Научная статья на тему 'RUS TILINING RIVOJLANISH TARIXI VA UNING JAHON MIQIYOSIDAGI AHAMIYATI'

RUS TILINING RIVOJLANISH TARIXI VA UNING JAHON MIQIYOSIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rivojlanish / ta’lim / faoliyat / o’quvchi / rus tili / zamonaviy

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mirova Mavlyuda Xikmatovna

Ushbu maqolada rus tilining rivojlanish tarixi, zamonaviy rus tili, uning rivojlanishida tilshunos olimlar qarashlari, butun jahonda rus tilining tutgan o’rni haqida so’z boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RUS TILINING RIVOJLANISH TARIXI VA UNING JAHON MIQIYOSIDAGI AHAMIYATI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

RUS TILINING RIVOJLANISH TARIXI VA UNING JAHON MIQIYOSIDAGI AHAMIYATI

Mirova Mavlyuda Xikmatovna

Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 186-umumiy o'rta ta'lim maktabining Rus tili fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10628322

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 01-February 2024 yil Ma'qullandi: 04- February 2023 yil Nashr qilindi: 07- February 2023 yil

KEY WORDS

rivojlanish, ta'lim, faoliyat, o'quvchi, rus tili, zamonaviy.

ABSTRACT

Ushbu maqolada rus tilining rivojlanish tarixi, zamonaviy rus tili, uning rivojlanishida tilshunos olimlar qarashlari, butun jahonda rus tilining tutgan o'rni haqida so'z boradi.

Dunyo bo'ylab yuz berayotgan o'zgarishlar, axborotga ega bo'lishning ochiqligi ta'lim sohasiga ham o'z ta'sirini ko'rsatib, o'qitish usullari, mazmuni, uni tashkil etishning pedagogik-psixologik maqsadini ham o'zgartirish, o'quvchilarni mustaqil faoliyat ko'rsata olish, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o'rgatishni talab etmoqda. Shundan kelib chiqqan holda bugungi kun o'qituvchisi tayyor elektron resurslardan foydalanib dars o'tish bilan chegaralanmasdan, ta'limiy resurslarni yaratish hamda ularni amalda qo'llovchi o'qitishning zamonaviy texnologiyalaridan samarali foydalanishi, fan va uning tarkibiga kiruvchi bilimlar mazmunini o'quvchilarga yetkazish malakasiga ega shaxs sifatida faoliyat olib borishi, o'quvchilarni bilim olishga qiziqtirishi, ularning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirib, o'z-o'zini tahlil qilish, o'z ustida ishlash va bilimlarini takomillashtirishni o'rgatishi zarur. Chunki zamonaviy texnika bilan ishlash qobiliyatiga ega, zamonaviy ta'lim jarayonining mohiyatini to'laqonli tushuna olgan,faoliyati jarayonida ro'y beruvchi vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarni hal eta oladigan, yetarlicha ko'nikmaga ega va zamonaviy mutaxassisni tayyorlashga bo'lgan ehtiyoj ta'lim jarayonini texnologik asosda tashkil etishni taqozo etadi.

Ta'lim amaliyoti ko'rsatishicha, maktab ta'limida fanlararo aloqadorlikni yo'lga qo'yish fan va jamiyat hayotida bugungi kunda sodir bo'layotgan integratsion jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu aloqadorlik o'quvchilarning bilimlarni ongli o'zlashtirishi, dunyo haqidagi yaxlit tasavvurlarini rivojlantirish va amaliy va ilmiymetodik tayyorgarligini oshirishda muhim o'rinni egallaydi. Bunday tayyorgarlik umumiy o'rta ta'lim bitiruvchilarini darsda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda, ishlab chiqarishda va umuman har qanday faoliyatda o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini erkin qo'llash imkoniyatini beradi.

Rus tili— rus xalqi tili, jahonda keng tarqalgan tillardan. Avval SSSRda, so'ng Rossiya Federatsiyasi va MDHda millatlararo va davlatlararo aloqa vositasi. Rus tili Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi 6 rasmiy tildan biri sanaladi. Ukrain va belorus tillari bilan birgalikda

hindevropa tillari oilasiga kiruvchi slavyan

tillarining sharqiy guruhini tashkil etadi. O'tgan asrning 80-yillaridagi ma'lumotlarga ko'ra, Rus tilida so'zlashuvchilarning umumiy soni 250 mln. kishidan, jumladan, hozirgi Rossiya Federatsiyasi va MDH mamlakatlarida 185 mln. kishidan iborat. Bundan tashqari, mazkur hududlardagi 60 mln.dan ortiq kishi Rus tilida erkin so'zlasha oladi.Rus tili juda uzoq va murakkab rivojlanish tarixiga ega. Eng qadimgi rus adabiy tili Kiyev Rusida shakllangan bo'lib, u 14-asrgacha sharqiy slavyanlar uchun umumiy til hisoblangan. 14—15-asrlarda qadimgi Rus tili 3 tilga — velikorus (rus), ukrain va belorus tillariga bo'linib ketadi. Shu davrdan boshlab Rus tili boshqacha aytganda, velikorus tili markazi Moskva bo'lgan Rus davlati hududida rivojlana boshlaydi.

