Научная статья на тему 'RAQAMLI OBYEKTLARDA ENERGIYA TEJASH VA ENERGIYA SAMARADORLIGI'

RAQAMLI OBYEKTLARDA ENERGIYA TEJASH VA ENERGIYA SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
energiya samaradorligi / energetika resurslari / issiqlik elektr stansiyalar / gidroelektr stansiyalarida / samarali ish koeffitsenti / eskpluatatsiya / qayta tiklanuvchi energiya.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Yakubova Diloromxon Murodjon Qizi

Raqamli obyektlar hamda energetika korxonalari ishlab chiqarish barqarorligini faqat energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hisobiga ta’minlay oladilar. Shu bilan bir qatorda, energiya tejash masalalari atrof-muhit ekologiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi hukumatining dasturiy hujjatlari asosida energiya tejash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va energiya sarfini hisobga olish tizimlarini kompleks ravishda baholash amalga oshirildi. Shuningdek, mamlakatimizada energiya sarfini tejash hamda energiya samaradorligini oshirish bo’yicha qilingan islohatlar va amalga oshirilayotgan yangi loyihalar ko’rib chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI OBYEKTLARDA ENERGIYA TEJASH VA ENERGIYA SAMARADORLIGI»

RAQAMLI OBYEKTLARDA ENERGIYA TEJASH VA ENERGIYA

SAMARADORLIGI Yakubova Diloromxon Murodjon qizi

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti E-mail: yakubovadiloromxon2707@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10723377 Annotatsiya. Raqamli obyektlar hamda energetika korxonalari ishlab chiqarish barqarorligini faqat energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hisobiga ta'minlay oladilar. Shu bilan bir qatorda, energiya tejashmasalalariatrof-muhitekologiyasi bilan bevosita bog'liqdir. Maqolada O'zbekiston Respublikasi hukumatining dasturiy hujjatlari asosida energiya tejash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va energiya sarfini hisobga olish tizimlarini kompleks ravishda baholash amalga oshirildi. Shuningdek, mamlakatimizada energiya sarfini tejash hamda energiya samaradorligini oshirish bo'yicha qilingan islohatlar va amalga oshirilayotgan yangi loyihalar ko'rib chiqildi.

Kalit so'zlar: energiya samaradorligi, energetika resurslari, issiqlik elektr stansiyalar, gidroelektr stansiyalarida, samarali ish koeffitsenti, eskpluatatsiya, qayta tiklanuvchi energiya.

Barchamizga ma'lumki insoniyat hayoti davomida tabiat tomonidan minglab yillarda to'plangan energiyadan foydalanib kelinmoqda. Bunda ushbu energiyadan foydalanish usullari, undan maksimal samaradorlik olish maqsadida doimo takomillashib bormoqda. Energetika insoniyat hayotida muhim rol o'ynaydi. Bizni o'rab turgan dunyo turli ko'rinishdagi tuganmas energiya manbalariga egadir. Hozirda ularning ba'zilaridan ya'ni, quyosh energiyasi, yer va oyning o'zaro ta'siri natijasida hosil boladigan energiya, termoyadrosintezi energiyasi, yer issiqligi energiyasidan to'laqonli fovdalanilmayapdi. Hozir inson tamaddunining rivojlanishida energiya hal etuvehi rol o'ynaydi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va energiya sarfi orasida uzviy o'zaro bog'liqlik mavjud. Insoniyat hayotida energetika katta ahamiyatga egadir. Uning rivojlanish darajasi, jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini, ilmiy texnik taraqqiyot imkoniyatlarini va aholi turmush darajasini aks ettiradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi "Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4422-son qarorida "iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish davlat siyosatining hozirgi bosqichdagi dolzarb yo'nalishlaridan biri" ekanligi ta'kidlab o'tilgan[1].

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-avgustdagi "Yoqilg'i-energetika resurslari iste'molchilarini energetika tekshiruvidan va ekspertizadan o'tkazish qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi 164-son qarorida shundan ta'rif berilgan:

Energiyani tejash — energetika resurslaridan samarali foydalanishga yo'naltirilgan huquqiy, tashkiliy, ilmiy, ishlab chiqarish, texnik va iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Energetika resurslaridan samarali foydalanish — texnika va texnologiyalar rivojlanishining mavjud darajasida va atrof muhitni muhofaza qilishga qo'yiladigan talablarga rioya qilgan holda energetika resurslaridan foydalanishning iqtisodiy o'zini oqlagan samaradorligiga erishish[1].

