у
Yusubov In'omjon,
Urganch Davlat Universiteti tayanch doktoranti
RAQAMLIIQTISODIYOTGA O'TISHDA XORIJ MAMLAKATLARINING AYRIM TAJRIBALARI
udk: 338.2
orcid: https://orcid.0rg/0000-0003-3412-6341
YUSUBOV I. RAQAMLI IQTISODIYOTGA O'TISHDA XORIJ MAMLAKATLARINING AYRIM TAJRIBALARI
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotga o'tishning ilg'or xorijiy tajribalari ko'rib chiqiladi. Tayanch tushunchalar: raqamli iqtisodiyot, sun'iy intellekt, katta ma'lumotlar bazasi, inson kapitali, raqamli texnologiyalarning integratsiyasi, aloqa.
ЮСУБОВ И. НЕКОТОРЫЙ ОПЫТ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН В ПЕРЕХОДЕ К ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ
В данной статье рассматривается передовой опыт зарубежных стран по переходу к цифровой экономике.
Ключевые слова: цифровая экономика, искусственный интеллект, большое количество данных, человеческий капитал, интеграция цифровых технологий, связь.
YUSUBOV I. SOME INTERNATIONAL EXPERIENCE IN TRANSITION TO THE DIGITAL ECONOMY
In the article is discussed advanced foreign experience in transition to the digital economy. Key words: digital economy, artificial intelligence, big data, human capital, integration of digital technology, connectivity.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 8(144)
49
1. Kirish.
XXI asrning boshlanishi, jaxon iqtisodiyotin-ing globallashuvi va uning yanada faollashishiga asos bo'lgan raqamli texnologiyalarning inqilobi bilan tarixda o'z o'rniga ega bo'ldi. Zero, raqamli iqtisodiyotning tobora rivojlanishi insoniyatning ijtimoiy-iktisodiy hayotining tub o'zgarishlariga sabab bo'lmokdaki uning mohiyati, imkoniyatlari va yashirin tahdidlarini o'rganishga bo'lgan qiziqish va intilishlar turli ixtisosliklardagi dunyoga tanilgan olimlar, mutaxassislar, ekspertlar, yirik kompaniya rahbarlarida ortib bormoqda.
Ushbu jihatdan, yaqin kelajakda jaxon iqti-sodiyotini kutayotgan tarkibiy o'zgarishlarni ko'ra bilib va unga munosib tayyor bo'lish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomada, 2020 yilni "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb nomlab: "Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuk-sak ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko'tarish, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart" 1 deb belgilaganlar.
Darhaqiqat, milliy iqtisodiyotimizning raqamli iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o'tkazish borasida amalga oshirilayotgan keng kamrovli islohotlar so'nggi bir necha yillarda faol amalga oshirilmoqda va mazkur jarayonga iqtisodiyotning barcha ustuvor soha va tarmoqlarining jalb qilinayotganligi, shub-hasiz, yanada yuqori samaradorlikni ta'minlashga xizmat qiladi 2.
Ta'kidlash zarurki, bu kabi islohotlar va chora-tadbirlar barcha iqtisodiyoti rivojlangan, rivojlanayo-tgan va o'tish iqtisodiyotidagi mamlakatlarda faollik bilan amalga oshirilmoqda. Bu borada, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish, amalga oshirish muammo-lari hamda buning natijasida istiqboldagi manfaatlar va shu bilan birga tahdidlarini aniqlash kabi dolzarb masalalar dunyoda ro'y berayotgan iqtisodiy, ijti-moiy va siyosiy islohotlarni tahlil qiladigan nufuzli xalqaro tashkilotlarning kun tartibidagi eng muhim
1 https://president.uz/lists/view/3315
2 Muminov N.G., Zakhirova G.M. The role of public procurement in the digitalization of the economy and adoption of e-commerce. St. Petersburg State Polytechnical University Journal. Economics Vol. 13, No. 2, 2020. P.30-39. DOI: 10.18721/JE.13203
masalalardan biri. Zero, bugungi kunda jahon iqt-isodiyotida globallashuv jarayonlarining yanada faollashishi va mamlakatlar o'rtasidagi texnologik taffovutlarning tobora ortib borishi, iqtisodiyotga va ijtimoiy hayotga jadallik bilan kirib borayotgan raqamli iqtisodiyot va uning tarkibiy elementlarini tashkil qiluvchi, sun'iy intellekt, raqamli platforma-lar, robotlashtirilgan texnikalar, buyumlar interneti, bulutli texnologiyalar, katta ma'lumotlar bazasi (Big Data), 3D-Nashr va boshqalarning faol joriy qilin-ishiga bevosita bog'liqdir. Shunday ekan, bugungi kunda O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlangan tub va tarkibiy islo-hotlarning to'liq ijrosini ta'minlash, raqamlashtirish jarayonlarini jamiyatning barcha sohalari va tarmo-qlariga joriy etish va undan samarali foydalanish ob'ektiv zaruriyatga aylanmoqda.
