Научная статья на тему 'РОЛЬ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ В ФОРМИРОВАНИИ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ'

РОЛЬ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ В ФОРМИРОВАНИИ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
52
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ЗДОРОВЫЙ ОБРАЗ ЖИЗНИ / ОТВАЖНОСТЬ / СМЕЛОСТЬ / НАСТОЙЧИВОСТЬ / ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЙ РЕСУРС / ЗДОРОВЬЕ / ФИЗИЧЕСКИЕ УПРАЖНЕНИЯ / ФИЗИЧЕСКАЯ АКТИВНОСТЬ / МАССОВЫЙ СПОРТ / АКТИВНЫЙ ОТДЫХ / ПАССИВНЫЙ ОТДЫХ
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «РОЛЬ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ В ФОРМИРОВАНИИ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ»

Вестник магистратуры. 2020. № 3-1 (102)

ISSN 2223-4047

УДК 355/359

К.К. Хамроев

РОЛЬ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ В ФОРМИРОВАНИИ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ

В этой статье анализируется роль физического воспитания в формировании здорового образа жизни.

Ключевые слова: здоровый образ жизни, отважность, смелость, настойчивость, интеллектуальный ресурс, здоровье, физические упражнения, физическая активность, массовый спорт, активный отдых, пассивный отдых.

Bugungi kunda eng dolzarb mavzulardan biri ham sog'lom turmish tarzini shakillantirisMir. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach bozor iqtisodiyotiga o'tish, erkin, demokratik jamiyat qurish, jamiyat ma'naviyatini yangilash, davlat va ijtimoiy qurilish sohalarida ynqori natijalarga erishishda sog'lom turmush tar-zini targ'ib qilish, hozirgi yosh avlodning, qolaversa, bugun millatning sog'ligini asrash muhim masala hisobla-nadi. Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish har xil yo 'nalishlarda olib borilishi lozim. Bu bir tomondan, talabalar va kattalarga sog'lom turmushga oid ma'lum tibbiy va gigienik bilimlarni bershga, ularda sog'lom turmush tarzi-ning organizm rivojiga qanday ta'sir etishi haqidagi tasavvurlarning uyg'onishiga qaratilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, ta'lim-tarbiyada gigienik qoidalarga amal qilish, o'zining va yon atrofdagilarning sog'ligini asrashni kundalik odatga aylantirish ko'nik malarini shakllantirishga bog'liqdir. Bu maqsadda sog'lom turmush tarzi om-maviy axborot vositalari orqali, shuningdek, barcha tarbiya o'choqlari bilan hamjihatlikda ta'lim muassasalarida keng targ'ib qilinmog'i zarur. Sog'lom turmush tarzini shakillantirishda zarur bo'lgan mardlik, jasurlik va mato-natdek subyektiv qadriyatlar shakllanishi uchun jismoniy tarbiya vosita bo'ladi. Sog'lom turmush tarzi jismoniy tarbiya qadriyat sifatida o'z ichiga quyidagilarni oladi:

-jamiyat a'zosining salomatligi, vujudi qismlarining xizmat faoliyati darajasi, tanining sihatligi, uni zarur darajada ushlashga yordam beradigan tizimli mashg'ulotlarni;

-jismoniy tayyorgarligi (yetuklik) - kuchi, tezligi, chaqqonligi, chidamliligi, egiluvchanligining darajasini; -jismoniy rivojlanganligi - vazni, bo'yi, tanasi a'zolarining o'lchami va ularni o'ziga yarasha darajada ush-lashga oid nazariy bilimlari va amaliy malakalarni;

-jismoniy yetuklik va jismoniy barkamollikka oid nazariy bilimlarni va amaliy malakalarni; -kun tartibi tarkibida harakat faolligi o'quv, mehnat faoliyati, «aktiv», «passiv» dam olish madaniyati; -aqliy va jismoniy faoliyat uchun sarflanadigan energiya (quvvat)ni tiklashni boshqara olish; -ommaviy sport turlaridan biri bilan shug'ullanishni; -salomatlik mashqlarining mazmuni va uni tashkillashni;

-sog'lomlashtirish mashg'ulotlarining o'zi yoqtirgan shakllaridan biri bilan maqsadli shug'ullanishni; -suv, havo, quyosh nuri orqali chiniqishni;

- shaxsiy, jamoa gigiyenasi omillaridan, birinchi yordam, xavfsizlik qoidalari va undan foydalana bilish hamda boshqa nazariy bilimlar va amaliy malakalarni o'z ichiga oladi.

