himoya qilish va yuqori xavflilikdagi ishlar xavfsizligini

ta'minlashda xam muhim rol o'ynaydi. Mehnat muhofazasini raqamlashtirish moddiy xarajatlarni kamaytiradi, vaqt tejaladi, ma'lumotlarni elektron bazasi yaratiladi, ularni uzatish, qayta ishlash va saqlash imkoniyatlari kengayadi, mehnat muhofazasi bo'yicha yo'riqnomalar berish, ishchi-xodimlar bilimini sinash ishlari onlayn formatga o'tadi, hujjatlarni o'tgan sanalar bilan imzolashga chek qo'yiladi, korrupsiya oldi olinadi, ishchi-xodimlarning huquqlari himoyasi mustahkamlanadi hamda hisobotlarda shaffoflik ta'minlandi[6].

O'zbekistonda mehnatni muhofaza qilish O'zbekiston Respublikasining "Mehnatni muhofza qilish to'g'risida qonuni" (2016-yil 22-sentabr, O'RQ-410-son), O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (28-oktabr 2022-yil, O'RQ-798 sonli), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevral, 75-son Qarori. O'zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo'mitasi to'g'risidagi nizom, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish choratadbirlari to'g'risida"gi PK-6079-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish choratadbirlari to'g'risidagi PQ-3832-sonli qarori, Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini yaratish va faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risida NIZOM. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qarori, Mehnat muhofazasi bo'yicha o'qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish to'g'risida NAMUNAVIY QOIDA (272- raqam bilan 1996-yil 14-avgustda O'zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan ro'yxatga olingan) va boshqa shu kabi huquqiy me'yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi[7,8].

Sanoat korxonalarida rahbar va mutaxassis xodimlarni mehnat muhofazasi bo'yicha o'qitish va bilimlarini sinovdan o'tkazish jarayonini raqamlashtirish texnologiyalari, modeli va platformasi.

Sanoat korxonalarida rahbar va mutaxassis xodimlarni mehnat muhofazasi bo'yicha o'qitish va bilimlarini sinovdan o'tkazish jarayoni, unga tegishli huquqiy me'yoriy hujjatlar mazmuni, metodlari va shakl hamda vositalari.

Sanoat korxonalarida rahbar va mutaxassis xodimlarni mehnat muhofazasi bo'yicha o'qitish va bilimlarini sinovdan o'tkazishni atroflicha tahlil qilish va O'zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonuni hamda mehnat kodeksining yangi tahriri asosida sanoat korxonalarida mehnat muhofazasi bo'yicha o'qitish va bilimlarini sinovdan o'tkazishni raqamlashtirishdan iborat.

Sanoat korxonalarida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha xodimlarni o'qitish va bilimlarini sinovdan o'tkazish tartibi va unga oid huquqyi me'yoriy hujjatlarni atroflicha tahlil qilish va ushbu ishlarni raqamlashtirishning zaruriyati va ahamiyatini asoslash;

Xorijda va O'zbekistonda mehnatni muhofaza qilishni tashkil etilishini raqamlashtirish holatini hamda modellarini tahlil etish, ushbu jarayonni raqamlashtirish tartibi, maqsadi hamda asosiy prinsiplarini asoslash;

Sanoat korxonalarida rahbar xodimlar va mutaxassislarni o'qitish va bilimlarini sinovdan o'tkazishning raqamli moedlini hamda platformasini ishlab chiqish.

Platformaning afzalliklarini asoslash va uning xaritasini hamda undan foydalanish tartibi bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Sanoat korxonalarida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo'yicha o'qitish hamda xodimlar bilimini sinovdan o'tkazishning zaruriyati va ahamiyati hamda ushbu jarayonni amalga oshirishning qonuniy me'yorlari asoslangan;

Sanoat korxonalarida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo'yicha o'qitish hamda xodimlar bilimini sinovdan o'tkazishni raqamlashtirishning zaruriyati. Afzalliklari va kutilaytgan natijalar asoslangan. Xodimning kasbiy faoliyaining turli bosqichlarida mehnatni muhofaza qilish bo'yicha o'qitish va bilimlarni sinash uchun korporativ tizimning raqamli modeli yaratilgan;

Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha o'qitish va xodimlar bilimini sinovdan o'tkazishning raqamli platformasi ishlab chiqilgan. Platformada mehnat muhofazasi bo'yicha huquqiy-me'yoriy hujjatlar, kurs o'qishlari va malaka oshirish dasturlari, mehnat muhofazasi bo'yicha xodimlar bilimini sinovdan o'tkazish tartibi, sinov uchun test savollari hamda sinovdan o'tkazish elektron dasturi o'z aksini topgan;

Mazkur platformaning xaritasi hamda undan foydlanish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.1

XULOSA VA TAKLIFLAR

Mehnatni muhofaza qilishda raqamli transformatsiyaning asosiy yo'nalishlaridan biri xodimlarni o'qitish, va bilimlarini sinovdan o'tkazish hisoblanadi. Chunki ushbu jarayon mehnatni muhofaza qilish sohasidagi eng muhim va ko'p vaqt talab qilinadigan jarayonlardan biridir. Ushbu jarayonlarni raqamlashtirish tashkilotda mavjud bo'lgan ta'lim va sertifikatlash jarayonlarini boshqarish tizimini sezilarli darajada yaxshilashi mumkin. Asosiysi, raqamlashtirish darajasi korxonaning haqiqiy ehtiyojlariga mos kelishi, amalga oshirishning murakkabligi va olinishi kerak bo'lgan natijalar nuqtai nazaridan optimal bo'lishi kerak[9,10].