2. Material va metodlar.
Korrelyatsion tahlil korrelyatsiya koeffisiyentla-rini aniqlash va ularning muhimligini, ishonchliligini baholashga asoslanadi.
Bog'lanishlar chiziqli bo'lsa, u holda bog'lanish zichligini baholashda korrelyatsiya koeffisiyentidan foydalanish mumkin:
r =
x-y-x-y
СГ • СГ
bu yerda, Gx va Gy mos ravishda x va y o'zgaruvchilarning o'rtacha kvadratik chetlanishidir va ular quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi:
cr, =
tiy-yf
Shuningdek, korrelyatsiya koeffisiyentini hiso-blashning quyidagi modifikatsiyalangan formulalari-dan ham foydalanish mumkin:
Yfai-xfoi-y)
r =
П <7- СГ„
yoki
r —
Í=1 ¡=1 1=1
1
«Ï*2 -[
¡=1 V ¡=i
Determinatsiya koeffisiyenti korrelyatsiya koef-fisiyentining kvadratiga teng. Korrelyatsiya koef-fisiyenti (r) -1 dan +1 oralig'ida bo'ladi. Agar r=0 bo'lsa omillar o'rtasida bog'lanish mavjud emas, 0<r<1 bo'lsa, to'g'ri bog'lanish mavjud -1<r<0 -
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 8(144)
teskari bog'lanish mavjud r=1 funksional bog'lanish mavjud.
Bog'lanish zichlik darajasi odatda quyidagicha talqin etiladi. Agar
0,2 gacha - kuchsiz bog'lanish;
0,2-^0,4 - o'rtacha zichlikdan kuchsizroq bog'lanish;
0,4-^0,6 - o'rtacha bog'lanish;
0,6-^0,8 - o'rtachadan zichroq bog'lanish;
0,8^0,99 - zieh bog'lanish.
Regression tahlil natijaviy belgiga ta'sir etuvchi belgilarning samaradorligini amaliy jihatdan yetarli darajada aniqlik bilan baholash imkonini beradi. Regression tahlil yordamida ijtimoiy-iqtisodiy jaray-onlarning kelgusi davrlar uchun bashorat qiymat-larini baholash va ularning ehtimol chegaralarini aniqlash mumkin.
Regression va korrelyatsion tahlilda bog'lanishning regressiya tenglamasi aniqlanadi va u ma'lum ehtimol (ishonchlilik darajasi) bilan baholanadi, so'ngra iqtisodiy-statistik tahlil qilinadi.
Ko'pincha korrelyatsion bog'liqlik shaklini ifoda-lash uchun bir vaqtning o'zida bir necha funksiya mos keladi, shuning uchun bog'liqlik shaklini ifoda-lash uchun funksiyalarni muqobil asosda tanlashni yakuniy asoslagan ma'qul.
Odatda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar o'rtasida bog'lanishlarni o'rganishda quyidagi funksiyalar-dan foydalaniladi 1:
yx=a + b-x
О x
yx=a + b-x + c-x2
У
л
yx=a + b/x
У
2 3
yx=a + b-x + c-x +d-x
У
1 Gujarati D.N. Basic Econometrics, Fourth Edition. The McGraw-Hill Companies, 2004.- 43 p.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 8(144)
л ь
Ух=а-Х
У
У
Regressiyaning chiziqli shaklini tushinish, talqin etish va hisob-kitoblar texnikasi nuqtai nazaridan eng oddiy shakl hisoblanadi.
Chiziqli juft regressiya tenglamasi umumiy holda quyidagi ko'rinishga ega:
W
yx=a + b-x ёки y-a + b-x + e
bu yerda
a, b - model parametrlari;
£ - tasoddifiy kattalik.
