Научная статья на тему 'ELEKTRON TA’LIM TEXNOLOGIYASI'

ELEKTRON TA’LIM TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

1286
134
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ELEKTRON TA’LIM TEXNOLOGIYASI»

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ELEKTRON TA'LIM TEXNOLOGIYASI Yu. A. Kuralov

Тошкент вилояти Чирчик; давлат педагогика институти, Чирчик;, Узбекистан

ykuralov89 @mail. ru

Hozirgi kunda aniq fanlarni sifatli darajada o'qitish pedagoglaming oldida turgan muammolardan hisoblanadi. Aniq fanlarni o'rganishda o'quvchilar ko'plab muammoli vaziyatlarga duch keladilar. Bilimlarni sifatli darajada yetkazib berishda pedagoglardan katta mahorat va o'quvchilarni darslarga qiziqtirish kerak bo'ladi. Ta'limning zamonaviy metodlaridan hisoblangan elektron ta'lim aniq fanlarni o'qitishda qo'l keladi. Elektron ta'lim - bu ta'limning elektron metodlaridan biri hisoblanadi. Odatda, kompyuter yordamida kurslarning to'liq yoki bir qismi o'qitiladi. Elektron ta'lim kurslarida xalqaro darajadagi resurslar taqdim etiladi. An'anaviy ta'lim o'qitvchi-kitob-o'quvchi tarzida bo'lib kelgan. O'quvchilar barcha ma'lumotlarni kitobdan o'qib olganlar. Elektron ta'limda esa barcha resurslar Internet tarmog'iga joylashirilgan bo'ladi. Bu ikkala tizimning eng asosiy farqi shundaki, an'anaviy ta'limda resurslarga o'zgartirish kiritish uchun ushbu kursga taalluqli bo'lgan adabiyotni qayta nashr qilish zarur bo'ladi. Elektron ta'limda esa resurslarni qiyinchilaklarsiz almashtirish mumkin, hattoki resurslarni har kuni yangilab turish mumkin. Bu esa hozirgi axborotlar almashinuvi zamonida ancha qo'l keladi[1].

Elektron ta'lim tizimi ma'lum platformadagi kurslaning yig'indisidan tashkil topgan bo'ladi. Bu tizimda har bir foydalanuvchi alohida ro'yhatdan o'tkaziladi, har bir foydalanuvchi o'z profiliga ega bo'ladi. Qulaylik tomoni shundaki ushbu kurslardan foydalanish hech qanday ortiqcha dasturlar talab etilmaydi, kompyuter yoki mobil qurilmadagi internet brauzeri yetarli bo'ladi. Elektron ta'lim kurslari ma'lum yo'nalishga qaratilgan bo'lib, ular o'z ichiga mustaqil topshiriqlar, maxsus o'quv mashg'ulotlari, o'quv qo'llanmalarni o'z ichiga oladi. Zamonaviy ta'limda elektron ta'lim o'z o'rniga va bu tizim quyidagi qulayliklarga ega:

1) Malakali va sifatli ta'lim - kurslar soxaning yetakchi mutaxasislari guruhi tomonidan tuzilgan bo'lib, har bir dars sifatli bo'ladi.

2) Kurslarning ochiqligi- kurs tinglovchilari ushbu kurslarni internet tarmog'iga ulangan holda o'qiy olishligi.

3) Elektron ta'limda kurslarni tinglovchilarga yetkazib berishning arzonligi, bunda internet trafiklari uchun pul to'lanadi.

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

4) Elektron kurslarda modullarga ajratib o'qitish - tizimdagi har bir kurs alohida modullarga ajratilgan bo'ladi, bu esa kursni o'rganishni osonlashtirib ko'plab ma'lumotlarni taqdim etishga imkon beradi.

5) O'quv jarayoninig moslashuvchanligi - tinglovchi o'zi tanlagan kursni davomiyligi va ketma-ketligi, butun kursni o'zlarining ehtijoylaridan kelib chiqib moslashishi.

6) Istalgan joyda turib o'qish - tinglovchilar o'z uylaridan yoki ishxonalaridan turgan holda ta'lim olish imkoniyati.

7) Elektron kurslar foydalanuvchilari: o'qituvchilar va talabalar zamonaviy texnologiyalar va standartlarga mos ravishda o'z bilim va ko'nikmalarini rivojlantiradilar. Elektron kurslar shuningdek, o'quv materiallarini o'z vaqtida va tezda yangilab turishga imkon beradi.

8) Axborotni baholash mezonlarini aniqlash qobiliyati - elektron o'quv jarayonida talabaning ta'lim jarayonidagi bilimlari baholanadigan aniq mezonlarni belgilash imkoniyati mavjud.

Elektron ta'lim tizimi pedagoglarning vazifalarini kengaytiradi va yangilaydi. O'qitilayotgan kurslarni doimiy takomillashtirish, tinglovchilarning ijodiy faolligini va ularning malakasini oshirish, kiritilgan innovatsiya va yangiliklarga mos bilim berish jarayonlarini muvofiqlashtirishi zarur.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 apreldagi PQ-1740son qarori bilan —Elektron ta'lim milliy tarmog'ill yaratilgan. O'z faoliyatini 2017 yilda boshlangan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida ham —Elektron ta'lim tizimil yo'lga qo'yilgan. Ushbu tizim talabalarning sifatli ta'lim olishlari uchun hizmat qilmoqda. Tizimda hozirgi kunda kunduzgi ta'lim yo'nalishlari 1 kursi uchun o'quv kurslari tayyorlangan. Har bir o'quv kursi quyidagi 4 ta bo'limdan iborat: 1) Kurs haqida ma'lumotlar; 2) Me'yoriy hujjatlar; 3) Kursning asosiy mazmuni; 4) Adabiyotlar.

