Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOTDA PULLAR VA ULARNING TRANSFORMATSIYASI'

RAQAMLI IQTISODIYOTDA PULLAR VA ULARNING TRANSFORMATSIYASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
451
267
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Pul / katalizator / naqd pul / naqd bo`lmagan pul / elektron pullar / markaziy bank raqamli valyutasi (MBRV) / kriptovalyuta.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Isayev Atabek Djurabayevich

Maqolada pullar shakllarining evolyutsiyasi, jumladan, jamiyat yuksalgan sari ularning ham shaklan o`zgarib borishi va xususiyatlari keltirilgan. Shu bilan birgalikda hozirgi kunda hayotimizga shiddat bilan kirib kelgan elektron pullar, kriptovalyutalar ularning farqli tomonlari hamda O`zbekistonda zamonaviy pul shakllarini joriy qilishda qanday ishlar qilinayotganligi atroflicha yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOTDA PULLAR VA ULARNING TRANSFORMATSIYASI»

RAQAMLI IQTISODIYOTDA PULLAR VA ULARNING TRANSFORMATSIYASI

Isayev Atabek Djurabayevich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Raqamli iqtisodiyot kafedrasi, doktorant.

+998915151970 https://doi. org/10.5281/zenodo. 8049836

Annotatsiya. Maqolada pullar shakllarining evolyutsiyasi, jumladan, jamiyat yuksalgan sari ularning ham shaklan ozgarib borishi va xususiyatlari keltirilgan. Shu bilan birgalikda hozirgi kunda hayotimizga shiddat bilan kirib kelgan elektron pullar, kriptovalyutalar ularning farqli tomonlari hamda O zbekistonda zamonaviy pul shakllarini joriy qilishda qanday ishlar qilinayotganligi atroflicha yoritilgan.

Kalit so^zlar: Pul, katalizator, naqdpul, naqd bo lmagan pul, elektron pullar, markaziy bank raqamli valyutasi (MBRV), kriptovalyuta.

Pul iqtisodiyotda muhim kategoriya bo'lib, barcha iqtisodiy subyektlar ortasida iqtisodiy aloqalarni ornatadi. Kimyo sohasidan bizga malumki reaksiyani tezligini oshirishda biror modda zarur bo ladi va ushbu modda katalizator deb ataladi. Iqtisodiyotda iqtisodiy aloqalarni jadallashtirishda pul katalizator vazifasini bajaradi.

Pullarning paydo bo lishi va rivojlanishi haqida gap ketayotganda biz tarixga nazar tashlashimiz lozim. Kishilik jamiyati rivojlangan sari iqtisodiyotda pulning turli shakllari muomalada paydo boladi. Pul evolyutsiyasini quyidagi rasmda korishimiz mumkin (1 - rasm).

1 - rasm. Pul shakllarining evolyutsiyasi

Dastlab pullar tovar shaklida namoyon bolgan. Turli xalqlarda pul vazifasini turli xil tovarlar, masalan, Qadimgi yunonistonda, Rimda, arab va hind qabilalarida chorva bajargan. Tinch Okeani va Afrika qit asi xalqlarida qimmatli chig anoqlar pul vazifasini bajargan. Markaziy Afrikada - fil suyagi, Qadmgi Misrda - bug'doy, Xitoyda - tuz, Mo'g'ilistonda - choy ayirboshlash jarayoni pul muomalasi o'rniga o'tgan. [1] Keyinchalik insoniyat metallarni kashf qilib ularni qayta ishlashni yo'lga qo'ygandan so'ng muomalaga oltin, kumush tangalar chiqadi. Tangalarning yemirilishi va soxta pullarning muomalada ko'payib ketishi ularning ornini qogoz pullar egalladi. Qogoz pullarni foydalanishda qulayligi va ixchamligi ularni hozirgacha muomalada bolishini taminlab turibdi.

Yigirmanchi asrning boshlarida pulning naqd va naqdsiz pullar shakliga bo'linishi kuzatildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin naqd puldan foydalanish chakana savdo bilan cheklangan. Tez va xavfsiz o'tkazmalari tufayli naqd pulsiz to'lovlar hissasi ortib bordi. Asosiy naqd pulsiz to'lov tizimining infratuzilmasi 1960-yilda shakllangan. 1970-yillarda to'lov

jarayonlarini avtomatlashtirish, bankomatlar va plastik kartochkalarning paydo bo'lishi elektron pullarning shakllanishiga sabab bo'ldi.[2]

Tangalar va qog'oz pullar naqd pullar toifasiga kirsa, elektron pullar naqd bo'lmagan pullar toifasiga mansub.