Chiziqli juft regressiya modeli parametrlarining mazmuni:
a - regression tenglamaning erkin koeffisyienti. Iqtisodiy ma'noga ega emas va omil belgi ya'ni x=0 bo'lsa, y natijaviy belgining qiymatini ko'rsatadi.
b - regressiya koeffisiyenti, agar x o'zgaruvchi (omil belgi) bir o'lchov birligiga o'zgartirilsa, y natijaviy belgi o'rtacha qancha o'lchov birligiga o'zgarishini ko'rsatadi.
£ - normal taqsimlangan tasoddifiy kattalik. Doimiy dispersiyali qoldiq, yning o'zgarishi xning o'zgarishiga bog'liq emasligini ko'rsatadi Chunki ushbu modelda hisobga olinmagan boshqa omillar ham ishtirok etadi.
a va b model parametrlarini baholash eng kichik kvadratlar usuli (EKKU) bilan amalga oshiriladi. EKKU ning mohiyati shundan iboratki, y natijaviy belgining amaldagi (haqiqiy) qiymatlarining regressiya tenglamasi bo'yicha hisoblab chiqilgan yx (nazariy) qiymatlaridan kvadratik chetlanishlari yig'indisi eng kichik bo'ladigani topiladi, ya'ni:
n , ^ \2 "
1=1 i=1 Buni grafikda ham ko'rishimiz mumkin:
1-rasm. Regressiya chizig'i va eng kichik dispersiya qoldiqlari1.
Eng kichik kvadratlar usuli bilan chiziqli juft regressiya tenglamasi parametrlarini topish uchun S ning a va b bo'yicha birinchi tartibli hosilasini topamiz, so'ngra normal tenglamalar tizimi quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi 2:
S (a, b) = ^(y-a-b-x)2
<
ле
^- = -ï£x(y-a-b-x) = 0. (1)
a-n =2^;
a-^x + b-J^x2 =^x-y.
1 Кристофер Доугерти. Введение в эконометрику: Учебник. 3 - е изд./ Пер. с англ. - М.: ИНФРА - М, 2009. - 47 с.
2 Л.О.Бабешко. Основы эконометрического моделирования: Учебное пособие. Изд. 2-е, испр. M.: КомКнига, 2006 . - 37 с.
ЩТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 8(144)
1-jadval. 2017-2020 yillarda "Raqamli iqtisodiyot va jamiyat indeksi" 1 (RlJI)reytingi bo'yicha Top-10
talik mamlakatlar
2020 y.* 2019 y.** 2018 y.*** 2017 y.****
Reyting Mamlakatlar Indeks Mamlakatlar Indeks Mamlakatlar Indeks Mamlakatlar Indeks
1 Finlandiya 72,3 Finlandiya 69,9 Daniya 73,7 Daniya 72,1
2 Shvetsiya 69,7 Shvetsiya 69,5 Shvetsiya 70,4 Finlandiya 67,2
3 Daniya 69,1 Niderlandiya 68,9 Finlandiya 70,1 Shvetsiya 67,0
4 Niderlandiya 67,7 Daniya 68,8 Niderlandiya 69,9 Niderlandiya 66,5
5 Malta 62,7 Buyuk Britaniya 61,9 Lyuksemburg 62,8 Lyuksemburg 60,4
6 Irlandiya 61,8 Lyuksemburg 61,8 Irlandiya 61,3 Belgiya 58,6
7 Estoniya 61,1 Irlandiya 61,4 Buyuk Britaniya 61,2 Buyuk Britaniya 58,5
8 Buyuk Britaniya 60,4 Estoniya 60,0 Belgiya 60,7 Estoniya 57
9 Belgiya 58,7 Belgiya 59,4 Estoniya 59,7 Irlandiya 56,3
10 Lyuksemburg 57,9 Malta 58,1 Ispaniya 58,0 Malta 54,9
** https://ec.europa.eu/digital-single-market/en/news/digital-economy-and-society-index-desi-2019 *** https://ec.europa.eu/digital-single-market/en/news/digital-economy-and-society-index-2018-report **** https://ec.europa.eu/digital-single-market/en/news/digital-economy-and-society-index-desi-2017
(1) Tenglamalar sistemasi a va b larga nisbatan yechiladi. Tenglamalar sistemasini yechish natijasida a va b parametrlarlarning qiymatlarini topish uchun tayyor formulalar kelib chiqadi:
, cov(x, }>) - U -
b =-v J ' , a = y-b-x
a2
x
bu yerda - co\(x,y)= y^x-y-x - x Ba y bel-gining kovariatsiyasi, a2x = x2 -x2 - belgining dis-persiyasi.
