Научная статья на тему 'OLIY TA’LIMDA ENERGETIK RESURSLAR FIZIKASI AMALIY MASHG’ULOT DARSLARIDA QO’LDA TAYYORLANGAN QURILMALARDAN FOYDALANISH'

OLIY TA’LIMDA ENERGETIK RESURSLAR FIZIKASI AMALIY MASHG’ULOT DARSLARIDA QO’LDA TAYYORLANGAN QURILMALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
213
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Energetika / muqobil energiya / qayta tiklanuvchi energiya manbalari / biomassa / biogaz

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sabohat Anvar Qizi Nosirova

Mazkur maqolada, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid bir qator muhim muammoli masalalar o‘rganilgan bo‘lib u: Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qo‘llanilishi va kelajagi; Qishloq va suv xo‘jaligida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llanilishi, Biomassa energiyasidan foydalanish, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi qurilmalarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblashlarni o’z ichiga olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIMDA ENERGETIK RESURSLAR FIZIKASI AMALIY MASHG’ULOT DARSLARIDA QO’LDA TAYYORLANGAN QURILMALARDAN FOYDALANISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 _ISSN: 2181-1601

OLIY TA'LIMDA ENERGETIK RESURSLAR FIZIKASI AMALIY MASHG'ULOT DARSLARIDA QO'LDA TAYYORLANGAN QURILMALARDAN FOYDALANISH

Sabohat Anvar qizi Nosirova

Buxoro davlat universiteti fizika ta'lim yo'nalishi 4-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga oid bir qator muhim muammoli masalalar o'rganilgan bo'lib u: Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qo'llanilishi va kelajagi; Qishloq va suv xo'jaligida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo'llanilishi, Biomassa energiyasidan foydalanish, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosidagi qurilmalarning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini hisoblashlarni o'z ichiga olgan.

Kalit so'zlar: Energetika, muqobil energiya ,qayta tiklanuvchi energiya manbalari, biomassa, biogaz

Hozirgi kunda neft, ko'mir va gaz konlarining borgan sari tugab borayotganligi global energiya falokatiga etaklamoqda. Buning uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiyani tejash kelajakda ham yaxshi yashash uchun najot yo'li bo'lib, dunyo aholisining asosiy qismini omon qolishini ta'minlaydi. Tuganmas yoki qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan energiya olish imkoniyatiga ega bo'lgan qurilmalar an'anaviy xom ashyolarga qaramlikni bartaraf etadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalariga butunlay o'tish kelajakdagi energiya tanqisligi muammosini bartaraf etish imkonini beradi. Zamonaviy jahon iqtisodiyotining barcha yutuqlari neft, gaz, ko'mir va boshqa shu kabi tabiiy qazilma boyliklarga asoslangan. Hayotimizdagi aksariyat harakatlar: metroda harakatlanishdan boshlab to oshxonada choy qaynatishgacha oxir-oqibat, ushbu tarixiy taraqqiyot mahsulini yoqib tugatishga qaratilgan. Asosiy muammo shundaki, osonlik bilan erishiladigan ushbu energiya resurslari qayta tiklanmaydi. Ertami-kechmi, insoniyat erning qa'ridagi barcha ko'mirni kovlab oladi, neftni qazib chiqaradi va gaznii yoqib tugatadi. Shundan so'ng bir choynak choyni nimada qaynatamiz degan muammoga duch kelamiz. Bunday muammoni hozirgi kunda juda ko'plab qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda yechish mumkin.Bunday usullardan biri biomassalardan foydalanib biogaz olish usulidir.

Biogaz deyarli arzon ekologik yonilg'i hisoblanib, chorvachilik, parrandachilikni qattiq va suyuq chiqindilaridan hamda o'simliklar va oqar suvlarda hosil bo'ladigan qoldiqlardan olinadi. O'z xususiyatlari bo'yicha biogaz tabiiy gazga yaqin.

Biogaz tabiiy gaz kabi quyidagi jarayonlarda ishlatilishi mumkin: • ovqat tayyorlash;

• elektr va issiqlik energiya (issiq suv va uy-joylami isitish);

• avtomobil yonilg'isi sifatida.

