Научная статья на тему 'SAFAVIYLAR VA BUXORO ASHTARXONIYLARINING DIPLOMATIK ALOQALARI (SHOH ABBOS I BOSHQARUV YILLARI MISOLIDA)'

SAFAVIYLAR VA BUXORO ASHTARXONIYLARINING DIPLOMATIK ALOQALARI (SHOH ABBOS I BOSHQARUV YILLARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
384
148
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Valimuhammad / Imomqullixon / Nodir Muhammad / Abdulazizxon / Rustam Sulton / Balx / Subhonqullixon. / Valimuhammad / Imamqullikhon / Nadir Muhammad / Abdulaziz Khan / Rustam Sultan / Balkh / Subhanqullikhon.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ubaydullayev, Abbosxon

Ushbu maqolada Safaviy Shoh Abbos I va boshqa safaviy shohlar davrida Buxoro ashtarxoniy hukmdorlari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar, siyosiy kurashlar va ularning natijalari, hukmdorlar o‘rtasidagi elchi almashinuvlar, ikki davlat ziddiyatlari markazidagi hudud "Balx" uchun kurash haqida malumotlar keltirib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIPLOMATIC RELATIONS OF THE SAFAVIDS AND ASHTARKHANIES OF BUKHARA (EXAMPLE OF THE YEARS OF THE ADMINISTRATION OF SHAH ABBOS I)

This article provides information about the diplomatic relations between the Ashtarkhani rulers of Bukhara during the reign of Safavid Shah Abbas I and other Safavid kings, political struggles and their results, ambassador exchanges between the rulers, and the struggle for Balkh, the area at the center of the conflict between the two states.

Текст научной работы на тему «SAFAVIYLAR VA BUXORO ASHTARXONIYLARINING DIPLOMATIK ALOQALARI (SHOH ABBOS I BOSHQARUV YILLARI MISOLIDA)»

O

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

SAFAVIYLAR VA BUXORO ASHTARXONIYLARINING DIPLOMATIK

ALOQALARI (SHOH ABBOS I BOSHQARUV YILLARI MISOLIDA)

Ubaydullayev Abbosxon

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Email: abbos.daniyarevich@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Safaviy Shoh Abbos I va boshqa safaviy shohlar davrida Buxoro ashtarxoniy hukmdorlari o'rtasidagi diplomatik munosabatlar, siyosiy kurashlar va ularning natijalari, hukmdorlar o'rtasidagi elchi almashinuvlar, ikki davlat ziddiyatlari markazidagi hudud "Balx" uchun kurash haqida malumotlar keltirib o'tiladi.

Kalit so'zlar: Valimuhammad, Imomqullixon, Nodir Muhammad, Abdulazizxon, Rustam Sulton, Balx, Subhonqullixon.

ABSTRACT

This article provides information about the diplomatic relations between the Ashtarkhani rulers of Bukhara during the reign of Safavid Shah Abbas I and other Safavid kings, political struggles and their results, ambassador exchanges between the rulers, and the struggle for Balkh, the area at the center of the conflict between the two states.

Key words: Valimuhammad, Imamqullikhon, Nadir Muhammad, Abdulaziz Khan, Rustam Sultan, Balkh, Subhanqullikhon.

KIRISH

XVII asrlarda Buxoro-Eron munosabatlari o'zaro hal qilib olinmagan va tomonlarning davolari bo'lgan hududlar tufayli ziddiyatli kechdi. Bu ziddiyatlarga Balx hukmdorlari ham jalb qilingan edi. Shayboniylar davrida Eron safaviylari Balxda hukumronlik o'rnatish uchun kurashib mag'lubiyatga ucharadi. Hokimiyat ashtarxoniy hukumdorlardan Valimuhammadxonga o'tishi, safaviylar qattiq xavotirga soldi va yangi to'qnashuvga tayyorgarlik ko'rishni boshladi.

Ashtarxoniylar urushning oldini olish va ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarni yaxshilashni xohlardi. Shu maqsadda ular muzokaralarga kirishdi. Shoh Abbos huzuriga Marv hukmdori - Bektoshxon orqali Bayramaliy Shomlu yuborildi. Ammo yaqinlashib kelayotgan urushning oldini olish uchun bu yetarli bo'lmadi.