3. Tadqiqot natijalari.
Jahon amaliyotida dunyo mamlakatlarining raqamli raqobatbardoshlik darajasini baholash tizimlari-dan "Digital Economy and Society Index (DESI) -Raqamli iqtisodiyot va jamiyat indeksi (RIJI)" keng qo'llaniladi.
Raqamli iqtisodiyot va jamiyat indeksi (RIJI) - Yev-ropa Ittifoqiga a'zo davlatlarning raqamli iqtisodiyot va jamiyat yo'lidagi taraqqiyotiga baho beradigan ko'rsatkich hisoblanadi.
RIJI beshta asosiy yo'nalish va bu yo'nalishlar tarkibiga kiruvchi jami 37 ta ko'rsatkichga asosla-nadi. Bu yo'nalishlar quydagilar:
• Aloqa (Connectivity);
• Inson kapitali (Human capital);
• Internetdan foydalanish (Use of internet);
• Raqamli texnologiyalarning integratsiyasi (Integration of digital technology);
1 Manba: https://ec.europa.eu/digital-single-market/
en/news/digital-economy-and-society-index-desi-2020
• Davlat raqamli xizmatlari (Digital public services).
Bu yuqoridagi yo'nalishlarning ba'zilari hamda ularning tarkibiga kiruvchi ko'rsatkichlar boshqa qolgan yo'nalishlar va ko'rsatkichlarga nisbatan dol-zarbdir. Shuning uchun yakuniy indeksni hisoblashda ularga ko'proq vazn beriladi. Shu tariqa RIJI umumiy ko'rsatkichi, beshta yo'nalish bo'yicha hosil bo'lgan ko'rsatkichlarni vaznli arifmetik o'rtachasiga asosan hosil qilinadi.
2017-2020 yillardagi RIJI reyting ko'rsatkichlari tahliliga ko'ra, Finlandiya mamlakati oxirgi ikki yilda reytingda yetakchilik qilib kelmoqda (1-jadval).
Shvetsiya mamlakati so'nggi uch yil davomida ikkinchi o'rinni, faqat bir yil uchinchi o'rinni band etgan. Daniya dastlabki yillarda reytingda yetakchilik qilgan bo'lsa, 2020 yilda uchinchi o'rinni qayd etgan. Niderlandiya esa reytingdagi o'z pozitsiyasini barqa-ror holatda saqlagan.
Malta, Irlandiya va Estoniya mamlakatlari RIJI reytingidagi o'z holatlarini oldingi yillarga nisbatan bir oz yaxshilagan holatda 2020 yilda mos ravishda beshinchi, oltinchi va yettinchi pog'onalarni egal-lashgan. Shuningdek, Buyuk Britaniya, Belgiya va Lyuksemburg mamlakatlarida esa so'nggi yillarda reytingda pasayish holati kuzatilgan.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining 2015-2020 yillarda RIJI ko'rsatkichini o'zgarish dinamikasi tahlili shundan dalolat bermoqdaki, Yevropa Itti-foqi bo'yicha 2020 yilda RIJI o'rtacha 52,6 ni, so'ngi besh yil ichida indeks o'sishi 13,7 ni tashkil etgan. Shu bilan birga ushbu davrda eng muhim o'sish
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 8(144)
2-rasm. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining1 2015-2020 yillarda RIJI ko'rsatkichini o'zgarish dinamikasi.
Irlandiya mamlakatida (ya'ni indeksdagi o'sish 18,5 ni tashkil etgan), so'ngra Niderlandiya (16,2), Malta (16) va Ispaniya (15,9) mamlakatlarida kuzatilgan. Ushbu mamlakatlar, shuningdek Yevropa Ittifoqin-ing 2020 yildagi RIJI o'rtacha ko'rsatkichidan bir oz yuqori natijani (mos ravishda 9.2, 15.1, 10.1 va 4.9) qayd etishgan (2-rasm)2.
Finlandiya va Shvetsiya mamlakatlari raqamlashti-rish borasidagi ko'rsatkichlarda yetakchi mamlakatlar qatorida bo'lsa ham, Belgiya hamda Germaniya mamlakatlarining so'ngi besh yil ichida reytingdagi o'rtacha o'sish darajasidan past ekanligini ko'rish mumkin.
1 Yevropa Komissiyasining 2020 yilgi RIJI bo'yicha hisoboti Yevropa Ittifoqining 27 ta a'zo davlatlarini va Buyuk Britaniya mamlakatini ham o'z ichiga oladi. Yevropa Ittifoqining o'rtacha indeks ko'rsatkichilarini hisobiashda Buyuk Britaniya mamlakati ham kiritilgan.
