Научная статья на тему 'ROEMERIA HYBRIDA O‘SIMLIGINING EFIR MOYINING TARKIBI'

ROEMERIA HYBRIDA O‘SIMLIGINING EFIR MOYINING TARKIBI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
39
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Roemeria hybrida / components / essential oil / gas chromatography-mass spectral analysis / hydrodistillation / camphor / p-thujone / endo-borneol / α-thujone / n-hexadecanoic acid / nonacosan / phytol.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — I.Jalolov, O.Nazarov, U.Maraimova, M.Qurbonova, Axmadjonova G

The study of volatile compounds by the method of chromatography-mass spectral analysis of essential oils obtained by hydrodistillation from flowers and stems of Roemeria hybrida, collected during the period of mass flowering in the Fergana region of the Republic of Uzbekistan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ROEMERIA HYBRIDA O‘SIMLIGINING EFIR MOYINING TARKIBI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

ROEMERIA HYBRIDA O'SIMLIGINING EFIR MOYINING TARKIBI 1I.Jalolov , 2O.Nazarov 3U.Maraimova, 4M.Qurbonova, 5Axmadjonova G

1 FarDU k.f.n. - dotsenti 2 FarDU k.f.f.d,. - dotsenti 3'4 FarDU, doktorant 5 FarDU, magistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.8003040

Annotatsiya. O'zbekiston Respublikasi Farg'ona viloyatidan gullash davrida terilgan Roemeria hybrida o'simligi gullari va poyasidan gidrodistillash usuli bilan olingan efir moylarini xromato-mass spektr tahlili qilish .

Аннотация. Проведено исследование летучих соединений методом хромато-масс-спектрального анализа эфирных масел, полученных методом гидродистилляции из цветков и стеблей Roemeria hybrida, собранной в период массового цветения в Ферганской области Республики Узбекистан.

Abstract. The study of volatile compounds by the method of chromatography-mass spectral analysis of essential oils obtained by hydrodistillation from flowers and stems of Roemeria hybrida, collected during the period of mass flowering in the Fergana region of the Republic of Uzbekistan.

Ключевые слова: Roemeria hybrida, компоненты, эфирное масло, хромато-масс-спектральный анализ, гидродистилляция, камфора, р-туйон, эндо-борнеол, а-туйон, н-гексадекановая кислота, нонакозан, фитол.

Keywords: Roemeria hybrida, components, essential oil, gas chromatography-mass spectral analysis, hydrodistillation, camphor, p-thujone, endo-borneol, а-thujone, n-hexadecanoic acid, nonacosan, phytol.

Ma'lumki, hozirda aholining dorivor o'simliklarga bo'lgan talabi kun sayin ortib borishi bilan, dorivor o'simliklarning tabiatdagi tabiiy zahiralari kamayib, ularning tarqalish areallari keskin qisqarib bormoqda. Shu sababli tabiatda turlari kamayib borayotgan , dorivor xususiyatga ega bo'lgan o'simliklarni ekib o'stirish va homashyosidan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilish hozirgi davrning dolzarb muammolaridandir.

Roemeria gybrida bir yillik begona efimer o't o'simlikdir. Roemeria gybrida (sharq qizg'aldog'i )ko'p o'rganilgan, kam uchraydigan o'ziga xos tur hisoblanadi. Adabiyotlardan ma'lumki, Roemeria hybrida barglari va poyalari efir moylarining kimyoviy tarkibi ilgari o'rganilmagan. Shuning uchun ushbu tadqiqotning maqsadi Roemeria hybrida efir moyining kimyoviy tarkibini o'rganishdir.

Roemeria gybrida ko'knoriguloshlar ya'ni Papaveraceae Juss oilasiga mansub o'zida alkaloidlarni saqlovchi, hushmanzara, binafsha rangda gullaydigan o'simlik. Uning barglari ikki karra patsimon, chuqur qirqilgan, tuklar bilan qoplangan. Sharq qizg'aldog'i tojbargi quyuq binafsha rangli, pastida dog'i yo'q, bo'yi 5-50 sm oralig'ida o'zgarib turadigan o'simlik. Ildizi tik va turg'un holda, o'sadigan joyiga qarab tarvaqaylagan shaklda bo'ladi. Kurtaklari 8-13 mm uzunlikda, gullari uzunligi 2-10 sm, urug'ning uzunligi 1mm, kulrang rangda buyrak shaklida bo'ladi. Ko'sakchasi silindrsimon, to'mtoq tuzilishli.

