Научная статья на тему 'SAN’AT VA MADANIYAT MENEJMENTI (BOSHQARUV SAN’ATI) HAQIDA ILMIY YONDOSHUVLAR VA UNING ZAMONAVIY KLASSIFIKATSIYASI'

SAN’AT VA MADANIYAT MENEJMENTI (BOSHQARUV SAN’ATI) HAQIDA ILMIY YONDOSHUVLAR VA UNING ZAMONAVIY KLASSIFIKATSIYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
545
69
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
san’at / madaniyat / menejment / ilmiy yondoshuv. / art / culture / management / scientific approach.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shermatov, Sardor

San’at boshqaruvida qo’llanilayotgan amaliy boshqaruv usullarini o’rganish, umumlashtirish, xulosalar qilish. San’at boshqaruvida kreativlik yutuqlarini O’zbekiston sharoitiga moslashtirish, boshqaruvning yangi texnologik mexanizmlarini o’rganish asosida Respublikamizdagi barcha san’at muassasalari faoliyatini to’g’ri boshqarishga yordam beruvchi tavsiyalarni ishlab chiqish. Tanlangan mavzu nazariy muammolarga bag’ishlangan bo’lsada, maqola yozish davomida faqatgina nazariya bilan cheklanib qolmaslikka, qo’yilgan masalaning amaliy ahamiyatiga ham jiddiy e’tibor berildi. Zero har qanday nazariy fikrdan maqsad amaliy holatni yaxshilash, erishilgan natijaning darajasini sifat jihatidan bir qadar oshirishdir. Mazkur tadqiqot davomida art menejment sohasining ilg’or tajriba va tavsiyalaridan keng foydalanildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SCIENTIFIC APPROACHES TO ART AND CULTURAL MANAGEMENT AND ITS MODERN CLASSIFICATION

To study, generalize, draw conclusions about the practical management methods used in art management. Adaptation of creative achievements in art management to the conditions of Uzbekistan, the development of recommendations to help manage the activities of all art institutions in the country on the basis of the study of new technological mechanisms of management. Although the chosen topic is devoted to theoretical problems, during the writing of the article, serious attention was paid not only to the theory, but also to the practical significance of the problem. After all, the goal of any theoretical idea is to improve the practical situation, to increase the level of the achieved result in terms of quality. The study made extensive use of best practices and recommendations in the field of art management.

Текст научной работы на тему «SAN’AT VA MADANIYAT MENEJMENTI (BOSHQARUV SAN’ATI) HAQIDA ILMIY YONDOSHUVLAR VA UNING ZAMONAVIY KLASSIFIKATSIYASI»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

SAN'AT VA MADANIYAT MENEJMENTI (BOSHQARUV SAN'ATI) HAQIDA ILMIY YONDOSHUVLAR VA UNING ZAMONAVIY

KLASSIFIKATSIYASI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-549-554

Sardor Shermatov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, "Madaniyat va san'at sohasi menejmenti" yo'nalishi, 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

San'at boshqaruvida qo'llanilayotgan amaliy boshqaruv usullarini o'rganish, umumlashtirish, xulosalar qilish. San 'at boshqaruvida kreativlik yutuqlarini O'zbekiston sharoitiga moslashtirish, boshqaruvning yangi texnologik mexanizmlarini o'rganish asosida Respublikamizdagi barcha san'at muassasalari faoliyatini to'g'ri boshqarishga yordam beruvchi tavsiyalarni ishlab chiqish. Tanlangan mavzu nazariy muammolarga bag'ishlangan bo'lsada, maqola yozish davomida faqatgina nazariya bilan cheklanib qolmaslikka, qo'yilgan masalaning amaliy ahamiyatiga ham jiddiy e'tibor berildi. Zero har qanday nazariy fikrdan maqsad - amaliy holatni yaxshilash, erishilgan natijaning darajasini sifat jihatidan bir qadar oshirishdir. Mazkur tadqiqot davomida art menejment sohasining ilg'or tajriba va tavsiyalaridan keng foydalanildi.

Kalitso'zlar: san'at, madaniyat, menejment, ilmiyyondoshuv.

SCIENTIFIC APPROACHES TO ART AND CULTURAL MANAGEMENT AND ITS MODERN CLASSIFICATION

ABSTRACT

To study, generalize, draw conclusions about the practical management methods used in art management. Adaptation of creative achievements in art management to the conditions of Uzbekistan, the development of recommendations to help manage the activities of all art institutions in the country on the basis of the study of new technological mechanisms of management. Although the chosen topic is devoted to theoretical problems, during the writing of the article, serious attention was paid not only to the theory, but also to the practical significance of the problem. After all, the goal of any theoretical idea is to improve the practical situation, to

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

increase the level of the achieved result in terms of quality. The study made extensive use of best practices and recommendations in the field of art management.

