RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA AHOLI BANDLIGINI OSHIRISH
YO'LLARI
Turayev A.Q.
SamISI "Raqamli iqtisodiyot" kafedrasi o'qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda dunyoda bo'layotgan rivojlanish tendensiyalari, raqamli iqtisodiyot sharoitida aholi banligini ta'minlash, raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotning soha va tarmoqlariga tobora chuqurroq kirib borishi natijasida ishsizlikni oldini olish, aholi bandligini oshirish yo'llari muallif tomonidan taklif va tavsiyalar berish asosida ochib berilgan.
Kalit so'zlar: aholi bandligi, raqamli iqtisodiyot, ishsizlik, bozor rivoji.
Abstract. In this article, the development trends in the world today, ensuring population employment in the digital economy, preventing unemployment as a result of the deeper penetration of digital technologies into the sectors and sectors of the economy, and ways to increase population employment are revealed based on the author's suggestions and recommendations. .
Key words: population employment, digital economy, unemployment, market development.
Bozor infratuzilmasi ish bilan bandlik hajmining o'sishida muhim rol o'ynaydi. Agar biror hududda bunday infratuzilma bo'lsa, unda bu hududda tadbirkorlik ham rivojlanmaydi, ish bilan bandlik hajmi ham oshmaydi. Buning natijasida hududlararo ish bilan bandlik tarkibi ham takomillashmagan va bir tomonlama shakllangan bo'ladi. Demak, har bir hududda bozor infratuzilmasini bir xil ravishda rivojlantirish lozim. Tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar ham bir xil hududda bir turda bo'lishi kerak. Chunki, agar tadbirkorlik sharoitlari har xil bo'lsa, unda ish bilan bandlik darajasi ham har xil bo'ladi, demak, ish bilan bandlik tarkibi ham takomillashmagan bo'ladi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chog'ida ijtimoiy sohani rivojlantirishga investisiyalar ulushini, shu jumladan xorijiy investisiyalarni jalb qilish, ijtimoiy soha obyektlarini aholi ehtiyojlarini qondirish bo'yicha faoliyatni tashkil etish uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga berish yo'li bilan ijtimoiy sohani qo'llab-quvvatlash tadbirlarini amalga oshirish lozim, chunki ijtimoiy sohaning rivojlanishi xizmat sohasidagi ish bilan bandlik darajasining oshishiga olib keladi va ish bilan bandlik tarkibini takomillashtiradi.
1-jadval
Samarqand viloyatida bandlikka ko'maklashish markazlari orqali ishga joylashtirilgan ishsiz aholi soni1
2022-2019
Ko'rsatkichlar 2019 2020 2021 2022 yillarda o'sish %
BKMga murojat qilganlar jami 58594 66344 108306 111265 189,8
Ish bilan ta'minlanganlar 32505 27804 37750 38456 118,3
Ish bilan
ta'minlanganlar ulushi (%) 55,4 41,9 34,8 35,7 64,4
Samarqand viloyatida bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Markazlariga murojaat qilganlar 2019 yil davomida 58594 kishini tashkil qilgan bo'lsa, 2022 yilga kelib bu ko'rsatkich 111256 kishiga o'sgan yoki mos davrga nisbatan 189,8 %ga o'sish tendensiyasiga ega hisoblanadi. Tahlil natijalariga qaraganda, tuman (shahar) bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Markazlariga murojaat qilganlarning ish bilan ta'minlanganlari ulushi kamayib borgan. 2019 yilda tuman (shahar) bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Markazlariga murojaat qilganlarning ish bilan ta'minlanganlari 32505 kishi bo'lsa, 2022 yilda 38456 kishini tashkil qilgan, 2022 yilda 2019 yilga nisbatan 118,3 %ga o'sgan. Samarqand viloyatida bandlikka ko'maklashish markazlari orqali ishga joylashganlar ulushi 2019 yilda 55,4 % ni tashkil etgan bo'lsa, 2022 yilga kelib bu ko'rsatkich 35,7 %dan iborat bo'lgan.
Ishsizlarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida yangi yo'nalish bo'lib, ish beruvchilarning talablariga muvofiq maqsadli o'qitish va konkret ish o'rinlari bo'yicha alohida kasblarga o'qitish hisoblanadi. Bunda korxonalarga kerakli mutaxassislarni tayyorlashda kasbga o'qitish xizmati oldida buyurtmachi sifatida chiqadilar. Shuningdek, buyurtmachi korxonalar o'zlarining ishchi-xodimlari uchun o'quv dasturlari tayyorlash, qayta tayyorlash kurslarini o'tish, maqsadli o'qitishni tashkil etish, malaka oshirish maqsadlarida buyurtmalar berishlari mumkin.
Tadbirkorlik muhitini yaratish orqali ish bilan bandlik tarkibini takomillashtirishda qishloq joylarda bilim va mehnatni ko'p talab qiladigan xizmat sohasini jadal rivojlantirish, intensiv dehqonchilikka o'tish, qishloq ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, ekologiya talablarini ta'minlash, shuningdek aholining zarur harakatchanligini ta'minlash kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini yaratish muhim rol o'ynaydi.
Qishloq joylarida yetishtirilayotgan mahsulotlarni qayta ishlash, xalq iste'mol tovarlari ishlab chiqarish, texnik maqsadlardagi mahsulotlar, qurilish materiallari
1 Самарканд вилоят Ме^нат ва а^олини ижтимоий му^офаза килиш Бош бошкармаси маълумотлари асосида муаллиф томонидан тузилди.
ishlab chiqaradigan, shuningdek, qurilish faoliyatini amalga oshirayotgan, ta'mirlash qurilish, maishiy va kommunal xizmatlar ko'rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash lozim. Bu, o'z navbatida, qishloq xo'jaligini qayta ishlash sanoat tarmoqlaridagi ish bilan bandlik darajasini oshiradi.
Qishloq joylarida ish bilan bandlik darajasining mehnat unumdorligi oshishi hisobiga kamayishini ta'minlash lozim. Bu esa, jahon tajribasiga ko'ra, ish bilan bandlik tarkibining obyektiv ravishda takomillashishiga olib keladi. Qishloq joylarida raqobatga bardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarish, eksport hajmini ko'paytirish, ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash, qishloqda qo'shimcha ish o'rinlari tashkil etishni ta'minlaydigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish loyihalariga birinchi navbatda yordam berishi kerak.
Iqtisodiyotning ustuvor sohalarida va eng avvalo qishloq joylarida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash, oziq-ovqat, sanoat tovarlari, xalq iste'mol tovarlari, dori-darmonlar va tibbiyot asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, kommunal va maishiy xizmatlar ko'rsatish, turar joy, ishlab chiqarish va ijtimoiy maqsadlardagi obyektlarni qurish, innovasion faoliyati va ilm-fanni ko'p talab qiladigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish sohasida kichik biznes va xususiy korxonalardagi imtiyozlar va afzalliklar berish kerak. Qishloq joylari mahsulotlari va mahalliy xom-ashyoni qayta ishlash uchun zamonaviy texnologik asbob-uskunalar to'plamlarini yetkazib berishni, kooperasiyalashgan servis xizmati tizimini, mini zavodlar va mini texnologiyalarni tayyorlovchi ishlab chiqarishlar tashkil etishi lozim.
Texnologik modernizasiya va bilimni ishlab chiqarishda qo'llash ham ish bilan bandlik tarkibiga o'z ta'sirini o'tkazadi. Globallashuv jarayonida faqatgina texnologik jihatdan rivojlangan ishlab chiqarish turlari raqobatbardosh bo'la oladi. Demak, ish bilan bandlik tarkibi globallashuv sharoitida texnologik rivojlanish orqali saqlanishi mumkin.
