Научная статья на тему 'SAMARQAND SHAHRI AHOLI SALOMATLIGIGA SANOAT KORXONALARINING TA’SIRI'

SAMARQAND SHAHRI AHOLI SALOMATLIGIGA SANOAT KORXONALARINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
100
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
EKOLOGIYA / AHOLI SALOMATLIGI / ZAHARLI GAZLAR / ZARARLI CHIQINDILAR / ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abduxoliqova M.A.

Mazkur maqolada Samarqand shahridagi sanoat korxonalarining shahar aholisi salomatligiga ta’siri va ularni bartaraf etish yo’llari haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE INFLUENCE OF INDUSTRIAL ENTERPRISES ON THE HEALTH OF THE POPULATION OF SAMARKAND CITY

This article describes the impact of industrial enterprises in the city of Samarkand on the health of city residents and ways to eliminate them.

Текст научной работы на тему «SAMARQAND SHAHRI AHOLI SALOMATLIGIGA SANOAT KORXONALARINING TA’SIRI»

DOI 10.46566/2225-1545_2023_1_106_18

Abduxoliqova M.A.

Termiz davlat pedagogika instituti talabasi

SAMARQAND SHAHRI AHOLI SALOMATLIGIGA SANOAT KORXONALARINING TA'SIRI

Annotatsiya: Mazkur maqolada Samarqand shahridagi sanoat korxonalarining shahar aholisi salomatligiga ta'siri va ularni bartaraf etish yo'llari haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: ekologiya, aholi salomatligi, zaharli gazlar, zararli chiqindilar, ishlab chiqarish texnologiyalari.

Abdukholikova M.A.

student

Termiz State Pedagogical Institute

THE INFLUENCE OF INDUSTRIAL ENTERPRISES ON THE HEALTH OF THE POPULATION OF SAMARKAND CITY

Annotation: This article describes the impact of industrial enterprises in the city of Samarkand on the health of city residents and ways to eliminate them.

Key words: ecology, public health, toxic gases, harmful waste, production technologies.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab tabiatni muhofaza qilish masalalariga katta e'tibor berib kelmoqda. Davlatning asosiy qonuni Konstitutsiyada ham tabiatni muhofaza qilish masalalariga alohida urg'u berilgan. Tabiat va jamiyat o'tasidagi munosabatlar esa kundan kunga dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O'zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilishga doir bir qancha qonun hujjatlari ishlab chiqilgan bo'lib, tabiatdan foydalanishda ekologik ong va ekologik madaniyatni yuksaltirish asosiy vazifa bo'lib xizmat qiladi.

Ma'lumki, butun tabiiy obyektlar yer, yer osti va yer usti boyliklari, suv, atmosfera havosi, o'simlik va hayvonlar olamining vakillari davlat mulki hisoblanadi. Shu boyliklardan foydalanishning qonun-qoidalari mavjud bo'lib, davlatning muxsus ruxsati bilan shartnoma asosida tabiiy boyliklardan foydalanish maqsadga muvofiq. Davlatning huquqiy qonun-qoidalariga binoan, mamlakatning har bir aholisi toza, sog'lom va go'zal tabiat hamda uning elementlari yer, suv, o'rmon, o'simlik qoplami va hayvonlar vakillarini ijaraga olib foydalanish huquqiga egadir. Tabiatning bebaho ne'matlari havo, suv, tuproq va yer boyliklari davlat va uning huquqiy tashkilotlari tomondan nazorat qilinadi. Har bir tabiiy zaxiradan foydalanish ekologik va iqtisodiy tomondan

rejalashtirilgan dastur asosida olib boriladi va nazorat qilinadi. Huquqiy va tashkiliy davlat nazorati tabiatning holati va uni boshqarish, ekologik nazorat formasi, korxonalararo ekologik nazorat, sanitar ekologik nazorat va jamoatchilik (mahalla tashkilotlari) nazorati o'rnatiladi [1]. Tabiatda ekologik holatning buzilishi tupraq, havo va suvning tiriklik uchun zararli moddalar bilan ifloslanishi, o'simliklar va hayvonlarning turlari kamayib ketishi, o'tloqzorlar, to'qayzorlar va tog' yonbag'irlaridagi buta hamda daraxtlarning kesilishi kabi holatlar natijasida tabiatni muhofaza qilish hozirgi kunning eng dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolmoqda.