Rus tilshunosligida umumiy lug'atlardan tashqari, ta'limning quyi bosqichlari uchun darajali lug'atlar ishlab chiqilgan. Bu muammolar bilan D.N.Ushakov, S.Ye.Kryuchkov, A.N.Tixonov, P.A.Grushnikov, Z.A.Potixa, M.R.Lvov kabi rus tilshunoslari shug'ullanib kelishmoqda. Kichik yoshdan boshlab o'quvchilarni lug'at bilan ishlashga o'rgatish maqsadida turli illyustrativ va qiziqarli lug'atlar tuzildi. Professor M.R.Lvovning aytishiga qaraganda, ta'lim oluvchilar uchun bunday ta'limiy lug'atlarning yaratilishi ularning oz ustlarida mustaqil ishlashlarining darajasini oshirish, ularni sifatli va tanlangan til materiallari bilan ta'minlashda qol keladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mojllangan turli ta'limiy lug'atlarining muallifi ham aynan professor M.R.Lvov sanaladi. Bunga olimning "Rus tilining sinonim va antonim so'zlar lug'ati", "Maktab yoshidagilar uchunrus tilining antonimlari lug'ati", "So'zlarni va ularning ma'nolarini farqlash: ko'p ma'noli so'zlar, so'zlarning mavzuviy guruhlari, omonimlar, sinonimlar, paronimlar, sinonimlar, antonimlar", "Rus tilining antonimlar lug'ati", "Rus tilining antonim so'zlar izohli lug'ati" kabi o'quv lug'atlarini misol keltirsa bo'ladi. Ushbu lug'atlar asosan boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mos holda bolgan so'zlardan tuzilgan. Masalan, "Rus tilining sinonim va antonim so'zlar lug'ati" besh bolimdan iborat bolib, bunda kichik yoshdagi o'quvchilar sinonim so'zlar bilan ishlashni boshlab, rejalashtirilgan holda antonim so'zlarga o'tishadi, bunda sinonimik-antonimik munosabat, sinonimik qatordagi va antonimik juftlanishlarning ko'p ma'noliligi kabilar tizimlashtirilgan holda berilgan.

Rus tili juda uzoq va murakkab rivojlanish tarixiga ega. Eng qadimgi rus adabiy tili Kiyev Rusida shakllangan bo'lib, u 14-asrgacha sharqiy slavyanlar uchun umumiy til hisoblangan. 14—15-asrlarda qadimgi rus tili 3 tilga — velikorus (rus), ukrain va belorus tillariga bo'linib ketadi. Shu davrdan boshlab rus tili boshqacha aytganda, velikorus tili markazi Moskva bo'lgan Rus davlati hududida rivojlana boshlaydi. Rus tili lahja va shevalari 2 ga: shimoliy velikorus ("o" lovchi) va janubiy velikorus ("a" lovchi) guruhlariga bo'linadi; o'rta rus shevalari mazkur har ikkala guruh xususiyatlarini o'zida aks ettiradi. 16—17-asrlarda shimoliy va janubiy lahjalar chegarasida bo'lgan Moskvada o'ziga xos koyne (umumiy lahja) shakllanib, u namunali tilga aylanadi.

Davlat yoki rasmiy davlat bo'lgan chet ellarda ishlatiladigan ingliz va boshqa ba'zi tillar singari, rus tili Rossiyadan tashqarida ham keng qo'llaniladi. Masalan, xalqaro (davlatlararo) aloqaning turli sohalarida foydalaniladi. U "fan tili" vazifasini bajaradi hamda turli mamlakatlar olimlari o'rtasidagi aloqa vositasi, umuminsoniy bilimlarni kodlash va saqlash vositasi bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Statistik ko'rsatkichlarga qaraganda barcha dunyo ma'lumotlarining 60-70%i ingliz va rus tillarida nashr etilar ekan. Rus tili - bu dunyo aloqa tizimlarining zaruriy aloqasi (radioeshittirishlar, havo va kosmik aloqalar va boshqalar)dir.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

Ingliz, rus va boshqa dunyo tillari nafaqat davlat funktsiyalarining o'ziga xos xususiyati bilan tavsiflanadi (masalan, lingua francafunktsiyasi, ya'ni turli mamlakatlarda bilimlarni tarqatish va ularning darajasini tekislashda vositachi; diplomatiya, xalqaro savdo, transport, turizm tilining funktsiyasi) balki, ushbu tillarni o'rganish va foydalanish uchun ongli ravishda tanlab olinadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Rus tili madaniyati. (Darslik) Maslov V.G., 2010 - 160 b.

2. Rus tili va nutq madaniyati: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. L.A. Vvedenskaya, L.G. Pavlova, E.Yu. Kashaeva, Rostov n / a: "Feniks" nashriyoti, 2001. - 544 b.

3. Rus tili va nutq madaniyati / I. A. Dolbina, T. A. Karpinets, O.A. Saltakova; Kuzbas davlat texnika universiteti.

4. XX asr oxiridagi rus tili. V.L. Vorontsova va boshqalar - M.: Rus madaniyatining tillari, 2009. - 478 b.

5. Zamonaviy rus tili. Darslik. Valgina N.S., Rosenthal D.E., Fomina M.I., 2002.nashr, 528s.

6. Келдиёрова, Г. С. (2021). Язык и стиль Эркина Вахидова. Молодой ученый, (41), 40-42.

7. Saydiyevna, K. G. (2023, April). O 'ZGA TILLARNI O 'QITISHDA INTERNETNING O 'RNI. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCES WITH HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS (Vol. 1, No. 14.04, pp. 110-113).

8. Keldiyorova, G. S., Qurbonova, N. N., Fatxullaxodjaev, M. Z., & Rixsiyeva, L. A. (2022). Didactic Functions and types of Role-Playing Games that Contribute to the Development of Communicative Foreign Language Speech Skills. Specialusis Ugdymas, 1(43), 10577-10582.

9. Норбоев, Ф. (2023). KREATIVLIK VA INNOVATSIYA BORASIDA ZAMONAVIY NAZARIYALAR. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(8).

10. Kaldibekova, A. S., & Norboyev, F. C. (2021). PEDAGOGIK INNOVATSION FAOLIYATDA PSIXOLOGIK TO'SIQLAR MUAMMOSI. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 1), 611-615.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.