Ilmiy texnika va ishlab chiqarish bazasini mustahkamlash, standartlar va mahsulotlar sifati sohasidagi tartibga solishlar yo'li bilan kichik biznes va xususiy korxonalar ishlab chiqaradigan tovarlarning raqobatga bardoshliligini oshirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqarish lozim. Bulardan tashqari, kichik va xususiy korxonalarni jadal texnik qayta jihozlashni rag'batlantirish, qayta ishlovchi va mahsulotning yangi turlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar namunaviy loyihalarini yaratish, ularni keng joriy qilish va yangi texnologiyalar sharoitlarida yo'nalish bo'yicha o'qitishni tashkil etish, keyinchalik kichik va xususiy tadbirkorlarga sotish uchun tamoan yangi mahsulotni ishlab chiqarish texnologiyasi lisenziyalarini sotib olishni amalga oshirishi lozim.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining moddiytexnika bazasini mustahkamlash maqsadida mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlar bajarish va xizmatlar ko'rsatish uchun foydalanilmayotgan binolarni belgilangan tartibda ijaraga berish, tugallanmagan qurilishning ishlab chiqarish obyektlari va foydalanilmayotgan asbob-uskunalarni kim oshdi savdolari va tanlovlar orqali sotish
lozim. Qishloqdagi davlat mulki obyektlarini mahalliy aholiga tegishli bo'lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ustuvor berish maqsadida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chog'ida davlat mulkini sotish bo'yicha yopiq tanlovlarni o'tkazish kerak. To'xtatib qo'yilgan va foydalanilmayotgan asosiy fondlarni va ishlab chiqarishquvvatlarini, shuningdek, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini kichik va xususiy tadbirkorlarga sotishni tashkil etish lozim.
Ma'lumki, xususiylashtirishdan so'ng kichik korxonalar qayta tuzish va qayta ta'mirlash jarayoniga duch kelishadi. Ko'pchilik hollarda, buni ular yengib o'tmasligi mumkin va natijada ko'plab ishchilar bunday holatda korxonalardan bo'shab ketishadi. Bu esa, ish bilan bandlik tarkibiga salbiy ta'sir etadi. Bizningcha, buning oldini olish uchun xususiylashtirishdan oldin korxonalarni qayta tuzish va ta'mirlash bo'yicha maxsus dasturlar qabul qilinishi lozim.
2-jadval
2019-2022 yillarda Samarqand viloyatida aholi bandligini ta'minlash maqsadida amalga oshirilgan ko'rsatkichlar2
№ Yo'nalish nomi 2019 yil 2020 yil 2021 yil 2022 yil O'sish sur'ati, %
1. Yaratilgan ish o'rinlari soni 45114 44750 64000 65120 144,3
2. Ishga joylashganlar soni 31505 27804 37700 38450 122,0
3. Haq to 'lanadigan j amoat ishlariga jalb yetilganlar soni 18570 39434 41250 44960 242,1
4. Subsidiyalar soni 150 7011 7250 7330 48 marta
5. Kasb-hunarga o'qitishga jalb etilganlar soni 3440 6517 8300 8500 247,0
6. Ishga joylashgan ayollar soni 15839 12754 4700 4850 30,6
7. Ishga joylashgan yoshlar soni 15868 11635 5700 5840 36,8
Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, 2019-2022 yillarda haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb yetilganlar soni 242,1 foizga yoki 2,4 martaga, subsidiyalar soni 48 martaga, kasbhunarga o'qitishga jalb yetilganlar soni 247,0 foizga yoki 2,4 martaga oshdi. Yaratilgan ish o'rinlari soni 144,3 foizga, ishga joylashganlar soni 122,0 foizga oshgan. Ayrim ko'rsatkichlarning kamayishiga sabab respublikamizda 2020 yilning mart oyidan karantin e'lon qilinishi sabab bo'ldi.
