Научная статья на тему 'QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING IQTISODIYOTDA BARQAROR RIVOJLANISHIDA ENERGIYAGA O‘TISH INDEKSINING AHAMIYATI'

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING IQTISODIYOTDA BARQAROR RIVOJLANISHIDA ENERGIYAGA O‘TISH INDEKSINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
114
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
qayta tiklanuvchi energiya / Energiyaga O‘tish Indeksi / energiya havfsizligi / atrof-muhit barqarorligi

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Surayyo Kushbakova

Global iqtisodiy-siyosatning yildan yilga o‘zgarishi energetika sohasini rivojlanishinnig bir necha yondashuvlarni bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelmoqda. Shunday yondashuvlardan biri bu Jahon Iqtisodiy Forum (World Economic Forum) xalqaro tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan Energiyaga O‘tish Indeksi (Energy Transition Index) hisoblanadi. Ushbu Indeksda ikkita o‘lchovni o‘z ichiga olgan 40 ta kategoriyadan tashkil topgan o‘zgaruvchilar mavjud bo‘lib, qayta tiklanadigan energiyaga global o‘zgarishlarni miqdoriy baholash uchun 2018 yildan beri o‘z hisobotlarida nashr etib kelmoqda. Ushbu indeks har bir mamlakatning qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasini rivojlanishidan tashqari, iqtisodiy va siyosi tomonlama ushbu sohaga o‘tish darajasini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING IQTISODIYOTDA BARQAROR RIVOJLANISHIDA ENERGIYAGA O‘TISH INDEKSINING AHAMIYATI»

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING IQTISODIYOTDA BARQAROR RIVOJLANISHIDA ENERGIYAGA O'TISH INDEKSINING

AHAMIYATI Surayyo Kushbakova

JIDU, PhD tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10144383 Annotasiya. Global iqtisodiy-siyosatning yildan yilga o'zgarishi energetika sohasini rivojlanishinnig bir necha yondashuvlarni bosib o'tishiga to'g'ri kelmoqda. Shunday yondashuvlardan biri bu Jahon Iqtisodiy Forum (World Economic Forum) xalqaro tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan Energiyaga O'tish Indeksi (Energy Transition Index) hisoblanadi. Ushbu Indeksda ikkita o'lchovni o'z ichiga olgan 40 ta kategoriyadan tashkil topgan o'zgaruvchilar mavjud bo'lib, qayta tiklanadigan energiyaga global o'zgarishlarni miqdoriy baholash uchun 2018 yildan beri o'z hisobotlarida nashr etib kelmoqda. Ushbu indeks har bir mamlakatning qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasini rivojlanishidan tashqari, iqtisodiy va siyosi tomonlama ushbu sohaga o'tish darajasini ko'rsatuvchi ko'rsatkich hisoblanadi.

Kalit so'zlar: qayta tiklanuvchi energiya, Energiyaga O'tish Indeksi, energiya havfsizligi, atrof-muhit barqarorligi

Аннотация. Изменение мировой экономической политики из года в год привело к появлению нескольких подходов к развитию энергетического сектора. Одним из таких подходов является Индекс энергетического перехода, разработанный Всемирным экономическим форумом. Этот Индекс содержит переменные, состоящие из 40 категорий, охватывающих два измерения, и публикуется в своих отчетах с 2018 года для количественной оценки глобального перехода к возобновляемым источникам энергии. Этот индекс является индикатором, показывающим уровень экономического и политического перехода каждой страны в область возобновляемых источников энергии.

Ключевые слова: возобновляемая энергетика, Индекс энергетического перехода, энергетическая безопасность, экологическая устойчивость.

Abstract. The change of global economic policy from year to year has led to several approaches to the development of the energy sector. One such approach is the Energy Transition Index developed by the World Economic Forum. This Index contains variables made up of 40 categories spanning two dimensions and has been publishing in its reports since 2018 to quantify the global shift to renewable energy. This index is an indicator showing the level of economic and political transition to this field, in addition to the development of the field of renewable energy sources of each country.