Kurs haqida ma'lumotlar bo'limi - kursning maqsad vazifalari, kursni o'qish davomida olish kerak bo'lgan bilimlar, kurs davomida o'quvchining o'zlashtirishiga talablar, kurs davomidagi nazoratlar o'tkazish tartibi haqida ma'lumotlarga ega bo'ladilar.

Meyoriy hujjatlar bo'limida - kursning asosiy mazmuni va uni o'qitish

bo'yicha ko'rsatmalar, fan dasturlari bilan tanishish mumkin.

Kursning asosiy mazmuni - kursda asosiy qismi bo'lib, o'quv materiyallari

joylashtirilgan qismidir. Har bir mavzu alohida bo'limga ajratilgan. Bo'lim ichida

mavzuga doir ma'ruza matni , amaliy mashg'ulotlar uchun misol va masalalardan

yechimlaridan namunalar va beriladigan topshiriqlar, laboratoriya mashg'lotlarini

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 788 www.ares.uz

Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

o'tkazish tartibi , seminar mashg'ulotlari hamda mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar joylatirilgan.

Adabiyotlar - bu bo'limda kursga taalluqli bo'lgan asosiy va qo'shimcha adabiyotlar joylashtiriladi. Bu esa o'quvchilarga o'qish uchun qiyinchilik tug'dirmaydi.

Hozirgi kunda kunduzgi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kurslar yaratilish ishlari takomillashtirib borilmoqda. Tizimni takomillashtirish uchun bir qator ishlar amalga oshirilgan. Keyinchalik ushbu kurslardan sirtqi va maxsus sirtqi ta'lim yo'nalishlari hamda kechki (smenali) ta'lim yo'nalishlari uchun foydalanish rejalangan. Shu bilan birga, kurslarni on-line o'qitish va nazoratlarni elektron ravishda olish ham rejalangan. Nazoratlarni elektron tarzda olish uchun bir qator maxsus dasturlardan foydalanilmoqda. Masalan, shulardan biri iSpring Suite dasturlar paketidir. Ushbu dasturlar paketi foydalanish uchun juda qulay hisoblanadi. iSpring Suite dasturida testlar va savollar turli xil turlarini yaratish, testlarda rasmlar, chizmalardan foydalanish mumkin. Bu dasturning asosiy yutuqlaridan biri test natijalari bo'yicha hisobotni avtomatik ravishda tayyorlashidir. Bir so'z bilan aytganda, elektron ta'limdan foydalanish ta'lim olishning zamonaviy va samarali usullaridan ekanligi yaqqol o'z isbotini topmoqda[2].

REFERENCES

1. Kuralov Y. A. (2020). Development Of Geometric Creativity Of Secondary Scholl Students By Computer. International Journal of Scientific & Technology Research -(IJSTR) Volume-9 Issue-2, February 2020 Edition, 4572-4576.

2. Kuralov Y. A., Makhmudova, D. M. (2020). METHODOLOGY OF DEVELOPING CREATIVE COMPETENCE IN STUDENTS WITH PROBLEMATIC EDUCATION. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 4, 2020, Part IIISSN 2056-5852, 142-146.

3. Akhmedov B. A., Majidov J. M., Narimbetova Z. A., Kuralov Yu. A. (2020). Active interactive and distance forms of the cluster method of learning in development of higher education. Экономика и социум, 12(79), 805-808.

4. Kuralov Y. A., (2021). Elektron raqamli imzo algoritmlarining qiyosiy tahlili (RSA, ELGAMAL, DSA). Academic Research in Educational Sciences, 2(5) 428-438.

Zamonaviv ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va vutuqlari

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

5. Sultanov R. O., Yusupov M. R. (2020). Ta'limda matematika fanini o'qitishdagi muammolar va ularning yechimida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati. O'zMU xabarlari, 2(1/2/1), 144-147.

6. Султанов, Р. О. (2020). Idea блокли шифрлаш алгоритмини такомиллаштириш методлари. Academic Research in Educational Sciences, 1(3), 397-404.

7. Жураева, Н. В., Султанов, Р. О., Абдуллаева, С. А., Рахимжонова, В. А. (2020). Systematization of word combinations in the uzbek language. Наука и Мир, 2(6), 65-68

8. Ш. Х. Рахимов, А. Ж. Сейтов, М. Р. Шербаев, Д. Жумамурадов, Ф. Ж. Дусиеров. Структура базы данных и программные модули для моделирования управления водными ресурсами каскада насосных станций каршинского магистрального канала. Мелиорация 2019 3(89) стр. 85-91. (№5, web of science IF=0.144)

9. А. Ж. Сейтов А. Р. Кутлимурадов Р. Н. Тураев Э. М. Махкамов Б. Р. Хонимкулов. Оптимальные управления водных ресурсов крупных магистральных каналов с каскадом насосных станций ирригационных систем. academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 21811385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: (№5, web of science IF=5.723)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.