Norasmiy bandlar sonini kamaytirish maqsadida tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun, ish beruvchilarni ishsiz fuqorolarni ishga olishga rag'batlantirish maqsadida xodimlarni malakasani oshirish, ijtimoiy yehtiyojmand aholi qatlamlariga
2 CaMaprçaHg bh^ooth Me^HaT MHOcaöaraapu öaHg^HK öom^apMacu CTaTHCTHK xhcoöot Mat^yMoraapu acocuga Myaœrn^ TOMOHugaH Ty3H^raH.
mansub shaxslarni kvotadan ortiq ishga qabul qilgan korxonalarga subsidiya ajratish orqali 2,2 ming nafar ishsizlar band qilinib, 3,0 mlrd. so'm subsidiya ajratiladi. 2022 yilda 144 ta tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan ishsiz fuqarolarga 42,7 mln.so'm subsidiyalar ajratildi. Mehnat organlariga ish so'гab murojaat qilgan 5,7 ming nafar fuqarolarga 11,8 mlrd so'mlik ishsizlik nafaqalari to'lab beriladi. 2022 yilda 2,3 ming nafar ishsizlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 1,9 mlrd. so'm ishsizlik nafaqasi to'lab berildi. 9600 nafar ishsiz, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftariga" kiritilgan fuqarolarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'arnasidan 6,6 mlrd.so'm mablag' ajratiladi. 2022 yilda 3635 nafar fuqaroni kasb-hunarga o'qitish uchun 1,4 mlrd.so'm stipendiya va o'quv xarajatlari qoplab berildi.
Aholini ish bilan ta'minlash muhim ustuvor vazifalardan biridir. Shuning uchun ham hududlarda yangi sanoat korxonalarini ishga tushirish, faoliyat yuritayotganlarini diversifikasiya qilib, ishlab chiqarishni kengaytirish, xizmat turlarini ko'paytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng imkoniyatlar yaratib berish natijasida yangi ish o'rinlari yaratilmoqda.
2022 — 2026-yillaTga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taгaqqiyot Strategiyasi asosida 2022 yil va undan keyingi yillarda mamlakatni rivojlantirish Dasturi tayyorlandi. Ushbu dasturda hududlar kesimida yangi ishlab chiqarish va xizmat ko'reatish obektlarini qurish va ishga tushirish, mavjudlarini kengaytirib yangi ish o'rinlarini yaratish ko'zda tutilgan. Natijada mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'reatish hajmi ko'payib, mamlakat yalpi ichki mahsulot miqdorini 290,6 trillion so'mga yetkazish prognoz qilinmoqda. Dasturni amalga oshirish mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o'rinlarini yaratish bilan bir vaqtda, davlat byudjetiga soliqlr tushumini va xodimlar daromadini ko'paytiradi. Pirovard natijada esa aholi turmush darajasi yaxshilanadi.
Axborotning tanqisligi tabirkorlikning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, chunki tadbirkorlar axborot yetishmasligi natijasida inqirozga uchrashadi yoki zarar ko'rishadi. Bu esa, ish bilan bandlik tarkibidagi tebranuvchi o^garishla^a olib keladi. Bizning fikrimizcha, kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga axborot xizmati ko^satishni imtiyozli shartlarida amalga oshirish kerak. Kredit muassasalari, qimmatli qog'ozlaT ahvoli va aksiyalar kotirovkasi, shuningdek, xo'jalik yurituvchi subyektlar va ehtimol tutilgan sheriklar to'g'risidagi axborot e'lon qilinishi lozim.
Marketing, boshqaruv maslahati, audit, reklama, tashqi iqtisodiy operasiyalar sohasida ixtisolashtirilgan kichik va xususiy korxonalar tizimi yanada rivojlanishi kerak. Ijtimoiy himoya ham ish bilan bandlikni kafolatlaydigan va aholi daromadlarini oshishiga qaratilgan chora-tadbirlarga kiradi.
Mazkur tizimdan ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash masalalarini aniq farqlashni nazarda tutuvchi prinsipional yangi tizimga o'tish maqsadida amaldagi qonunchilikka tegishli o^gartirishlaT kiritishi lozim. Bunda darajalar (korxona, hudud, respublika) bo'yicha tabaqalashtirilgan ijtimoiy kafolatlar barcha fuqarolarga, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi fuqarolarga zarur minimumda berilishi belgilanishi kerak.