Dunyoda ko'plab mamlakatlarda energiya iste'moli masalalari 1970-yillardan beri energiya samaradorligini oshirish bo'yicha davlat siyosati va maxsus dasturlar orqali amalga oshirib

kelinadi. Bugungi kunda sanoat sektori dunyodagi yillik birlamchi energiya iste'molining qariyb 40 foizini va global karbonat angidrid chiqindilarining taxminan shuncha qismini tashkil qiladi. Bu yo'nalishda ISO 50001 xalqaro standarti qabul qilingan bo'lib, u energiya samaradorligi masalalarini tartibga soladi.

Misol uchun, ko'pgina tashkilotlar faoliyati energiya samaradorligi bo'yicha xalqaro dasturlar ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, ularning eng yirigi — Xalqaro energetika agentligi (XEA) — Energy Efficiency hisoblanadi. Shu bilan birga, bunday tashkilotlar Yevropa Ittifoqida, Buyuk Britaniya, Meksika, Kanada, AQSH, Janubiy Afrika Respublikasi (JAR), Indoneziya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Eron, Xitoy Xalq Respublikasi, Yangi Zellandiya, Rossiya Federatsiyasi, Braziliya, Avstraliya va boshqa mamlakatlarda mavjud.

O'zbekistonda esa bunday yo'nalishdagi ish faoliyatini Energetika vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg'armasi bajaradi. Jamg'arma 2020-yilda Vazirlar Mahkamasining 640-son qarori bilan tashkil etilgan.

Rivojlangan mamlakatlardagi energiya tejash siyosatini o'tkazish tajribasi shuni ko'rsatadiki, energiya tejashni uch ulkan yo'nalishi mavjud [4]. Energiya tejamlash siyosatini amalga oshirishning boshlang'ich bosqichi uchun birinchi samarali, kichik sarfli yo'nalish - bu yoqilg'i va energiyadan foydalanishni ratsionalizatsiyalashtirish. Iqtisodiy sarflar amalda bo'lmagan, asosiy bosim, iqtisodiy asoslarni yaratish bilan birga tashkillashtirish chorasi amalga oshirilib, bunda yoqilg'i hamda energiya ishlab-chiqaruvchilar va iste'molchilar energiya tejamlashga safarbar etiladi.

Chet el tajribasining tahlili shuni ko'rsatadiki, amalga oshirilayotgan energiya tejash potensialining 50 dan to 70% birinchi navbatda tashkiliy tadbirlarga to'g'ri keladi[3]. Bu avvalambor, raqobatbardosh bo'lmagan mahsulotlarni chiqarishni to'xtatish, sanoat, qishloq xo'jaligi va uy kommunal xo'jaligidagi sarflarni bartaraf etishdan iborat. Bu yo'nalishni tatbiq etish hisobiga yoqilg'i va energiyaga bo'lgan talabni 12-15 % ga qisqartirishi mumkin. Ikkinchi yo'nalishi iqtisodiyot tuzilmaviy qayta qurish energiya sig'imli va kamroq energiyasig'imli sohalarini rivojlanish tezligini o'zgartirish bilan bog'liq. Masalan yengil sanoat, xizmat ko'rsatish sohasi, qurilishining energiya sig'imi yoqilg'i-energetika sohasinikidan 8-10 marta kam va metallurgiyaga nisbatan esa 12-15 marta kamdir. Yoqilg'i energetika resurslariga bo'lgan talabni iqtisodiyotdagi tuzilmaviy o'zgarishlar hisobiga pasaytirish zaxirasi mavjud iste'moldan 10-12 %ni tashkil etishi mumkin. Uchinchi yo'nalish - bu energiya tejovchi texnologiyalarni tatbiq etish shu jumladan, tiklanuvchi resurslar (Quyosh, suv va shamol energiyasi) [6], jarayon, asboblar va jihozlarni eng energiyasig'imli sohalarda qo'llashdan iborat. Bundan tashqari energiya tejamlovchi texnologiyalar ekologik jihatdan toza va ijtimoiy muammolarni yechishda qo'shimcha sarf-xarajatlarni talab etmaydi.