Xalq xo'jaligining turli tarmoqlari rivojlanishi tabiiy landshaftlarning tez o'zgarishi, yangi qishloq va shaharlarning paydo bo'lishi aholi sonining ko'payishi, energiya, suv va oziq-ovqatga bo'lgan talabning o'sishidan darak bermoqda. Shu bilan birgalikda inson bu yorug' olamda yashar ekan tabiatdan barcha narsalarni oladi. Bu ijtimoiy, industrial va xo'jalik muammolar, insonning yashash muhiti tubdan o'zgarishiga sabab bo'lmoqda. Tabiatning bir kichkina joyida ekologik holati buzilishi, unga yondash bo'lgan katta maydonlar tabiiy holatining buzilishiga sabab bo'lib natijada turli regionlarning aholis tasir ko'rsatmoqda.

Viloyat statistika bo'limi ma'lumotlarida Samarqand shahrida faoliyat ko'rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni oxirgi 10 yil ichida (2013 -yilda 3895 ta, 2023 yilda 13775 ta) 9880 taga ko'payganligi ko'rishimiz mumkin. Shuningdek viloyatda 2022-yilda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmida Samarqand shahrining ulushi quyidagicha: oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 20,9 %, tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish 93,8 %, to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 28,7%, kiyim ishlab chiqarish 52,2%, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish 11,1%, yog'och va po'kak buyumlar (mebeldan tashqari) 28,0%, pohol va to'qish uchun materiallardan buyumlar ishlab chiqarish 44,1%, qogoz va qogoz mahsulotlari ishlab chiqarish 66,5 %, yozilgan materiallarni nashr qilish va aks ettirish 0,9 %, koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish 39,0 %, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish 89,3 %, asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish 8,7 %, rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish 31,1 %, boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish 82,0 %, metallurgiya sanoati 17,9 %, mashina va uskunalardan tashqari tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish 40,2 %, kompyuterlar, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarish, elektr uskunalar ishlab chiqarish 44,5 %, boshqa toifalarga kiritilmagan mashina va uskunalar ishlab chiqarish 41,7 %, avtotransport vositalari 60,2 %, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarish 96,4 %, boshqa transport uskunalari ishlab chiqarish 16,5 %, mebel ishlab chiqarish 15,3 %, boshqa tayyor buyumlar ishlab chiqarish 58,2 % ni tashkil qilgan.

Samarqand shahrida yaratilgan kichik biznes subyektlaridan tortib barcha korxona va ishlab chiqarish muassasalarining faoliyat yuritishi nafaqat shahar balki viloyat aholisining sifatli mahsulotlarni iste'mol qilishi, shuningdek aholi

daromatlarining yukshalishidan dalolatdir. Ammo sanoat korxonalari soni qanchalik ko'p bo'lsa aholi salomatligi uchun undan chiqadigan zararli chiqindilarning ham ta'siri ko'payib boraveradi.

Shu sababli, atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risidagi turli xil tadbirlar o'tkazilmoqda. O'zbekistonda har bir viloyatning o'ziga xos tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari mavjud bo'lib, Samarqand viloyatning ekologik holati boshqa viloyatlarning ekologik holatidan farq qiladi. Viloyada mashinasozlik, yengil va oziq ovqat sanoati, qurilish materiallari va binokorlik sanoati kabi muhim tarmoqlar joylashgan. Samarqand viloyatda transport tarmoqlaridan chiqadigan chiqindilar ayniqsa viloyat markazi ob havosi uchun zararli bo'lib, aholi sog'lom turmush tarzga katta noqulaylik keltimoqda.

Viloyatdagi sanoat korxonalarini joylashtirishda aholi omilini ham e'tiborga olish kerak. Atrof muhitga zaharli gazlarni va zararli chiqindilarni chiqaradigan korxonalarni shahardan uzoqroqda joylashtirish maqsadga muvofiq. Aholi kundalik ehtyojlar uchun kerakli bo'ladigan mahsulotlarni ishlab chiqaradigan korxonalar aholi manzilgohlarga yaqin quriladi. Ammo boshqa sanoat korxonalari (mashinasozlik, neft-kimyo, qurilish materiallari, biokimyo, yog'-moy va boshqalar) ni aholi manzilgohlaridan biroz uzoqroqda joylashtirish lozim [2].

