Научная статья на тему 'SABZAVOTCHILIKDA ISSIQXONALARNING AHAMIYATI, ULARNING TARIXI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI'

SABZAVOTCHILIKDA ISSIQXONALARNING AHAMIYATI, ULARNING TARIXI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
687
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sabzavot / ochiq maydon / himoyalangan yer inshootlari / mikroiqlim / issiqxonalar / hosildorlik / o„g„itlash / konstruksiya / pomidor / bodring

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dinora G‘Ofur Qizi Amankeldiyeva, Go‘Zal Faxriddin Qizi Qo‘Chqorova, Jahona Botir Qizi Saidqulova

Ushbu maqolada aholining oziq-ovqatga bo„lgan talabini qondirish maqsadida sabzavot ekinlarini mavsumdan tashqari davrlarda yetishtirishga ixtisoslashgan himoyalangan yer inshootlarining ahamiyati, ularning turlari, hoslidorligi, O„zbekistonda himoyalangan yer inshootlardan keng tarqalgan issiqxonalarning tarixi, bugungi holati va istiqbollari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SABZAVOTCHILIKDA ISSIQXONALARNING AHAMIYATI, ULARNING TARIXI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-380-384

SABZAVOTCHILIKDA ISSIQXONALARNING AHAMIYATI, ULARNING TARIXI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Dinora G'ofur qizi Amankeldiyeva

Guliston davlat universiteti Issiqxona xo'jaligini tashkil etish va yuritish ta'lim

yo'nalishi talabasi

Go'zal Faxriddin qizi Qo'chqorova

Guliston davlat universiteti Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik ta'lim

yo'nalishi talabasi

Jahona Botir qizi Saidqulova

Guliston davlat universiteti Issiqxona xo'jaligini tashkil etish va yuritish ta'lim

yo'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada aholining oziq-ovqatga bo'lgan talabini qondirish maqsadida sabzavot ekinlarini mavsumdan tashqari davrlarda yetishtirishga ixtisoslashgan himoyalangan yer inshootlarining ahamiyati, ularning turlari, hoslidorligi, O'zbekistonda himoyalangan yer inshootlardan keng tarqalgan issiqxonalarning tarixi, bugungi holati va istiqbollari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Sabzavot, ochiq maydon, himoyalangan yer inshootlari, mikroiqlim,issiqxonalar, hosildorlik, o'g'itlash, konstruksiya, pomidor, bodring.

KIRISH

Ekinlarni mavsumdan tashqari davrlarda o'stirish maqsadida, sun'iy mik-roiqlim sharoitlarini yaratish yoki tabiiy mikroiqlim sharoitlarini yaxshilash maqsadida jihozlanib qurilgan inshootlar va yer maydonlari himoyalangan yer deb ataladi. Foydalaniladigan inshoot turiga ko'ra ularni hayotiy omillarga ta'siri turlicha bo'lib, bunda bir-ikki omilni biroz o'zgartirish yoki sun'iy mik-roiqlimni to'liq yaratishga to'g'ri keladi. Shundan kelib chiqqan ayrim hollarda, "Yopiq yer" atamasini qo'llash - o'simliklarni noqulay sharoitdan saqlash tarmog'i mohiyatini aks ettirmaydi. Shuning uchun bu atamani (terminni) sabzavotchilikda qo'llash noto'g'ri, "himoyalangan yer" deb yuritish esa maqsadga muvofiqdir.

