Научная статья на тему 'RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY VA AMALIY ASOSLARI (O`ZBEKISTON VA QOZOG`ISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA)'

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY VA AMALIY ASOSLARI (O`ZBEKISTON VA QOZOG`ISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

7
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY VA AMALIY ASOSLARI (O`ZBEKISTON VA QOZOG`ISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA)»

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY VA AMALIY ASOSLARI (OZBEKISTON VA QOZOGISTON RESPUBLIKASI MISOLIDA)

B. X.Allamuradov

O'zR FA huzuridagi O'zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazi tayanch doktoranti/

O'zbekiston.

Ushbu ilmiy maqola bugungi globallashuv jarayonlari mamlakatlar taraqqiyotida axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish va davlatlarning tashqi siyosiy faoliyatini amalga oshirishda ilg'or vositalar va mexanizmlarni keng qo'llash dolzarb va davr talabi ekanligiga e'tibor qaratilgan. Mamlakatlar tashqi siyosiy faoliyatining yangi amaliyot shakli hisoblangan "Raqamli diplomatiya" atamasi dunyoning yetakchi davlatlari AQSH, Kanada, Rossiya, Yaponiya, Fransiya, Eron va boshqa davlatlar siyosatida tez-tez takrorlanib kelinmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari ham bundan mustasno emas. Ayniqsa, Qozog' iston hamda O'zbekiston Respublikalari mazkur yo'nalishda boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlariga qaraganda muvaffaqiyatga erishayotgan davlatlar qatoriga kiradi.

Mamlakatlar miqyosida raqamli diplomatiyaning roli va uning tashqi siyosiy faoliyatda qo'llanilish darajasi, mamlakatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan huquqiy va siyosiy isloxotlarga tayanadi. Mazkur tamoyildan kelib chiqqan xolda ushbu bo'limda Qozog'iston va O'zbekiston Respublikasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilgan huquqiy va siyosiy isloxotlar hamda tashqi siyosiy faoliyatda raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonlari ikki yondashuv asosda tahlil qilinadi.

Birinchi yondashuv - mamlakatda Axborot texnologiyalari va « Elektron hukumat »ning joriy etish bosqichi.

Qozog'iston Respublikasida raqamli texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish, global tarmoqga kirish, "Elektron" davlat ishini tashkil etish va rivojlantirish jarayonlarini uch bosqichda o'rganish hamda tahlil qilish mumkin;

Birinchi bosqich, 2006-2016-yillarni ozida qamrab oladi. Mazkur bosqichning eng muhim jihatlaridan biri "e-hukumat" portalining joriy etilishidir. 2006-yilda Qozog'istonda ilk marotaba "e-Gov.kz" elektron hukumat portali ishga tushirildi. Fuqarolar uchun elektron raqamli imzoning bepul joriy etilishi tufayli davlat

May 15, 2024

473

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyati yaratildi. "Elektron hukumat" portalini yaratish Qozog'iston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 10-noyabrdagi 1471-sonli "Qozog'iston Respublikasida 2005-yilda elektron hukumatni shakllantirish bo'yicha Davlat dasturi to'g'risida"gi Farmoni [1] asos bo'ldi. Bugungi kunda" e-Gov" portalidan 10 milliondan ortiq kishi foydalanadi. Uning infratuzilmasi orqali 760 ta onlayn xizmatlarni taqdim etmoqda. Qiyoslash uchun 2015-yil ushbu ko'rsatkich 4 mln, 2018-yil esa 8.6 mln foydalanuvchini tashkil etgan.[2]

Hozirgi kunda mazkur portal asosida bir qator loyihalar samarali amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu loyihalar o'zida o'nlab turli xil axborot tizimlari, registrlar, Davlat ma'lumotlar bazasi, yuzlab ilovalar va xizmatlarni o'z ichiga oladi. Xususan, " Elektron notarial ", "Ko'chmas mulk reyestri", davlat organlarining elektron hujjat aylanishining yagona tizimi, "Elektron litsenziyalash ", davlat organlarining internet portali, " Mobil hukumat " axborot tizimi, Telegram, Facebook va Vkontakte chat-botlari va boshqalar.

Ahamiyati jihatdan muhim loyihalardan biri hisoblangan "EGov mobil ilovasi" hukumat mobil ilovasi tashkil etishdagi ilk qadamlardan biri bo'ldi. Ilovaning asosiy maqsadi Qozog'iston Respublikasi aholisiga mobil aloqa vositalari orqali davlat xizmatlarini ko'rsatishga, shuningdek, mamlakat aholisi o'rtasida qo'shimcha va samarali o'zaro aloqa kanalini yaratishga qaratilgan. Mazkur "E-Gov Mobile" ilovasi Qozog'iston Respublikasi aholisiga mobil aloqa vositalari orqali davlat xizmatlari va xizmatlarini ko'rsatishga, shuningdek, mamlakat aholisi o'rtasida qo'shimcha va samarali o'zaro aloqa kanalini yaratishga qaratilgan hamda "1414" qisqa bepul raqami doirasida ko'rsatiladigan davlat xizmatlari to'g'risida fuqarolarga SMS-xabarlarni qabul qilish va yuborishni ta'minlaydi. Shuningdek, ilova elektron hukumat foydalanuvchisi to'g'risidagi shaxsiy ma'lumotlarni to'plash va saqlash uchun mo'ljallangan.[3]