Keywords: renewable energy, Energy Transition Index, energy security, environmental sustainability

Jahon Iqtsodiy Forum (World Economic Forum) tashkiloti tomonidan 2018 yilda energiyaga o'tishning milliy taraqqiyotini o'lchash uchun keng qamrovli energiyaga o'tish indeksini ishlab chiqqan bo'lib, 115 mamlakatni energiya tizimining joriy ishlashi va davom etayotgan o'tishga tayyorgarligi asosida baholaydi. Ushbu ko'rsatkich mamlakatlarni 0 dan 100 gacha bo'lgan shkala bo'yicha baholash uchun foydalaniladigan 39 ta ko'rsatkich bo'yicha hisoblanadi. Energiyaga O'tish Indeksi qayta tiklanadigan energiyaga global o'zgarishlarni miqdoriy baholash uchun har yil WEF tomonidan nashr etiladi. Indeks mamlakat qayta tiklanadigan energetikaga o'tishda qanchalik yaxshi ishlayotgani haqida raqamli qiymat beradi va

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

energiyaga o'tish yo'l xaritalarini ishlab chiqishda yordam beradi. Energiyaga O'tish Indeksi (Energy Transition Index), energiya tizimida barqarorlik, havfsizlik va foydalanish o'lchovlarini qo'llab-quvvatlaydi. Energiyaga O'tish Indeksi (ETI)ni bir qancha mualliflar tomonidan turli tushunchalar bilan talqin qilinib kelmoqda. Ushbu tshunchani turli fanlarga bog'liq hisoblanib, tizimda energiyani foydalanishi, yoqilg'i turi, manba, yetqazish, ishonchililik va yakuniy foydalanish bilan bog'liq o'zgarishlar, yoqilg'i yadroviy energiya tizimidan QTE manbalariga o'tish va bog'liq bo'lib qolgan energiya resurslaridan boshqa alternativ texnologik manbalariga o'tish tshunchalari keltirilgan.

ETI o'z navbatida ikkita eng muhim o'lchovlarini o'z ichiga oladi, i) tizim ishlab chiqarish bo'yicha talablar - bunda uchta kategoriyalarni o'z ichiga qamrab oladi, ya'ni: 1) energiya havfsizligi, 2) atrof-muhit barqarorligi, 3) iqtisodiy rivojlanish va o'sish bo'lsa; ii) o'tishga tayyorlikni ta'minlovchi o'lchamlar - unda oltita kategoriyalarini jumladan, 1) energiya tizimi strukturasi, 2) kapital va investisiya, 3) tartibga solish va siyosiy majburiyat, 4) inson kapitali va iste'molchilarning ishtiroki, 5) infrastruktura va innovas ion biznes muhiti, 6) institutlar va hukumat boshqaruvidir.

Energiyaga O'tish Indeksi asoslari

Tizim ishlab chiqarish bo'yicha talablar O'tishga tayyorlikni ta'minlovchi o'lchamlar

Iqtisodiy rivojlanish va o'sish energiya tizimi strukturas f institutlar \ N. / va hu ku mat kapital va investisiy a

Imkon beruvchi

Energiya uchburchagi o'icnamiar^B / infrastruktura \ / va innovasion biznes muhit ^^ inson kapitali tartibga solish va siyosiy majburiyat

Energiya Atrof-muhit havfsizligi barqarorligi iste'molchilar ning ishtiroki i

1-Rasm Energiya tizimida ishlab c îiqarish va o'tishga tayyorlikni ta'minlovchi

ko'rsatkichlar

ETI o'Ichamidan kelib chiqqan holda, mamlakatlar samarali energiya o'tish yo'lini belgilaydi, bu esa yanada energetika sohasini barqaror rivojlanishi, arzon va xavfsiz global energiya tizimiga o'z vaqtida o'tish tshunchasini beradi. Ushbu tizim energiya uchburchagi muvozanatini buzmasdan, jamiyat uchun qiymat yaratish bilan birga global energiya bilan bog'liq muammolarni hal qiladi. Energiya uchburchagida quyidagi tshunchalar asosiy ahamiyatga ega:

