RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA BOLALARDA KREATIVLIK
SIFATINI RIVOJLANTIRISH Hajiyeva Sohiba Saidjan qizi
Toshkent shahri Puchon universiteti Ta'lim muassalarini boshqarishning
1-bosqich talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10982314
Annotatsiya. Bolada kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun dastlab "kreativlik" tushunchasining ma'nosini tushunib olish lozimdir. Ushbu maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalarning estetik tafakkurini rivojlantirishda kreativ yondashuv haqida so'z yuritiladi. Shuningdek mustaqil fikrlashga o 'rgatish muhokama qilingan.
Kalit so'zlar: kreativ, bola, taafakkur, maktabgacha ta'lim tashkiloti, ijodiy, estetika, mashg'ulot.
Yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish uzluksiz ta'lim tizimining boshlangich bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan boshlanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amalga oshiriladigan ta'lim va tarbiya ishini davr talabi darajasida olib borish maqsadida mamlakatimizda maktabgacha ta'lim sohasida keng ko'lamli ishlar, islohotlar amalga oshirilmoqdaki, bu o'z navbatida maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim va tarbiya olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishni asosiy vazifa qilib qo'ygan.
Bola rivojiga individual yondashuv, shaxsiyatini hurmat qilish, uning manfaatlari, ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, his-tuyg'ularini e'tiborga olish zarur. Shu asosda tarbiyachilarning tarbiyaviy ishlarining mazmuni, shakllari, vositalari va metodlarini o'zlashtirishlariga erishiladi. Tarbiyachilar bolalarni ijtimoiy faoliyatga jalb etish metodlarini ham egallashlari lozim. Bularning barchasi tarbiyalanuvchilarda ma'naviy xislatlarni tarkib toptirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Kreativlik so'zi lotincha so'zdan olingan bo'lib, "yaratish" degan ma'noni anglatadi. Kreativlik bu o'z qiymatiga ega original g'oyalar majmuidir.
Hozirgi paytda jamiyatning bog'cha oldiga qo'yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarga to'g'ri yondashgan holda ularni amalda bajarish pedagogning vazifasidir. Pedagogik faoliyat inson mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Hozirgi jamiyatimizda pedagog eng faol pozitsiyadagi shaxs sifatida zamonaviy bilimlarini egallab borishi, tinimsiz izlanuvchan va fidoiy bo'lishi lozim chunki, u kechiktirib bo'lmas jarayon shaxsni intellektual hamda ma'naviy qashshoqlikdan qutqarib qoladi. Hozirgi zamon standartlarini amalga tadbiq etish pedagogdan nafaqat yuqori malakani va doimiy kasbiy rivojlanishni, balki o'z ishiga ijodiy yondashishni talab etadi. Pedagogning kreativligi o'z tajribasini qayta ko'rib chiqishi va yaxshilashi hammaga ma'lum narsalarni o'zgartira olishi va ijodiy foydalana olishi , sifat jihatdan yangiliklarni yaratishi juda katta ahamiyatga ega bo'lib bormoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativ tafakkurni rivojlantirishning muammosi ko'pgina pedagog va tadqiqotchilarni qiziqtirgan muammo sifatida uzoq yillardan buyon o'rganilib kelinmoqda. Emebaylning fikricha kreativlik muayyan soha bo'yicha o'zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko'nikmalarga ham ega bo'lish demakdir. G'arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negiizda noan'anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil - mutoyiba tuyg'usi va erkinlik mavjud bo'lishiga e'tiborni
qaratadilar. Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug'ilish jarayoni, deb tushunadilar. Garchi g'arblik va sharqliklarning kreativlik borsidagi qarashlari turlicha bo'lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar.
Boshqa ko'pgina, sifatlar (fazilat) singari kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirib boradi. Bolaning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi.
Maktabgacha yosh davri ijodiy faol shaxsni shakllanishi uchun eng samarali davri, chunki aynan manashu davrda psixik jarayonlar progressive o'zgarishlar kechadi va shaxsiy fazilatlar tezkor rivojlanadi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida ijodni rivojlantirish bolalarning turli faoliyatlari orqali, masalan, kommunikativ, amaliy o'yinlar yordamida amalga oshadi.
Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o'ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkun. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug'atlariga asoslanib o'qituvchining kreativligi deb uning fikirlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta'riflash mumkun. Kreativlik insonda mavjud ma'lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularni cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativ yondashuv asosida estetik tafakkurni shakllantirishning ko'pgina usullari mavjud.