Keywords: art, culture, management, scientific approach.

O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov va Prezident Sh.Mirziyoyevning asarlarida ilgari surilgan g'oya va fikrlar shuningdek, mavzu doirasidagi ilmiy adabiyotlar mavzuni keng yoritilishiga nazariy asos vazifasini o'tadi. Olingan mavzu yuzasidan san'at va madaniyat sohasi menejmenti va marketingi erishgan ilmiy yutuqlarni nazariy umumlashtirish, uning eng ilg'or usul va uslubiyotini ijodiy o'rganish, O'zbekiston san'ati va madaniyatining istiqbolida zamonaviy artmenejment tavsiyalaridan foydalanish. Mazkur ish avvalo madaniyat va san'at xodimlari uchun, madaniy faoliyat va san'at faoliyatini yurituvchi ijodiy muassasalar uchun, madaniyat ishlari tizimining mutaxassislari uchun nazariy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot xulosalari, shuningdek san'at muassasalari, teatrlar, muzeylar, istirohat bog'lari, ko'rgazmalar, kontsert-gastrol birlashmalari faoliyatida ham nazariy jihatdan qo'llanilishi mumkin. Qolaversa san'atni boshqarish bilan, san'at bozori bilan shug'ullanuvchi artmenejerlar uchun bizning ishimiz amaliy ahamiyat kasb etishiga umid qilamiz.

Menejment - bu inglizcha so'z bo'lib, ingliz tilining Oksford lug'atida berilgan ta'rifga binoan u:

• boshqaruv xokimiyati va san'ati;

• resurslarni boshqarish bo'yicha a'loxida moxirlik va ma'muriy ko'nikmalar tushuniladi.

Madaniyat va san'at sohasi menejmenti esa madaniyat va san'at muassasalaridagi jarayonlarni va personallarni boshqarish demaktir.

Madaniyat va san'at sohasi tarixi qadimiydir. Uning tub ildizlari insoniyatning ilk uyushuvlari davriga borib taqaladi. Ilk uyushuv shakllari ilmiy adabiyotlarda tosh, bronza, temir davrlarida tarkib topganligi talqin etiladi. Bu davrda odamlarning madaniy ijtimoiylashuvi hayotni ta'minlash, uning barqaror davomiyligini belgilash zaruratidan yuzaga kelgan. Hayotning moddiy tomonlarini ta'minlash uchun odamlar bir-birlariga ov qilish, baliq tutish, ekin ekish, teskari insni o'ziga jalb etishga erishishni turli o'yinlar, mashqlar tarzida o'rganib borganlar. O'rgatish uzluksiz, doimiy davom etgan. O'rgatish uzluksizligi va doimiyligi ta'limning alohida soha sifatida shakllanishiga sabab bo'lgan. Demak madaniyat sohasi faoliyatini ta'limning asosi deyish mumkin.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Hozirgi globallashuv jarayoni mehnat mentalitetiga ham o'z ta'sirini o'tkazadi. "Keyingi vaqtlarda tashkilot madaniyati degan termin ilmiy muomalaga ham kiritildi. Ushbu masala bo'yicha tadqiqot olib borayotgan taniqli sotsiolog M. Bekmurodovning fikricha, tashkilot madaniyati muassasaning nafaqat ishchanlik xususiyatini ifodalaydi, balki tashkilotga xos bo'lgan madaniyatning har bir xodim xatti-harakatlarida aks etishi, shaxsning fe'l-atvorlari motivi darajasiga yuksalishini nazarda tutadi. Tashkilot madaniyati xodimlar tomonidan o'z-o'zicha o'zlashtirilmaydi, balki rejali asoslarda izchillik bilan mutaxassislar ongi, ruhiyatiga singdirib boriladi".

Madaniyat doirasi - zamonaviy menedjment xam o'zidagi bor xususiyatlarga asoslanib, madaniyat doirasidagi muassasalar bilan juda muhim xamkorlik olib boradi: homiylikning keng yoyilishi, xayriya, jamoatchilik o'rtasidagi turli aloqalar (Public relations), bularsiz xech bir amal yuzaga chikmaydi.

Madaniyat va san'at sohasi menejmentining dastlabki ko'rinishlaridagi faoliyati hisoblangan madaniyat va san'at sohasi menejmentining yuqori bosqichi odamlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qo'shimcha kasblar, hunarlarni o'rganish, qiziqishlar asosidagi klublar, to'garaklarda faoliyat yuritish singari mashg'ulliklar tarzida amal qila boshladi.