2 Manba: https://data.europa.eu/euodp/en/data/ dataset/digital-agenda-scoreboard-key-indicators va https://ec.europa.eu/digital-single-market/en/ digital-economy-and-society-index-desi - ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
Daniya, Estoniya va Lyuksemburg RIJI umu-miy reytingida Top-10 talikka kiruvchi mamlakatlar sifatida e'tirof qilinsa ham, oxirgi besh yil ichida raqamlashtirishda nisbatan past o'sish darajasini ko'rsatmoqda. Yuqoridagi mamlakatarda bu hol-atning asosiy sabablari sifatida zamonaviy raqamli ko'nikmalarni yanada takomillashtirish zaruriyati (Daniyada), korxonalarni raqamlashtirish nisbatan past darajada ekanligi (Lyuksemburgda) hamda aloqa va korxonalarni raqamlashtirish borasidagi zaiflik mavjudligini (Estoniyada) ko'rish mumkin. Shuningdek Vengriya, Fransiya va Xorvatiya mamlakatlarining 2015-2020 yillarda RIJI ko'rsatkichini o'zgarish darajasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining o'rtacha darajasidan bir oz yuqori bo'lsa ham, ammo, umumiy reyting ko'rsatkichida ancha ortda qolayo-tganini ko'rish mumkin.
E'tiborli tomoni shundaki, raqamlashtirish darajasi bo'yicha Yevropa Ittifoqining o'rtacha darajasidan past bo'lgan aksariyat mamlakatlarda so'nggi besh yilda o'sish holati juda past bo'lgan. Bu xususan Bol-gariya, Gretsiya va Ruminiya mamakatlariga tegishli.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 8(144)
3-rasm. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining 2020 yilgi RIJI ko'rsatkichi va ushbu ko'rsatkichning
yo'nalishlar bo'yicha tarkibi.
г 54 АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАР ИКТИСОДИЁТИ / \
V ЭКОНОМИКА ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИИ
-
i i i i i i i i i i i i i -ши^ЬшшУшэ^шЬЬ "-tfflZg-ui^dijülo^-i D ш i i i i i i i i i i i i i
■ Aloqa ■ Inson kapital i
■ Internetdan foydalanish ■ Raqamli texnologiyalarning integratsiyasi
■ Davlat raqamli xizmatlari
Biroq, ushbu mamlakatlar RIJI ni hisoblashda e'tibor beriladigan turli sohalarda bir qancha tashabbus-larni boshladilar va ushbu tashabbuslarning natijalari yaqin yillarda sezilishi mumkin.
4. Tadqiqot natijalari tahlili.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida aloqa, inson kapitali, internetdan foydalanish, raqamli texnologiyalarning integratsiyasi va davlat raqamli xizmatlari omillarini RIJI ko'rsatkichidagi ahamiyatini tahliliy qarab chiqamiz.
Tahlil natijalarini ko'rsatishicha Yevropa Ittifoqi bo'yicha 2020 yilda RIJI o'rtacha 52,6 ni tashkil etgan bo'lsa, ushbu ko'rsatkichning 23,8% (12,5) - aloqa, 23,4% (12,3) - inson kapitali, 16,5% (8,7) - internetdan foydalanish, 15,7% (8,3) - raqamli texnologiyalarning integratsiyasi va 20,6 % (10,8) - davlat raqamli xizmatlari yo'nalishlari hissasiga to'g'ri kel-moqda.
RIJI ko'rsatkichi bo'yicha Yevropa Ittifoqin-ing o'rtacha darajasidan yuqori bo'lgan ko'pchilik mamlakatlarda indeks umumiy ko'rsatkichining katta
ulushini inson kapitali hamda eng kam ulushini esa internetdan foydalanish yo'nalishlari tashkil etmoqda. Xususan, inson kapitali va internetdan foydalanish yo'nalishlarining indeks umumiy ko'rsatkichidagi ulushi mos ravishda Finlandiya - { 27,1% (19,6) -15,8% (11,4) }, Shvetsiya - { 25,7% (17,9) - 16,4% (11,4) }, Niderlandiya - { 23,7% (16,1) - 16,7% (11,3) }, Malta - { 24,6% (15,5) - 15,8% (9,9) }, Estoniya
- { 27,3% (16,7) - 16,1% (9,8) }, Buyuk Britaniya -{ 26,1% (15,8) - 18,2% (11,0) }, Avstriya - { 26,1% (14,2) - 14,9% (8,1) } ni hosil qilgan1. Shuningdek Daniya, Belgiya, Lyuksemburg, Ispaniya va Germaniya mamlakatlarida indeks umumiy ko'rsatkichining katta ulushi aloqa eng kam ulushi esa internetdan foydalanish hamda raqamli texnologiyalarning integratsiyasi yo'nalishlariga to'g'ri kelayotganini ko'rish mumkin (3-rasm).
