Научная статья на тему 'RAQAMLI VA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARINING TA’LIM SOHASIDA TUTGAN O’RNI'

RAQAMLI VA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARINING TA’LIM SOHASIDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

136
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI VA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARINING TA’LIM SOHASIDA TUTGAN O’RNI»

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va

yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

RAQAMLI VA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARINING TA'LIM

SOHASIDA TUTGAN O'RNI

J. G'. Abduraimov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Chirchiq, O'zbekiston

j [email protected]

Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) barcha sohaga deyarli kirib keldi. Shu jumladan ta'limda ham AKTdan keng foydalanilmoqda. Ta'lim muassasalarida dars jarayoniga AKT joriy etilishi ta'lim samarasini oshirishning asosiy omili bo'lib xizmat qilmoqda. Ta'lim jarayonida o'quvchi-yoshlarga texnik vositalar va multimedia texnologiyalari asosida ta'lim berish, berilayotgan bilimni tez va oson o'zlashtirilishi, ularning tushunarli va xotirada yaxshi saqlanishiga yordam berayotganligi amalda o'z isbotini topmoqda.

Hozirgi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va barcha sohalarga kirib borishini hisobga olib aytadigan bo'lsak, oliy va o'rta maxsus ta'limda foydalanilayotgan darslik va qo'llanmalarning raqamli ko'rinishi yaratilib darslarda elektron variantidan foydalanilmoqda. Bunda birqancha avzalliklari mavjud, masalan, internet tarmog'i orqali adabiyotni osongina topish mumkin, kerakli jumlani tezroq topish imkoni ham mavjut. Hozirda nashiryotlarda chop qilinayotgan maktab darsliklar, badiiy adabiyotlar, gazeta va jurnallarning elektron ko'rinishi internet tarmog'iga joylanmoqda. Elektron shakli bo'lmagan adabiyotlarning elektron shakli zamonaviy skaner aparatlari yordamida yaratilmoqda va internet tarmog'iga joylanmoqda [1].

O'qituvchilarning an'anaviy o'qitish usulida laboratoriya va amaliy ishlar o'tkazilishi uchun ko'p vaqt ajratiladi. U nafaqat o'quvchi-talabaning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, o'quv materialini o'zlashtirish samarasini oshirishga, balki muayyan sohada amaliy ko'nikmalarni hosil qilishga ham ko'mak beradi. Biroq bunday mashg'ulotlar to'laqonli natija beradi, deya olmaymiz. Sababi — ayrim laboratoriya jihozlari yetarli darajada emasligi hamda laboratoriya va o'quv xonalari zamonaviy moslama va uskunalar bilan soz holda jihozlanmaganligi, mavjudlarining ham aksariyati ma'naviy eskirib borayotganligi va bugungi kun talablariga to'liq javob bera olmasligidadir. Texnologiyalar tez sur'atda rivojlanayotgan hozirgi vaqtda amaliy mashg'ulotlar uchun laboratoriya va stendlarni har bir o'quv yilida takomillashtirish talab etiladi. Buning uchun esa qo'shimcha sarf-xarajatlar ko'zda tutilishi zarur.

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va

yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mutaxassis-kadrlarni tayyorlash uchun muhim vazifalarni hal etishga yordam bera oladigan yangi samarali, hammabop pedagogik uslubni joriy etish zaruriyati tug'iladi. Buning uchun laboratoriya stendlari va o'quv ustaxonalaridagi mashg'ulotlar barcha o'quvchilar uchun nafaqat qiziqarli, balki qulay va oson bo'lishiga erishish lozim. Mashg'ulotlar o'ziga jalb eta olishi, barcha ruhiy va didaktik omillarni hisobga olishi, jarayonlarni jo'shqin tarzda namoyon etishi, mashg'ulotlar o'tkazish va o'qitilayotgan fanni o'zlashtirishni, umuman, butun ta'lim jarayoni samarasini oshirishi, o'quvchilarda o'z egallagan bilimlariga baho berish imkoniyatini ta'minlashi zarur[2]. Aynan shu nuqtai nazardan, zamonaviy multimediali texnologiyalarning tatbiq etilishi yuqorida ko'rsatilgan vazifalarni hal qilishda va an'anaviy o'qitish usulining bir qator kamchiliklarini bartaraf etishga ko'mak beradi.

Hozirgi davrda oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida o'rgatilayotgan fanning elektron qo'llanmalari yaratilmoqda. Bularga elektron darslik, o'quv qo'llanmalari, virtual stendlar, video roliklar, elektron testlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Virtual stendning o'zi nima va ta'lim samarasini oshirishda qanday ahamiyatga molik? Virtual stend — bu o'quv amaliy stend yoki o'quv-malaka ustaxonasi bo'lib, o'quvchi-talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, kompyuter dastur va texnologiyalari orqali ma'lum yo'nalishda zaruriy ko'nikmalarni hosil qilishga yordam beruvchi ta'limiy AKT vositasidir. Laboratoriya ishini o'tkazishda, uni zarur tartibda tushunish va boshqalar bilan bog'liq vaqt yo'qotish masalasi esa kompyuter samarasi hisobiga bartaraf etiladi [3].

Bunda, ayniqsa, moliyaviy zaxiralarning tejab qolinishi muhimdir. Zamonaviy oddiy kompakt diskka o'nlab, ba'zan esa yuzlab laboratoriya ishlarini joylashtirish mumkin. Endi bir dona shunday virtual laboratoriya stendi qanchalik arzonga tushishini hisoblab chiqish qiyin emas. Bundan tashqari, ular bilan birga, ta'lim muassasalarini yalpi ta'minlash mumkin. Internetga ulanish tarmog'ining mavjudligi esa, undan ham yaxshi samara beradi. Ta'lim jarayoniga virtual stendlarning joriy qilinishi natijasida, an'anaviy ta'limga nisbatan mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha ta'lim jarayonining yanada yuqori sifati ta'minlanadi.

