Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYO XALQLARINING HAJ ZIYORATI TARIXIGA NAZAR'

MARKAZIY OSIYO XALQLARINING HAJ ZIYORATI TARIXIGA NAZAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
180
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Haj / ziyorat / Makka / Madina / Toshkent / Buyuk iak yo‘li / karvon / dengiz / poyezd / хадж / паломничество / Мекка / Медина / Ташкент / Великий Путь / караван / море / поезд.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Marajabov, Bobur Normo‘min O‘g‘li

Musulmonlarning tartibli ravishda, huzur va halovatda muqaddas shaharlarni ziyorat qilib kelishlari, u yerdagi vaziflarni shari'at qoidalariga muvofiq, to‘la-to‘kis ado etishlarini ta'minlash har doim muhim masala bo‘lib kelgan. Islom dinining besh ustunlaridan biri bo‘lgan haj borasida, Qur'oni karimda 25 oyat va alohida bir sura ham nozil qilingan. Ushbu maqolada Markaziy Osiyolik musulmonlarning haj safarlari hamda Chor Rossiyasi mustamlakachilik davrida haj ziyoratining holati o‘z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВЗГЛЯД НА ИСТОРИИ ПАЛОМНИЧЕСТВА НАРОДОВ СРЕДНЕЙ АЗИИ

Для мусульман всегда было важным вопросом посещать святые города организованно, в мире и покое, выполнять свои обязанности в соответствии с нормами Шариата. Что касается хаджа, одного из пяти столпов ислама, в Коране раскрыто 25 аятов и отдельная сура. В данной статье рассматриваются паломничества мусульман Средней Азии и состояние паломничества в колониальный период царской России.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYO XALQLARINING HAJ ZIYORATI TARIXIGA NAZAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MARKAZIY OSIYO XALQLARINING HAJ ZIYORATI TARIXIGA NAZAR

Marajabov Bobur Normo'min o'g'li

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Musulmonlarning tartibli ravishda, huzur va halovatda muqaddas shaharlarni ziyorat qilib kelishlari, u yerdagi vaziflarni shari'at qoidalariga muvofiq, to'la-to'kis ado etishlarini ta'minlash har doim muhim masala bo'lib kelgan. Islom dinining besh ustunlaridan biri bo'lgan haj borasida, Qur'oni karimda 25 oyat va alohida bir sura ham nozil qilingan. Ushbu maqolada Markaziy Osiyolik musulmonlarning haj safarlari hamda Chor Rossiyasi mustamlakachilik davrida haj ziyoratining holati o'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: Haj, ziyorat, Makka, Madina, Toshkent, Buyuk iak yo'li, karvon, dengiz, poyezd

Для мусульман всегда было важным вопросом посещать святые города организованно, в мире и покое, выполнять свои обязанности в соответствии с нормами Шариата. Что касается хаджа, одного из пяти столпов ислама, в Коране раскрыто 25 аятов и отдельная сура. В данной статье рассматриваются паломничества мусульман Средней Азии и состояние паломничества в колониальный период царской России.

Ключевые слова: хадж, паломничество, Мекка, Медина, Ташкент, Великий Путь, караван, море, поезд.

Musulmonlarning muqaddas shaharlari bo'lgan Makka va Madina ziyorati islom dinining arkonlaridan biridir. Saudiya Arabistoni (1932 yildan shu nom bilan ataladi) davlati hududida joylashgan bu sharif shaharlarga har yili 3 million musulmon haj ziyorati uchun boradi. Mamlakat xazinasiga hojilar hisobidan bir yilda 8-10 milliard AQSH dollari miqdorida daromad tushayapti.