2015-yil 24-noyabrdagi Qozog'iston Respublikasining "Axborotlashtirish to'g'risida"gi hamda 2015-yil 15-noyabrdagi "Axborot olish to'g'risidagi" qonunlari asosida "Ochiq hukumat" portali yaratildi. Portalning asosiy maqsadi mamlakat faoliyatiga doir ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega sohalari to'g'risida aholining xabardorlik darajasini oshirishni ta'minlashga qaratilgan. Shuningdek, "Ochiq hukumat"portali davlat organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qonun loyihalari konsepsiyalarini ko'rib chiqishda fuqarolarning ishtirokini ta'minlaydigan " ochiq me'yoriy hujjat", fuqarolarga Blog platformasi xizmatlari, internet konferensiyalari va so'rovnomalari orqali muloqot o'tkazish imkoniyatini taqdim etuvchi "ochiq muloqot", hamda fuqarolarga davlat organlari faoliyati

May 15, 2024

474

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

samaradorligini baholash natijalari to'g'risida ma'lumot berish, shuningdek, fuqarolarning baholash tizimi haqidagi tushunchalarini yaxshilash maqsadida "davlat tashkilotlarining faoliyatini baholash" kabi tarkibiy qismlardan iborat. [4]

Respublika biznes hamjamiyatining axborot hamkorligining samarali, ochiq mexanizmini ta'minlash maqsadida "Elektron litsenziyalash" davlat ma'lumotlar bazasi axborot tizimi yaratilgan. Tizim Qozog'iston Respublikasida "Elektron hukumat"ni shakllantirish va rivojlantirish dasturi hamda Qozog'iston Respublikasini ilg'or sanoat-innovatsion rivojlantirish bo'yicha 2010-2014 yillarga mo'ljallangan davlat dasturi doirasida amalga oshirildi.[5]

Birinchi davr isloxotlarni tahlil qilish orqali quyidagi natijalarni kuzatish mumkin: birinchidan davlat xizmatlarining umumiy hajmidan elektron shaklda olingan davlat xizmatlari ulushi 25% oshdi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo'yicha Qozog'iston Respublikasi mazkur davrda 52 pog'onani egalladi, Davlat organlarining ichki faoliyati raqamlashtirish borasidagi isloxotlarda ham sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. "Elektron hukumat"ning rivojlanish indeksi bo'yicha 33-pog'onani egalladi.

Raqamlashtirishning ikkinchi bosqichi, 2017-2022-yillarni o'zida qamrab olgan bo'lib, mamlakatda raqamlashtirish siyosatini amalga oshirish hamda raqamli texnologiyalarni bosqichma bosqich rivojlantirishga qaratilgan "Raqamli Qozog'iston" dasturidir.

Mazkur davrda, raqamlashtirish borasidagi jarayonlarni yangi bosqichiga asos solindi. 2017 yil 12 dekabrdagi 827-son qarori asosida Qozog'iston hukumati tomonidan 2018-2022 yillarga mo'ljallangan "Raqamli Qozog'iston" dasturini ishga tushirildi1. Ushbu dasturning maqsadi "Qozog'iston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanish sur'atlarini tezlashtirish va o'rta muddatli istiqbolda raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali aholining hayot sifatini yaxshilashdir.

Xulosada shuni ta'kidlash joizki, raqamli vositalarni joriy etish, mamlakatda mavjud AKT infratuzilmalari xususan, internetnetning ulanish qamrovi va tezligiga bog'liqdir. Raqamlashtirishga asoslangan davlat milliy strategiyasi, davlat xizmatlari va elektron hukumatning muvaffaqiyatli tashkil ettirilganligi mamlakatning raqamli diplomatiya yo'nalishidagi munosabatlarida aks etadi.

REFERENCES

1 Государственная программа «Цифровой Казахстан» утверждена Постановлением Правительства Республики Казахстан от 12 декабря 2017 года № 827 http://adilet.zan.kz/kaz/docs/P1700000827

May 15, 2024

475

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

1. Gov.kz. Комитет государственных услуг Министерства цифрового развития, инноваций и аэрокосмической промышленности Республики Казахстан. Электронное правительство. https://www. gov. kz/memleket/entities/kgu/activities/1363?lang=ru

murojat: 17.10.2023

2. Комитет государственных услуг Министерства цифрового развития, инноваций и аэрокосмической промышленности Республики Казахстан . Электронное правительство. https://www.gov.kz/memleket/entities/kgu/activities/1363?lang=ru murojat: 17.10.2023

3. Projects of the electronic government of the Republic of Kazakhstan. https://egov.kz/cms/en/information/about/projects Acess:01.12.2023

4. E.gov.Проекты электронного правительства Республики Казахстан. https://egov.kz/cms/ru/information/about/projects?mobile=no

5. E.license. О портале https://elicense.kz/LicensingContent/AboutPortal murojat;01.12.2023

6. Государственная программа «Цифровой Казахстан» утверждена Постановлением Правительства Республики Казахстан от 12 декабря 2017 года № 827 http://adilet.zan.kz/kaz/docs/P1700000827

476

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.