Tadqiqot metodologiyasi(Research Methodology). O'simlik ob'ekti sifatida Roemeria hybrida o'simligining guli va barglari gullash davrida Farg'ona viloyati, Farg'ona tumani,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Oqbilol qishlog'idan 2021 yilning aprel-may oylarida yig'ib olindi. O'simlik hom ashyosi dorivor o'simliklarni quritish qoidalariga muvofiq quritildi. O'simlik namunalari yetarlicha havo aylanadigan, quyosh nuri tushmaydigan joyda quritildi. Quritilgan o'simlik homashyosidan efir moylarini ajratib olish uchun o'simlik Klevenjer apparatida gidroidistillash usuli bilan 6 soat davomida ekstraksiya qilib olindi. Olingan suvli ekstrakdan efir moylarini ajratib olish uchun ekstrakt 3 marotaba toza xloroform bilan yuvildi. Xloroformli ekstraktni quritish uchun suvsiz kalsiy xloriddan foydalanildi. Organik erituvchi qismi vakuum ostida haydab olingach, o'ziga hos hidli sariq rangli efir moylari ampulada 40C dan oshmagan xaroratda saqlandi. Olingan efir moylarining kimyoviy tarkibini aniqlash uchun Agilent firmasining Agilent 5975C inert MSD/7890AGX xromato-mass-spektrometrida tahlil qilindi. Efir moylari tarkibidagi moddalarni bir-biridan ajratish uchun ma'lum harorat oralig'ida: 600C (2 min) - 40C /min dan 2200C (10 min) gacha- 10C /min dan 2400C (20 min) gradient usulida olib borildi. Kvarsdan yasalgan Agilent HP-INNOWax (30m x 250^m x 0.25^m) kolonka foydalanildi. Namuna miqdori 1 pl, oqim tezligi 1.1 Ml/min, Split 500/1. Injektor harorati 2300C. Moddalarning mass-spektrlari ElMS m/z 10-550 m.a.b oralig'ida ragistratsiya qilindi. Mass-spektrlar solishtirma tahlili Willey Registry of Mass Spektral Data-9th Ed., NIST Mass Spektral Library, 2011 elektron bazalar bilan solishtirib, qiyosiy jihatdan va standart namunalar xromotogrammalari asosida chiqish vaqti (RI) aniqlandi.

Tahlil va natijalar (Analysis and results). Roemeria hybrida o'simligi gulidan efir moylari ajratib olindi. Ajratib olingan efir moyidan gaz xromatografiyasi mass-spektrometriya usulida xromato-mass spektri olindi. O'simlik guli efir moyida 36 ta modda mavjudligi aniqlandi va identifikasiya qilindi. Tahlil natijalariga ko'ra o'simlik guli efir moyining tarkibiy qismini yuqori intensivlik va unumlarda asosan 5 ta modda kamfora (36.1%), a-tuyon(27.1%), endo-borneol (9.0%), ß-tuyon(7.9%), terpinen-4-ol (2.3%), kabi moddalar tashkil qilishi aniqlandi.

Tuyon miya, buyrak, jigar xujayralari uchun toksik eknligi va haddan tashqari yuqori dozada o'limga olib kelishi mumkin. Oyoq mushaklari spazmlarini xosil qiladi. Tibbiyotda 10 mg/kg dan kam bo'lgan dozasi immun tizimini rag'batlantiruvchi ta'siri uchun ishlatiladi. Endo-borneol 290nm dan 400 nm gacha bo'lgan ultrabinafsha nurlarni yutmagani uchun fototoksik yoki fotoallergik potensialga ega emas. Shuning uchun parfyumeriya ishlab chiqarishda ishlatiladi. Terpinen-4-ol ning ayrim o'simlik efir moylari tarkibida 4% gacha bo'lganlari boshqa tarkibiy qismlsr turiga qarab kuchli antiseptik vosita sifatida sotuvlarga chiqarilgan. Bu antiseptik vositalarning xususiyati fenolga nisbatan 11 barobar kuchli bo'lgan.