Birgina Samarqand shahridagi yog' zavodidan chiqadigan har xil hidlar oqibatida, zavod yaqinidagi aholi jabr chekmoqda. Zavodda aholining kundalik ehtiyojlari uchun yog', sovun hamda chorva mollari uchun omuxta-yem maxsulotlari ishlab chiqarilishini inobatga olsak bu korxona viloyat ahamiyati uchun muhim. Ammo zavodning hozirgi ishlash sikli bizningcha talab darajasida emas. Zavodning ishlab chiqarish texnologiyalarini yangilash kerakligi ko'rinib turibdi. Agar shu kabi amaliy tadbirlar shahardagi ishlab chiqarish sikli eskirgan korxonalarda amalga oshirilsa aholi kasallanishining oldini olishi ehtimoldan holi emas.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ergashev A., Yulchiyeva M., Ahmedov O'., Abzalov A. "UMUMIY EK0L0GIYA".Toshkent-2014.

2. Ergashev A., Ergashev T. "EKOLOGIYA, BIOSFERA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH". Toshkent -"Yangi asr avlodi" nashriyoti -2005 yil.

3. Abdimo'Minov T.A., & Abduxoliqova M.A. (2022). SAMARQAND VILOYATI AHOLISI JOYLASHUVINING HUDUDIY JIHATLARI. Экономика и социум, (12-1 (103)), 4-8.

4. Abdimo'Minov T.A. (2022). MINERAL VA SHIFOBAXSH SUVLAR HAQIDAGI BILIMLARNING YEVROPA VA MARKAZIY OSIYO HUDUDLARIDA RIVOJLANISH TARIXI. Экономика и социум, (11-2 (102)), 11-17.

5. Abdimo'Minov T.A., & Muhammadova S.Yo. (2022). AMU-BUXORO VA AMU-QORAKO'L KANALLARI SUVLARIDAN BUXORO VILOYATIDA

SAMARALI FOYDALANISH ISTIQBOLLARI. Экономика и социум, (12-1 (103)), 9-13.

6. Latipov N.F. (2021). FACTORS INFLUENCING THE TERRITORIAL DISTRIBUTION OF THE POPULATION. Экономика и социум, (9 (88)), 105-108.

7. Komilova N.K., & Latipov N.F. (2022). ANALYSIS OF EXISTING METHODOLOGICAL APPROACHES IN ASSESSING THE QUALITY OF THE ENVIRONMENTAL CONDITION OF CITIES. Экономика и социум, (12-1 (103)), 161-165.

8. Vahobov, H., & Yakubov, U. (2008). Basics of recreational geography.

9. Komilova, N. K. (2021). Territorial analysis of medical geographical conditions of Uzbekistan. Current Research in Behavioral Sciences, 2, 100022.

10. Faxriddin o'g'li, L. N., & Erkaboevich, E. H. (2022). The process of urbanization and its relation to the environment. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 188-196.

11. Kalonov, B. H., & Latipov, N. F. (2021). Characteristics Of Geographical Location Of The Population Of Navoi Region. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 25(2), 477-479.

12. Ugli, L. N. F. (2019). Geourbanistic's role in socio-economic geography. International scientific review, (LXV), 47-50.

13. Kalonov, B. H., Latipov, N. F., & Sh, S. M. (2021). Environmental Problems In The Navoi Region Cotton Field. Мировая наука, (4 (49)), 15-18.

14. Karshibaevna, K. N., Kahramonovna, Z. D., & Normurod Faxriddino'g'li, L. (2022). Some problems with creating a medical-geographical atlas map of Uzbekistan. International journal of early childhood special education, 58365840, 13.

15. Латипов, Н. Ф. (2017). Locality and factors affecting the population. Наука и мир, 1(11), 74-75.

16. Latipov, N. (2022). Urboecology-Interdisciplinary Synthesis of Geography and Ecology. Middle European Scientific Bulletin, 24, 16-20.

17. Latipov, N. (2022). Shaharlar va ularning ekologik muhit bilan bog'liqligi. Scienceweb academic papers collection.

18. Latipov, N. (2022). УРБОЭКОЛОГИЯ-ГЕОГРАФИЯ ВА ЭКОЛОГИЯНИНГ ФАНЛАРАРО СИНТЕЗИ. Scienceweb academic papers collection.

19. Комшова, Н., & Латшов, Н. (2022). Класифшащя населених пунклв репону Навой на основi еколопчно! ситуацп та факторiв впливу на здоров'я населення. BicnuK Харшвсъкого нацюналъного ушверситету iMeni ВН Каразма, ceрiя «Гeологiя. Гeографiя. Екологiя», (56), 209-213.

20. Latipov N.F., & Komilova N.K. (2022). INDICATORS OF URBAN ENVIRONMENT ASSESSMENT AND CRITERIA FOR THEIR SELECTION. Экономика и социум, (11-1 (102)), 129-134.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.