1 Manba: https://ec.europa.eu/digital-single-market/ en/news/digital-economy-and-society-index-desi-2020
- ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
ИК.ТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 8(144)
AX50P0T TEXHO^Omfl^AP mk,TMCO^METM / ЭКOHOМMКA MH0OPМAЦMOHHblX TEXHO^OrMM
4-rasm. RIJI ko'rsatkichi va aholi jon boshiga YaMD hajmi o'rtasidagi bog'liqlik (juft korrelyatsion-
regression tahlil natijasi)1.
Yuqoridagi rasmdan ko'rish mumkinki Yevropa Ittifoqining o'rtacha darajasidan past bo'lgan aksari-yat mamlakatlarda (Fransiya, Sloveniya, Latviya, Por-tugaliya, Vengriya, Slovakiya, Polsha, Kipr, Italiya, Ruminiya, Bolgariya) RIJI umumiy ko'rsatkichining katta ulushini aloqa yo'nalishi, aksariyat mamlakatlarda esa (Chexiya, Xorvatiya, Gretsiya) inson kapi-tali yo'nalishi hissasiga to'g'ri kelgan. Shu bilan birgalikda, ushbu mamlakatlarda indeks umumiy ko'rsatkichining eng kam ulushini esa raqamli texnologiyalarning integratsiyasi va internetdan foydalanish yo'nalishlari egallashgan.
Ko'rinib turibdiki, RIJI ko'rsatkichi mamlakatlarni raqamli iqtisodiyotga o'tish borasidagi olib borayot-gan islohotlar samardorligini baholash hamda o'tish
1 Manba: https://data.worldbank.org/ va https:// ec.europa.eu/aigital-single-market/en/digital-economy-and-society-index-desi - ma'lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
jarayonida o'zgarishar birinchi navbatda bo'lishi kerak bo'lgan sohalarni asoslashga imkon beradi.
Shu bilan birga mamlakatlarning raqamlashtirish borasidagi salohiyati va iqtisodiyotining rivojlangan-ligi darajasi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik ancha past darajada ekanligini juft korrelyatsion-regression tahlil ko'rsatmoqda (4-rasm). Quyidagi juft korre-lyatsion-regression tahlilni amalga oshirish uchun Jahon bankining dunyo mamlakatlari iqtisodiyotini daromadlar bo'yicha tasniflagichi2 asosida, 2020 yil
2 Jahon bankining dunyo mamlakatlari iqtisodiyotini daromadlar bo'yicha tasniflagichi (2019 yil 1 iyul): Birinchi guruh - Yuqori daromadli mamlakatlar: > 12 375 AQSn doll.
Ikkinchi guruh - O'rtadan yuqori daromadli mamlakatlar: 3 996 - 12 375 AQSh doll. Uchinchi guruh - O'rtadan past daromadli mamlakatlar:
1 026 - 3 995 AQSh doll.
To'rtinchi guruh - Past daromadli mamlakatlar: < 1 026 AQSh doll.
(Manba: https://blogs.worldbank.org/opendata/new-country-classifications-income-level-2019-2020)
MKTMCOfl BA MOflMfl / ЭКОНОMMКA M OMHAHCbl 2021, 8(144)
RIJI reytingdagi barcha mamlakatlarni guruhlarga ajratildi. Guruhlarga ajaratish jarayonida faqat ikkita guruh hosil bo'ldi (ya'ni yuqori darmodli va o'rtadan yuqori daromadli mamlakatlar guruhi). Chunki Yev-ropa Ittifoqining deyarli barcha mamlakatlari (Bol-gariya mamlakatidan tashqari) yuqori daromadli mamlakatlar guruhiga kiradi.