Tanga, qog'oz va elektron pullar bir xil muomala, to'lov, qiymat, jamg'arish vazifalarini bajarsada ular nimasi bilan farqlanadi?

Birnchidan, metal pullar tizimida pullarning qiymati tangalar tarkibida qancha oltin yoki kumush mavjudligi bilan, ya'ni og'irligi bilan belglangan. Qog'oz va elektron pullarning qiymati nominal bilan belgilangan, ya'ni raqam.

Ikkinchidan, pullarning tranzaksiyasi bir-biridan farq qiladi. Naqd pullar, ya'ni tanga va qog'oz pullar qo'ldan - qo'lga o'tib yuradi. Elektron pullar esa hisob raqamlar orqali harakatda bo'ladi.

Uchinchidan, naqd pullar anonim hisoblanadi, ya'ni bu pullar kimniki, qayerdan kelgan savollarga javobini ololmaymiz, sababi pullar qo'ldan-qo'lga o'tib turadi. Elektron pullarda esa bu ma'lumotlarni olishimiz mumkin. Qancha pul o'tkazildi, kimdan va nima uchun savollarga elektron pullar harakati orqali javob olish imkoniyatga ega. Shuning uchun elektron pullar information jamiyatning ajralmas qismi hisoblanadi.

To'rtinchidan, naqd pullarning ularning tranzaksiya va anonimlik xarakteridan kelib chiqib kriminagenlik darajasi yuqori, elektron pullarda axborot olish darjasi yuqoriligi tufayli kriminagenlik darajasi past.

Beshinchidan, naqd pullarni muomalaga chiqarish maxsus texnologiya talab etilmaydi. Elektron pullarni muomalaga kiritish va ularni harakatini amalga oshirish uchun yuqori darajali axborot texnologiya tizimi talab etiladi.

Mamlakatning Markaziy banki monetar siyosatni yurituvchisi hamda yagona pul emitenti hisoblanadi. Shuning uchun elektron pullarning emissiyasini mamlakatning Markaziy banki amalga oshiradi. Hozirgi vaqtda keng tarqalgan elektron pullar - bu markaziy bankning raqamli valyutasidir. Markaziy bankning raqamli valyutasi (Central Bank Digital Currency, CBDC) muqobil yoki qo'shimcha to'lov vositasi sifatida foydalaniladigan virtual milliy puldir. Ko'pincha, ularning qiymati milliy valyutaga bog'langan, lekin qimmatbaho metallar (E-gold, WebMoney Gold - WMG), kriptovalyutalar kabi suzuvchi kurs bilan bog'lanish ham mumkin.

Ko'pchilik mamlakatlar o'zining milliy elektron raqamli pullarini sinov tariqasida muomalaga kiritishga harakat qilishmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda Nigeriya mamlakati bu sohada katta natijalarga erishgan bo'lib birinchilar qatorida "eNaira" raqamli elektron pulini sinovdan o'tkazgan. Nigeriya Markaziy bank saytiga asosan eNaira - bu insonlarga qaratilgan, jismoniy va yuridik shaxslar o'rtasida to'lov va moliyaviy xizmatlardan foydalanishni osonlashtiradigan raqamli valyuta.

eNaira allaqachon testning barcha bosqichlaridan o'tgan va rasman 2021 yil oktyabr oyida joriy etilgan. Uni amalga oshirish ancha sekin kechdi. Ayni paytda 13 millionga yaqin hamyon ochilgan, bu Nigeriya aholisi 220 million kishidan oshganini hisobga olsak, unchalik ko'p emas.

O'zbekistonda ham milliy raqamli valyutani joriy etish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. O'zbekiston Markaziy bankining raqamli valyutasi - so'm an'anaviy pulga muqobil bo'lgan yangi pul shakldir. Bu raqamli formatda maxsus ishlab chiqilgan va sinovdan o'tgan elektron platforma orqali ishlaydigan raqamli to'lov tizimidir.

Markaziy bank raqamli milliy valyutani joriy qilib uni takomillashtirishda asosiy maqsad

mamlakat moliyaviy holatini yaxshilash orqali iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash.

