Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHI ASOSIDA AYOLLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH'

RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHI ASOSIDA AYOLLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamlashtirish / raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi / ayollar tadbirkorligi / gender tengligi / raqamli axborotlar / raqamlashtirish bo‘yicha bilimlar / digitalization / development of the digital economy / women's entrepreneurship / gender equality / digital information / knowledge about digitalization

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Bobanazarova Jamila Xolmurodovna

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi asosida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotga xos bo‘lgan islohotlarning ijobiy tomonlari, mazkur sohani rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, iqtisodiyotni raqamlashtirish asosida real raqobatbardoshlikni uzoq muddatga saqlab qolishning afzalliklari yoritib berilgan, olib borilgan tadqiqot natijasida muallif tomonidan amaliy tavsiyalar ilgari surilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF WOMEN'S ENTREPRENEURSHIP ON THE BASIS OF THE DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY

This article highlights the development of women's entrepreneurship based on the development of the digital economy, the positive aspects of the reforms characteristic of the digital economy, the ongoing reforms to develop this area, the advantages of long-term preservation of real competitiveness based on the digitalization of the economy, as a result of the research, the author put forward practical recommendations. Keywords: digitalization, development of the digital economy, women's entrepreneurship, gender equality, digital information, knowledge about digitalization

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHI ASOSIDA AYOLLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH»

RAQAMLI IQTISODIYOT RIVOJLANISHI ASOSIDA AYOLLAR TADBIRKORLIGINIRIVOJLANTIRISH

Bobanazarova Jamila Xolmurodovna

Jizzax politexnika institute, Iqtisodiyot va menejment kafedrasi professori, i.f.d.

Jamilabobanazarova @bk.ru

Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi asosida ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotga xos bo'lgan islohotlarning ijobiy tomonlari, mazkur sohani rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan islohotlar, iqtisodiyotni raqamlashtirish asosida real raqobatbardoshlikni uzoq muddatga saqlab qolishning afzalliklari yoritib berilgan, olib borilgan tadqiqot natijasida muallif tomonidan amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.

Kalit so'zlar: raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi, ayollar tadbirkorligi, gender tengligi, raqamli axborotlar, raqamlashtirish bo 'yicha bilimlar.

РАЗВИТИЕ ЖЕНСКОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА НА ОСНОВЕ РАЗВИТИЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ

Бобаназарова Жамиля Холмурадовна

Джизакский политехнический институт, Профессор кафедры Экономики и

менеджмента, д.э.н.

Jamilabobanazarova @bk.ru

Аннотация: В данной статье освещаются развитие женского предпринимательства на основе развития цифровой экономики, положительные стороны реформ, характерных для цифровой экономики, проводимых реформ по развитию данной сферы, преимущества долгосрочного сохранения реальной конкурентоспособности на основе цифровизации экономики, в результате проведенного исследования автором были выдвинуты практические рекомендации. Ключевые слова: цифровизация, развитие цифровой экономики, женское предпринимательство, гендерное равенство, цифровая информация, знания о цифровизации.

Ключевые слова: цифровизация, развитие цифровой экономики, женское предпринимательство, гендерное равенство, цифровая информация, знания о цифровизации.

DEVELOPMENT OF WOMEN'S ENTREPRENEURSHIP ON THE BASIS OF THE DEVELOPMENT OF THE DIGITAL ECONOMY

Bobanazarova Jamila Kholmurodovna

Jizzakh Polytechnic Institute, Professor of the Department of Economics and

Management

Jamilabobanazarova @bk.ru

Abstract: This article highlights the development of women's entrepreneurship based on the development of the digital economy, the positive aspects of the reforms characteristic of the digital economy, the ongoing reforms to develop this area, the advantages of long-term preservation of real competitiveness based on the digitalization of the economy, as a result of the research, the author put forward practical recommendations. Keywords: digitalization, development of the digital economy, women's entrepreneurship, gender equality, digital information, knowledge about digitalization.