Energiya havfsizligida iqlim o'zgarishi va unga qarshi ko'rashish siyosatidan tortib, geosiyosat va terrorizmgacha turlicha tahdidlar ko'payib bormoqda. Ko'pgina davlatlar energiya havfsizligi deganda energiya importiga bog'liq yoki qaram bo'lmasligi tshunishadi. Hozirgi kunda esa energiya havfsizligi tshunchasi zaminida biror bir davlatni ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik rivojlanishida muammolarni hal qilgan holda optimal o'z hissasini qushadigan komponent hisoblanadi. Undan tashqari, energiya sohasida energiya xavfsizligining tahdidlari ham mavjud bo'lib, energetika kompleksi faoliyatini beqarorlashtirish, energiya ta'minotini cheklashi yoki

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

to'xtatishi, avariyalar va energetika, iqtisodiyot va jamiyat uchun boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan qisqa muddatli yoki uzoq muddatli hodisalardir.

Bozor munosabatlarining shakllanishi sharoitida va jahon energetika sanoatining hozirgi holatini hisobga olgan holda, energiya xavfsizligi darajasini oshirish va energetika kompleksidagi umumiy vaziyatni yaxshilash maqsadida:

• davlatning tartibga solish rolini zaiflashtirmagan holda butun energetika kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish;

• energiya manbalaridan foydalanish samaradorligi darajasini oshirish;

• asosiy energetika uskunalarini modernizatsiya qilgan holda elektr stansiyalarini rekonstruksiya qilish, zamonaviy texnologiyalar asosida elektr energiyasining yangi manbalarini o' zlashtirish;

• tarif siyosatini takomillashtirish va energiya va yoqilg'i uchun tariflarni o'zgartirish tartibini belgilash;

• energiya monitoringi tizimini yaratish;

• yoqilg'i balansining tuzilishini takomillashtirish;

• energiyani tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini energiya balansiga keng jalb etish sohasida faol siyosatni amalga oshirish;

• iqtisodiy xavfsizlik sohasidagi tadqiqotlar bilan birgalikda energiya xavfsizligi sohasidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish.

Demak, barqaror energiya rivojlanishida energiya havsizligining mustahkamligi har qanday davlatning energetika sohasida asosiy ustuvor komponentlaridan biri hisoblanadi.

Iqtisodiy o'sish va rivojlanish kategoriyasida ishlab chiqarish uchun aholiga kunning qaysi mavsumda bo'lmasin energiyani sifatli yetqazish (uy xo'jaligi uchun elektr energiya, transport va boshqalar), bundan tashqari tovar va hizmatlarni ishlab chiqarish uchun energiya quvvatini batamom ta'minlash hisoblanadi. Bu komponentda nafaqat bioenergiya yoki muqobil energiyaga o'tish, aksincha energiyani turlicha yo'llar bilan taqsimlangan holda yashash darajasini oshirish uchun energiyani sifatli va uzluksiz yetqazish tshuniladi. Biror bir mamlakatni energetika sohasida iqtisodiyotini rivojlantirishda, bir nechta iqtisodiy ko'rsatkichlarni qamrab oluvchi faktorlari tshuniladi, jumladan:

- aholi daromadlari;

- iste'mol bozorining rivojlanish darajasi;

- aholini uy-joy bilan ta'minlash va uy-joy sharoitlarining sifati;

- atrof-muhit holati;

- aholini asosiy moddiy ne'matlar bilan ta'minlash;

- sog'liqni saqlash va ta'limning rivojlanish darajasi va boshqalar.

Bundan tashqari, YalMning ulushi sifatida yoqilg'i energiyasiga ajratiladigan subsidiyalar iqtisodiyotni o'sishi va rivojlanishida to'sqinlik qiluvchi omil hisoblanadi.

Yuqoridagi yashash darajasiga kiruvchi ko'rsatkichlar o'zaro energiya infratuzilmasini rivojlanishi bilan bog'liq hisoblanadi. Agar iqtisodiyotda ushbu infratuzilma rivojlanmasa, o'z-o'zidan kambag'alchilikni kelib chiqishi va iqtisodiyotda bir qancha salb iy oqibatlariga olib kelishi muqarardir. Energiya yetishmovchiligida yashovchi aholi qatlami rivojlanish imkoniyatlaridan mahrum hisoblanadi, chunki ular ishonchli, arzon va zamonaviy energiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega emasligi, bu esa o'z navbatida kambag'allarning qashshoqlikdan chiqib ketishini qiyinlashtiradi va bu bir necha yillar mobaynida