Yuqoridagi rasmdagi mamlakatlarda RIJI ko'rsatkichi va aholi jon boshiga YaMD hajmi o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi trend chizig'i determinatsiya koeffitsiyenti (R2=0,584) bilan beril-gan darajali funksiya ko'rinishida ifodalangan. Tahlil natijalariga ko'ra, mamlakatarning RIJI ko'rsatkichini o'zgarishiga 58,4% aholi jon boshiga YaMD hajmi ta'sir qilayotganini ko'rish mumkin. Bu esa Yevropa Ittifoqining eng yirik iqtisodiyotlari (Germaniya, Fransiya, Italiya)1 RIJI umumiy reytingida yetakchi mamlakatlar qatorida mavjud emasligini asoslaydi.
5. Xulosalar.
XXI asrning boshlanishi, raqamli texnologiyalarn-ing inqilobi va jaxon iqtisodiyotining globallashuvi bilan tarixda o'z o'rniga ega bo'ldi. Zero, raqamli iqtisodiyot va uning asosini tashkil etuvchi raqamli texnologiyalarning tobora rivojlanishi iqtisodiyot-ning ko'plab tarmoqlarida tub o'zgarishlarni, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiy siyo-satini amalga oshirishda markazlashgan boshqa-ruvning tizimlashtirilishi, mehnat unumdorligi va uni oshirish bilan bog'liq muammolarni bartaraf etilishi, xo'jalik jarayonlarining avtomatlashtirilishi, byurokratiya va korrupsiyaning pasayishi, davlatning iqtisodiy siyosati shaffofligining ta'minlanishi, katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash, zarur natija va xulosalarni olish tezligi va sifatining ortishini ta'minlaydi. Raqamli iqtisodiyotning shakllanish omillari va manbaalari, jaxon iqtisodiyotida uning o'rni, roli va rivojlanishining ustuvor yo'nalishlari quydagilardan iborat:
Raqamli platformalar va sun'iy intellekt soha-sida tendensiyalar. Raqamli iqtisodiyotning asosini tashkil qiluvchi texnologiyalar turkumidagi raqamli platformalar va sun'iy intellekt tushunchalarini
1 2019 yilda Yevropa Ittifoqi YaIMning deyarli to'rtdan bir qismi (24,7%) Germaniya tomonidan ishlab chiqarilgan, undan keyin Fransiya (17,4%) va Italiya
(12,8%) mamlakatari hissasiga to'g'ri keladi. (Manba: https://ec.europa.eu/eurostat/web/products-eurostat-news/-/DDN-20200508-1)
o'rganish, ularning imkoniyatlari va istiqboldagi samaradorliklari, shu bilan birga tahdidlarini ham tahlil qilinishi jamiyat uchun ulardan olinadigan manfaatlarni yanada oshirish imkoniyatini beradi.
Jaxon savdosidagi tendensiyalar. Jaxon sav-dosida raqamlashtirish transformatsiyalarning asosiy natijalaridan biri bu-yangi raqamli texnologiyalarning joriy qilinishi, jumladan, buyumlar inter-neti, sun'iy intellekt, blokcheyn, katta ma'lumotlar hamda biznes-modellarning yaratilishi bo'ldi. Bun-day o'zgarishlar ayrim mahsulot va xizmatlarning savdosiga faol ta'sir ko'rsatishi kuzatilmoqda, ya'ni, raqamli texnologiyalar bilan bog'liq bo'lgan mahsulot va xizmat turlariga talabning ortishi bo'lsa, ayrim an'anaviy mahsulot va xizmatlarga bo'lgan talabning pasayishi yoki yo'q bo'lishi ham mumkin.
Mehnat bozoridagi tendensiyalar. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi deyarli barcha mamlakatlar hukumatlari oldida mehnat bozoridagi tub o'zgarishlar bilan bog'liq bo'lgan mavhum muammolarni shakllantirmoqda va ularning asosiy-laridan biri bu mavjud ish o'rinlarining qisqarish xavfidir. Raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat bozoridagi tarkibiy o'zgarishlar avtomatlashtirish va raqamlashtirishga asoslangan bo'ladi. Ekspert-larning fikriga ko'ra, bularning barchasi mehnat bozorining tarkibiy o'zgarishiga va ayrim mutax-assisliklarning kasbiy o'zgarishi va ayrimlarining yo'qolishiga olib keladi.