Islom dini Arabiston yarim orolida vujudga kelib, ilk bor o'sha hududda targ'ib qilingan bo'lsada, islom ma'naviyati va diniy ilmlar biz istiqomat qilayotgan mintaqada o'zining yuqori cho'qqisiga ko'tarildi. Imom al-Buxoriy, at-Termiziy, Abduqodir Marg'inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq G'ijduvoniy, Xoja Bahovuddin Naqshbandiy kabi ulug' insonlarning ta'limoti yer yuzidagi 120 mamlakatda yashovchi millionlab musulmonlar orasida yuksak hurmatga sazovordir.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Markaziy Osiyo o'lkasida o'zga mamlakatlarga aniq maqsadlar bilan sayohat qilish qadim zamonlardan rivojlangan bo'lib, o'lkamizdagi ilk sayyohlik ko'rinishlari Buyuk Ipak yo'liga borib taqaladi. Bunda milloddan avvalgi II asrda ochilgan Buyuk Ipak yo'lining ahamiyati nihoyatda katta bo'lgan. Bu yo'l faqat savdo-sotiq yo'li bo'lmay, ayni paytda dunyo xalqlari o'rtasida madaniy-ma'rifiy va ilm-fan taraqqiyoti hamda xalqaro aloqalar yo'li bo'lgan. VII-VIII asrlarda arablar Movarounnahrni zabt etish yo'li bilan mahalliy xalqning urf-odati, dini va e'tiqodi, qadimdan rivojlanib kelayotgan madaniyatga o'z ta'sirini o'tkazib, asta-sekinlik bilan islom dini kirib kela boshladi. Mahalliy xalqning islom diniga o'tishi bilan Markaziy Osiyoni Arab mamlakatlari Makkayu Madina bilan bog'ladi. Islom dini farzlaridan biri hajga borish hisoblanib, movarounnahrliklar o'z yurtlaridan chiqib, Afg'oniston, Eron, Iroq, Suriya orqali o'tib, Saudiya Arabistonidagi Makka va Madinada haj amalini bajarganlar. Bu yo'l mashaqqatli, og'ir, bir necha oy va yillarni o'z ichiga olgan bo'lsada, yildan-yilga hajga boruvchilarning soni ortib borgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'rta Osiyo musulmonlarining islom dinining muqaddas joylariga (Makka va Madina) ziyorat qilishlari tarixnavisligi xronologik jihatdan to'rt davrga bo'linadi: 1) O'rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tarkibiga kirishigacha bo'lgan musulmonlarning muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishlari; 2) 1865 yildan 1917 yilgacha musulmonlar ziyorati; 3) Markaziy Osiyo musulmonlarining sovet davridagi ziyoratlari; 4) Sovet Ittifoqidan keyingi Markaziy Osiyoda ziyorat qilish.

XVI asrdan boshlab, haj yo'llarining asosiy qismi usmoniylar davlati nazorati ostiga o'tishi natijasida haj amirlari ham ular tomonidan tayinlanib borilgan. XVIII asrning oxirlariga qadar haj amirlari haj safarlarini tashkil etishda faol bo'lishgan, ammo keyinchalik quruqlikdagi haj yo'llarining nazoratsiz qolishi oqibatida ushbu vazifa amaliy jihatdan o'z ahamiyatini yo'qotgan. Shu jumladan, ushbu holat o'tgan asrlarda O'zbekiston hududidan borgan hojilarning safarlariga ham ta'sir etmasdan qolmagan.

XIX asr oxiri - XX asr boshlariga kelib, dengiz yo'llarining rivojlanishi, qatnovlarning qulaylashib borishi natijasida mazkur haj amiri vazifasi bilan bog'liq tarib-qoidalar izdan chiqa boshlagan. Hojilar o'z yurtlaridan ma'lum guruhlarga bo'linib, port shaharlar bo'lmish Bombey, Odessa, Istanbul, Yaffa shaharlari quruqlikdan esa, Bag'dodda to'plangan holda safar qilishgan. Haj yo'llari mustamlakachi davlatlar nazoratiga o'tishi, dengiz yo'llarining ochilishi va paroxodlar qatnovining yo'lga qo'yilishi natijasida hojilar turli yo'llarda kichik

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

guruhlarga bo'linib yoki yolg'iz holda haj safariga chiqa boshlagan. Bu esa, o'z navbatida, nazoratning yo'qligi, tarqoqlik natijasida turli yuqumli kasalliklar keng miqyosda avj olishiga sabab bo'lgan. Jumladan, Hijozda tarqalgan vabo natijasida, birgina 1890 yilning 22 iyuT va 22 avgust oylariga to'g'ri kelgan haj mavsumida 2535 kishi vabodan vafot etgan. Shundan, 82 nafarini turkistonlik ziyoratchilar tashkil qilgan.