Shoh Abbos qirq ming qo'shin to'plab, 1602 yil boshida Xuroson tomon harakatlandi. Ikki oy yaylovlarda bo'lgan armiyasini yangi kuchlar, yem-xashak bilan to'ldirishdi.Tayyorgarlikdan so'ng shoh Meruchakka ko'chib o'tdi va tez orada

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Chechektaga yetib keldi. Vali Muhammad Movorunnaxrga akasi Boqi Muhammadxonga bu haqdagi yangiliklar haqida habar yubordi. Boqi Muhammadxon 1602 yil avgustda Amudaryo sohillariga yetib keldi va undan keyin daryodan kechib o'tib, o'tish joylarida og'ir qorovul qoldirdi va Balxga ketdi. Nihoyat, Pul-Xatobdagi hal qiluvchi jangda Safaviylar mag'lubiyatga uchradi va Shoh Abbos Eronga qaytishga majbur bo'ldi.

NATIJALAR

Shunday qilib, Eron Safaviy hukmdorlari Balx taxtini egallashga urunishi amalga oshmadi. 1605 yilda Shoh Abbos Jahongirni xon qilish uchun yana kurash boshladi. Xuddi shu yili, Johongir Xon Garchistonni va Hazorijotning bir qismini egallab, Ubeh va Shafelanda o'rnashib oldi. Oxirida 1606-yilda u Xazaredxat tog'larida qo'shin to'pladi va Safaviylar qo'shini bilan birga yana Balxga bostirib kirdi. Shohbek ko'kaldosh, Balx hokimi va Maymana, Shibirg'on, Gurzuvon va boshqa joylardagi mahalliy humdorlar o'z qo'rg'onini mustahkamlab, Vali Muhammadxonga xavf-xatarlar haqida xabar berdi. O'sha vaqtda akasi Boqi Muhammadxon vafotidan so'ng Vali Muhammadxon Buxoroga hukmdor bo'ldi.Vali Muhammadxon ularga yordamga Hoji bek boshchiligida katta qo'shin yubordi.

Bu vaqtda Jahongirxon va Salim Sulton Murg'obga yaqinlashib, kechib o'tishdi va Katagani qismlari ularga Meruchakda qo'shildi. Olmar tumanidagi qonli jang sodir bo'ldi va ikkala qo'shinda ham og'ir yo'qotishlar bor edi. Oxir-oqibat, g'alaba Ashtarxoniylarga nasib etdi va Jahongirxon va Salim Sulton va tirik qolganlar Garchistonga qochib ketishdi, ammo u yerda mustahkam o'rnashib ololmay, Ashtarxoniylar qo'shini hujumiga uchrab, o'g'ir qo'qotishlarga uchradilar. Mahmud ibn Valiyning yozishicha, 1606 yilning o'rtalarida ular yana Chekekta va Gurzuvonda paydo bo'ldi. Nodir Muhammadxon,Balxga hokim etib tayinladi, ularga qarshi qo'shin yubordi, lekin ularni u yerda topa olmadilar.

1607 yilda Jahongirxon va Salim Sulton yana Juzjon orqali Balxga bostirib kirishdi, biroq Safaviylar o'z qo'riqchilarini qo'yishga urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.Safaviylar Balxni bosib olish uchun yangi urinishlar qildilar.Ular Buxoro xonini Balx hokimi bilan ziddiyatga borishini uyushtirishga va shu tariqa ularni zaiflashtirishga, keyin esa Balxni bosib qolishga qaror qilishdi.Bunday rejani amalga oshirish uchun imkoniyat paydo bo'ldi.

MUHOKAMA

Ma'lumki, 1610 yilda Vali Muhammadxon va uning jiyanlari Samarqandda hukmronlik qilgan Imomqulli sulton va Balxda hokimi Nodir Muhammadxonlar bilan

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

bo'lgan munosabatlar tufayli yomonlashdi.Ularning mustaqillikga intilishi tufayli vaziyat yanada og'irlashdi. Shoh Abbos qulay fursatdan foydalanib, Buxoro xonini qo'llab-quvvatlashga qaror qildi. Shu maqsadda,1610 yilda Safaviylar elchisi Mirzo Ali Bey Buxoroga keldi va Buxoro elchisi Mirzo Shohmuhammad Isfaxonga yuborildi. Muzokaralar mavzusi ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar bo'ldi. Elchi sharafiga Isfahonda Buxorocha ajoyib ziyofatlari uyushtirildi.

1611 yil boshida Imomqulixon va Nodir Muhammad harbiy harakatlar boshladi va Garmga yetib keldi va Tang-Haram shahrida qarorgoh qurishdi. Vali Muhammadxon Buxoroda ularga qarshi kurashga otlandi va Qarshi va Xo'ja Obi Garm oralig'idagi Katlish hududiga yetib bormasdan turib, u bir qancha samarqandlik beklarning xiyonatidan xabar topdi.Biroq, uning ko'plab tarafdorlari va askarlari unga hiyonat qilib, tark etishdi va sultonlarning birlashgan kuchlariga qo'shildi.