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

davom etadigan holatga aylanishi mumkin. Natijada, zamonaviy energiya taqdim etadigan xizmatlardan foydalana olmagan holda, kambag'al aholi past mahsuldorlikdagi tirikchilik ishlarida qolib ketishadi. Ayniqsa elektr energiyasiga markazlashmagan aholi qatlami bunday xolatlarda ko'pincha aziyat chekadi. Elektr-energiyasini ishlab chiqarishda ikki yo'l bilan amalga oshiriladi, markazlashgan va markazlashmagan. Markazlashgan elektr-energiyasini ishlab chiqarish - bu ma'lum bir hududda joylashgan elektrostansiya obyektlari, bunda yuz va ming megavatt ishlab chiqaruvchi qurilma bo'lsa, markazlashmagan esa alohida iste'molchi uchun mo'ljallangan (yoki uy xo'jaligi) elektr ishlab chiqaruvchi uskuna hisoblanadi va mini (o'n megavatt) va mikro(5 kilovatt) energiya ishlab chiqaruvchi panel turlariga bo'linadi. Jahon bo'yicha qishloq aholi soni qariyb 3.5 milliardni tashkil etadi [4]. Rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq aholisi ayrim qatlamlari elektr energiyasiga markazlashmagan. Bu esa o'z navbatida QTEdan keng foydalanish ayni muddao hisoblanadi. Qishloq aholini uzluksiz energiya bilan ta'minlanishida ko'mak beruvchi kichik mini va mikro QTE generasiyasi elektr tarmog'iga markazlashmagan aholiga istiqbolli natijalarga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda markazlashgan elektr energiyasi ishlab chiqarishdan ko'ra markazlashmagan mikro elektr energiyasi tobora rivojlanib kelmoqda. Bu sohada yuqori pog'onalarni ko'rsatuvchi mamlakatlar, Yevropa Ittifoqi, AQSh, Yaponiya va Avstraliya hisoblanadi. Quyosh nurlari kamdan kam ko'rsatuvchi mamlakat Buyuk Britaniyada ham 1 millionga yaqin uy xo' jaligi uylarida 10 kilovattgacha ega bo'lgan quvatiga quyosh panellari o'rnatilgan [5]. Germaniyada mikro qurilmalarini o'rnatilganlar soni 1 millionni tashkil etsa, AQShda qariyb 1,5 million quyosh panellari uy xo'jaligining tomlarida, Avstraliyada esa 2 million o'rnatilgan quyosh panellari qurilmalari mavjuddir. Demak, yashash uchun energiya kengroq turdagi energiya xizmatlaridan sifatli va arzon foydalanishni o'z ichiga oluvchi omillardan biri hisoblanadi. Bunda QTE qurilmalarini o'rnatish va foydalanish arzon va atrof-muhitga zarar keltirmaydigan energiyadan foydalanish ayni muddao hisoblanadi.

Atrof-muhit barqarorligi kategoriyasi, tobora o'sib borayotgan energiyaga bo'lgan talabni qondirish bilan birgalikda, sog'lom atrof-muhitni yaratish, toza havo va iqlim o'zgarishi bilan bog'liq o'zaro muommolar bilan murosaga kelishni o'z aksini namayon etadi. Bundan tashqari ushbu kategoriyada birgina atrof-muhitga chiqindilarni qisqartirishdan tashqari energiya iste'mol qilish natijasida boshqa muommolar zanjiri borligi, ya'ni oqava suvlarning ifloslanishi yoki transportdan chiqadigan chiqindilar ham bu kabi muammolar hal qilish va butunlay energiya iste'mol qilish natijasida kelib chiqadigan muammolardan biri bu - karbonat angidrid (CO2) chiqindisini atrof-muhitga chiqarishni kamaytirish tshuniladi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari va unga e'tibor qaratish o'tgan asrning 90 -yillarda avj ola boshladi, jumladan, 1992 yil 4-13 iyun kunlari bo'lib o'tgan Braziliyaning Rio -Dejeneyro shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit va rivojlanish bo'yicha konferentsiyasi, 1997 yilda qabul qilingan va 2005 yilda kuchga kirgan global iqlim o'zgarishiga qarshi turish uchun atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo'yicha tuzilgan xalqaro shartnoma-Kiyoto protokoli, 2015 yil 15 dekabrdagi Iqlim o'zgarishi va uning salbiy ta'siriga qarshi kurashish uchun 197 davlat qabul qilingan Parij shartnomasi va bir qancha BMT doirasidagi loyiha va chora-tadbirlarni keltirishimiz mumkin.