Haj yo'llarida hojilarga yo'l ko'rsatish, tarjimonlik xizmatlarini tashkil etish uchun Makkada mutavviflar (tavof qildiruvchilar) ham faoliyat yuritishgan. Ular hojilarga yo'l ko'rsatish bilan bir qatorda haj ibodatini ado etishlari uchun ham yordam berish. Keyinchalik mutavviflar "dalil" yoki "dallol" deb ham atala boshlangan. Dastlab dallollar Makka voliysining maxsus farmoni bilan tayinlanib, ular asosan Makkada istiqomat qilgan. Jidda, Istanbul va Bombey port shaharlarida esa, ularning vakillari faoliyat yuritgan. Vaqt o'itishi bilan ularning faoliyat doirasi kengayib ziyoratchilarga paraxod va poezdlar uchun biletlar olish, tarjimonlik, musofirxona, mehmonxona va takyalarga joylashtirish kabi xizmatlarni ko'rsatishgan hamda yo'lboshchilik ishlarini ham ular bajarishgan. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida haj yo'llaridagi shaharlarda "Buxorolik dallollar", "Dog'iston dallollari", "Qirim dallollari", "Qozon dallollari"dan iborat bir necha guruh dallollar faoliyat yuritgan. Xususan, bulardan, "Qozon dallollari" va "Buxorolik dallollar" O'rta Osiyodan borgan ziyoratchilarga xizmat ko'rsatgan. Lekin, mazkur asrlarda yozilgan hajnoma va haj ziyorati esdaliklarida dallollar faoliyati qattiq tanqid ostiga olinganini alohida ta'kidlab o'tish o'rinlidir.

Jumladan, 1891 hajga borgan Zokirjon Holmuhammad o'g'li Furqat o'zining haj safari esdaliklarida asli turkistonlik bo'lgan Sulaymonxo'ja ismli bir firibgar dallolning ziyoratchilarga bilet olib berish bahonasida ularni pullarini aldov yo'li bilan olib qo'yayotgani va unga nisbatan Turkiston hukumati tomonidan chora ko'rish kerakligi haqida ham yozadi.

Markaziy Osiyo davlatchiligi tarixidan ma'lumki, davlat hukmdorlari ko'p hollarda taxtdan voz kechsa yoxud tushirilsa, oxirat amallarini bajarish, shariat arkonlaridan birini ado etish uchun Makka va Madinaga yo'l oladilar. Ular o'sha yerda vafot etish orzusida Makka va Madinada umrlarining oxirlariga qadar faqirlikda, toat-ibodatda hayot kechiradilar. Taxtdan tushirilgan hukmdorlarga Haj ziyoratiga borish taklifi ko'p hollarda fitna niyatida ham bildirilganligi tarixdan ma'lum. Masalan, 1449 yil Mirzo Ulug'bekka qarshi shunday fitna uyushtirilgan edi. O'rta Osiyo davlatlaridan o'nlab hukmdorlar ma'lum muddat Makka yoki Madinada

yashab, shu yerda vafot etib, dafn etilgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Masalan, Boburiylar davlatida Humoyun va Komronmirzo o'rtasida uzoq kurashlardan keyin, 1555 yil Boburiylarning Afg'oniston hududidagi hukmdori, Boburning ikkinchi o'g'li Komronmirzo suyurg'ollardan mahrum etilib, ko'zlari ko'r qilinib, Haj ziyoratiga yuborilgan. 1557 yilda Makkada vafot etgan shahzoda, shu yerda dafn etilgan. Buxoro xonligida hukmronlik qilgan ashtarxoniy hukmdorlar -Boqi Muhammad, Vali Muhammad, Imomqulixon, Nadr Muhammadxon, Abdulazizxon, Subhonqulixon, Ubaydullaxon, Abulfayzxon,

Abdulmo'minxonlarning ikki nafari Madinada, biri esa Eronda vafot etgan. Biroq ularning har uchalasi ham Madinada dafn etilgan. Din Muhammadxon ibn Jonibekxonning o'g'li, Buxoro xoni Imomqulixon (1611-1642 yillarda hukmronlik qilgan) 1642 yil ukasi Nadr Muhammadxon foydasiga taxtdan voz kechib, Haj

ziyorati uchun Makka va Madinaga yo'l oladi. Madinada ikki-uch yil yashab, shu shaharda Movarounnahrdan borgan ziyoratchilar dam olib ketishlari uchun Chorbog', Makkadagi Ka'baga kiraverish darvozalaridan biriga oltin va kumush