Biogaz ishlab chiqarish jarayoni qoldiqlaridan yuqori sifatli go'ng hosil bo'ladi. Biogazni nafaqat mollari, parrandalari ko'p bo'lgan fermer xo'jaliklarda, balki xususiy xo'jaliklarda ham olish mumkin. Agarda bir necha fermalar va xususiy xo'jaliklar bir -biriga yaqin joylashgan bo'lsa, chiqindilarni qayta ishlab chiqarishni markazlashtirib tashkil etish va olingan biogazni ferma va xo'jaliklarga quvurlar orqali uzatish iqtisodiy foydaliroq bo'ladi. Biogaz olish uchun sanoat korxonalarda va qo'lda ishlab chiqarilgan biogaz qurilmalardan (BGQ) foydalaniladi (1-rasm). Sanoat va qo'lda ishlab chiqarilgan qurilmalarning asosiy farqi isitish maxsus tizimlarni mexanizatsiya va avtomatizatsiyalashtirishda. Dunyoda qurilmalarni ikkala turi ham keng tarqalgan. Masalan, Hindiston, Vetnam, Nepal va boshqa mamlakatlarda ko'pincha kichik (oilaviy) BGQ ishlatiladi. Ulardan olingan gaz, asosan, ovqat tayyorlash jarayonida ishlatiladi. BGQlarning ko'pchiligi Xitoyda joylashgan - 40 millionga yaqin, Hindistonda - 3,8 million, Nepalda - 20 ming kichik qurilmalar mavjud. O'rta va katta BGQ larning absolyut ko'rsatkichlari, soni bo'yicha ilg'or 5-o'rinni Germaniya egallaydi (8 ming). G'arbiy Evropada parrandachilik fermalarning yarmi biogaz bilan isitiladi.

BGQ har qanday qurilish kabi, mablag', kuch va quvvatingizni talab qiladi. Birinchi kubometr biogazni olish bilan foyda kelishini o'ylamaslik kerak, buning uchun qurilma turg'un ishlashi kerak va sizni bilimdon ega sifatida doimo e'tiboringizda bo'lishi kerak. BGQ ni qurishga qaror qilgan fermer yoki kichik xususiy xo'jalik egasiga rejalash va montaj ishlarining xar bir tafsilotlariga e'tibor berish tavsiya etiladi.

Q

1 -rasm. Biogaz energiyasining hosil bo'lish texnologiyasi. Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Page 790

I

Agarda qurilma mustaqil ravishda yig'ilsa, har bir bosqichda mutaxassislar (quruvchilar, montajchilar, gazchilar, elektriklar) bilan maslaxat qilish nihoyatda zarur. Faqat shunday yondashuvda va shaxsiy manfaatdorlikda ko'pgina xavf- xatarlardan qutilish mumkin. BGQ turg'un, doimiy va ishonchli ishlashi uchun undan foydalanuvchi ekspluatatsiyaning xar bir tafsilotini bilishi kerak. Faqat shu shartlar bajarilganda, quyida berilgan kafolatlarga erishish mumkin.

• xarid qilishni kamaytirish hisobiga mablag' tejash:

- yonilg'i;

- elektr energiya;

- o'g'it.

• qo'shimcha mablag'lar olish imkoniyatlari:

- biogaz va bioo'g'it sotish;

- qishloq xo'jalik madaniy o'simliklarining hosildorligini oshirish.

BGQ qurishdan oldin nimalarni hisobga olish kerak? - Biogaz qurilmasi tufayli krizisga uchragan xo'jalikni ko'tarish mumkin emas. Biogaz qurilma xo'jalikning samaradorligini va birinchi navbatda, qishloq uyjoylaridagi sharoitlarni yaxshilashga yordam berishi mumkin.

- Biogaz qurilmalarga yo'naltirilgan investitsiyalar uzoq muddatli sarmoyalar bilan bog'lik. Suning uchun BGQ qurilishining hisob-kitobi kelajakni ham nazarga olgan holda bajarilishi kerak.

- BGQ qurilishining ko'p qismining mustaqil qilinishi yo'qotishlarni kamaytirish va rentabellikni oshirishga, kelgusidagi nosozliklarni bartaraf etishga yordam beradi.