Atmosferadagi CO2 va boshqa ba'zi gazlar kontsentratsiyasining oshishi "issiqxona effekti" deb ataladigan iqlimning sezilarli darajada isishiga olib kelishi mumkin [6]. Bu atama 20-asrning oxirida ilmiy foydalanishga kirdi va so'nggi yillarda issiqxona effekti butun sayyoraga tahdid soladigan xavfli hodisa sifatida keng ma'lum bo'lib kelmoqda. 2030 yilga kelib sanoat

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

davrining boshiga nisbatan karbonat angidridning atrof-muhit muammosiga e'tibor qaratilmasa ikki baravar ko'payishini kutishimiz mumkin. Bu esa o'z navbatida, yerning o'rtacha haroratining mo'tadil kengliklarda 2-3°C ga, qutblarda esa 10°C gacha oshishiga olib kelishi mumkin.

Metan (CH4) CO2 dan keyin ikkinchi zararli issiqxona gazi hisoblanadi. Uning kontsentratsiyasi sanoatdan oldingi davrdagi konsentratsiyaga nisbatan 2,5 baravardir. CO2 dan farqli o'laroq, metan reaktiv gaz hisoblanadi.

Keyingi o'rinda azot oksidi (N2O). Ushbu gazning atmosferadagi miqdori XXI asrning boshlariga kelib sanoatdan oldingi davrga nisbatan 18% ga oshgan.

Energiya o'tishga tayyorlikni ta'minlovchi o'lchovlar yuqoridagi Rasm 1 orqali kategoriyalarni quyidagi tshunchalarni keltirish mumkin:

Energiya tizimi strukturasi - mamlakatning energiya sohasini yetuklik va rivojlanganlik darajasini namoyon qiladi. Rivojlangan energiya tizimi eski infratuzilma bilan yuzlashganda ayrim qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Bunday paytlarda, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlar energiya tizimini to'liq rivojlantirmaguncha mavjud bo'lgan (eski) infratuzilma bilan yangi tizimni boshqara olmaydilar [3] [2].

Kapital va investisiya - energetika bilan bog'liq investitsiyalarda xorijiy investitsiyalar muhim rol o'ynaydi. Demak, xorijiy va mahalliy investitsiyalar uchun ochiqlik, xorijiy valyutaga kirish va to'lov o'tkazmalari va kapital operatsiyalari bo'yicha cheklangan cheklovlar energiyaga yetarli darajada investitsiya qilish uchun hal qiluvchi omil hisoblanadi. Energetika investitsiyalarida qarzni moliyalashtirish muhim rol o'ynaydi. Qarz oluvchilar va kreditorlarning qonuniy huquqlarining yo'qligi, ishonchsiz kredit ma'lumotlari va kredit arizalari uchun samarasiz jarayonlar investitsiyalarni sekinlashtiradigan eng asosiy to'siqlar hisoblanadi [2].

Tartibga solish va siyosiy majburiyat - ayni paytda iqlim o'zgarishi global muammo bo'lib, uni alohida mamlakatlar chegaralarida hal qilib bo'lmaydigan muammo hisoblanadi. Xalqaro shartnomalarda ishtirok etish va ularga sodiqlik ushbu mavzuni yaxshilash uchun juda muhimdir. Bundan tashqari, aniq majburiyatlar energiya tizimidagi manfaatdor tomonlar uchun rejalashtirish xavfsizligini ta'minlaydi.(Xalqaro darajadagi kelishuvlar)[2]

Inson kapitali va iste'molchilarning ishtiroki - QTEda ishchi kuchining ishtiroki ko'rsatkichi hisoblanadi. Bunda QTE sohasida bandlikning yuqori ulushi, yoqilg'i energiya sanoatida mavjud bandlikka energiyaga o'tishning salbiy ta'sirini ko'rib chiqishda turli bahslashuvlariga olib kelish imkonini yaratadi[2]. Ushbu kategoriyaga har bir mamlakatning ta'lim darajasi muhim olimlardan biri hisoblanadi.

