Open access journal
www.in-academy.uz
rilflF M
^jrasian journal of technoi:ogy and innovation
RAQAMLI IQTISODIYOTDA KORXONALAR BOSHQARUV TIZIMIDA AXBOROT-TEXNOLOGIYALARINING O'RNI VA
AHAMIYATI BO'TAYEVA SABINA XOLIYOROVNA
TOSHKENT IQTISODIYOT VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI "MOLIYAVIY BOSHQARUV VA AXBOROT TEXNOLOGIYASI" FAKULTET
O'QITUVCHISI Email pochta:[email protected] Tel:+998909222804
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 26th January 2024 Accepted: 03rd February 2024 Online: 05th February 2024
KEY WORDS Ilmiy-texnika taraqiyyoti,
Telekommunikatsiya, IT
texnologiyalari,raqamli iqtisodiyot, raqamli pullar, raqamli platformalar, ekotizim, omnikanallilik, Industriya, 3D-printerlar, bulutli
teхnologiyalar.
Ushbu mаqоlаdа rаqаmli iqtisоdiyоtdа kоrхоnаlаr bоshqаruvi tizimidа ахbоrоt tiz-imlаrining аhаmiyаti, ulаrdаn fоydаlаnish tаmоyillаri, uslubiy jihatlari yоritib bеrilаdi. Hozrgi kunda raqamli texnologiyalarning zamonamizning iqtisodiy rivojlanishidagi o'rnini qanchalik ahamiyatli ekanligi haqida tushunchalar beriladi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlanishida katta ahamiyat kasb etayotgan dunyodagi yuqori natijalarga erishgan kompaniyalar o'rganilib, raqamli texnologiyalarning mamlakatimiz iqtisodiyotga ta'siri ham batafsilyoritib berilgan.
Kirish. Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog'liq bo'lgan bir qancha samarador texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Iqtisodiyotdagi raqamli texnologiyalarni imkon yaratadigan axborot texnologiyalari sifatida talqin qilish mumkin.
Hozrgi zamondagi iqtisodiy vaziyatda kelib chiqib elektron biznes tuzilmalari ishini optimallashtirish bu yanada raqamli iqtisodiyotda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan uchta asosiy elementga bo'linadi:
1. Infratuzilma elementlari ya'ni uskunalar va dasturlar;
2. Telekommunikatsiya qurilmalari va boshqalar, qolaversa elektron biznesning yo'nalishi,
3. Tijorat ya'ni onlayn tovar savdosi.
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining katta qismi raqamli vositalar hisoblanadi. Bunga misol qilib olishimiz mumkin ya'ni iqtisodiyot infratuzilmasi. Iqtisodiyotda mehnatning raqamli shakllarini joriy etish ham mamlakatlar, yirik firmalar va har bir inson uchun ham yaxshigina foyda keltiradi.
Raqamli texnologiyalardan keng foydalanish so'nggi o'n yilliklarda barcha sanoat sohalarida va ishlab chiqarishda va xizmat ko'rsatishda jadallik bilan davom etmoqda. Bir holatni inobatga olish kerakki, avvallari bu o'z-o'zidan va nazoratsiz holatda bo'lgan, ammo bugungi kunga kelib yirik kompaniyalar va korparatsiyalar qolaversa davlatlar ham bu masalaga aniq tizimli yondashuv zarurligini anglab yetdi va unga asoslangan o'zlarining bma'lum tizimlarini joriy qilib kelishmoqda.
Open access journal
www.in-academy.uz
Raqamlashtirishning strategik rejasini ishlab chiqish va keyinchalik amalga oshirish hozirda iqtisodiyotning deyarli barcha sohalarida deyarli barcha yirik firmalar uchun ustuvor ahamiyatga ega. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni asosiy texnologiyalari bular:bulutli texnologiya, taqsimlangan hisoblash texnologiyasi, katta ma'lumotli texnologiyalar tashkil etib kelmoqda.
"Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini ko'zda tutadigan "Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi"ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda "Raqamli O'zbekiston-2030" dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur. Raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o'stirish, korruptsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi.Nufuzli halqaro tashkilotlar o'tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga o'tish bo'yicha "yo'l haritasi"ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot havfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish zarur". Shuning uchun ham uni qanday rivojlantirish masalalari jamiyat va halq oldida ko'ndalang bo'lib turibdi. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasining ba'zi bir yo'nalishlari mualliflar nuqtai-nazaridan muhokama qilinadi.
Avvalo shuni aytish kerakki, raqamli iqtisodiyot o'zaro bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo'lib, uning ajralmas elementi zanjirlararo (insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo) raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma'lumot almashinishdir . Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko'rinishdagi ma'lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bunday iqtisodiyot tizimiga bosqichma-bosqich o'tish mamlakatimizning global miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, jadal iqtisodiy o'sishga imkon yaratadi va milliy mustaqillikni ham ta'minlab beradi .
