Научная статья на тему 'SAMARADOR TEXNOLOGIYALARNI QO`LLASH ORQALI BOSHLANG`ICH TA`LIMNI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI'

SAMARADOR TEXNOLOGIYALARNI QO`LLASH ORQALI BOSHLANG`ICH TA`LIMNI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o‘qіtіsh jarayonі / pedagogіk texnologіya / mahorat / texnіka / usul / samaralі usullar / maqsad / vazіfa / faollіk / pіrovard natіja / kafolatlі ta’lіm.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — O‘Tayev Akram Yo‘Ldoshevich, Kudratova Mam’Ura Turdimurodovna

Mazkur maqolada boshlang‘іch sіnf o‘quv jarayonі samaradorlіgіnі oshіrіshnіng muammolarі va ularnі bartaraf etіshdagі yechіmlarnіng pedagogіk xususіyatlarі ochіb berіlgan. Shunіngdek, boshlang‘іch sіnflarda іlg‘or pedagogіk texnologіyalarnі samaralі jorіy etіsh va ulardan oqіlona foydalanіsh samaradorlіgі haqіda fіkr yurіtіlgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAMARADOR TEXNOLOGIYALARNI QO`LLASH ORQALI BOSHLANG`ICH TA`LIMNI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI»

SAMARADOR TEXNOLOGIYALARNI QOLLASH ORQALI BOSHLANGICH TALIMNI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI

1O'tayev Akram Yo'ldoshevich, 2Kudratova Mam'ura Turdimurodovna

1Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti v.b.dotsenti, (PhD),2Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi BOT-22/16 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11208317

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quv jarayoni samaradorligini oshirishning muammolari va ularni bartaraf etishdagi yechimlarning pedagogik xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, boshlang'ich sinflarda ilg'or pedagogik texnologiyalarni samarali joriy etish va ulardan oqilona foydalanish samaradorligi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: o'qitish jarayoni, pedagogik texnologiya, mahorat, texnika, usul, sa- marali usullar, maqsad, vazifa, faollik, pirovardnatija, kafolatli ta'lim.

Pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo'llash asosida o'quvchilarning ijodkorligi va faolligini oshirish har bir davr uchun muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, «Ta'lim to'g'risida»gi o'qitish jarayoniga ilg'or, zamonaviy pedagogik texno- logiyalarni keng ko'lamda tatbiq etish barcha turdagi ta'lim muassasalari oldidagi eng dolzarb vazifalardan biri ekanligi ta'kidlanadi.

Darhaqiqat, o'qitish jarayonida pedagogik texnologiyalarning qo'llanilishi mashg'ulotlarni rang-barang, jo'shqin, qiziqarli tarzda tashkil etishga olib kelishi bilan o'quv materiallarini o'quvchilar tomonidan yuqori darajada o'zlashtirilishiga keng imkoniyatlar yaratadi.

Ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida darsni tashkil etishda o'quvchi shaxsi asosiy o'rinda turishi, ya'ni o'quvchi ta'lim markazida bo'lishi kerak. Bizda esa hali-hanuz bosh rolda o'qituvchi bo'lishi holatlari kuzatilmoqda. U axborot berish, darsni tezroq o'tish, o'quvchilarni tezroq o'qitish bilan ovora, ammo o'quvchilarning qiziqishlari, bilim darajasi, yangiliklarni qabul qilishi, tushunishi turlicha [3]. Bularni hisobga olish, qanday bo'lsa-da har bir o'quvchini darsda faol ishtirok etishga jalb etish lozim. Dars jarayonida o'quvchi harakatlanuvchi asosiy kuchga ega bo'lishi, ya'ni u o'qish, o'rganish, o'zlashtirish va mutolaa qilishda faol ishtirokchi bo'lishi kerak. O'qituvchi esa o'quvchilarga o'qitishdan o'rganishga, bilim berishdan bilimlarni mustaqil egallashga ko'maklashishi zarur. Shu bilan birga, ularni faol ishtirokchi bo'lish uchun muhit yaratish va mas'uliyatni sezishga yo'llashi kerak.

Pedagogik texnologiyalarni boshqarish o'zida ikki yo'nalishni mujassamlashtiradi:

1. Faoliyatni boshqarish.

2. O'quvchilar jamoasini boshqarish.

Ta'lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari ta'lim jarayonlari mazmunini tahlil qilish uchun qo'llaniladigan an'anaviy kategoriyalardir. Aynan shu kategoriyalar ma'lum predmet, mutaxassislik yoki ixtisoslik bo'yicha o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik kategoriyalar maqsadga muvofiq ravishda yo'naltirilgan pedagogik faoliyatning qonuniyat va mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi.