Infrastruktura va innovasion biznes muhit - xalqaro savdo logistikasi ko'pincha chegaralar orqali, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda sotiladigan energiya uskunalari uchun muhim ahamiyatga ega. Samarasiz logistika infratuzilmani qurishda kechikishlarga olib kelishi yoki zarur investitsiyalarni butunlay ta'qiqlashi mumkin.

Institutlar va hukumat boshqaruvi - Energiya loyihalari ko'pincha uzoq muddatga ega murakkab xarakterga ega hisoblanadi. Har qanday tijorat nizolari bo'lsa, investorlar samarali va adolatli sud tizimlariga tayanadi. Aks holda, loyihalarni amalga oshirish juda xavfli bo'lib qolishi mumkin. Mamlakatdagi shaffoflik darajasini o'lchaydigan ko'rsatkich taqdim etilishi muhim. Shaffoflik hukumatlar, biznes va umuman jamiyatga putur yetkazadigan noaniq bitimlar, qoidalarning zaif bajarilishi va boshqa noqonuniy amaliyotlarga oydinlik kiritishni anglatadi. Bu, ayniqsa, energetika sektori korruptsiyasining asosiy maqsadi va manbai bo'lganligi sababli, qisman energiya resurslarining vaqtga sezgirligi, energiya qazib olish, o'zgartirish va ishlatishdan sezilarli iqtisodiy rentabellik yaratish imkoniyatlari, shuningdek, yirik kapital qo'yilmalarga

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

ehtiyoj va energetika sektorining deyarli barcha jabhalarini - xususiylashtirilganmi yoki yo'qmi, nazorat qilish uchun davlat organlarining asosiy roli hisoblanadi.

World Economic Forum tashkiloti tomonida 2018 yildan beri o'z hisobotlarida 115 ta mamlakatlarning ETIni ko'rsatkichlarini chop etib kelmoqda. Indeks o'z o'lchovlari bo'yicha 40 ta energiyaga o'tish ko'rsatkichlarini jamlagan mamlakat darajasidagi kompozit ballarni taqdim etgan holda, mamlakatning energiya ifloslanishi darajasi, narxlar, ta'minot zanjirlari, infratuzilma, siyosiy institutlar, moliyaviy tizimlar, inson kapitali va boshqalarni tavsiflovchi ishonchli ma'lumotlar manbalaridan olingan ma'lumotlarni jamlangan holda indeks o'lchanadi.

Jadval 1 2018-2021 yillardagi mamlakatlararo Energiyaga o'tish indeksi (ETI) bo'yicha ko'rsatkichlari va reytingi

Rivojlangan mamlakatlar 2018 2019 2020 2021

reyting ETI reyting ETI reyting ETI reyting ETI

Shvedsiya 1 76% 1 75% 1 74% 1 79%

Norvegiya 2 75% 2 74% 5 72.2% 2 77%

Shvedsariya 3 73% 3 73% 2 73% 4 76%

Rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlar

Malayziya 15 65% 31 61% 38 59.4% 39 64%

Indoneziya 53 55% 63 55% 70 52.4% 71 56%

Xitoy 76 50% 82 50% 78 50.4% 68 57%

MDH mamlakatlar

Azerbaydjon 44 57% 57 55% 44 58.1% 44 63%

Rossiya 70 51% 79 50% 80 50.5% 73 56%

Qozog'iston 75 50% 83 50% 88 48.3% 83 54%

Tojikiskiston 82 48% 88 49% 81 49.8% 75 55%

Qirg'iziston 112 39% 110 40% 105 42.7% 94 51%

Manba: Fostering Effective Energy Transition, Energy Transition Index, Word Economic Forum, Insight Reports: 2018, 2019, 2020, 2021