tutqichli yog'och zina qurdiradi. Vafot etgach, Madinadagi Baqia qabristonida dafn etiladi. Uning ukasi Nadr Muhammadxon (1642-1645 yillarda hukmronlik qilgan; 1651 yilda vafot etgan) Buxoro taxtidan mahrum bo'lgach, Balx va Badaxshonda hukmronlik qildi. Eron safaviylari yordamiga tayangan holda Buxoro hokimiyatini qaytarib olishga harakat qildi. Unga safaviy shohlarining yordam berishiga sabab Nadr Muhammadning onasi Mashhad sayyidlaridan bo'lganligi, Eron safaviylari xonadoniga ham qarindoshligida edi. Balx va Badaxshonda uzoq vaqt hukmronlik qilgan xon Makka va Madina ziyoratini ixtiyor qilib, o'sha yerda umrining so'nggigacha qolish uchun shu sharif shaharlar tomon yo'l oladi. Lekin yo'lda, Eronning Simnon viloyatida to'satdan vafot etadi. Uning jasadini Eron shohi ehtirom bilan Madinaga olib borib dafn etishni buyurgan. Shu tariqa, Nadr Muhammadning jasadi Madinaga, Baqia qabristoniga, akasi Imomqulixon qabri yoniga dafn etilgan. Ashtarxoniylarning beshinchi xoni Abdulazizxon (1613-1682 yillarda yashagan; 1645-1681 yillarda hukmronlik qilgan) 1681 yil o'z ukasi Subhonqulixonni Buxoro taxtiga chiqarib, o'zi Umra ziyorati uchun Makka va Madina shaharlariga yo'l olgan. U 1682 yil Madinada 70 yoshida vafot etgan va amaki bobosi (otasi Nadr Muhammadning akasi) Imomqulixon maqbarasi yonida, Baqia qabristoniga dafn etilgan.

Ma'lumki, Rossiya imperiyasi Markaziy Osiyo islomiga nisbatan "aralashmaslik" siyosatini olib bordi. Rossiya imperiyasi O'rta Osiyoni bosib olgandan keyin Arabistonga olib boruvchi yo'llar o'z yo'nalishini o'zgartirganini ham hisobga olishingiz kerak. Agar ilgari ziyoratchilar asosan Hindiston orqali