Pedagogik jarayonning mohiyati o'qituvchi va o'quvchining hamkorlikdagi faoliyati mazmunida aks etadi, mazkur jarayonda pedagog o'quvchiga yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Bu o'rinda ta'lim maqsadlarining belgilanishi (kimga va nima uchun?), ta'lim mazmunini tanlash va ishlab chiqish (nima?), ta'lim jarayonlarini tashkil qilish (qanday?),

ta'lim metodi va vositalarining belgilanishi (nimalar yordamida?), shuningdek, o'quvchilarning ko'nikma va malaka darajasi (kim?), erishilgan natijalarni baholash metodi (qanday yo'l bilan?) inobatga olinishi lozim. Keltirilgan mezonlarning majmuaviy tarzda qo'llanishi o'quv jarayonining mohiyati va texnologiyasini belgilab beradi.

Ta'lim jarayoniga ilg'or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etishda pedagogik vazifaning qo'yilishi va uni hal etishga alohida e'tibor berilishi zarur. Qachonki maqsad va vazifalar aniq belgilab olinsa, ularni amalga oshirish yo'llari to'g'ri tanlansa, Davlat ta'lim standard talablarini o'zlashtirish kafolatlanadi.

Pedagogik vazifani belgilashda quyidagilarni inobatga olish lozim:

• ta'lim maqsadlari asosida o'quv predmeti mazmunini aniqlash;

• o'quv predmetining axborot tuzilmasini ishlab chiqish va uni o'quv mashg'ulotlari tizimi ko'rinishida ifodalash;

• o'quvchilarning o'quv mashg'ulotlarini o'zlashtirish darajalarini avvaldan belgilash;

• o'quvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash;

• moddiy baza hamda ta'limning tashkiliy shakllariga qo'yiladigan chegaralarni belgilash. Boshlang'ich ta'limda yangi pedagogik texnologiyalar asosiy yo'llardan hisoblanadi,

chunki:

• o'quvchining talabi, moyilligi, istakxohishi, uning imkoniyatlari darajasida qondiriladi;

• o'quvchining mehnat mas'uliyati, javobgarligi, burchi oshadi;

• bilimlarni mustaqil egallash, erkin fikrlash, ijodiy yondashuv malakalari shakllanadi;

• har bir yangilikni o'zi tatbiq etish, o'zi kashf etishga intiladi;

• pedagogik texnologiyalarda muayyan muammoni ishlab chiqish ishtirokchilar o'rtasida taqsimlanadi;

• umumta'lim ta'lim dasturi qatnashchisi potensial imkoniyatlarini o'zaro hamkorlik asosida, barchaning sa'y-harakatlarini integratsiyalash orqali rivojlantirishga tayaniladi;

• boshlang'ich ta'limda pedagogik texnologiyalardan barcha fanlar kesimida ta'lim berish jarayonida foydalanish eng samarali vositalardan biri hisoblanadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, boshlang'ich sinf o'quv jarayonini yuqorida ta'kidlangan pedagogik xususiyatlarni inobatga olgan holda tashkil etish dars samaradorligini oshiradi, vaqtni tejaydi, kutilgan pirovard natijaning qo'lga kiritilishini kafolatlaydi. Bunda pedagogik texnologiyaning boshqaruvchanligi shundan iboratki, u orqali ta'lim jarayonida rejalashtirish, tashxis qilish, natijalash, tuzatish kiritish imkoniyatlari mavjud bo'lganligi sababli o'quvchilarda dars jarayonini yaxshi tashkil etishga qulay muhit shakl- lantirish bilan bog'liq jarayondir. Umumta'lim tizimida pedagogik texnologiyalardan amaliy foydalanishning samarali bo'lishi uchun uning metodologiyasini ishlab chiqish va aniq texnologiyalarini yaratish zarur. Umuman, pedagogik texnologiyadan dars jarayonida oqilona foydalanilsa, o'quvchilarning bilimlarini yuqori darajada rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO YXATI

1. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabr «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni.

2. Yo'ldoshev J.G'., Yo'ldosheva F., Yo'ldosheva G. Interfaol ta'lim sifat kafolati. (Bolaga do'stona munosabatdagi ta'lim). - T.: 2018 y. — 11-b.

3. Mallaboev A. O'quvchilar bilan individual munosabatda bo'lishning psixologik asoslari. // Ilmiy-uslubiy maqolalar to'plami. — Andijon, 2016. -27-b.

4. Ochilov F. Pedagogik texnologiyalar asosida tabiatshunoslik darslari samara-dorligini oshirish. // «Tafakkur sarchashmalari» (Magistrantlarning ilmiy-metodik maqolalari to'plami). - T.: 2013. -219-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.