Shuningdek, madaniyat va san'at sohasi menejmenti turmush tarzini bezash, an'ana va urf-odatlarni o'tkazish, diniy marosimlarni, tabiat va rasmiy bayramlarni nishonlash shaklida ham namoyon bo'la bordi. Shu tariqa madaniyat va san'at sohasi menejmentining odamlar hayotida mustahkam joylashganligining asosiy omillari oydinlashdi.

San'at sohasi boshqaruvi kasbining imkoniyat doirasi keng bo'lib, bozor munosabatlarining talab va taklif tamoyili talablari asosida erkin faoliyatlarni yo'lga qo'yishga yo'naltirilgan.

San'at sohasi boshqaruvining tamoyillari bir-biridan aloxida xolda mavjud bo'lmaydi, ular yaxlit tizimni tashkil etadi va ularning xar biri bo'sh vaqt sharoitida ommaning madaniyat va san'at sohasi menejmentiida yagona jarayonning ajralmas qismini ifodalaydi. Ijtimoiy-madaniy faoliyatning tamoyillari madaniyat va san'at sohasi menejmentining mavjud konuniyatlarini aks ettiradi va barchasi birgalikda ijtimoiy-madaniy ishlarning xarakteri, mazmuni va shakllarini belgilaydi. Bu tamoyillardan birining bo'lmasligi umumiy bir butunlikning buzulishiga olib keladi.

San'at sohasi boshqaruvi aholining dam olishini tashkil kilish, ommaga axborot va bilim berish, ommani xavaskorlik ijodiyotiga jalb qilish kabi vazifalarni bajaradi.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Demak, madaniy-ommaviy tadbirlarni tayyorlashda ijtimoiy-madaniy faoliyatning o'ziga xos tashkiliy xususiyatlariga murojaat etish muhim urin tutadi. Ba'zi shakllarda ko'prok axborot beriladi, ba'zilari, asosan, dam olish uchun xizmat qiladi, boshqalari ko'prok madaniy-ijodiy jarayonga qatnashtirishga yordam beradi.

Agar teatrda qo'yilgan pyesani yana bir necha yildan keyin qaytadan sahnalashtirish mumkin bo'lsa, ijtimoiy-madaniy muassasa tadbirlarida bu holat takrorlanmaydi. Biror tadbir stsenariysi sxemasini ikkinchisiga qo'llash mumkin emas. Har qanday yangi stsenariy yangi tuzilishni, yangi mehnatni talab qiladi.

Dunyo globallashib borar ekan, insonlar o'rtasida dunyo xalqlari madaniyatiga qiziqish ortib boraveradi. Kishilar tomonidan san'atning barcha soha va turlariga bo'lgan ishtiyoq va o'rganishlar hamda istemol qilishga talabning ortib borishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu holat esa turli yutuq va muammolarni olib keladi hususan, chet ellik kontekstlarda nodir bo'lmagan san'at shakllari ular talqin qilinadigan tarzda talqin va qabul qilinadimi? Ular haqida tasavur va bilimlar yetarlimi? Globallashuv jarayonida ushbu jarayonlar qanday qilib insonlar ijtimoiy-maishiy turmush tarziga ta'sir etmoqda? Chet el san'ati shakllariga qiziqishning sabablari nima va ular mahalliy, xorijiy va xalqaro bozorga qanday ta'sir ko'rsatadi? Madaniy qadriyatlar va madaniy mablag' bilan taqqoslashning tor doirasi nima? Masalan, g'arb va sharq davlatlari san'at hizmati qay darajada qiyosiy tahlil eta olinyaptimi - degan turlicha savollarni qo'ymoqda bugungi kun.

Yuqoridagi savollar javobi birinchi navbatda san'at menejmenti rivoji va unga bo'lgan davlatning siyosati alohida ahamaiyat kasb etib, rivojlangan davlatlar siyosatidan ham o'rin olganligini kuzatishimiz mumkin.

San'at menejmenti tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini birlashtirib turish juda ko'plab rasmiy va norasmiy yondashuvlarda shaxslar va jamiyat uchun hayot sifatini yaxshilashda juda samarali bo'lishi mumkin.