Himoyalangan yer, shu bilan birga, oz hajmda meva (xususan subtropik va

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-380-384

sitrus o'simliklari), meva-rezavorlarni yetishtirish, qimmat baho mevali va o'rmon o'simliklari ko'chatini tezlashtirib yetishtirishda, seleksiya jarayonlarida yangi navlar yaratishni tezlatish va vitaminga boy tezpishar o'simliklarni ko'paytirishda va chorva mollarini oziqlantirish uchun suv o'tlarini ko'paytirishda foydalaniladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Jahon bashoratiga ko'ra o'simlikshunoslik uchinchi ming yillikda rivojlan-gan mamlakatlarda tom (himoyalangan yerga) ostiga o'tadi. Bu, ob-havo va iqlimga bog'liq bo'lmagan holda issiqxonada mahsulot ishlab chiqarish ochiq maydondagiga nisbatan birnecha marta ko'p hosil olishni ta'minlashidan kelib chiqqandir. Zamonaviy issiqxonalar, maydoni nur o'tkazadigan yopqich bilan qoplangan, sun'iy iqlim bilan ta'minlangan, kichik hajmli muhitda o'simliklarni mexanizatsiya hamda avtomatlashtirilgan holda yetishtirish va ishlab chiqarish jarayonlarini o'ziga mujassamlashtirigan ekologik tizim variantidir.

Himoyalangan yer sabzavotchilikda juda keng qo'llaniladi. Himoyalangan yer inshootlarida sabzavotlarni hamda ochiq va himoyalangan yer uchun sabzavot ko'chatlarini yetishtirish himoyalangan yer sabzavotchiligi deb ataladi. Bu o'simlikshunoslikning bir tarmog'i hisoblanib, sabzavotchilikning bir shaklidir.

Mamlakatimizning iqlim sharoiti ochiq maydonda yil mobaynida sabzavotlarni mavsumlarda uzluksiz yetishtirishga imkon bermaydi. Sabzavot ekinlarining mahsulotini 80-90% hosili yoz va kuzda (may-noyabr) yetiladi va yig'ishtiriladi. Yangi sabzavotlar yoki ularni qayta ishlangan mahsuloti esa yil mobaynida muntazam ravishda va bir me'yorda iste'mol qilinishi kerak.

Himoyalangan yer sabzavotchiligining vazifasi quyidagi asosiy masalalarni yechishga qaratilgan:

1) mavsumdan tashqari (ochiq maydonda o'sishi mumkin bo'lmagan vaqtda) davrda yuqori sifatli sabzavot mahsulot ishlab chiqarish;

2) ochiq maydonda ko'chat orqali eng erta hosil yetishtirish;

3) ochiq yerda yetishtirilgan sabzavotlarni tezlashtirib o'stirish va mevala-rini yetiltirib olish va rang oldirib shakllantirish;

4) sabzavot ekinlarini shimoliy mintaqalarga siljitish va ular turlarini ko'paytirish;

5) issiqxonada yetishtiriladigan issiqsevar ekinlar nav va duragaylari urug'larini ishlab chiqarish;

6) ikki yillik sabzavot ekinlari onaliklarini dalaga ekishdan oldin o'stirib

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-380-384

olishga qaratilgan.

Himoyalangan yer sabzavotchiligi oldidagi vazifalar, vositalar va ularni hal etish yo'llari bu tarmoqning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Himoyalangan yer sab-zavotchiligida ishlab chiqarishni tashkil qilish yetishtirish texnologiyasi va iqtisodiy ko'rsatkichlar ochiq yer sabzavotchiligidan tubdan farq qiladi, bu sun'iy mikroiqlimni yaratishda foydalaniladigan muhandislik vositalari hamda tuproq aralashmasi yoki substratlar, oziq eritmalardan foydalanish va boshqalar bilan bog'liq.

O'simliklarni gidropon usulida o'stirilganda tuproq aralashmasi o'rnida inert materiallardan foydalaniladi, ular vaqti-vaqti bilan oziqa eritma bilan sug'orilib (namlanib, ho'llanib) turiladi. U yerlarda kichik hajmli ekin ham qo'l-laniladi. Zamonaviy issiqxonalarda mikroiqlim omillari avtomatik ravishda sozlanadi.

Himoyalangan yerda ko'pchilik sabzavotlarni yetishtirish texnologik jarayonlari ochiq maydonda shu sabzavotlarni yetishtirishga nisbatan ancha murakkabligi jihatidan farq qiladi. Himoyalangan yerlarda, shu sharoitda yaxshi o'sib rivojlanishga yaroqli nav va duragaylardan foydalaniladi.

