Научная статья на тему 'РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССАХ'

РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССАХ Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
31
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
МУЛЬТИМЕДИА / ТЕКСТ / ТАБЛИЦЫ / ДЕКОРАЦИИ / РЕЧЬ / МУЗЫКА / ВИДЕОРОЛИКИ / ТЕЛЕВИЗИОННЫЕ КАДРЫ / АНИМАЦИЯ / ИНТЕРАКТИВНОЕ ОБЩЕНИЕ
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССАХ»

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2020. № 3-1 (102)

УДК 37.013

Ш.Х. Хамроев

РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССАХ

В данной статье анализируется роль информационных технологий в образовательных процессах.

Ключевые слова: мультимедиа, текст, таблицы, декорации, речь, музыка, видеоролики, телевизионные кадры, анимация, интерактивное общение.

Elektron o'quv vositalarining yaratilishi turli fanlarni o'qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o'z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo'yicha bilimlarini chuqur o'zlashtirishlarining asosiy omili bo'lib, ta'lim sifati va samaradorligini oshiradi. Mul-timedia-gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasi bo'lib, uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: matn, jadvallar, bezaklar, nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya ka-bilar va ularni bir dasturiy mahsulotda integrasiyalanadi. "Inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi dara-jasida muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni olishi natijasida ta'lim, ish-lash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. Multimedia vositalari asosida o'quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo'lga qo'yish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Multimedia bu in-formatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animasiya effektlari asosida o'quv materiallarini o'quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko'rinishidir.

Multimedia vositalari asosida o'quvchilarni o'qitish quyidagi afzalliklarga ega:

-berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq ozlashtirish imkoniyati;

-ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan tanishish ishtiyoqi yanada ortadi:

-ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyati;

-olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bo'lganda amaliyotda qollash imkoniyatiga erishi-

ladi.

Multimedia tizimining paydo bo'lishi ta'lim, fan, san'at, kompyuter, reklama, texnika, tibbiyot, matemat-ika, biznes, ilmiy tadqiqot kabi bir qancha kasbiy sohalarda revolyutsion o'zgarishlar yuzaga kelishiga olib keldi. Multimedia vositalarini ta'limda qo'llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:

• ta'limning gumanizasiyalashuvini ta'minlash;

• o'quv jarayonining samaradorligini oshirish;

• ta'lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish;

• ta'lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

• kompyuter vositalari va axborot elektron ta'lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta'lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta'limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezi-larli darajada kengayadi;

• ta'lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning qadr- qimmatini tan olish;

• ta'lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;

• mustaqil o'quv faoliyatini olib borish, bunda ta'lim oluvchi mustaqil o'qib va rivojlanib boradi;

• ta'lim oluvchilarda, o'zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o'zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini hosil qilish.

Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo 'naltirilgan ta'limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko 'p tarmoqli, predmetga yo'naltirilgan multimediali o'quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng ma'lumotlar bazasi, ta'lim yo'nalishi bo'yicha bilimlar bazasi, sun'iy intellekt tizimlari, ek-spert-o'rgatuvchi tizimlar, o'rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo'lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi.

Lekin multimediadan foydalanishda bir qator jihatlarni e'tiborga olish muhim. Multimediada taqdim etila-yotgan o'quv materiallari tushunish uchun qulay bo'lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi.

Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to'liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish

© Ш.Х. Хамроев, 2020.

Вестник магистратуры. 2020. № 3-1 (102)

ISSN 2223-4047

uchun ta'lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o'qituvchining ko'magi zarur bo'ladi.

Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo'llashda ham ta'lim strategiyasi ta'lim jarayonida o'qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta'lim oluvchilarga ko'maklashish, qo'llab-quvvat-lash va jarayonni boshqarib borish bilan shug'ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animasiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko'rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to'ldirgan holda zaruriy emosional darajani ta'minlab turishi mumkin.

Multimedia vositalari har xil ta'lim yo'nalishlari (stillari) uyg'unligida qo'llanilishi va ta'lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo'lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta'lim oluvchilar bevosita o'qish orqali, ba'zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilm-larni) ko'rish orqali ta'lim olishni va bilimlarni o'zlashtirishni xush ko'radilar.

Multimedia vositalari ta'lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) bo'lib, u o'qituvchiga an'anaviy ma'lumotlar manbaidan ko'ra keng ko'lamdagi ma'lumotlar massivini taqdim etish; ko'rgazmali va uyg'unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar, video va boshqalardan foyda-lanish; axborot turlarini ta'lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o'rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.

Библиографический список

1. Интерактивные технологии в образовании// Учебно-методический комплекс, Российский государственный гуманитарный университет. - Москва, 2005. - 21с.

2. Клемешова Н.В. Мультимедиа как дидактическое средство высшей школы. - Калиниград, 1999.

ХАМРОЕВ ШАХЗОД ХАМИДЖОН УГЛИ - студент, физико-математический факультет, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.