Yuqoridagi talablar asosida korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha o'qitish hamda ishchi-xodimlar bilimini sinovdan o'tkazish ishlarini raqamlashtirish modelini ishlab chiqishda qo'yidagi farazlar nazarda tutilgan[ 13]:

1 https://obucheniepootuz.netlifv.app/

- modelning doimiyligi va barqarorligi, ya'ni model xodimning ishga kirish jarayonidan tashqari uning barcha mehnat faoliyati davrini o'z ichiga olishi zarur;

- model muayyan korxonada ishlaydigan xodimlarni mehnat muhofazasi bo'yicha o'qitish va bilimlarini sinovdan o'tkazish bo'yicha Nizom talablari hisobga olishi shart;

- modelda mehnat muhofazasi bo'yicha o'qitishning asosiy maqsadi belgilangan, ya'ni xodim uchun uning xavfsizligini ta'minlaydigan aniq harakatlar ketma-ketligi o'rin olishi lozim;

- model funksional va uslubiy jihatdan birlashtirilgan, ya'ni mahalliy normativ hujjatlar va muayyan ish amaliyotlari, shu jumladan ularning salbiy oqibatlariga asoslangan yagona o'quv va uslubiy bazaga ega bo'lishi kerakligi hisobga olingan bo'lishi kerak[11.12].

Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati O'zbekiston sanoat korxonalarida mehnatni muhofaza qilishni, jumladan mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha o'qitish va xodimlar bilimini sinovdan o'tkazishni raqamlashtirishning zaruriyati hamda ahamiyatini asoslanganligi, xodimning kasbiy faoliyaining turli bosqichlarida mehnatni muhofaza qilish bo'yicha o'qitish va bilimlarni sinash uchun korporativ tizimning raqamli modeli hamda platformasi yaratilganligi bilan izohlanadi.

Tadqiqotning natijalarining amaliy ahamiyati sanoat korxonalarida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo'yicha xodimlarni o'qitish hamda bilimlarini sinovdan o'tkazish ishlarini O'zbekiston Respublikasining mehnatni muhofza qilish to'g'risidagi qonuni va mehnat kodeksining yangi tahriri hamda amaldagi boshqa huquqiy me'yori hujjatlar asosida qayta ishlab chiqilib, ushbu jarayonlarni raqamlashtirish modeli hamda platoformasini amaliyotga tadbiq etishga tavsiya etilganligi bilan belgilanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

13. Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда // XXI век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С. 51-62. https://doi.org/10.21285/2500-1582-2022-1-51-62.

14. Цифровая трансформация охраны труда. URL:https://iournal.эcostandard.ru/ot/tech/tsifrovaya-transformatsiya-okhrany-truda/

15. Цифровизация — важнейший тренд в сфере охраны труда. URL:https://www.trudcontrol.ru/press/publications/30216/cifrovizaciya-vazhneyshiy-trend-v-sfere-ohrani-truda

16. Rakhimov Oktyabr Dustkabilovich; Muradov Sirojiddin Husan o'g'li. Innovative Technologies in Teachingdirectors and Specialists of Industrial

Enterprises on "Labor Protection"// European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2021/12/29. 80-85.

17. O.D. Rakhimov, Muradov S.H. Digitalization of Instructions on Labor Protection and Safety Techniques. // European journal of life safety and stability (EJLSS). 2022. №24. Р.80-86

18. Тимофеев С. С., Тимофеева С. С. Цифровое будущее охраны труда // XXI век. Техносферная безопасность. 2022. Т. 7. № 1. С. 51-62. https://doi.org/10.21285/2500-1582-2022-1-51-62.

19. Muradov Sirojiddin Husan o'gTi, Xakimov Xurshid Hamidulla o'g'li, & Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30. Retrieved from http://www.eilss.indexedresearch.org/index.php/eilss/article/view/13

20. Rayimkulov A., Murodov S. Some Issues of Safety in the Use of Tower Cranes Used in Construction Projects //JournalNX. - С. 301-308.

21. СИРОЖИДДИН М. НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ БЕЗОПАСНОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ ГРУЗОПОДЪЕМНЫХ КРАНОВ В СТРОИТЕЛЬНО-МОНТАЖНЫХ РАБОТАХ //International journal of advanced research in education, technology and management. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 167-177.

22. Muradov S. CONSTRUCTION-INSTALLATION ISHLARIDA KUTARAMA KRANLARDAN USE FUNDAMENTAL SECURITY OF SUPPLY //Modern Science and Research. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 786-792.

23. Muradov, S. (2024). ASSESSMENT OF THE CHEMICAL SITUATION IN AN ACCIDENT IN FACILITIES USING KTZM. MODERN SCIENCE AND RESEARCH, 3(2), 1142-1152. https://doi.org/10.5281/zenodo. 10701651

24. Muradov S., Usmonov H. MEHNATNI MUHOFAZA QILISHNING RIVOJLANISH TARIXIY BOSQICHLARINI O 'RGANISH //Interpretation and researches. - 2024.

25. https://obucheniepootuz.netlify.app/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.