Xon qiyin vaziyatda qolib, Buxoroga qaytib keldi. Vali Muhammadxonning Buxoroni himoya qilishdagi barcha sa'y harakatlari muvaffaqiyatsiz tugadi. Eron Shohining qo'llashi ham yordam bermadi. Keyinchalik Vali Muhammad qatl etildi. 1620 yil oxirida Vali Muhammadxonning o'g'li Rustamxon ikki minglik harbiy qism ko'magida qizilbosh qo'shinlarining yordami bilan Meruchak tomon yo'l oldi. Nodir Muhammadxon o'z qo'shinining bir qismini ularga qarshi yubordi. Shiddatli jang natijasida Safaviylar mag'lub bo'lib Hirot tomonga qochib ketishdi. Rustam Sulton va Safaviylarning chegaralarda faollashishi Nodir Muhammadxonni chegara tumanlarida katta qo'shinlarni ushlab turishga majbur bo'ldi.

Bundan tashqari, qozoq sultonlarining doimiy Movorunnahrdagi hujumlari tufayli katta akasiga yordam berish uchun qo'shinning katta qismini qaytarib yuborishga majbur bo'ldi. Tabiiyki, Nodir Muhammadxon bir vaqtning o'zida ikkita urushda jang qila olmadi va shuning uchun ikki davlat munosabatlarini yaxshilash uchun Shoh Abbos l bilan muzokaralar olib bordi. Bunga 1621 yil oxirida Balx elchisi Poyanda Mirzo qimmatbaho sovg'alar bilan Isfaxonga keldi.Tomonlar mamlakatlar o'rtasidagi tinchlik va do'stlikni mustahkamlashga rozi bo'lishdi. Qimmatbaho sovg'alar, tinchlik va totuvlik to'g'risidagi kelishuv bilan Eron elchisi Muhammad Solih Bek, Shirvonning sobiq vaziri Balxga keldi.Biroq, Shohning "tinchlik" qadami izolyatsiyaga qaratilgan diplomatik nayrang bo'lib chiqdi.

Balx hukumatining Safaviylarning Qandahorga katta yurishi arafasidagi tinchlik kelishuvi Safaviylar uchun muhim edi.Chunki ular Qandahorni bosib olishga qizg'in tayyorgarlik ko'rayotgan edi.

1622 yilda Eronga Balxdan Sayid Ibrohim Xo'ja boshchiligida yana bir elchi yuborildi. Bu voqea guvohi Iskandar Munshiy aytadi:O'sha Balx elchisi shohni Imomqullixon va Nodir Muhammadxonning faqat tinchlik va u bilan do'stlikni

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

hohlayotganiga ishontirdi va ular o'rtasidagi keskinlik sababi Balx chegaralari yaqinida bo'lib turgan Rustam Sultonligi takidlandi va ko'pincha chegara tumanlarini vayron qilayotganidan noroziliklari aytib o'tildi. Elchi munosabatlarni yaxshilash uchun shohga Sulton Rustam qaytarib olishi kerakligi haqida shart qo'ydi. Biroq,shart amalga oshmadi va Rustam Sulton Balxga egalik qilish uchun bosqinlarni davom ettirdi. Nodir Muhammadxon bunga butunlay barham berishga qaror qildi.