Rivojlangan mamlakatlarda energiya tejash tadbirlari ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda, katta sarf-xarajat talab etadigan, energiya resurslarni vaqtinchalik iqtisod qilish, ratsional foydalanish bo'yicha tadbirlar amalga oshiriladi. Bu hisobga olish va nazorat vositalarini takomillashtirish bo'yicha tashkiliy choralar (rejali va qonuniy), energiyadan foydalanishda iste'molchi va ishlab chiqaruvchilarning ma'suliyatini oshirishdan iborat. Ikkinchi bosqichda, energiya tejash siyosatining bosh choralari, bu yangi energiya tejashi texnologiyalarini ommaviy tatbiq etish bo'lib, shu bilan birga eskirgan jihozlarni almashtirish, harakatdagi ishlab-chiqarishni rekonstruksiya qilish, mahsulot material sig'imliligini pasaytirish va nisbatan past bo'lgan energiya sig'imli materiallarni qo'llash, transport sxemalarini ratsionalizatsiyalash, amaldagi binolar fondining issiqlik izolatsiyasi darajasini oshirish, solishtirma energiya sig'imini

pasaytirish maqsadida soha iqtisodi tuzilmasini o'zgartirishlardan iborat. Ushbu bosqichda suyuq yoqilg'ini almashtirish va qattiq yoqilg'idan, hamda tiklanuvchi energiya resurslardan foydalanish hisobiga gazsimon yoqilg'ini iqtisod qilish choralari qabul qilinadi. Xalq xo'jaligi uchun energiya tejash siyosatini amalga oshirishning birinchi bosqichi muhimligi bilan bir qatorda, uning ikkinchi bosqichi energiya samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishi ekanligini alohida qayd etish kerak[5].

1-rasm. Turli mamlakatlarda energiyadan foydalanish va iste'mol qilish samaradorligi

Shu o'rinda bir jihatni alohida qayd etish lozimki, O'zbekistonda bir yilda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi hajmi bilan iste'mol hajmi orasidagi tafovut — hukumatlararo kelishuvlarga asosan qo'shni davlatlardan (Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'iziston mavsumiy, Qozog'iston) import qilinayotgan elektr energiyasi miqdoridir.

Energiya resurslaridan samarali (ratsional), ya'ni oqilona foydalanishga qaratilgan jarayonlar majmui — energiya samaradorligiga beriladigan birlamchi ta'rifdir. Binolarning energiya ta'minoti yoki ishlab chiqarish jarayonlari uchun kamroq energiya sarflash evaziga kerakli natijaga erishish ham samaradorlik ko'rsatkichi hisoblanadi. Texnika va texnologiya rivojlanishining hozirgi darajasida yoqilg'i-energetika resurslaridan foydalanishda iqtisodiy jihatdan asoslangan samaradorlikka erishish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya qilish ham shular jumlasidan.

Energiya tejash dasturini muvaffaqiyatli bajarish, energiya tejovchi tadbirlarga sarf etilgan mablag'lardan katta foyda olish ishlarini tashkillashtirish va rejalashtirish dasturiga bog'liq. Shuni bilish zarurki, energiya tejashni investitsiyalash bilan bog'liq bo'lgan yo'nalish, ba'zi bir sarflarga ega, xususan yangi jihozlar va texnologiyalarni o'zlashtirish hamda tatbiq etishning uzoq muddatlari, yangi jihozlarni sotib olish va o'rnatish uchun texnologik jarayonlarni qayta qurish uchun katta mablag' ajratish zarurligi bilan bog'liq bo'lgan sarflar.