Darajalar bo'yicha tabaqalashtirilgan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, birinchidan, muayyan muddatga berilishi, ikkinchidan, tegishli byudjetning ahvoli bilan to'liq bog'liq bo'lishi, uchinchidan, iqtisodiy islohotning u yoki bu bosqichda shakllangan shart-sharoitlariga bog'liq bo'lishi lozim.
Yoshlar mehnat bozorini shakllantirishda ayniqsa, taklif hajmini oshirishga qaratilgan hamda yoshlarning egallagan mutaxassiligiga mos keladigan ish o'rinlarini yaratish uchun qishloq tumanlarida sanoat korxonalarini joylashtirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish mexaniqmini ishlab chiqish zarurdir.
Ish bilan bandlik tarkibida kichik biznesning ulushini oshirish uchun kerakli mablag'lami jalb etish yo'llaridan biri davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdir. Ulush qo'shib qatnashish shartlarida va kredit berish shartida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan olingan mablag'^ ustun darajada infratuzilmasi, shu jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning ustuvor yo'nalishlarini rivojlantirishga yo'naltiгishi lozim. Bundan tashqari, ish bilan bandlik tarkibida kichik biznesning rolini oshirish uchun imtiyozli kredit siyosatini olib borish maqsadga muvofiqdir. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga imtiyozli shartlarda kredit beruvchi kredit tashkilotlari imtiyozlardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishi darkor, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan banklarga to'lanadigan kreditlar to'lanmasligini tavakkalchiligini majburiy sug'uгta qilish tizimi joriy etilishi kerak. Bunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kreditlarini va kreditlardan foydalanganlik uchun foizlarni sug'uгta shartnomasida belgilangan muddat davomida o'z vaqtida va to'liq to'lash haqidagi javobgarligi sug'urta obyekti hisoblanadi.
Shunday qilib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ish bilan banddlikdagi rolini oshirish kelejakda ish bilan bandlik va uning tarkibini takomillashtirishning muhim yo 'nalishi bo 'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Шнков Б.П. Рынок трyдa та селе и его регyлировaние. Изд.2-е, перерaботaнные и дополненное. - M.: Агри Пресс, 2007.;
2. Рофе А.И. Рынок трyдa: Учебник для вузов. - M.: MKK, 2003;
3. Худойбердиев З.Я. Тaдбиркорлик Ba ишгa жойлaштириш технологияси. У;ув к;yллaнмa. ILMZIYO, 2016.;
4. Шлендер П.Э. Рынок трyдa: Учебное пособие. - M.: ВЗФЭИ, 2004;
5. Шодмонов Ш.Ш., Maмaрaхимов Б.Э.И;тисодиёт нaзaрияси. Maърyзaлaр мaтни. Т.: "И;тисод-молия". 2016. - 544б.
6. Уштасов А., Вax1обов А.В И;тисодиёт нaзaрияси. Дaрслик. - Т.: Шярк;, 2014. - 480 б.
7. Уринбaевa Ю.П. Хизмaт кyрсaтиш сохдси Ba ax1оли турмуш дaрaжaси: yзaро богликлиги Ba ривожтаниш истик;бллaри. Mоногрaфия. - Т.: "Фен" нaшриёти, 2013. - 144 б.
8. Boyjigitov Sanjartek Komiljon O'G'Li BENCHMARKINGNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA TURLARI // JMBM. 2023. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/benchmarkingning-o-ziga-xos-xususiyatlari-va-turlari (дата обращения: 21.01.2024).
9. Boyjigitov Sanjart>ek Komiljon O'G'Li MARKETING XIZMATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA TASHKILIY TUZILMA TARKIBLARI ORASIDA SOG'LOM RAQOBAT MUHITINI TA'MINLASH // JMBM. 2023. №11. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/marketing-xizmati-samaradorligini-oshirishda-tashkiliy-tuzilma-tarkiblari-orasida-sog-lom-raqobat-muhitini-ta-minlash (дата обращения: 21.01.2024).