Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA INGLIZ TILINI O‘RGATISHDA SUN’IY INTELLEKTNING IMKONIYATLARI'

RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA INGLIZ TILINI O‘RGATISHDA SUN’IY INTELLEKTNING IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Raqamli iqtisodiyot / raqamli ta’lim / sun’iy intellekt / ingliz tili / tarjimon / sun’iy intellekt texnologiyalari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xadjimetova Dilnoza Rahimovna

Ushbu maqola asosida raqamli ta’limni rivojlantirish sharoitida ingliz tilini o‘rgatishda sun’iy intellekt natijasida erishiladigan imkoniyatlar, qulayliklar haqida fikr bildirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA INGLIZ TILINI O‘RGATISHDA SUN’IY INTELLEKTNING IMKONIYATLARI»

RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA INGLIZ TILINI O'RGATISHDA SUN'IY INTELLEKTNING IMKONIYATLARI Xadjimetova Dilnoza Rahimovna

Nizomiy nomidagi TDPU tayanch doktoranti +998 90 950 53 16 https://doi.org/10.5281/zenodo.10805596

Annotatsiya. Ushbu maqola asosida raqamli ta'limni rivojlantirish sharoitida ingliz tilini o'rgatishda sun'iy intellekt natijasida erishiladigan imkoniyatlar, qulayliklar haqida fikr bildirildi.

Kalit so'zlar: Raqamli iqtisodiyot, raqamli ta'lim, sun'iy intellekt, ingliz tili, tarjimon, sun'iy intellekt texnologiyalari.

Bugungi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida sun'iy intellekt jamiyatning ko'plab sohalarida mustahkam o'rin egallab kelmoqda. Xususan, iqtisodiyot, moliya, marketing, tibbiyot, sanoat va ta'limda sun'iy intellekt texnologiyalaridan muvaffaqiyatli foydalanilayotganini alohida ta'kidlash joiz. Shuningdek, sun'iy intellekt — inson intellektiga, ya'niki aqliga taqlid qilishga qodir bo'lgan mashinalar yaratishga qaratilgan fan va texnologiya sohasi ekanini eslatib o'tish noo'rin bo'lmaydi. Bugungi kunda keng qo'llanilib kelinayotgan sun'iy intellekt texnologiyalariga aqlli veb-qidiruv tizimlari, masalan, Google Search, tavsiye tizimlari — YouTube, Amazon va Netflix, tabiiy tilki tushunish (Google Assistant, Siri va Alexa), o'z-o'zini boshqaradigan avtomobillar (masalan, Waymo) va boshqalarni misal qilish mumkin.

Sun'iy intellekt fanning bir tarmog'i sifatida qaraladi va uning doirasida dasturiy yoki apparat muammolari hal qilinadi, shu jumladan, inson faoliyatining intellektual turlarini modellashtirish masalalari ham bundan mustasno emas.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida rivojlanib kelayotgan innovatsion ta'limning maqsadlaridan biri ijodiy tashabbuslar va g'ayrioddiy fikrlash imkoniyatlarini oshirish uchun mo'ljallangan sun'iy intellekt texnologiyalarini targ'ib qilish, ta'lim oluvchilarni mazmunli ta'lim bilan ta'minlash va ilmiy olam taraqqiyotida ilmiy samaradorlikini oshirishdir. Interaktivlikning asosiy maqsadlaridan biri esa ta'lim resurslari — bu o'quvchi shaxsini rivojlantirish, uning turli xil ta'lim ehtiyojlarini qondirish. Davrning taraqqiyligi bilan hamnafas bo'lgan virtual ta'lim muhiti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali ta'lim oluvchilarning axborot bilan mustaqil ishlashi uchun zarur bo'lgan manbalar kompetensiyalarni rivojlantirishga ham e'tibor qaratadi. Masalan, ularning o'z taqdirini o'zi belgilashida yordam beradigan va o'z-o'zini anglashi uchun intellektual ekspert tizimlari bilimlar bazasi, mantiqiy xulosalar mexanizmi, ma'lum bir tor bilim sohasi haqidagi ma'lumotlarni birlashtirish kabilar oqilona yechimlarni taklif qila oladi va tushuntira oladi.