Himoyalangan yer sabzavotchiligining muhim ijobiy xususiyatlaridan yana biri ochiq dalaga nisbatan yuqori harorat hosil qilish, haroratni, namlik va yorug'-likni sozlash imkoniyatiga ega bo'lishi mumkinligidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ekin o'stiriladigan qurilmalar ichida talabga to'liq javob beradigan sharo-itni yaratish ochiq maydonga nisbatan 5-20 marta ko'p sifatli hosil olishni ta'minlaydi. Yil mobaynida issiqxonada bir maydonda 2-4 ekinni o'stirish yalpi hosilni yanada ko'paytiradi. Shu bilan birga issiqxonalarni qurishda katta mablag', ish kuchi sarflanadi, bu o'z navbatida u yerda yetishtirilgan sabzavot hosili tannarxini ochiq maydonda yetishtirilganga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo'lishiga sabab bo'ladi.

Himoyalangan yer sabzavotchiligining xususiyatlariga shuningdek, u egallagan maydonning katta bo'lmasligi va u yerga ularni ixcham joylashtirilishi; kultivatsion qurilmalarni issiqlik va sug'orish manbalariga yaqin joylashtirish; ekin o'stiriladigan binolardan nihoyatda jadal foydalanish; ishlab chiqarishda qo'l mehnatini ko'p talab qiladigan jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avto-matlashtirish bilan qo'shib olib borish, mehnatni tashkil etishning o'ziga xos shakllarini tadbiq etish; mikroiqlim sharoitini yaratib beradigan hamda murak-kab ishlab chiqarish jarayonlarida foydalanadigan uskuna va jihozlardan samarali foydalanish bilimiga ega bo'lgan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-380-384

yuqori malakali ishchilar bilan ta'minlangan bo'lishidir.

Himoyalangan yer sabzavotchiligi o'zining vazifasi va xususiyatlariga ega bo'lishi bilan birga, u ochiq yer sabzavotchiligi bilan ishlab chiqarish bo'yicha chambarchas bog'langan. Ular quyidagilardan iborat: himoyalangan yerda dalaga o'tqazish uchun ko'chat yetishtiriladi; himoyalangan yer inshooti biologik usulda isitilsa ochiq dala uchun qo'shimcha chirindi yetkazib beruvchi vazifasini bajaradi.

Ochiq dalada o'z navbatida himoyalangan yerda yetiltirib va tezlashtirib o'stirish uchun o'tkaziladigan material tayyorlanadi. Shuningdek, ochiq dala to'liq yetiltirib olish uchun mevalar yetkazib beradi. Ochiq maydonda issiqxona uchun tuproq aralashmasi ayrim komponentlari tayyorlanadi.

Ochiq va himoyalangan yer sabzavotchiligini bir-biriga to'g'ri bog'lagan holda olib borilsa, yil mobaynida bir xil ishlab chiqarish jarayoniga erishish mumkin, bu ishchi kuchiga talabni tenglashtirish va hosilni uzluksiz chiqishini ta'minlaydi. Shu bilan birga sabzavot hosilini yetishtirishga va ochiq dala uchun sabzavot ko'chatini tayyorlab berishga ixtisoslashgan yirik issiqxona kombinatlari va ayrim issiqxonalar ishlari yuqori samara berishligi amalda isbotlangan.

O'zbekistonda o'simliklarni past haroratda nur o'tazadigan materiallar yor-damida himoya qilishni eng sodda usuli, boshqa mintaqa dehqonchiligidagi kabi, qadimiy tomorqachilikdan boshlab qo'llay boshlangan.