Keywords: digitalization, development of the digital economy, women's entrepreneurship, gender equality, digital information, knowledge about digitalization.

KIRISH

Hozirgi islohotlar yangi raqamli texnologiyalarning hayotimiz va iqtisodiyotimizning hamma sohalariga kirib borishi bilan tavsiflanadi. Bu esa har bir sohaning axborot-kommunikatsiya, raqamli texnologiyalar singari zamonaviy ishlab chiqarish, tarqatish, almashtirish va iste'mol qilish tizimini hayotga tadbiq etishning ilg'or usullarini qo'llashdek o'ziga xos raqamli muhitning kengayishiga olib kelmoqda.

Zero mazkur vazifalarning ahamiyati huquqiy-tashkiliy jihatdan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 8 aprelda qabul qilingan "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" qarorida ham alohida qayd etilgan. Mazkur hujjatda yangi loyihalarning moliyaviy manbalari ham aniq ko'rsatib berilgan, "Elektron hukumat" doirasida 1,3 trillion so'mlik 104 ta loyiha, iqtisodiyotning real sektorida 5,3 trillion so'mlik 87 ta loyiha, telekommunikatsiyalar borasida 15,1 trillion so'mlik 35 ta, agrar sohada 24 ta, IT parklar bo'yicha 18 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Bu ishlarni kelgusi 2-3 yilda to'liq amalga oshirmasak, har bir kechikkan yilimiz mamlakatimizni 10 yil orqaga tortadi", deb ta'kidlagan fikrini alohida ko'rsatib o'tish lozim [1]. Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davrida raqamli iqtisodiyotga bo'lgan qiziqish amalga oshirilayotgan diversifikasion o'zgarishlar natijasida o'sib bormoqda. Ushbu tizim raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi,

axborot sohasida inqilob va iqtisodiyotning globallashuv jarayonlarini tezlashtirish bilan ajralib turadi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o'zaro muloqotni yanada tez va oson yo'lga qo'yishga imkoniyat yaratdi, natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo'ldi.

Zero, sohalar va tarmoqlardagi amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida raqamli axborotlar ta'siri asosida kuzatilayotgan jarayonlar ayollar orasida tadbirkorlik sohasining har tomonlama qo'llab-quvatlanishi va rivojlanishida asosiy hal qiluvchi kuchga ega bo'lmoqda.

Xalqaro tashkilotlar tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra, "...ishsiz qolganlar orasida deyarli har o'n ayoldan to'qqiztasi nofaol bo'lib qolgan. Bu esa erkaklarga nisbatan ko'proq ayollar ish qidirmayotgani, ishga joylashish va daromadga ega bo'lishga tayyor emasligini bildirmoqda. Bunday sharoitda tegishli choralar ko'rilmasa, ayollar uzoq muddatli ishsiz bo'lib qolishi mumkin" [2]. Bunday holatning oldini olishda ayollar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish va shu asosida raqamlashtirish tizimini tashkil qilish mazkur muammoni o'rganishning dolzarbligini yanada oshiradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

MDH olimlarining ko'rsatishicha "Raqamli iqtisodiyot - iqtisodiy internet faoliyati, shuningdek, shakllari, usullari, vositalari va uni amalga oshirish aloqa muhitidir" [3]. Raqamlashtirish ob'yektiv jarayon sifatida iqtisodiyotning alohida tarmoqlari rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi, ko'pincha sohada keskin o'zgarishlarga, xo'jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatining yangi turlarining paydo bo'lishiga olib keladi [4].

Mazkur fikrni davom ettirgan mahalliy olimlarimizdan O.Umarov esa "Raqamli iqtisod, noyob funksiyaning ayrim xususiyatlarining mavjudligi sababli klassik iqtisodga xos bo'lgan cheklovlarni yengishga imkon beradi:

1. Bir nechta odamlar moddiy mahsulotlardan foydalana olmaydilar, chunki raqamli mahsulotlarning bunday to'siqlari yo'q: nusxa ko'chirish va cheksiz odamlar doirasiga taqsimlanishi mumkin.