San'at sohasi boshqaruvi jabhalarida tanqidiy fikrlashning ahamiyati muhim sanaladi. Tanqidiy fikrlash muammoni hal qilish yoki yakuniy natijaga erishish uchun strateglashtirishdan ko'ra katta. Tanqidiy fikrlash bizni intellektual, axloqiy va ijodiy fikrlashni o'rgatadi. San'at sohasi boshqaruvida AQShda xalqaro miqyosda ham san'at asarlarini yaratish yoki galereyalar, muzeylar va madaniyat markazlari uchun ishlashga alohida e'tibor qaratgan. San'atning insoniy sharoitga qanchalik muhim ekanligini tushunish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishdi. Insonlar hayotida san'atga ega bo'lish san'atdan hayratlantirish imkoniyat beradi. San'at

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

boshqaruvchilari tomonidan istemolchilarning qiziqish va istaklari doimiy ravishda turli tadqiqot va so'rovlar olib borishdi. Turlicha savollar bilan yondashishdi. Men nima izlayapman? Men nimani tinglayapman? Men nimani o'qiyman? Bu rassom nima deyishga urinadi? Qanday his etaman? Ushbu muallifni etkazishga harakat qilayotgan narsa nima? Reaktsiyalar katta farq qilishi mumkin.

Odamlar ijodiy muhitda yanada qulayroq bo'ladi. Fikrimiz va tanamiz bo'shashganda, g'oyalar va ilhomlar bizga kuch-quvvat bag'ishlaydi. Ba'zilar bu tajribani ilohiy aralashuv yoki oqim ichida bo'lish deb hisoblashadi.

San'at va san'at boshqaruvi. Zamonaviy san'at sohasi bugungi kunda an'anaviy tasviriy san'at, mashhur va tijoriy san'at, folklor san'ati va raqamli san'atning yangi shakllarini o'z ichiga qamrab oladigan darajada rivojlanmoqda.

San'at menejmenti ko'p narsalar bir vaqtning o'zida sodir bo'lgan keng maydondir. Xorijlik olimlar tomonidan san'at menejmenti yuzasidan ko'plab ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borish bilan birgalikda kitoblar nashr etilmoqda.

DeVereauxning "Madaniy boshqaruv sohasi" deb nomlangan tadqiqotlari ko'pgina yozuvchilarni san'at va madaniyat sohalarida boshqaruv nazariyalari va amaliy ko'nikmalari tahlil qilingan.

Aleksandr Brkich tomonidan "San'at boshqaruvchisining o'limi" deb nomlangan asarida san'at menejerlari va rassomlar o'rtasidagi tortishuv va muammolarni, individual va kollektiv amaliyoti haqida ma'lumotlar olishimiz mumkin.

Goran Tomkining yuqori darajadagi san'atga oid boshqaruv jurnallaridagi maqolalarida ham kreativ sa'at sohasi boshqaruvi haqida o'z nuqtai nazarlarini berib o'tgan.

Yuqoridagi olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni o'rganish, san'at sohasi boshqaruvi va san'atni rivojlantirish, san'atni shakllantirish va qo'llab quvvatlashda muhim rol o'ynaydi va madaniy sektorning barcha sohalarida erkinlik va tenglikka erishishga yordam beradi. San'at siyosati va menejmenti bo'yicha san'at va san'at tamoyillari, metod va printsiplari haqidagi tushunchangizni chuqurlashtirishga hizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -Toshkent: O'zbekiston, 2016.

2. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish to'g'risidagi "Harakatlar strategiyasi" O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. -2017 yil.

3. Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" Toshkent: Ma'naviyat, 2008.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

4. Yunusov G. X., Juraev I., Ahmedov R. The European Journal of Arts, Issue

5. O'taganov, R. J. (2020). ta'lim uslubining asosiy afzalliklari. Oriental Art and Culture, (V), 13-19.

6. Аллаберганова, Н., & Камалова, Д. (2021). Процессуальные гарантии адвоката. Общество и инновации, 2(4/S), 63-68.

7. Khasanova, G. K. (2014). Modern trends in the development of education and vocational training in the world. The Way of Science, 68.

8. Хасанова, Г. Х. (2018). Узбекистан, Япония ва Жанубий Корея касб-хунар таълими тизимларининг узига хос хусусиятлари. Современное образование (Узбекистан), (3).

9. Хашимова, С. (2019). On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. Евразийское Научное Объединение,(1-6), 334-338.

10. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

11. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF ФШ CHINESE DREAM" AND Щ ^ Ш ^ ^ " COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.

12. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.

13. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

14. Насирова, С. А. (2022). СИСТЕМА ТИТУЛОВ В ДРЕВНЕМ КИТАЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 93-98.

15. Хашимова, С. А. (2022). АГГЛЮТИНАТИВНАЯ ОСОБЕННОСТЬ СУФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 196-202.

1/2020.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.