Ma'lumki, fizika qonunlarigaga ko'ra, energiya bordan yo'q, yo'qdan bor bo'lmaydi, faqat uning shakli (turi) o'zgaradi. Bugungi kunda ham elektr energiyasi aylanma mexanik harakat evaziga magnit maydon hosil qilish orqali olinadi (issiqlik elektr stansiyalari va gidroelektr stansiyalarida) va iqtisodiyot tilida mahsulotning alohida turi deb ataladi. Negaki, uni g'amlash yoki saqlab qo'yishning imkoni yo'q. Elektr energiyasining harakat tezligi yorug'lik tezligiga teng bo'lib, ishlab chiqarilgan ondayoq iste'mol qilinadi. Mexanik energiyasi esa issiqlik energiyasi hisobiga (bug'-gaz qurilmalarida) paydo bo'ladi va bu jarayonni neft-gaz mahsulotlari yoki ko'mir yoqilg'isiz tasavur etish mumkinmas. Tabiiy boyliklarimiz esa behisob emas. Qolaversa, an'anaviy turda elektr energiyasi ishlab chiqarish — ekologik barqarorlikka zid ko'rsatkich. Shuning uchun

mamlakatimizda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid o'nlab yirik investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

Energetika sohasi, xususan elektr energetika tarmog'ida ham energiya samaradorligi va tejamkorligi bo'yicha mavjud me'yoriy hujjatlarga asoslangan texnik-muhandislik tadbirlari olib boriladi.

Shartli ravishda, elektr energetika sohasi da texnologik sarflarni (yo'qotishlarni) kamaytirish ham — samarali ish koeffitsentining yorqin namunasi. Misol uchun, "O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi 84 ta yuqori kuchlanishli podstansiyalari va 11650 kilometr uzunlikdagi magistral elektr tarmoqlarida bu ko'rsatkich belgilangan me'yordan kamaytirilib, ishlab chiqarish samaradorligi oshib bormoqda. Bu o'rinda eskpluatatsiya jarayonlarini to'g'ri bajarish muhim sanaladi.

Har bir podstansiya yoki ma'muriy binolarda o'z ehtiyoji uchun foydalaniladigan elektr energiyasi miqdorini ham kamaytirish — soha mutaxassislari oldiga Hukumat tomonidan qo'yilgan vazifalardan biri sanaladi. Elektr obyektlarida xo'jalik ehtiyoji uchun ishlatiladigan elektr energiyasini sarfini kamaytirish uchun ma'muriy binolar tomiga quyosh panellari va quyosh suv isitish kollektorlari o'rnatilmoqda.

Dastavval cho'g'lanma lampalardan tamoman voz kechib, zamonaviy tejamkor lampalarni harakat va yorug'likni ilg'ovchi sensorli qurilmalar bilan boyitib borishimiz kerak. Ko'p quvvat talab etadigan suv nasoslari va boshqa elektr dvigatel qurilmalarini zamonaviy va ixcham, eng muhimi, kam quvvat talab qiladigan qurilmalarga almashtirish, shaharsozlik masalalari va urbanizatsiya muammolariga zamonaviy dasturlarni tatbiq etish — bugungi kunning muhim vazifalari sanaladi.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, so'nggi paytlarda energiyani tejash nafaqat mamlakatimiz davlat siyosatining, balki butun dunyoda ham xalqaro asosiy masalalaridan biri bo'lib qoldi. Biz iste'molchi sifatida o'z haq-huquqlarimizdan to'liq foydalanishni istar ekanmiz, mamlakat fuqaro sifatida, shu aziz ona vatanimizning bir farzandi sifatida energiya tejamkorligi va samaradorligi bo'yicha o'z vazifa-majburiyatlarimizni ham ado etish bizning burchimizdir.

REFERENCES

1. https://www.uzbekistonmet.uz/oz

2. Allayev K.R. Elektroenergetika Uzbekistana i mira, - T.: "Fan va texnologiya", 2009, 463s

3. Ziborov B.N. i dr. Otrasleviye programmi energosberejeniya i rol energeticheskix obsledovaniy v ix formirovanii. // Energeticheskaya politika, - M.: 2003, № 10,s.17-21.

4. Xoshimov F.A. Razrabotka metodov snijeniya energozatrat na predpriyatiyax tekstilnoy promishlennosti Uzbekistana. - T.: 2008 // Diss.dok texn. Nauk

5. F.A. Xoshimov A.D . Taslimov Energiya tejamkorlik asoslari, - T.:"Voris-nashriyot", 2014

6. Zaxidov R.A., Anarbayev A.I., Koroli M.A., Tadjiyev U.A. Sxemi kombinirovannix sistem solnechnogo teplosnabjeniya i voprosi povishyeniya energosberejeniya pri ix rabote, "Problemi energo- i resursosberyejeniya", 2006, № 2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.