Estetika (yunoncha aisthetikos - hissiy idrok, sezgi) - 1) voqyelikni hissiy ta'sirchan, emotsional o'zlashtirish; 2) estetik faoliyat qonuniyatlari to'g'risidagi fan, nafosatshunoslik. Estetikaga oid dastlabki ta'limotlar miloddan avvalgi 2-3 ming yil muqaddam Qadimgi Misr, Hindiston, Xitoyda vujudga kelib, Qadimgi Yunonistonda Aflotun, Arastu, rimlik Lukretsiy, Goratsiy singari mutafakkirlarning asarlarida har tomonlama rivojlandi. O'rta asrlarda Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda ham o'ziga xos estetik g'oyalar vujudga keldi. Nizomiy, Sa'diy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy, Behzod kabi san'atkorlar ijodida go'zallik va ezgulikning uyg'unligini tarannum etuvchi estetik tasavvurlar tarkib topdi. Bunda mashg'ulot jarayonida turli o'yinlardan foydalaniladi. Mashg'ulotni samarali o'tkazish o'z navbatida tarbiyachi pedagogga bog'liqdir. Mashg'ulotlarda "kreativlik yo'l xaritasi"ga ko'ra quyidagi 4 ta yo'nalish bo'yicha harakatlanadi va ulardagi harakatlar pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar sanaladi:
1. Ijodiy fikrlash ko'nikmalarini namoyon etish;
2. Mashg'ulotlarni qiziqish bilan o'zlashtirishga rag'batlantiruvchi strategiyalardan foydalana olish;
3. Innovatsion yondashuv va pedagog masalalarining yechimini topishga kreativ yondashish;
4. Kutiladigan natija.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishda rasm chizish, loyihalash, modellashtirish, shuningdek, bolalar faoliyatining o'yin, dramatizatsiya kabi turlaridan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin.
"Kreativlik otasi" nomi bilan mashhur Pol Torrans to'rtta kreativlik konikmasini aniqlagan. Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, mazkur kreativ ko'nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkun:
1. Ravonlik. Ko'plab g'oyalarni o'ylab topish ko'nikmasi ko'p degan so'zga asoslanadi.
2. Moslashuvchanlik. Turli g'oyalarni o'ylab topish ko'nikmasi o'zgartirish degan so'zga asoslanadi.
3. O'ziga xoslik. Boshqalarga o'xshamagan, ajralib turuvchi g'oyani o'ylab topish ko'nikmasi noyob degan so'zga asoslanadi.
4. Yaratuvchanlik. G'oyalarni kengaytirish ko'nikmasi qo'shish degan so'zga asoslanadi. Kreativlik darslarida pedagoglardan ajoyib g'oyalarni o'ylab topish (o'ziga xoslik); ularni kengaytirish (ishlab chiqish); yoki boshqa g'oyalar bilan solishtirish va ulardagi bog'liqlikni topish (moslashuvchanlik) talab etilganda, mazkur ko'nikmalar bir-biri bilan kesishadi.
Patti Drepeau tomonidan ham shaxsda kreativlik sifatlari ni muvaffaqiyatli rivojlantirishning to'rtta yo'li ko'rsatilgan:
• Kreativ fikirlash ko'nikmasini shakllantirish;
• Amaliy kreativ harakat ko'nikmalarini rivojlantirish
• Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish;
• Kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish.
Xorijiy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning ayniqsa o'qituvchining kreativligi boshqalarni ijodiy jarayonini tashkil etishga ruhlantiradi.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tish joizki, kreativlikni faollashtirish usullaridan foydalangan holda tashkillashtirilgan ijodiy o'yin vazifalari, hayotiy vaziyatlar kreativ o'yin va mashg'ulotlardan foydalanish maktabgacha yosh davridagi bolalarda kreativ yondashuv asosida estetik tarbiyani shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Kreativ tafakkurga ega bo'lgan bola mashg'ulotlarni tez o'zlashtirish, berilgan har bir ta'limiy va tarbiyaviy ta'limotlarni tezda ilg'ab oladilar va hayotga tatbiq etish xusuusiyatiga ega bo'ladilar. Maktabgacha yoshdanoq kreativ fikrlay oladigan estetik tafakkurga ega bo'lgan bolalar kelajakda buyuk inson bo'lib, yetishadilar va o'z navbatida kelajakda vatani ravnaqiga o'z hissalarini qo'shadilar. Shunday qilib, maxsus ta'lim jarayonida barcha bolalar kreativ va ijodiy konstruktiv muammolarni hal qilishni.
O'quv mashg'ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, bo'lajak pedagoglarda tanqidiy,kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish,ularni ijodiy fikirlash, yangi g'oyalarni o'ylab topishga majbur qilish ta'lim olishga bo'lgan munosabatni o'zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag'batlantirishda asosiy omil bo'ladi. Тарбиячиларнинг ijodkor va kreativ bo'lishi yoki bo'lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etish, yangi g'oyalarni ta'lim jarayonida sinab ko'rishga intilishi zarur.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi O'RQ-595-son "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni.
3. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to''g'risida"gi 802-son qarori. T. 2020 y.
4. https://cyberleninka.ru/article/n/kreativlik-pedagogik-faoliyatni-rivojlantirishning-asosiy-omili-sifatida
5. https://cyberleninka.ru/article/n/kreativ-yondashuv-asosida-maktabgacha-yoshdagi-bollarda-estetik-tafakkurni-rivojlantirish