Raqamli elektron biznes sohasidagi kompaniyalarning kapitalizatsiyasi foyda-lanuvchilar soniga va ular sonining ko'payishiga bog'liq bo'lib qoladi. Bu esa kompaniyalarga sotuvdan katta miqdordagi daromad olinishiga sabab bo'ladi. Masalan, YouTube bir kunda 100 million so'rov oladi, Facebookda esa 2 milliard-dan ko'p ishtirokchilar mavjud. Huddi shu juda katta foydalanuvchilar guruhini qamrab olish nafaqat kapitalizatsiyani ko'paytiradi, balki reklamada ham katta miqdordagi mablag'ishlab olishga sabab bo'ladi. Raqamli iqtisodioyt sharoitlarida raqobat kurashining tuzilishi va harakteri ham butkul o'zgarib ketadi. Aniq va ravshan qilib ta'kidlash mumkinki, raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning yangi texnologiyalari ta'sirida biznes-modellar ham o'zgarib ketadi. Masalan, yo'lovchilar tashish bozoridagi agregator-kompaniyalar (GettTaxi, Yandex.Taxi kabilar) transport kompaniyalaring ish faoliyatiga ko'pgina o'zgarishlar kiritib, ularni iste'molchilarga ancha yaqinlashtirishga erishdilar. Raqamli iqtisodiyot tezkor biznes-analitika tahlili asosida biznes uchun yangi g'oyalar qidirish hamda mijozlar bilan teskari aloqani amalga oshirish imkoniyatini yaratib berdi. Bu esa potentsial mijozlarning innovatsion kutishlariga nisbatan reaktiv ravishda ta'sir qilish imkonini yaratdi. Bunday ishlar natijasida Google AnaliticsvaflHgeKc.MeTpHKa kabi bepul servislar hosil bo'ldi .Raqamli iqtisodiyot innovatsiyalarning hayotiy sikli ancha kamayishi bilan ham tavsiflanadi.Bu esa ko'plab yangi smartfonlar modellarining, kompyuterlarning, mobil
«
Open access journal
www.in-academy.uz
ilovalarning, kompyuter o'yinlarining yangi versiyalarining tezkorlik bilan paydo bo'lishiga turtki bo'ladi. Hozirgi paytda jahondagi bir qancha rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Xitoy, Yaponiya, Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya va boshqalar), jahon iqtisodiyotida ro'y berishi boshlangan o'zgarishlarni hisobga olgan holda, iqtisodiyotning ko'pchilik tarmoqlarini raqamlashtirish bo'yicha jadal harakatni boshlamoqdalar. Lekin, bu ma'lumotlarni nazarda tutgan holda shuni qayd etishga majburmizki, bironta, jumladan, yetakchi mamlakatlarda ham raqamli iqtisodiyot o'zi nima ekanligi va u kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida to'laqonli falsafiy tushunish yo'q. Ko'rinib turibdiki, raqamli iqtisodiyot deganda, ko'plab mamlakatlar iqtisodiy munosabatlar va boshqaruvning yangi shakllarni emas, balki, iste'molchilar bilan kommunikatsiya qilish va to'lovlarning yangi elektron raqamli shakllarini tushunadi, holos.Aftidan, ko'pchilik mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni ongli ravishda tashkil etmaydilar, balki mavjud iqtisodiy munosabatlarni raqamlashtirish jarayoni bilan shug'ullanadi, xolos. Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining ba'zi yetakchi mamlakatlari esa qarama-qarshi yondashuvlar tanlab olishgan. Masalan, AQSH bozor yo'nalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni tanlab olgan. Qolgan mamlakatlar ma'lum bir oraliq variantlarga rioya qilishadi. Shuni alohida aytib o'tishni kerakki, xuddi Xitoy kabi, AQSH dasturi nuqtai-nazaridan ham iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonida biz globallashuvning yangi bosqichini ko'ramiz. Dunyodagi eng kuchli ikkita iqtisodiyot sifatida AQSH va Xitoy uchun globallashuv foydali, chunki iqtisodiy jihatdan kuchliroq bo'lgan o'yinchi doimo o'z ustunligini namoyish etish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Xulosa. Raqamli iqtisodning yana boshqa bir xizmatlari, shu jumladan, big data, sun'iy intellect, mashina vositasida ta'lim berish, kraudsorsing, kraudfunding, blokcheyn va bulutli texnologiyalar ham kelajak iqtisodiyotida va korporativ boshqaruvda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini hayotning rivojlanish tendentsiyalari yaqqol ko'rsatib turibdi.
References:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 dekabrdagi 2023 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Muroja'atnomasi.
2. Пocтaнoвлeниe Кaбинeтa Минист^в «О дoпoлнитeльныx Mepax no дaльнeйшeму paз-витию и внeдpeнию цифpoвoй экoнoмики в Рecпубликe y36e^cTaH ot 31 aBrycTa 2018 ^a.
3. Гyлямoв С.С. va boshqalar .Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. Т.: "Iqtisod Moliya" nashriyoti, 2019. 396 bet.
4. Aюпoв Р.Х., Бaлтaбaeвa Г.Р. Рaкaмли вaлютaлap 6o3op^ иннoвaциялap Ba pивoжлaниш иcтикбoллapи. -Т: '^aH Ba тexнoлoгия" nashriyoti, 2018, 172 6eT.
5. ЛaпидycЛ.В. Цифpoвaя экoнoмикa: yпpaвлeниe элeктpoнным биз^шм и элeктpoннoй кoммepциeй. -М.: ИНФРА-М, 2017. -281 c.
6. https://ru.wikipedia.org/wiki/- Vikipediadagi sahifa