Sog'lom turmush tarzi - inson turmush sharoitlari faol o'zlashtirish usuli bo'lib, kun tartibiga rioya qilish, faol harakat asosida organizmni chiniqishidir, sport bilan shug'ullanish, tola va sifatli ovqatlanish, ovqatlanish-ning gigiyenik qoidalariga rioya qilish, muloqot va ekologik madaniyatga erishish, umuminsoniy va milliy qadri-yatlar asosida ma' naviyni yuksaltirish, zararli odatlardan o'zini tuta bilish demakdir. Talaba yoshlarni komil inson sifatida jismonan baquvvat va ma'naviy jihatdan etuk qilib voyaga yetkazish - o'zi va atrofdagilar salomatligi qadriga yetishiga, sog'lom turmush tarziga rioya qilishga, shu jumladan, yomon odatlardan xoli bolishga hamda o'zining hayotdagi o'rnini anglash masalalari yuzasidan mas'uliyatli qarorlar qabul qilishga odatlangan avlodga tarbiya berish masalasi bo'yicha yechimlarning yangicha yo'nalishlari - hayotda o'z o'rnini faol egallashga qodir bo'lgan, boy ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashli insonlarni jamiyatga yetkazib berishdir. Uzluksiz ta'lim jarayoni uchun ishlab chiqilgan «Talaba yoshlarda sog'lom turmush tarzini shakllantirshi» konsepsiyasi talim beruvchi va ta'lim oluvchilarga zaruriy holatlarda mas'uliyatli qaror qabul qilishda yordam bershi, ularning o'ziga bo'lgan ishonchni kuchaytirish, shaxsiy fazilatlarga to'g'ri baho bera olishga o'rgatish, ularga sog'lom turmush tarzini amalga oshirish uchun kerakli sharoitlarni yaratib berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Yosh avlodning sog'ligini mustahkamlash va muhofaza qilish mamlakatimiz ijtimoiy rivojlanishining ustuvor yonalis hlaridan

© К.К. Хамроев, 2020.

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2020. № 3-1 (102)

hisoblanadi. Mardlik, jasurlik va matonat fazilatlarini tarbiyalash jarayoni jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish mashg'ulotlarining barcha shakllarida - u sog'lomlashtirish jismoniy madaniyati mashg'ulotlari tarkibidami, om-maviy sport turi bilan shug'ullanish mashg'ulotlaridami, barchasida namoyon bo'ladi. Bu tarixiy, umuminsoniy fazilatlar yuksak ma'naviyatli, har tomonlama jismonan garmonik rivojlangan shaxsning intellektual shakllanish-iga zamin bo'ladi. Har bir talaba «salomatlik» tushunchasi; salomatlik omillari; salomatlikni saqlashda organiz-mning himoyalanishi; valeologiya fani, uning tamoyillari va metodlari to'g'risida bilimlarga ega bolishi kerak. Turmush tarzining o' zi inson yashashi uchun zarur bo' lgan turmush sharoitlarini o'zlashtirish demakdir.

Aqliy va jismoniy faoliyatni doimiy muntazam bo'lishini taminlash hamda salomatlikni mustahkamlash uchun sport bilan doimiy shug'ullanish oziga mos sport turini qanday tanlash kerakligi muammosini qoyadi. Uning yechimi sport turini tanlashda individning jismoniy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari rivojlanganligi, tayyorgarligini mos kelishi bilan bog'liq.

Библиографический список

1. Aripova S.X., "Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi" T.: "Fan tehnologiya" 2010y.

2. M. Ahmatov, "Uzliksiz ta'lim tizimida ommaviy sport sog'lomlashtirish ishlarini samarali boshqarish" "Fan tehnologiya" Toshkent 2005 yil .

ХАМРОЕВ КАМОЛ КАХРАМОНОВИЧ - преподаватель, военный факультет, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.