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

dengiz yo'lidan, Eron va Iroq orqali o'tadigan quruqlik yo'lidan foydalangan bo'lsa, 20-asr boshlarida Odessa porti orqali O'rta Osiyo ziyoratchilarining yo'nalishi Rossiyaning janubiga ko'chib o'tdi. Yana bir muhim faktni qayd etishimiz kerakki, Farg'ona vodiysida paxta tovarining oshishi ziyoratchilarning keskin ko'payishiga olib keldi. Afsuski, Markaziy Osiyo ziyorati haqida yozayotgan barcha tarixchi va sharqshunos olimlar ham bu hodisaga ta'sir ko'rsatgan barcha omillarni hisobga olmaydilar.Bu masalani o'rganishda unga har tomonlama yondashish, tomonlar, ya'ni ma'muriyat ham, hojilarning ham fikrlarini hisobga olish zarur, deb hisoblaymiz. O'rta Osiyo musulmonlari tarixshunosligi muammosi bilan qisman D.Yu.Arapov [1], V.P.Litvinov [2], A.T.Sibgatullina kabi tadqiqotchilar shug'ullangan. Biz A. T. Sibgatullina ishi misolida musulmon ziyoratini tushuntirishning yondashuvlari va modellariga amal qilishga harakat qilamiz. Markaziy Osiyo ziyoratini har tomonlama o'rgangan va o'rganishda davom etayotgan tadqiqotchilardan biri A. Sibgatullinadir [3]. U Rossiya imperiyasining ziyorat sohasidagi siyosatini tanqid qiladi. Uning yozishicha, 19-20-asrlardagi Rossiya hukumati vakillarining fikriga ko'ra, "haj diniy va siyosiy izolyatsiyaga intilish ma'nosida musulmon fanatizmini qo'zg'atish va kuchaytirishning eng kuchli vositalaridan biri bo'lib xizmat qilgan. sunniy musulmonlarning xalq va davlatga tegishli bo'lmagan muhim bosqichlarining qadrli rahbari tomonidan yashirin tan olinishi. Turk padishahi dindorlarning ruhiy va dunyoviy hukmdori sifatida" [3, s. 17]. Bunday siyosiy zaminning mavjudligi ko'pincha Rossiya fuqarolarining Haj ziyoratini ado etishiga to'sqinlik qilgan. Shuni ham ta'kidlash kerakki, uning fikricha, Rossiya hukumati musulmonlarning haj muammolari bilan deyarli shug'ullanmagan. Chet el pasportlarini berish bo'yicha aniq tartibga solish yo'q edi. Ko'p ziyoratchilar, avvalgidek, 20-asrning boshlarida. nazoratsiz va uyushmagan holda chegarani pasportsiz kesib o'tgan.Rossiya va xorijiy kemalar uchun chiptalar sotish tartibga solinmagan, turli yig'imlar undirilishi ustidan nazorat yo'q edi [3, b. 29] Toshkentdan Samaraga temir yo'l ochilgandan so'ng ziyoratchilar ushbu transport usuli bilan sayohat tez va qulay bo'lishini kutishgan. Ammo vagonlar gavjum va musulmon yo'lovchilar uchun moslashtirilmagan. A.Sibgatullina ziyorat paytida epidemiyalar va karantin masalalariga ham e'tibor qaratdi. Qayd etish joizki, musulmonlarning Makkaga yillik haj safari uzoq vaqtdan beri Yevropaga epidemik kasalliklar, xususan, vabo va vaboni olib kirishning mumkin bo'lgan usuli sifatida tibbiy xizmatlar e'tiborini tortgan. Shu sababli, tarkibida musulmon aholisi bo'lgan davlatlar kasalliklarning tarqalish xavfini oldini olish yoki kamaytirish uchun turli choralarni ko'rishga harakat qildilar. 1881-1893 yillarda Hijozda vabo xavfi kuchayganligi sababli Usmonli imperiyasi karantinlar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sonini ko'paytirishga va mavjudlarini isloh qilishga majbur bo'ldi [3, p. 39]. Hijozda tibbiy nazoratni yevropaliklar qo'liga o'tkazish g'oyasi muhokama qilindi, ammo chet el aralashuvini istamagan Sulton Abdulhamid II Hijozda ziyorat qilish sharoitlarini yaxshilash va yuqumli kasalliklarning oldini olishga alohida e'tibor qaratdi. Markaziy Osiyodagi ziyoratchilar harakati rahbari tadqiqotchisi Saidg'ani Saidazimboyeva ham e'tibordan chetda qolmadi. Xabaringiz bor, Saidazimboev ziyoratchilarni Arabistonga jo'natish bo'yicha tashkilotni o'z zimmasiga olishga uringan. A.Sibgatullina ta'kidlaganidek, Saidg'ani Saidazimboyevning shaxsi va uning Rossiyadan kelgan ziyoratchilar harakati yetakchisi sifatidagi rolini aniq baholash qiyin. Bir tomondan, u Rossiya musulmonlari orasida xayriya ishlarining tashabbuskori va tinimsiz tashkilotchisi; va u haqiqatan ham Rossiya temir yo'llari va dengiz orqali Jiddaga ziyoratchilarning harakatlanishi uchun sharoitlarni yaxshilashni xohlagan ko'rinadi. Yana bir narsa, u qanday va qanday vositalar bilan bunga erishdi, musulmon jamiyatining o'zi bunga qanday munosabatda bo'ldi. Saidazimboyevning mehnatsevarligi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlangani ham uning beqiyos shaxs, e'tibor va xotiraga loyiqligidan dalolat beradi [3, b. 65]. 1908 yilda Saidazimboev o'z dindoshlarining muammolari bilan shug'ullanishga qaror qildi.