- BGQ ning ishlashi natijasida fermadagi yoqimsiz hidlarning darajasini anchagina pasaytiradi, bu esa fermalar turar-joylarga yaqin joylashganida juda muhim.

- Metan hosil qiluvchi bakteriyalar fermadagi mollar kabi o'ziga e'tibor talab qiladi. Bu esa biogaz qurilmalarning muvaffaqiyatli ishlashi uchun maxsus bilimlarni talab etishidan dalolat beradi.

Yuqoridagi afzalliklarga ega bo'lishi bilan birga kamchiliklari ham mavjud: biomassani ko'p miqdorda kerakliligi , bitta oila bu massani to'play olmasligi,to'rt faslda biogazni olishda tabiat bilan bog'liq muammolarga duch kelinishi,shiddat bilan rivojlanayotgan zamonamizda "Yashil energiya"dan foydalanish ko'zlanayotgan bir vaqtda atrof muxitga juda ko'p miqdorda karbonat angidirid gazining chiqishi,aholi ko'payishi hisobiga elektr energiyasiga bo'lgan iste'molning oshishi sabab aholi jon boshiga to'g'ri keladigan elektr energiya sarfi meyoridan ancha past bo'lishi.

Uy qurilishi biogaz qurilmalari sxemalari va rasmlari:

Xulosa: Butun jahonda xomashyo va energiyadan foydalanish global muammo bo'lib qolmoqda. Bu muammoni hal qilishning alternativ yo'llaridan biri biogaz olish texnologiyasini aholi o'rtasida, hamda sanoat darajasida yo'lga qoyish hisoblanadi. Hozirgi kunda biogaz olish texnologiyasi yaxshi o'rganilgan bo'lib, bir qator xorij

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 _ISSN: 2181-1601

mamlakatlarida muvaffaqqiyatli qo'llanilmoqda. Respublikamizda biogaz olish ishlari yo'lga qoyilgan bo'lsada, hozirgi kunda bu sohadagi ishlar qoniqarli holatda emas (umumiy energiya hosil qilishdagi ulushi 1% dan kam). Shu sababli biogaz olish boyicha xorij texnologiyasini o'zlashtirish, chorvachilik fermer ho'jaliklarida biogaz olish ishlarini rivojlantirish, mavjudlarini yanada kengaytirish lozim deb hisoblayman. Respublikamizda fermer xo'jaliklari va aholi xonadonlarida biogazdan foydalanib energiya olishni amalga oshirishda kichik quvvatli uskanalarni o'rnatish samarali natija beradi. Bu yo'nalishdagi ishlarni rivojlantirish uchun ichki sarmoyalardan yoki bank kreditlaridan foydalanishni yo'lga qoyish kerak. Biogaz olishda qishloq xo'jaligi uchun foydali bo'lgan meneral o'g'it o'rnini bosuvchi suvda eruvchan azotli birikma ham hosil bo'ladi.

REFERENCES

1. A. Arsolnov, T. Sultonov, M.Xo'jaev. O'zbekistonda biogaz texnologiyalarini rivojlantirish omillari va uning moliyaviy manbalari.

2. A. Ibragimov, A. No'monjonov. Atrof - muhitga bezarar biogas ishlab chiqarish. Farg'ona davlat unversiteti. Mintaqadagi ekologik muommolar va ularning yechimi. Farg'ona 2012. 6 bet.

3. A. No'monjonov, I. Qo'qonboyev. Istiqbolli enrgiya manbai. Muqumiy nomidagi Qo'qon davlat Pedagogika institute. Ilm, fan taraqqiyot integratsiyasi. Farg'ona 2010. 112 bet.

4.The journal of Industrial Ecology 2012b. http://www.is4ie.org/jie, accessed on 8 March 2012.

5. Y. & Chen, Y., 2010. Global perspective on hydrology, water balance, and water resources management in arid basins. Hydrological Processes, 24(2): 129-135

6. http://www. Wikipedia.org .

7. http://www.biogaz.ru

8. http://www. Biopotok. Com

9. http: //www.azmiu.edu.az/?/az/content/489/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.