O'quv vazifalarini moslashtirish, o'quvchilarning ingliz tilidan nutqini rivojlantirish yoki nutqida mavjud bo'lgan xatolarni aniqlashda interaktiv ta'lim formatlaridan o'rinli foydalanish mumkin. Foydalanishning inkor etilmaydigan afzalliklari orasida sun'iy intellekt texnologiyalarini alohida qayd etish darkor. Bunda o'qituvchilarda o'quvchilariga qayta ishlash qobiliyatini namoyon etishni vazifa qilib berish imkoniyati mavjud. Hamda ma'lumotlarini tahlil qilish ham. Shuningdek, tezkor fikr bildirish imkoniyati asosida o'quvchilarning vazifalarni bajarish natijalarini baholashda ham qulaylik tug'iladi.

Raqamli ta'lim tobora rivojlanib borar ekan, ingliz tilini o'qitishda sun'iy intellektning bir qator usullarini, yondashuvlarini inobatga olish joiz. Ya'ni o'quvchiga yo'naltirilgan ta'lim

yondashuvi asosida o'quvchining shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini, qiziqishlarini hisobga olish; har bir ta'lim oluvchining ehtiyojlari nazardan chetda qoldirilmasligi; sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish ta'limning uzluksizligi va xilma-xilligini o'z ichiga olishini unutmaslik; innovatsion ta'lim sharoitida o'quvchilarning raqamli texnologiyalar va resurslardan foydalanish imkoniyati o'z-o'zini o'rganish, shuning barobarida virtual akademik harakatchanligini nazarda tutadi.

Bugungi kunda ingliz tilini qulay o'rganish vositalaridan biri sifatida til dasturlarini takomillashtirish masalalariga juda katta e'tibor berilyapti. Bulardan biri — mashina tarjimasi, ya'ni og'zaki Google Assistant kabi ilovalarda yoki tarjimon rejimida tarjima ishlarini amalga oshirish. Tezkor tarjimonlar muloqot jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi, ammo shuni ta'kidlash kerakki, ular hali aloqa muammolarini hal qilishga qodir emas, vazifalarni inson qanday bajarsa, shunday qiladi. Ya'ni to'g'ridan-to'g'ri solar ketma-ketligida tarjimani amalga oshirib beradi. Bu esa ayrim punktlarda xatoliklarni fosil qilishi mumkin.

Sunday bo'lsa-da, sun'iy intellektning istiqbollari tariqasida shaxsiy lashtirilgan darsliklarni yaratish va ularga ishlov berish, sozlashni misol qilish mumkin. Yana sun'iy intellekt elektron o'quv qo'llanmalarni ta'lim oluvchilarning ehtiyojlariga moslashtiradi; imkoniyatlarni qakroran beradi; ularning tezlikda ishlashini baholaydi. Raqamli ta'lim sharoitida o'qituvchilar o'z navbatida o'quvchi-talabalar guruhlari uchun sun'iy intellekt tizimlariga dasturlarini, darsliklarini yuklash ishlaridan foydalanishlari ham mumkin. Shunday qilib, sun'iy intellekt ta'lim beruvchi texnologiyasini kognitiv va tarbiyaviy deb hisoblash mumkin. O'quvchi-talabalarda ma'lum bilimlarning rivojlanishi va shakllanishiga yordam beradigan manba hamdir. Learning ko'nikmalar va qobiliyatlarini ham shakllantirishda hissa qo'shadi. Sun'iy intellekt texnologiyalarining salohiyati ingliz tilini o'rgatishda shubhasiz ajoyib, ammo bu zaruriyat uning ijobiy va salbiy tomonlarini diqqat bilan tahlil qilish lozimligini yuqorida ko'rsatilgan farqlar natijasida e'tirof etadi.

REFERENCES

1. Dilshoda Jalilova Ural qizi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish masalasining ahamiyati. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607) .

2. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim - taraggivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

3. Клименко О.А. Социальные сети как средство обучения и взаимодействия участников образовательного процесса [Текст] / О.А. Клименко // Теория и практика образования в современном мире: мат-лы междунар. науч. конф. (г. Санкт-Петербург, февраль 2012 г.). - СПб.: Реноме, 2012. - С. 405-407.

4. Можаева Г.В., Фещенко А.В., Использование виртуальных социальных сетей в учебном процессе // XVII Международная научно-методическая конференция «Современное образование: содержание, технологии, качест- во», 20 апреля 2011 г., Санкт-Петербург. - СПб.: Санкт-Петербургский госу- дарственный

электротехнический университет «ЛЭТИ» им. В.И. Ульянова (Ленина), 2011. - С. 102103.

5. https://vt.me/jalilova dilshoda 2292

6. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

7. https://uz.wikipedia.org

8. https://cyberleninka.ru

9. https://elib.bsu.by

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.