Kiberxavfsizlik risklari. Raqamli iqtisodiyotning tobora rivojlanishi kiberxavfsizlik masalalar-ida yuzaga keladigan barcha omillar va shakllanish manbaalarini inobatga olishni talab etadi. Ushbu jihatdan, jaxon amaliyotiga ko'ra, kiberxavfsizlik muhitida tobora rivojlanayotgan yana bir tahdi-dlardan biri sifatida yashirin raqamli iqtisodiyot namoyon bo'lmoqda. Zero, tahdillarga ko'ra, jaxon iqtisodiyotida aksariyat mamlakatlarda raqamli iqtisodiyot endi shakllanishi va ko'plab mamlakatlarda hali shakllanmagan sharoitlarda yashirin raqamli iqtisodiyot muammosining yuzaga kelishi raqamli iqtisodiyotni shakllantirish bilan bog'liq bo'lgan islohotlarning muhim to'siqlaridan biriga aylani-shi mumkin. Ushbu jihatdan, yashirin raqamli iqtisodiyot muammolarining nazariy va amaliy jihatdan tadqiq qilinishi bugungi kunda dunyoda ko'plab olimlarning e'tiborini qaratayotgan muammolardan biri hisoblanadi.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 8(144)
АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАР ИКТИСОДИЁТИ / ЭКОНОМИКА ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ 57
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Березной А. Транснациональный бизнес в эпоху глобальной цифровой революции/ Мировая экономика и международные отношения. 2018. №9. С.5-17.
2. Боташева Л.Х., Саркисян К.С. Выявление и оценка теневой экономики: методологический аспект/Экономика и управление. №5. 2018. С.30.
3. Гулямов С.С. ва бошк,. Рак,амли ик,тисодиётда блокчейн технологиялари. Укув кулланма 21-22 бетлар. ТМИ. 2019 й. Б.447.
4. Muminov N.G., Zakhirova G.M. The role of public procurement in the digitalization of the economy and adoption of e-commerce. St. Petersburg State Polytechnical University Journal. Economies Vol. 13, No. 2, 2020. Р.30-39. DOI: 10.18721/JE.13203
5. Головенчик Г.Г. Изменение рынка труда в условиях цифровой трансформации / Г.Г. Головенчик // Цифровизация Евразии: новые перспективы экономического сотрудничества и развития: материалы Междунар. науч. конф., Москва, 28 ноября 2018 г. / Эконом, ф-т МГУ им. М.В.Ломоносова; редкол.: С.А. Афонцева [и др.]. М.:МГУ, 2018. С.236-252.
6. Головенчик Г.Г. Проблемы кибербезопасности в условиях цифровой трансформации экономики и общества / Г.Г. Головенчик // Экономика. Управление. Инновации. 2018. № 2 (4). С.22-33.
7. Дравица В., Курбацкий А. Промышленная революция Industry 4.0 / В.Дравивд, А.Курбацкий // Наука и инновации. 2016. №3. С. 13-16.
8. Касперская Н. Цифровая экономика и риски цифровой колонизации: развернутые тезисы выступления на Парламентских слушаниях в Госдуме / Н. Касперская [Электронный ресурс] // Общественный совет гражданского общества. - Режим доступа: http://narodosnova. ru/2018/04/tsifrovaya-ekonomika-i-riski- tsifrovojkolonizatsiihtml.
9. Карпова Д.Н. Киберпреступность: глобальная проблема и ее решение / Д.Н. Карпова // Власть. 2014. №8. С.47.
10. Кийко М. Теневая экономика: генезис, эволюция, современная структура // Проблемы теории и практики управления. 2015. №1. С.36.
11. Мильнер Б.З. Теория организации: Учебник. 2-е изд., переработанное и доп. М.: ИНФРА-М, 2000.
12. Мухамедзянова Д. Роботизация 2017: когда машины отберут у людей работу / Д. Муха-медзянова // Хайтек [Электронный ресурс]. Режим доступа: https://hightech.fin/2017/01/08/ robots-6/amp.
13. Номоконов В. А. Киберпреступность как новая криминальная угроза / В.А. Номоко-нов, Т.Л. Тропина // Криминология: вчера, сегодня, завтра, 2012. №1(24). С.47.
14. Цифровая экономика и искусственный интеллект - новые вызовы современной мировой экономики: колл. монография. М.: Издательский дом ГУУ, 2019. С.74.
15. Gujarati D.N. Basic Econometrics, Fourth Edition. The McGraw-Hill Companies, 2004.- 43 p.
16. Кристофер Доугерти. Введение в эконометрику: Учебник. 3 - е изд./ Пер. с англ. - М.: ИНФРА - М, 2009. - 47 с.
17. Бабешко Л.О. Основы эконометрического моделирования: Учебное пособие. Изд. 2-е, испр. M.: КомКнига, 2006 . - 37 с.
ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 8(144)