Vokzal bekatlarida binolarning yo'qligi, ularning musulmon ziyoratchilar uchun yaroqsizligi va milliy taomlardan iborat bufetlarning yo'qligi, deydi Saidazimboyev, ziyoratchilar salomatligiga ayniqsa og'ir ta'sir qilgan. Shuning uchun u birinchi navbatda bu kamchilikni bartaraf etishga qaror qildi. Avvalo, ziyoratchilar yo'lida bir nechta to'xtash joylari (musulmon stantsiyalari) qurish kerak edi: Toshkent, Odessa, Feodosiya.Markaziy Osiyodagi musulmon ziyoratchilarni qabul qilishning markaziy punkti - Toshkentdan Odessa portigacha yo'lovchi poyezdlari butun yo'lni taxminan 8 kunda bosib o'tdi. "Agar 8-9 vagondan iborat ziyorat poyezdlari har kuni kamida 300 ziyoratchini qabul qilsa, - dedi Saidazimboyev, - 27 ta poyezd yoki 216 vagon kerak bo'ladi. Ammo bu vagonlar soni aslida kamayadi, chunki poezdlar butun tashish davrida ma'lum nuqtalar orasida 2-3 marta aylanishi mumkin; Ziyoratchilarni tashish uchun 70 ta vagon yetarli yoki qatnashuvchi yo'llarning har biri ziyoratchilarni tashish uchun 5 tadan vagonni ta'minlashi shart" [3, s. 49].1908 yil 13 mart Saidazimboev rasman ziyoratchilar harakati rahbari etib tayinlandi. Muvaffaqiyatdan ruhlangan Saidazimboyev Odessa, Feodosiya shaharlarida ham xuddi shunday "mahalliy" stansiyalar va ziyorat yo'nalishidagi 14 joyda oziq-ovqat shoxobchalarini qurishni rejalashtirgan. U bir qancha yuk tashish kompaniyalaridan ziyoratchilarni tashish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish bo'yicha takliflar oldi. Saidazimboev bosh agent sifatida ixtiyoriy flot qo'mitasi bilan shartnoma tuzdi, unda,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

xususan, ziyoratchilarni Odessadan Jiddaga (Makkadan eng yaqin port) va Feodosiyaga etkazib berish shartlari va vaqti ko'rsatilgan. Shartnomaga ko'ra, ko'ngilli flot kemalarida musulmonlar uchun turli xil qulayliklar yaratilishi kerak edi, masalan: musulmon dini qonunlari bilan iste'mol qilishga ruxsat berilgan oziq-ovqatlarni etkazib berish, ayollar uchun diniy marosimlar va tahorat qilishlari uchun alohida xonadonlar. , dori vositalarini berish bilan bepul tibbiy yordam va boshqalar Bundan tashqari, ko'ngillilar floti ziyoratchilarga yordam berish istagidan kelib chiqib, eng kambag'al musulmonlar uchun 5% bepul chiptalar berishga qaror qildi. 1908 yilgi ziyorat mavsumi yaqinlashib qoldi va Saidazimboevning ishlari ancha muvaffaqiyatli kechdi. Ammo biráaniga Toshkentda allaqachon quгilgan "mahalliy" vokzal bilan bog'liq muammolar yuzaga keldi. Musulmon yo'lovchilar u yerda to'xtaganda, bir kechada 5 kishi bo'g'ilib vafot etgan. Tekshiruv natijasida tayinlangan taftish komissiyasi yangi stansiyani foydalanishga yaroqsiz deb topdi [3, b. 51]. Barcha muvaffaqiyatsizliklarga qaramay, S.Saidazimboyev musulmonlarni muqaddas ziyoratgohlarga jo'natish boгasidagi "yaxshi" ishini davom ettiгdi. Musulmonlar haj safari qarori avvalo, barcha musulmonlar uchun ikki dunyo saodatiga erishmoqlik, el yurt ravnaqi hamda islom dini taraqqiyoti yo'lida sadoqat bilan xizmat qilmoqlik niyatida amalga oshirilgan. Umuman olganda, haj ziyorati - bir e'tiqod ostida turli rang, turli toifa, turli tabaqa kishilarni umuminsoniy manfaatlar yo'lida birlashtirib, diniy, iqtisodiy, tarixiy va jo'g'rofiy bilimlarni egallashga, shuningdek, tinchlik yrlida hamjihatlikka, huquqiy jihatdan tenglikka xizmat qiladigan diniy, siyosiy, madaniy faoliyat hisoblanadi.

REFERENCES

1. Арапов Д. Ю. Система государственного регулирования ислама в Российской империи (последняя треть — начало ХХв.). M.: МПГУ, 2004.

2. Литвинов В. П. Внерегиональное паломничество мусульман Туркестана (эпоха Нового времени). Елец, 2006.

3. Сибгатуллина А.Т Контакты тюрок -мусульман Российской и Османской империй на рубеже XIX-XX вв. М.: Институт востоковедения РАН, 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.