Berilgan Jadval 1 mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy siyosatidan kelib chiqqan holda, ularning reyting bo'yicha ETI keltirib o'tilgan. Rivojlangan mamlakatlar orasida energiya sohasida mamlakatlar deyarli yuqori pog'onalarni to'rt yil mobaynida o'z o'rinlarini namayon qilib kelmoqda. Xitoy qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo'yicha yetakchi o'rinlarda turishiga qaramay indeks natijalariga ko'ra pastgi pag'onalarni egallab kelmoqda. MDH mamlakatlar orasida O'zbekiston Resbuplikasiga qo'shni Qirg'iziston hamda Tojikiston mamlakatlarda ham energiya sohasidagi yutuqlari aytarli darajada qoniqarli emas desak ham bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi 2018 yilda "Parij kelishuvi" ratifikasiya qilingandan so'ng, issiqxona gazlarini chiqarishni 2030 yilga kelib YalM birligida 2010 yil darajasidan 10% ga kamaytirish milliy majburiyati qabul qildi. Energiya sohasini rivojlantirish maqsadida 2019 yilning 22 avgust O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologilarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4422 son qarori va 2019 yilning 22 iyuldagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik sub'yektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamentini tasdiqlash to'g'risida" 610-son qaroriga muvofiq mamlakatda qayta tiklanuvchi energiyani ishlab chiqarishg mo'ljallangan bir qator vazifalar va maqsadlar joriy etilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2022 yil 28 yanvar PF-60 asosan, "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" farmoni 3-"Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarni ta'minlash" bo'limining 24-maqsadida "Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash hamda "Yashil iqtisodiyot" texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 %ga oshirish" vazifalaridan biridir.

Xulosa va takliflar. Milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida har bir mamlakatni energiya sohasini rivojlanishida uning olib borgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati muhim kasb etadi. Ayniqsa, mamlakat energiya iste'molini va ishlab chiqarishdagi ahamiyati va uni to'g'ri taqsimlanishi ko'riladi. Energiyaga O'tish Indeksi (ETI) energiya bo'yicha yuqorida faoliyat yurituvchi qaror qabul qiluvchilar uchun vosita bo'lib, u mamlakat darajasida energiya tizimining ishlashini kuzatuvchi keng qamrovli, global indeks bo'lishga intiladi. Shuningdek, u energiyani samarali o'tkazish uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlaydigan makroiqtisodiy, institutsional, ijtimoiy va geosiyosiy fkrlarni o'z ichiga oladi. Shuning uchun ushbu indeksning mezonlarini qo'llagan holda nafaqat qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanish, balki energetika sohasi ham rivojlantirish mumkin.

REFERENCES

1. Пути перехода к устойчивой энергетике Ускорение энергетического перехода в регионе ЕЭК ООН (серия публикаций ЕЭК ООН по энергетике № 67) Организация Объединенных Наций, Женева, 2020 год

2. The energy transitions index: An analytic framework for understanding the evolving global energy system, H.V. Singh, R.Bocca, P.Gomez, S.Dahlke, M.Bazilian, Energy Strategy Reviews, © 2019 Published by Elsevier Ltd.

3. Fostering effective energy transition, World Economic Forum, Insight Report, With analytical support from McKinsey & Company, March 2018

4. Implementing Energy Subsidy Reforms: Evidence from Developing Countries, Maria Vagliasindi, © 2013 International Bank for Reconstruction and Development / The World Bank

5. "Малая возобновляемая энергетика в призме зарубежного опыта", З.У. Саипов, Г.А. Арифджанов, Журнал «Экономическое обозрение» №5 (257) 2021

6. Плачкова С. Г, Плачков И. В, Дунаевская Н. И, "Электроэнергетика и охрана окружающей среды. Функционирование энергетики в современном мире" © 2012-2013 Энергетика: история, настоящее и будущее

7. Uzbekistan Energy Profile, International Energy Agency, 2021

8. "2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi", O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son

9. "Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologilarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-son

0 n 0 O IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L 0 AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

10. "Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik sub'yektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamentini tasdiqlash to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-iyul 610-son qarori

11. https://sdgs.un.org/goals

12. https://www.unep.org/explore-topics/sustainable-development-goals/why-do-sustainable-development-goals- matter/ goal-7

13. Global Energy Transition Index - Quantifying Progress (energytracker.asia)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.