Raqamli valyutani joriy etish mamlakatdagi iqtisodiy jarayonlarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, shu jumladan, iqtisodiyotning bank tizimi samarali ishlashi natijasida sub'ektlarning iqtisodiy farovonligini ta'minlaydi.[3]

So'nggi o'n yillikdagi global pul bozoridagi yangi o'zgarishlardan biri kriptovalyutalarning yaratilishi va blokcheyn texnologiyasining dunyo miqiyosida tarqalishidir. Kriptovalyuta asosida blokcheyn texnologiyasi bo'lib, undan turli xil faoliyat sohalari va hisob tizimlari foydalanishlari mumkin.

Kriptovalyuta - bu raqamli (virtual) valyuta bo'lib, uning ichki hisob birliklari markazlashtirilmagan to'lov tizimi tomonidan ta'minlanadi to'liq avtomatik rejimda ishlaydi. Kriptovalyuta deyarli har qanday tovar bilan ta'minlanmagan va davlat tomonidan kafolatlanmagan virtual valyutadir.

Markaziy bankning raqamli valyutasi va kriptovalyutalar o'rtasida farq mavjud. Kriptovalyutalar ta'minlanmagan vosita hisoblanadi, pullar esa markaziy bank aktivi, valyuta zaxirasi hamda oltin bilan ta'minlangan. Kriptovalyuta bozorida kriptovalyutalarning tebranuvchanligi yuqori, bu esa kriptovalyutalardan foydalanish xatarlik darajasi yuqoriligini belgilab beradi. Markaziy bank mamlakat raqamli valyutani boshqarib muvofiqlashtiruvchi organ sifatida namoyon bo'lsada, kriptovalyutalarni muomalaga chiqarish va ularni tartibga solish yagona organi mavjud emas.

Bu innovatsion jarayonning miqiyosi hudud jihatidan kengayib bormoqda. Natijada kriptovalyutalarning foydalanuvchilar soni oxirgi yillarda ortib bormoqda. O'zbekistonda ham kriptovalyutalarni tartibga solishda dastlabki huquqiy asoslari yaratilgan. 2018-yil 3-iyulda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3832-sonli "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, 2022-yil 28 noyabrda 3397 raqamli ro'yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrug'iga asosan "O'zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro'yxatdan o'tkazish va muomalaga kiritish tartibi to'g'risidagi Nizom" qabul qilingan. Mazkur nizom 6 ta bobdan iborat bo'lib, O'zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan kripto-aktivlarni chiqarish, chiqarishni ro'yxatdan o'tkazish va muomalaga kiritish tartibini belgilaydi.

Xulosa o'rnida aytishimiz kerakki fan texnika taraqqiyoti doimo oldinga qarab harakatda bo'ladi. Axborot texnologiyalarning ko'lamining kengayib borishi an'anaviy iqtisodiyotdan raqamli iqtisodiyotga o'tish muqarrarligini belgilab beradi. Natijada iqtisodiy jarayonlarning transformatsiyasi sodir bo'ladi. Xususan, pul shakllarining o'zgarishi va takomillashishi ulardan foydalanish ko'lamini yangi bosqichga ko'taradi. Albatta monetar sohada bo'layotgan o'zgarishlar mamlakat barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashda ular oldiga yangi vazifalarni belgilab beradi. Bugun biz pul shakllarining evolyutsiyasi hamda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi raqamli valyutalar (Markaziy bank raqamli valyutasi, kriptovalyutalar)ni keltirib chiqargani haqida fikr yuritar ekanmiz, ertaga zamonaviy yangi texnologiyalarning kashf qilinishi pulning qanday shakllarini paydo bo'lishiga olib kelishini hech kim bilmaydi.

REFERENCES

1. Y.Abdullayev, T.Qoraliyev. Pul 100 savol - javob. : T. Mehnat, 1996, 7-8 bet

2. Greenspan A. The payments system in transition // Federal Reserve Payments System Development Committee 2003 Conference. BIS Review 46/2003. Washington, DC, 2003. — P. 4.

3. З.У.Бердиназаров, А.Д.Исаев. Цифровая валюта и её внедрение в Узбекистане. Сборник международной научно-практической конференции. Актуальные вопросы современной науки и образования - 2022. стр - 168.

4. https://lex.uz/docs/-6299481

5. https://dzen.ru/a/ZDUY6PQJFQ31 EY AW

6. https://www.spot.uz/ru/2022/04/26/digital-currency/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.