Efir moyi tarkibida terpenlar, terpenoidlar, to'yingan spirtlar, dienlar, fenollar, yuqori karbon kislotalar va uglevodorodlar ham mavjud. Roemeria hybrida poyasidan efir moyining uchuvchi moddalari tarkibida 33 ta komponent topilgan. Efir moyining asosiy tarkibiy qismlari n-geksadekan(palmitin) kislota (30,6%), nonakozan (7,4%), fitol (6,5%), (Z,Z)-9,12-oktadekadien kislota (6,1%) . Aniqlangan komponentlarning uchdan bir qismi to'yingan va to'yinmagan karbon kislotalar bo'lib, ularning umumiy miqori 51.3% ni tashkil qiladi. O'tkazilgan tahlil natijalari asosida Roemeria hybrida o'simligining guli va barglarida mavjud bo'lgan uchuvchan birikmalar sifat va miqdoriy tarkibi jihatdan bir biridan farq qiishi aniqlandi.

REFERENCES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

1. Попов М.Г. Род 555. Рёмерия — Roemeria Medic. // Флора СССР : в 30 т. / гл. ред. В.Л. Комаров. — М.;Л. : Изд-во АН СССР, 1937. — Т. 7 / ред. тома Б.К. Шишкин. — С. 596— 598. — 792, XXVI с.

2. Platonova T.F., Massagerov P.S.,. Ruzovkov A.D, Utkin L.M., Zh. Obshch. Khim., 26.173 (1956); Chem.Abstr.,50,13960(1956).

3. Slavik J., Dolejs L., Slavikova L.(1974). On alkaloids from Roemeria hybrida (L.) DC. Collec.Czech. Chem.Commun.,39,888-894.

4. Podlaha, J., Podlahova, J., Symersky, J., Turecek, F., Hanus, V., Koblicova, Z., Trojanek, J., Slavik J. (1989) Structure elucidation of roemeridine by X-ray crystallography. Phytochemistry, 28, 1779-1781..

5. Gozler, B.; Gozler, T.; Mete, I.E.; Freyer, A.J.; Guinaudeau, H.; Shamma, M.(1987). New proaporphine alkaloids from Roemeria hybrida. Tetrahedron 43(8): 1765-1770.

6. Gozler B.(1990). Labrandine a new pentacyclic proaporphine alkaloid from Roemeria hybrida. Heterocycles 31(1):149-152.

7. Gozler B, Freyer AJ, Shamma M.(1990). The ten proaporphine-tryptamine dimers. Journal of Natural Products. 53:675-685

8. Gozler B, Shamma M. (1990). Four p-carboline alkaloids from Roemeria hybrida Journal of Natural Products. 53: 740-743.

9. Gunes H.S., Gozler, B.(2001). Two novel proaporphine-tryptamine dimers from Roemeria hybrida. Fitoterapia 72(8): 75-886.

10. S. El-Masry, Z. Mahmoud, M. Amer, A.J. Freyer, E. Valencia, A. Patra, M. Shamma,J.Org. Chem.1985. 50, 729-730.

11. Ebrahimia, S.N., Bagheri-Zomorrodib, B., Shakerib, А., Iranshahyb, М., Masulloc М., Piacentec, S., Iranshahid М. The Absolute Configuration and Cytotoxic Properties of Roehybridine p-N-oxide. (2016). Natural Product Communications Vol. 11 (12).рр. 1813 -1816.

12. Mustafa Abd Manshood, Mohammad M.F. Al-Halbosiy, Mohamd M. Radhwan. (2019). In vitro cytotoxic activity of some wild plants extracts against raw 264.7 cell line. Plant Archives Vol. 19 No. 2,pp. 3983-3986.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.