2. Materiallardan foydalanish paytida foydalanish taqiqlanadi. Raqamli mahsulotlar asl xususiyatlarini yo'qotmaydi, shuningdek, bu xususiyatlar birgalikda ishlash yoki almashinuv jarayonida yaxshilanishi mumkin.

3. Axborot-kommunikatsiya maydonchalari odatiy savdo binolarida mavjud bo'lgan maydonlarning hajmiga cheklovlar va shu bilan birga bir vaqtning o'zida xizmat ko'rsatadigan mijozlarning soni va miqdori jihatidan cheklanishlarini oldini oladi" degan fikrni ilgar surgan [5,4].

Mamlakatimizda mazkur sohadagi ustuvor vazifalar 2020 yildagi 5 oktyabrdagi "Raqamli O'zbekiston - 2030» Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga asosan, "...zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish hisobiga mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, ularning tannarxini, ishlab chiqarishdagi to'xtalishlarni kamaytirish, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatning shaffofligini oshirish, innovasion avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish bo'yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, boshqaruv ma'lumotlarini qabul qilishni qo'llab-quvvatlash tizimini, jumladan, real vaqt rejimida biznes-tahlil tizimini joriy qilish orqali takomillashtirish, 2025 yilda korxona resurslarini boshqarish tizimini (ERP) joriy qilgan yirik xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning ulushini 90 foizga yetkazish" vazifasi belgilangan [6].

METODOLOGIYA

Tadqiqot jarayonida dialektik va tizimli yondashuv, qiyosiy va solishtirma tahlil, sosiologik so'rovnoma usullaridan foydalanildi. Raqamlashtirishning iqtisodiy samaradorlik vositasi sifatida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishdagi imkoniyatlari, ularning oila, farzand tarbiyasini ijtimoiy mehnat bilan birgalikda qo'shib olib borishdagi mehnat munosabatlari o'rganilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Raqamli iqtisodiyot bu ishlab chiqarish kompleksi insonlar uchun qulayliklarni ta'minlaydigan mahsulot va xizmatlarni yaratadigan virtual muhit bo'lib, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarish tizimidir. Shuningdek, raqamli iqtisod rasmiylashtirilishi mumkin bo'lgan barcha narsani qamrab olishi mumkin, ya'ni mantiqiy sxemalarda namoyon bo'ladi. Olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib raqamli iqtisod ayrim xususiyatlarining mavjudligi sababli klassik iqtisodga xos bo'lgan cheklovlarni yengishga imkon berishini quyidagi jadvalda guruhlashtirdik [7]

Raqamli iqtisodiyot inson faoliyati doirasidagi barcha informatsiyani raqamlashtirish texnologiyalarini qo'llab saqlash, ishlov berish va uzatishning yagona tizimi sifatida iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali ijodiy yondashib yangi iqtisodiyotni barpo etish imkoniyatlari bir nechta odamlar moddiy mahsulotlardan foydalana olmaydilar, chunki raqamli mahsulotlarning bunday to'siqlari yo'q: nusxa ko'chirish va cheksiz odamlar doirasiga taqsimlanishi mumkin.

Raqamli mahsulotlar asl xususiyatlarini yo'qotmaydi, shuningdek, bu xususiyatlar birgalikda ishlash yoki almashinuv jarayonida yaxshilanishi mumkin. Raqamli iqtisodiyot korrupsiya va «yashirin iqtisodiyot»ning asosiy kushandasidir. Axborot-kommunikatsiya maydonchalari odatiy savdo binolarida mavjud bo'lgan maydonlarning hajmiga cheklovlar va shu bilan birga bir vaqtning o'zida xizmat

ko'rsatadigan mijozlarning soni va miqdori jihatidan cheklanishlarini oldini oladi. Keyingi yillarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlikni, xususan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash orqali ayollarni mehnat bilan band qilish sharoitlarini yaratish borasida tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Uning ahamiyati yurtboshimiz ta'kidlaganidek "Meni kishilarimizning ongida paydo bo'lgan stereotip ko'p o'ylantiradi. Odatda biz ayolni avvalambor ona, oila qo'rg'onining qo'riqchisi sifatida hurmat qilamiz. Bu, shubhasiz, to'g'ri. Ammo bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo'lishi kerak" [8].