1623 yil kuziga tartibsizlar o'chog'i Bala Murg'ob tomon Yalangto'sh bek qo'mondonligi ostidagi katta qo'shinni yo'naltirdi. O'z elchisini Eronga sovg'alar va do'stligini ifodalab yubordi. Shoh Balx elchisi bilan uzoq muzokaralar olib bordi va Nodir Muhammadxon bilan erishilgan kelishuvga ko'ra Balo Murg'ob tumani Eronga berildi.Bu voqealardan keyin Imomqulixon shoh huzuriga odam yuboradi.Uning elchisi Abdulrahim Xo'ja orqali o'z maktubida «do'stlik va tinchlikni mustahkamlashga ishonch va ikki davlat o'rtasidagi do'stlik hohlashini ifodalagan edi". Shoh Abbos I Muhammad Nodirxonga javob yozdi.Uni sobiq Shirvon vaziri Muhammad Solih bek qo'liga topshirdi.Ashtarxoniylar va Safaviylar o'rtasida tinch munosabatlar mavjud edi. 1631-yildan Shoh Safi I (1629—1642) davrida tinchlik buzilgan edi.1631-yilda Rustam Sulton yana Ubeheda paydo bo'lib, bosqinchilikni boshlab yubordi. Balx viloyatining janubi-g'arbiy tumanlarda,ayniqsa Meruchak, Maymana va Juzjon atroflaridagi kurashlar og'ir kechdi. 1632 yil bahorida Hirot va Mashhad hokimlari Zeyin Al xon va Husaynqullixon bilan birgalikda bu bosqin takrorladi va keyin ta'qibchilarid an qo'rqib (Yalangto'sh otaliq, Baki-biya Devonbegi va boshqalar) qochishga majbur bo'lishdi va Meruchakning kuchli chegara qal'asidan boshpana topsihdi.Abdulaziz Sulton qal'ani qamal qildi, lekin uni egallay olmadi.Rustam Sulton va uning ittifoqchilari Abdulaziz Sulton va Yalangto'sh bek bilan sulh tuzdilar.Rustam Sulton va uning ittifoqchilari o'ljani qaytarib berishlari va zudlik bilan Balx xirojiga jo'natishlari sharti bilan qamal to'xtatildi va Shibirg'onga qaytib kelishdi.

1632-1637 yillarda Abdulaziz Sulton bir necha bor bosqinlar uyushtirdi.Xuroson, Hirot va Mashhad tumanlarini talagan, hatto bir marta (1637-yilda) Hirotni bo'ysundirdi.Safaviylar Rustam Sultonni qo'llab-quvvatlashni davom ettirdilar. Bu safar (1630 yildan) Mashhadga joylashdi.Biroq, bu o'zaro vayronkor hujumlar Buxoro xoni va Eron shohi o'rtasidagi diplomatik munosabatlarni davom ettirishga to'sqinlik qilmadi, bunda tomonlar o'z manfaatlarini unutmadilar.1689-yilda Subxonqulixon (1680-1702) Xurosonga safar uyushtirdi. Buxoroliklar Boloye qal'asini egallab olishdi.Murg'ob (zamonaviy Kushkaning shimoli-sharqida) taslim bo'ldi. Keyingi yillarda ikki davlat ham muammolar girdobiga kirib qoldi.Buxoro

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

xonligida amirlarning markaziy hokimiyatga bo'ysunmasligi va iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli ichki kurashlar sodir bo'ldi.Safaviylarda iqtisodiy qiyinchiliklar va afg'onlarning mamlakatga hujumlari Safaviylar hokimiyatini zaiflashtirdi.Bu jarayonlar Nodirshoh hokimiyatga kelgungacha davom etdi.

Xulosa qilib aytganda Abbos I va undan keyingi Safaviylar uchun Buxoro Ashtarxoniylari bilan kurash qiyin kechdi. To'g'ri Shayboniylardek tahdid solmagan bo'lsada Safaviylarga qarshi munosib qarshilik ko'rsatdi. Ikki davlatning manfaatlari to'qnashgan hudud Xurosonning sharqi - Balx va Hirot viloyatlari bo'ldi. Ashtarxoniy sultonlarning kurashi tufayli Balx viloyati Buxoro xonligi tarkibida qoldi. Keyinchalik ikki davlat ham ichki kurashlar girdobida qoldi. Eron Safaviylar davrida ham, Nodirshoh davrida ham Buxoro xonligi bilan doimiy kurashlarga kirdi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Iskandar beg Turkman. Ta'rihi alam-Arayi Abbosiy. - II jild, Tehron, 1387 yil.

2. Xojamquli Bek Balxiy. " Ta'rixi Qipchoq-Xoniy".

3. Ahmedov Bo'ri Ahmedovich "Balx tarixi (XVI - XVIII asrning birinchi yarmi)"

4. Aydog'musog'lu, C. (2014). Safaviylar davlati tarixi, Anqara.

5. Burton, A. (1997). Buxoroliklar: sulolaviy, diplomatik va tijorat tarixi (15501702). Buyuk Britaniya, Curzon Press, London.

6. Muhammad Yusuf Munshiy. Mukimxon tarixi.Tar. A.A. Semyonov. Toshkent, 1956 yil.

7. Fehim, M. (2010). Safaviy shohlari va Astraxoniylar sulolasi o'rtasidagi siyosiy aloqalar, Tarjima: M. Bilol Chelik. Tarixshunoslik, 2.

XULOSA

1982.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.