O'zbekistonda himoyalangan yer inshootlarini birinchi marotaba bolgar sabzavotchilari XIX asrning ikkinchi yarmida Toshkentda qo'llay boshlaganlar, ular u yerda issiqsevar sabzavotlarni yetishtirganlar. Bular ochiq maydon uchun ko'chat yetishtirishda foydalaniladigan, usti oynavand rom bilan berkitiladigan sovuq ko'chatxonalar va isitilgan parniklar edi. Ko'chatdan bo'shagan parniklar ertagi sabzavotlarni yetishtirishda foydalaniladi. Biologik istiladigan bir nishabli kichik hajmli issiqxonalar yaratila boshlandi.

XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan boshlab, mahalliy dehqonlar ko'chatxona va parniklardan foydalana boshlaganlar. Qishloq xo'jaligi kollektivlashtirilganidan so'ng shahar atrofidagi kolxoz va sovxozlarda kichik-kichik parnik xo'jaliklari tashkil etila boshladi, ular quyosh nuri bilan istiladigan sovuq parnik, romi o'lchami 160x106 sm va 213x107 sm bo'lgan biologik usulda isitiladigan yarim issiq hamda issiq (rus parnigi) parniklaridan foydalanganlar. O't-kan yuz yillikning 50-chi yillaridan boshlab issiq suvni quvurlardan o'tkazib isitiladigan parniklardan foydalana boshladilar.1

Shuningdek, 1960 yilgacha ayrim xo'jaliklar Giprosovxozstroyning 16-09

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-380-384

raqamli loyihasi asosida issiqxona kombinatlarini qurganlar. Bunday kombinatlar

л

tarkibiga har birining maydoni 500 m dan bo'lgan angar tipidagi to'rt issiqxonalar kirgan. Issiqxona sinchlari (karkasi) trubalardan iborat bo'lib, isitish uchun xizmat qilgan.

O'zbekistonda 1970 yilda issiqxonalar maydoni sezilarli darajada kengay-di: oynavand - 8,5 ga gacha, plyonkalilari - 8,5 ga gacha, parniklar - 56,7 ga gacha, plyonka bilan vaqtincha himoya qilinganlari - 351 ga gacha yetdi. Oynavand issiqxonalar maydoni 1975 yilda 75 ga va plyonka bilan qoplanganlari esa 20 gektarga yetdi. 1980 yilda oynavand issiqxonalar 184 ga, plyonka bilan yopilganlari esa - 43 gektar maydonni egallagan.

Bu davrda Sirdaryo viloyatida 21 ga, Toshkent viloyatida 38,9 ga va Namangan viloyatida 8,5 ga maydonda yirik issiqxona kombinatlari qurildi. Samarqand va Buxoro viloyatlarida hamda Qoraqalpog'iston Respublikasining "Nukus" fermer xo'jaliklarda yirik issiqxona kombinatlari qurildi.1

Davlatimiz rahbari Xovos tumanidagi "Hoji Gadoyboy ota" xususiy korconasi tomonidan tashkil etilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishga mo'ljallangan issiqxonani ko'zdan kechiгganida bugungi kunda issiqxona^ daгomad manbayi ekanligini ta'kidladi.

XULOSA

Sirdaryo viloyatida 2016-2020 yillaMa qishloq xo'jaligi mahsulotlaгini chuqrn-qayta ishlash bo'yicha yangi koreonalaT quгish, amaldagilaгini гekonstгuksiya va modernizatsiya qilish, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, qadoqlash materiallari ishlab chiqarish dasturi doirasida issiqxonaga Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan yuqori samaradorlikka ega zamonaviy uskuna^ keltirib o'matilganligi viloyatda bu sohani rivojlantirish amaliy ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

REFERENCES

1.V.I.Zuev, A.A.Ataxodjaev, Sh.I. Asatov, A.K.Kadñxodjaev, U.I. Аkramov -Himoyalangan joy sabzavotchiligi, Daгslik, Toshkent - 2014.

2. V.Zuev, О.Qоdiгxo'jaev, M .Adilov, U.Akгamоv, - Sabzavotchilik va polizchilik, Darslik, Toshkent - 2010.

3. https://kun.uz/uz/35829646

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.