1-jadval

Iqtisodiyotni raqamlashtirish asosida real raqobatbardoshlikni uzoq muddatga saqlab qolishning afzalliklari

Raqamli iqtisodiyot-inson faoliyati doirasidagi barcha informatsiyani raqamlashtirish texnologiyalarini qo'llab saqlash, ishlov berish va uzatishning yagona tizimi sifatida iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali ijodiy yondashib yangi iqtisodiyotni barpo etish imkoniyatlari

Bir nechta odamlar moddiy mahsulotlardan foydalana olmaydilar, chunki raqamli mahsulotlarning bunday to'siqlari yo'q: nusxa ko'chirish va cheksiz odamlar doirasiga taqsimlanishi mumkin.

Raqamli mahsulotlar asl xususiyatlarini yo'qotmaydi, shuningdek, bu xususiyatlar birgalikda ishlash yoki almashinuv jarayonida yaxshilanishi mumkin. Raqamli iqtisodiyot korrupsiya va «yashirin iqtisodiyot»ning asosiy kushandasidir. Axborot-kommunikatsiya maydonchalari odatiy savdo binolarida mavjud bo'lgan maydonlarning hajmiga cheklovlar va shu bilan birga bir vaqtning o'zida xizmat ko'rsatadigan mijozlarning soni va miqdori jihatidan cheklanishlarini oldini oladi.

Ayollarning ish bilan bandligi darajasi global miqyosda kamayish tendensiyasiga ega. Jahon miqyosida ayollarning mehnat bozoriga kirish imkoniyatlari erkaklarnikidan 27 foizga past. Ayollar erkaklarga nisbatan ko'proq ishsiz bo'lib, global ishsizlik erkaklar uchun 5,5 foizga, ayollar uchun 6,2 foizga teng [9]. Bu esa xotin-qizlarning bandlik darajasini tarmoqlar bo'yicha kengaytirish, mehnat munosabatlarida gender tengligi darajasiga erishish bo'yicha alohida yondashuv talab qiladi.

Bizning fikrimizcha ayol ona, ishchi, xodim va uy bekasi, bu ikki taraflama og'irlikni birga qo'shib olib borish uchun ayollarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash lozim bu jarayonni gender tengligi darajasida o'rganib, nafaqat ijtimoiy ishlab chiqarishda ish bilan bandlik balki, ularning oilaviy muammolar, bolalar tarbiyasi bilan mashg'ulligini yengillatish kerak. Ayol ikki vazifani - kasb va onalikni qo'shib olib borishi sababli ayolning ishchi kuchi ish beruvchi uchun kamroq e'tibor qaratiladigan

ishchi kuchidir. Ish bilan bandlikning erkaklar va ayollarga kasb, oila majburiyatlarini qo'shib olib borish imkoniyatini beruvchi yangi modellarini yaratishga tashkiliy, qonun chiqarish yo'li bilan ko'maklashish maqsadga muvofiq ko'rinadi, bu esa ayollarga erkaklar qatori kasbiy sohalarida qolish, xizmat pog'onalari bo'ylab ko'tarilish hamda o'z oilaviy majburiyatlarini bajarish imkonini beradi.

Olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib ta'kidlash lozimki, zamonaviy mehnat bozorining globallashuvi raqamlashtirish va axborot -kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi ayollar mehnatining o'ziga xos yondashuvlarini keltirib chiqaradi. Aloqa va axborotlashtirish bo'yicha respublikada gender tengligi nuqtai-nazaridan ma'lumotlar yuritilmaydi, ularning raqamlashtirish bo'yicha bilimlari, ularning axborotlarni qabul qilishi, bu boradagi ko'nikmalarni puxta egallashi va umuman mazkur sohadagi bandligini tahlil qilish qiyin jarayon hisoblanadi. Bu mulohazali holatlarni o'rganish, raqamli mehnat munosabatlari ko'nikmalariga ega ayollarning masofaviy bandlik borasida faol chora-tadbirlar, tushuntirish ishlari olib borish lozim deb hisoblaymiz. Chunki, ular orasida masofaviy ish bilan bandlikning keng tarqalishi ham oila, ham farzandlar tarbiyasini birga qo'shib olib borish, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlar sonining keskin kamayishi, oilaviy daromadlarni oshirishga erishishga imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, intellektual talab va taklifning mutanosibligi darajasi aynan masofaviy samarali ish bilan bandlikni rivojlantirishga shart-sharoit yaratadi. Ekspertlarning aytishicha, raqamli dunyoda inson resurslaridan samarali foydalanish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish va bu borada xalqaro standartlarni joriy etish, aynan, rivojlanayotgan malakatlarda tezkor investisiyaviy jozibadorlikni oshirishga zamin yaratadi [10,454].

XULOSA VA TAKLIFLAR

Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida ayollar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun raqamlashtirish natijalarida quyidagi chora-tadbirlarga alohida e'tibor qaratish lozim:

- hududlarda ayollarning innovasion va raqamli ko'nikmalarni shakllantirish hamda masofaviy ish bilan bandlikni rivojlantirish asosida raqobatbardosh mutaxassislarni tanlab olishning yuqori imkoniyatini ta'minlash;

- har bir mahallada mehnatga layoqatli ayollar uchun raqamli kompetensiyalar, jumladan turli dasturiy ta'minot bilan ishlash, dasturlash ilmini chuqur o'rgatishga asoslangan qisqa muddatli kurslarni tashkil qilish;

- iste'molchilar, ishlab chiqaruvchilar, vositachilar o'rtasidagi axborot mahsulotlari bozorini masofaviy ishlashiga erishish;

- raqamli ko'nikmalarga ega bo'lgan ayollar uchun masofaviy ish o'rinlari yaratish orqali axborot sohasida band ayollar ulushini oshirish;

- mehnat bozoriga birinchi marta kirib kelayotgan yosh ayollarni zamonaviy raqamli ko'nikmalar layoqatiga ega ruhda tarbiyalash asosida kasbiy ko'nikmalarini shakllantirish.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayt / www.president.uz..

2. World Employment and Social Outlook. Trends 2021. https://www.ilo.org/wcmsp5/groups/public/—dgreports/—dcomm/— publ/documents/publication/wcms_795453.pdf

3. Калужский М.Л. Маркетинговые сети в электронной коммерции: институциональный подход / М.Л. Калужский. - М.; Берлин: Директ-Медиа, стр.2014. - bet 402

4. Pirogova, O., Makarevich, M. The formation of the enterprises human capital in the context of digitalization // E3S Web of Conferences 164, 09011 (2020). P.1-8

5. Umarov O. Raqamli iqtisodiyot va uning rivojlanish tendensiyalari."Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali 2018 yil. № 3, - bet 4. www.iqtisodiyot.uz

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yildagi 5 oktyabrdagi "Raqamli O'zbekiston — 2030» Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi карориХех.ш.

7. Bobanazarova J.X. Nimatov I.Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari.//Iqtisodiyot va innovasion texnoloogiyalar" ilmiy elektron jurnali. 2020. -№5., - bet 345

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 24 yanvar, 2020.

9. http://www.oecd.org.; http://www.intracen.org.

10. Qaxxorov A. J., Habibullayev A.Sh.Raqamli iqtisodiyot sharoitida inson kapitalini rivojlantirish zaruriyati. "XXI asr global iqtisodiyoti: iqtisodiy pandemiya va raqamli texnologiyalar" mavzusidagi xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari., T.: 2021 yil. - bet 454.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.