Ta'lim jarayonida virtual stendlardan foydalanish ta'lim sifati va samarasini oshirib, sarf-xarajatlarni kamaytibgina qolmay, balki ekologik toza, xavfsiz, muhit yaratilishi omili ham hisoblanadi. Virtual stendlar joriy etilishi bilan ta'lim mazmuniga boshqacha yondashuv talab etiladi. Multimediya stendlari vositasida o'quvchilar har

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va

yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

qanday axborotni nafaqat ko'rib, balki eshitib ham xotiralarida saqlab qolishlari osonlashadi [4].

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda multimedia texnologiyalari — ta'lim jarayonini axborotlashtirishning istiqbolli yo'nalishlaridan biridir. Ta'lim jarayoniga multimedia texnologiyalarini joriy etish talabalar va o'quvchilarni intellektual rivojlantirish hamda jamiyatimizni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirishning muhim shartidir. Shu sababli ham bugungi kun o'qituvchisi tinimsiz o'z ustida ishlashi, keng ijodiy tafakkurga ega, ilg'or pedagogik va multimedia texnologiyalarini samarali qo'llay oladigan shaxs sifatida o'z kasbiy-mutaxassisligi uchun zarur fazilatlar egasi bo'lishi davr talabidir. Ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarining joriy etilishi dasturiy va metodik ta'minotni takomillashtirish, moddiy baza, shuningdek, o'qituvchi mutaxassislar malakasini oshirishni talab etadi. Multimedia vositalari pedagog-kadrlarining malakasini va mahoratini yanada oshirishlarida ham muhim ahamiyatga molikdir.

REFERENCES

1. Sultanov R. O., Yusupov M. R. (2020). Ta'limda matematika fanini o'qitishdagi muammolar va ularning yechimida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati. O'zMU xabarlari, 2(1/2/1), 144-147 б.

2. Султанов, Р. О. (2020). Idea блокли шифрлаш алгоритмини такомиллаштириш методлари. Academic Research in Educational Sciences, 1(3), 397-404 б.

3. Жураева, Н. В., Султанов, Р. О., Абдуллаева, С. А., Рахимжонова, В. А. (2020). Systematization of word combinations in the uzbek language. Наука и Мир, 2(6), 2020. 65-68 б.

4. Kamolov, E. R., Raximov, S. M., Sultanov, R. O., Maxmudov, M.A.,. Innovative method of developing creative thinking of students. Экономика и социум, 2021. 1(80).

5. Боймуродов, А.Х. (2020). Integration of general educational schools and higher education institutions in the innovative cluster of pedagogical education. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(8), 1-5.

6. Боймуродов, А.Х. (2019). Умумий урта таълим тизимида Информатика ва ахборот технологиялари фани кластер модели ахборот манбаларини яшратиш. Замонавий таълим, 10(10), 43-51.

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va

yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

7. Боймуродов, А.Х. (2020). Умумий урта таълим тизимида информатика ва ахборот технологиялари фанини укитишнинг инновaцион кластер модели. УзМУ хабарлари, 1(2), 42-46.

8. Боймуродов, А.Х. (2020). Педагогик таълим инновацион кластерида on-line тизимидан фойдалани. УзМУ хабарлар, 1(2), 72-74.

9. Боймуродов, А.Х. (2020). Online form of ensuring the connection of educational claster participants. International OnlineConference Economics&Social Sciences.28(1), 289-291.

10. Азимкулов, С.Н., Боймуродов, А.Х., (2021). Таълим самарадаорлигига эришишда тизимда инновацион улуллар. Academic Research In Educational Sciences, 2(2), 59-67.

11. Жураева, Н. В., Султанов, Р. О., Абдуллаева, С. А., Рахимжонова, В. А. (2020). Systematization of word combinations in the uzbek language. Наука и Мир, 2(6), 65-68

12. Kamolov, E. R., Raximov, S. M., Sultanov, R. O., Maxmudov, M.A., (2021). Innovative method of developing creative thinking of students. Экономика и социум, 1(80).

13. Sh. Kh. Rakhimov, A. J. Seytov, D. K. Jumamuratov & N. K. Rakhimova. Optimal control of water distribution in a typical element of a cascade of structures of a machine canal pump station, hydraulic structure and pump station. India. International Journal of Mechanical and Production Engineering Research and Development (IJMPERD) ISSN (P): 2249-6890; ISSN (E): 2249-8001 Vol. 10, Issue 3, Jun 2020, pp. 1110311120. (№5 Scopus IF = 9.6246)

14. A Zh Seitov, BR Khanimkulov. Mathematical models and criteria for water distribution quality in large main irrigation canals. Academic research in educational sciences. Uzbekistan. Ares.uz. Vol. 1. №2, 2020. ISSN 2181-1385. Pp.405-415. (№5, web of science IF=5.723)

15. А. Ж. Сейтов, Б. Р. Ханимкулов, М. Гаипов, О. Хамидуллаева, Н. К. Мурадов. Численные алгоритмы решения задач оптимального управления объектами каршинского магистрального канала. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 3 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 DOI: 10.24411/2181-1385-2021-00519. pp. 1145-1153. (№5, web of science IF=5.723)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.